Labaratoriya ishi almashlab ekish


-jadval Paxta-g’alla almashlab ekishning 3-dala tizimi



Yüklə 18,38 Kb.
səhifə2/2
tarix13.10.2023
ölçüsü18,38 Kb.
#127339
1   2
13-labaratoriya

1-jadval
Paxta-g’alla almashlab ekishning 3-dala tizimi

Dalalar va yillar

1

2

3

1

G’+O.E.

P

P

2

P

P

G’+O.E.

3

P

G’+O.E.

P

P-paxta-67%, G’-g’alla-33%, O.E-oraliq ekin.

Bedaning tuproq unumdorligini oshirishdagi ahamiyati yuqori ekanligini e’tiborga olib, sho‘rlangan yerlarda paxta-beda-don almashlab ekishni tavsiya etish mumkin, ya’ni tizim 2:3:1 ko‘rinishda bo‘lishi mumkin (22-jadval), bunda birinchi raqam bedani, ikkinchi raqam g‘o‘zani va uchinchi raqam don ekinlarini bildiradi. Beda birinchi yili don bilan birga ekilsa, don ekilgan maydonlarda dondan keyin takroriy ekin ekish ko‘zda tutiladi.
2-jadval
Paxta-beda-don almashlab ekishning 6 dalali tizimi

Dalalar va yillar.

1

2

3

4

5

6

1

B+D

B

P

P

P

D+O,E

2

B

P

P

P

D+O.E

B+D

3

P

P

P

D+O.E

B+E

B

4

P

P

D+O,E

B+D

B

P

5

P

D+O,E

B+D

B

P

P

6

D+O.E

B+D

B

P

P

P

P-paxta-50%, B-beda-16,7%, D-don -33,3%, O, E-oraliq ekin

Lekin shu narsani qayd etish lozimki, paxta-g‘alla almashlab ekishda paxta-beda-don almashlab ekishga nisbatan paxtaning umumiy salmog‘i birmuncha baland bo‘lganligi uchun ham undan olinadigan yalpi mahsulot ham yuqori bo‘ladi. Bu esa uning iqtisodiy tomondan yuqori bo‘lishini ko‘rsatadi. Biroq bunda tuproq unumdorligini saqlab qolish tadbirlarini ko‘rish lozim. Bu borada g‘alladan bo‘shagan maydonlarda oraliq ekinlar va sideratsiyadan (R.Oripov, A.Sanakulov, 2015) keng foydalanish tavsiya etiladi.


Talabalar uchun topshiriqlar:
1. Mashg‘ulot matnini o‘qib, yozib oling.
2. 3:6 (paxta-beda); 1:1 (paxta-g‘alla); 1:3 (paxta-g‘alla) almashlab ekish tizimlarining rotatsiyasini tuzing va ularning yillik samaradorligini 100 ga maydon hisobidan aniqlang.
Eslatma: g‘o‘za hosildorligi 30 s/ga, beda pichani 1 yili 30 s/ga, 2 va 3 yillarda 150 s/ga, g‘alla doni 40 s/ga, takroriy ekin - kartoshka 250 s/ga; soya - 20 s/ga; makkajo‘xori - don 40 s/ga.
Buning uchun berilgan tizimlar bo‘yicha rotatsiya tuzilib, olingan hosildorlik va yalpi hosil miqdori aniqlanadi. Shundan so‘ng yetishtirilgan mahsulotning xarid narxlari asosida umumiy bahosi topilib, almashlab ekish tizimlari bo‘yicha ma’lumotlar taqqoslanadi, ularga baho beriladi.
Nazorat uchun savollar.
1. Almashlab ekish deb nimaga aytiladi?
2. Almashlab ekishda rotatsiya davri deganda nimani tushunasiz?
3. Almashlab ekish loyihasini tuzishda nimalar e’tiborga olinadi?
4. Takroriy va oraliq ekinlar qachon ekiladi, ularga qaysi ekinlar kiradi?
5. Hozirgi kunda tavsiya etilgan almashlab ekish tizimlarini tushuntiring?
Yüklə 18,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə