O’zbekiston ikkinchi jahon urushi yillarida (1929-1945) yillar kirish I – bob o’zbekiston ikkinchi jahon urushi yillarida (1929-1945) yillar



Yüklə 46,17 Kb.
səhifə1/7
tarix28.11.2023
ölçüsü46,17 Kb.
#133602
  1   2   3   4   5   6   7
O’ZBEKISTON IKKINCHI JAHON URUSHI YILLARIDA (1929-1945) YILLAR



O’ZBEKISTON IKKINCHI JAHON URUSHI YILLARIDA (1929-1945) YILLAR
KIRISH
I – BOB O’ZBEKISTON IKKINCHI JAHON URUSHI YILLARIDA (1929-1945) YILLAR



    1. Ikkinchi jahon urushining boshlanish sabablari. O’zbekistonning urush girdobiga tortilishi.

    2. “Xotira va qadrlash” kuninig milliy bayram sifatida nishonlanishi, uning mohiyati va axamiyati.



II- BOB O’ZBEKISTON IKKINCHI JAHON URUSHI YILLARIDA



        1. illarda o’tkazilgan iqtisodiy isloxotlar, ularning samarasizligi.

2.2. Mustabid sovet tizimining O’zbekistonda amalga oshirgan qatag’onlik siyosati va uning oqibatlari.


XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
.
KIRISH
Insoniyat juda ko’p urushlarni boshidan kechirgan bo’lib, bular ichida eng dahshatlisi, 50 milliondan ortiq kishining yostig’ini quritgan, XX asr fojiasi bo’lmish ikkinchi jahon urushidir. Olti yil (1939 yil sentyabr - 1945 yil sentyabr) davom etgan bu urush yer sharining 80% aholisi joylashgan hududni, 61 ta mamlakatni o’z ichiga qamrab olgan.
1939 yil 1 sentyabrda fashistlar Germaniyasi qo’shinlarining Polshaga bostirib kirishi bilan ikkinchi jahon urushi boshlanib ketdi. 1941 yil 22 iyun Germaniya hujum qilmaslik to’g’risidagi shartnomani buzib, Sovet Ittifoqiga hujum boshladi. Bu davlat fuqarolari bo’lgan xalqlar uchun og’ir sinovlardan iborat urush boshlandi. O’sha kuni mamlakatda harbiy xolat joriy etilganligi haqida farmon e’lon qilindi. 23 iyunda Toshkentda ko’p ming kishilik miting bo’lib o’tdi.
Urush butun mamlakat xo’jaligi, uning hayotini tubdan o’zgartirib yubordi. 1941 yil 30 iyunda Davlat mudofaa Qo’mitasi (DMK)ning tuzilishi bilan mamlakatdagi butun siyosiy, harbiy va xo’jalik hokimiyati uning qo’liga o’tdi. Ushbu qo’mitaning raisi I.V.Stalin 19 iyuldan SSSR mudofaa xalq komissari, 8 avgustda SSSR qurolli kuchlari Oliy Bosh qo’mondoni lavozimini egalladi. U ayni paytda SSSR XKS raisi va VKP (b) MK Bosh kotibi bo’lgan. Urushning dastlabki kunlarida qabul qilingan maxsus qarorlar ko’rsatmalarda mamlakatning katta xavf ostida qolganligi, uni himoya qilish uchun zudlik bilan barcha iqtisodiy-ma’naviy kuchlarni mudofaa manfaatlariga bo’ysindirish, xalq xo’jaligini to’liq harbiy izga solish lozimligi qayd etildi. Uzoq davom etgan urush qiyinchiliklari O’zbekiston mehnatkashlarini ham og’ir ahvolga soldi.
Ikkinchi jahon urushi davrida respublikaga rahbarlik qilgan O’zbekiston Kompartiyasi MKning 1-kotibi Usmon Yusupov (1937-1950 yy.) O’zbekistonliklarni fashizmga qarshi kurashga safarbar qilishda bosh-qosh bo’ldi.
O’rta Osiyo harbiy okrugi front uchun 1941 yil iyundan 1942 yil oxirigacha harbiy safarbarlik asosida 109 ta harbiy qo’shilma tuzdi, harakatdagi armiyaga va Oliy Bosh qo’mondonlik qarorgoh rezerviga 86 deviziya va brigada jo’natildi.
Urush yillarida bir yarim miliondan ortiq O’zbekistonlik fuqaro fashizmga qarshi janglarda qatnashdi. 1940 yilda respublika aholisi 6,5 million kishidan iborat edi.
Umumiy axvolning keskin yomonlashuvi oziq-ovqat borasida qiyinchilik tug’dirdi. SHaharlarda oziq-ovqat kartochkalari joriy qilindi. Urush yillarida aholining yangi ijtimoiy guruhlari - harbiy xizmatchilar oilalari, ko’chib kelgan kishilar, Urush nogironlari, yetim bolalar paydo bo’ldi. Urush yillarida respublikaga bir millondan ortiq kishi, shu jumladan 200 ming yetim bola evakuatsiya qilindi. O’zbekiston ularga boshpana ber di.
O’zbeistonliklar ko’chirib keltirilgan bolalarga mehribonlik va hamxo’rlik ko’rsatdilar. 15 nafar yetim bolalarni farzandlikka olgan SHomahmudovlar oilasining oliyjanobligi hammamizga ma’lum. Urush nog’ironi kattaqo’rg’onlik hamid Samadov oilasi 13 bolani o’z panohiga oldi, Samarqandlik kolxozchi Fotima Qosimova 10 bolani qabul qildi. Urush yillarida 4,5 ming nafardan ziyodroq bolalar O’zbekistonlik oilalar tomonidan qabul qilinib olindi. Ko’chirib keltirilgan bolalarning asosiy qismi bolalar uylariga joylashtirildi. Urush yillarida bunday uylarning soni ikki barobardan ziyod ko’paydi.1

Yüklə 46,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə