O’zbekiston ikkinchi jahon urushi yillarida (1929-1945) yillar kirish I – bob o’zbekiston ikkinchi jahon urushi yillarida (1929-1945) yillar


I – BOB O’ZBEKISTON IKKINCHI JAHON URUSHI YILLARIDA (1929-1945) YILLAR



Yüklə 46,17 Kb.
səhifə2/7
tarix28.11.2023
ölçüsü46,17 Kb.
#133602
1   2   3   4   5   6   7
O’ZBEKISTON IKKINCHI JAHON URUSHI YILLARIDA (1929-1945) YILLAR

I – BOB O’ZBEKISTON IKKINCHI JAHON URUSHI YILLARIDA (1929-1945) YILLAR



    1. Ikkinchi jahon urushining boshlanish sabablari. O’zbekistonning urush girdobiga tortilishi.

1941 yil oxirigacha 300 ga yaqin korxona harbiy izga solindi, jangovor texnika, qurollar, o’q-dori ishlab chiqarishga moslashtirib qayta qurildi. SHulardan 100 tasi urush bo’layotgan hududlardan ko’chirib keltirildi va qayta qurildi. Bundan taSHqari yana juda ko’plab ishlab chiqarish korxonalari, maorif va madaniyat muassasalari O’zbekistonga evakuatsiya qilindi. 1941 yil 1 oktyabrgacha O’zbekiston sog’liqni saqlash xalq komissarligi tizimida 47 gospital barpo etildi va zarur uskunalar bilan jihozlandi.
Iqtisodiyotni jadal harbiy izga solish eng muhim vazifa edi. Bunda front orqasi mehnatkashlarining xizmatini aloxida ta’kidlash lozim. 1941 yil 26 iyundan boshlab ishchi va xizmatchilar uchun ish vaqtidan tashqari majburiy ortiqcha ishlar joriy qilindi, haftasiga mavjud besh kunlik o’rniga olti kunlik, bir kunda 11 soatlik ish kuni joriy qilindi. Aslida ish kuni 12-14 soatga cho’zilardi. Bu ishchi va xizmatchilar sonini oshirmasdan, ishlab chiqarish quvvatini ko’tarish imkonini berdi. Biroq ishchi kuchi baribir yetishmasdi. O’zboshimchalik bilan korxonadan ketib qolganlarga 5 yildan 8 yilgacha qamoq jazosi belgilab qo’yildi.
Xullas, urush yillarida O’zbekistonning butun moddiy va ma’naviy kuchlari g’alaba uchun safarbar etildi, hayot harbiy izga tushdi.
Urushning dastlabki vaqtlaridan iqtisodiy vaziyat keskin og’irlashdi. Ittifoq respublikadagi ko’pgina sanoat va qishloq xo’jalik rayonlarini bosib olganligi xalq xo’jaligini og’ir ahvolga solib qo’ydi. 1941 yil oxiri va 1942 yilgi Markaziy ho’kumatning harbiy xo’jalik rejasi qabul qilindi. Bunda SHarqning ahamiyati keskin ortganligi qayd qilindi va SHu yerda nihoyatda qisqa muddatda sanoat qurilishini avj oldirish, harbiy mahsulotni ishlab chiqarishni ko’paytirish, frontga umumxalq yordamini uyushtirish ko’zda to’tildi.
1941 yil sentyabr-deqabr oylarida respublika hukumati xalq xo’jaligini harbiy izga solish, qaysi korxona qachon ishga tushirilishi to’g’risida, ichki resuslarni to’la safarbar etish to’g’risida aniq vazifalarni belgilab berdi. Kadrlar, sanoat xom ashyosi, yoqilg’i, stanoklar, uskunalar keskin yetishmasligiga qaramay, 1941 yil deqabriga kelib Toshkentdagi 63 ta, respublika hududidagi 230 ta sanoat korxonalari mudofaa mahsulotlari ishlab chiqara boshladilar. Ko’chirib kelingan zavodlar ham o’z quvvatini oshirib bordilar.
Elektr energiyasi ishlab chiqarishni ko’paytirish maqsadida 7 ta yirik va 30 ga yaqin kichik GESlar qurildi. Ayniqsa, O’zbekistonning eng yirik gidrostansiyasi bo’lib qolgan Farxod GES ko’rilishi umumxalq qurilishga aylantirilib, 10 oy ichida Sirdaryo to’silib, GES ishga tushirildi. Elektr energiyasi 1940 yilga qaraganda 1943 yil 3,5 barobar oshdi, 1945 yilda esa 1187 ml.kilovat soatga ko’paydi. Yangi ko’mir va neft qonlari ochildi, eskilaridan ko’proq foydalaniladigan bo’lindi (Angren, SHargun, Qizilqiya qonlari va boshqalar). Bekobodda metallurgiya zavodi barpo etildi. Olmaliq mis qoni ishga tushirildi.
Urush yillarida O’zbekistonda indo’striyaning barcha sohalariga taalluqli bo’lgan 280 ta yangi sanoat korxonasi qurildi. Respublikaning sanoat quvvati 1945 yili 1940 yildagiga nisbatan 2 marta, neft ishlab chiqarish 4 marta, metallni qayta ishlash 4,5 marta, mashinasozlik 13,4 marta, ko’mir ishlab chiqarish 30 marta oshdi, kimyo sanoati ishlab chiqaradigan yalpi ma’sulotlar 5 barobar ko’paydi. SHular qatorida yengil va oziq-ovqat kooperativ sanoatining ham ishlab chiqarish ko’lami ancha kengaydi.
Temir yo’l ham harbiy xizmatga o’tkazildi. Toshkent temir yo’li ko’chirib kelinayotgan korxonalarning asbob-uskunalari Garbdan SHarqqa yetkazib beriladigan asosiy yo’llaridan biri bo’lib qoldi, SHarqdan Garbga esa qurol-yarog’lar yuborilardi.
Urush davri talablari pochta va telegraf ishini ham qiyinlashtirib qo’ydi. Barcha aloqa korxonalarida ish vaqti tig’izlashtirilib, ish hajmi oshirildi, pochta korxonalarining soni, telegraf va telefon tarmoqlari uzunligi ortdi.
Urush boshlanishi bilan respublika qishloq xo’jaligi oldida ham front va front ortini qishloq xo’jalik mahsulotlari bilan, sanoatni esa xom ashyo bilan ta’minlash vazifasi turardi. Buning uchun xalq xo’jaligining barcha sohalari kabi, qishloq xo’jaligini ham harbiy izga solish, texnik ekinlar, don, poliz va sabzavot ekinlarini ko’paytirish, chorvachilik mahsulotlarini oshirish zarur edi. Vaziyatning murakkabligi shundan iborat ediki:
1. Respublika qishloq xo’jaligi paxta yetishtirishga ixtisoslashgan bo’lib, oziq-ovqat mahsulotlarining bir qismi Ittifoq fondidan keltirilar edi. Urush boshlangandan keyin oziq-ovqat keltirish to’xtadi, a’olini boqish uchun ichki imkoniyatlarni topish zarur edi.
2. Deyarli bir millionga yaqin kishi, 200 ming yetimlar O’zbekistonda boshpana topdi. Evakuatsiya qilingan aholi hisobiga shaharlar aholisining ko’payiSHi oziq - ovqat bo’lgan talabni yanada oSHirdi.
3. De’qonlar frontga va harbiy sanoatda ishlashga safarbar etilgach, dehqonlarning mashaqqatli mehnati keksalar, ayollar, o’smirlar zimmasiga tushgan edi.
4. Sovxozlarga Garbdan yangi traktorlar, qishloq xo’jalik mashinalari va ularga ehtiyoj qismlar keltirish to’xtab qoldi.2

Bu qiyinchiliklarga qaramasdan respublikada dehqonchilikni asosiy tarmoq sifatida saqlab qolgan holda don, qand lavlagi, pilla, sabzavot, poliz ma’sulotlari yetishtirishni keskin ko’paytirish tadbirlari ko’rildi. Birinchi navbatda ekin maydonlarini oshirish yuksak sur’atlar bilan olib borildi. SHimoliy Toshkent kanalini barpo etish 15 ming gektar yer ni sug’orish imkonini berdi. O’zbekiston mehnatkashlarining kuchlari bilan Yuqori CHirchiq, SHimoliy Farg’ona, So’x-SHohimardon, Uchqo’rg’on kanallari, Kosonsoy suv ombori bunyod etildi. 1942-1943 yillar mobaynida sug’oriladigan yerlar 546 ming gektarga kengaydi.


SHunday qilib, urush yillarida O’zbekiston qishloq xo’jalik axli eng murakkab va og’ir sharoitda mehnat qilib, 4 million tonnadan ziyod paxta xom ashyosi, 82 mln. pud don, 55 ming tonna pilla, 11 mln. tonna sholi, 57,5 ming tonna meva va uzum, 36 ming tonna go’sht, 22,3 ming tonna jun va boshqa mahsulotlar yetkazib ber dilar. Bu fashizm ustidan qozonilgan g’alabaga qo’shilgan munosib ‘issa edi.
Front va front orqasini zarur xom ashyo va oziq-ovqat bilan ta’minlash hamda jangchilarni g’alaba sari ruhlantirishda O’zbekiston xalqi, xususan, fan va madaniyat arboblarining hissasi nihoyatda katta bo’ldi. Ilmiy muassasalarda tadqiqotlar yo’nalishi ham urush davri manfaatlariga moslashtirildi. Geolog, energetik, kimyogar olimlarning ilmiy ishlari samarali bo’ldi. Bu davrda yangi qonlar o’zlashtirildi. O’rta Osiyo Universitetining kimyo-fakulteti negizida farmatsevtika zavodi ishga tushirildi. Evakuatsiya qilinganlar hisobiga ko’paygan respublika aholisini oziq-ovqat bilan ta’minlash bo’yicha hamma imkoniyatlardan foydalanildi.
O’zbekiston SSRning harbiy mintaqalaridan Ittifoq akademiyasi institutlari va ilm-fan arboblari evakuatsiya qilindi. 1941 yilning kuzida SSSR Fanlari akademiyasi SHarqshunoslik, Tarix, Jahon adabiyoti, Moddiy madaniyat tarixi va boshqa ilmiy-tadqiqot institutlari, ko’plab olimlar ko’chib keldilar. SSSR Fanlar akademiyasi O’zbekiston filialining negizida 1943 yil 4 noyabrda O’zbekiston SSR Fanlar akademiyasi tashqil topdi. Akademiyaning birinchi prezidenti etib T.N.Qori-Niyozov saylandi. Fanlar akademiyasining tashqil etilishi o’zbek xalqi hayotida muhim xodisa bo’ldi. Bu akademiya O’zbekiston ilmiy tafakkurining markazi bo’lib qoldi. Bu davrda taniqli matematik olimlar T.N.Qori-Niyozov, T.A.Sarimsoqov, geolog olimlar X.N.Abdullaev, A.S.Uklonskiy, faylasuf I.M.Mo’minov, kimyogar olimlar O.S.Sodiqov, S.Yu.Yunusov, energetik A.N.Askogenskiy va boshqalar samarali ilmiy ishlarni olib borgan. Urush tufayli Moskva, Leningrad, Kiev, Minsk va boshqa shaharlardan ko’chirib keltirilgan olimlar, shoirlar, yozuvchilar va sa’natkorlar O’zbekiston olimlari va ijodkorlari bilan mustahkam aloqada ish olib bordilar.
Insonparvarlik g’oyalarini kengroq targ’ib qilish maqsadida o’zbek xalqi madaniy merosidan foydalana boshlandi. Tarixiy mavzuda badiiy asarlar («Maxmud Tarobiy», «Muqanna», «Jaloliddin Manguberdi», «Tohir Malik» va boshqalar) yaratildi. hamid Olimjon, Oybek, G’afur G’ulom, Komil Yashin, Abddulla Qahhor, Uyg’un, Sulton Jo’ra, Oydin kabi shoir va adiblar urush mavzuiga bag’ishlangan asarlar yaratdi.
Respublika teatr san’ati, kinomatog’rafiya, xaykaltoroshlik va rassomlikda vatanparvarlik mavzuidagi asarlar yaratildi. O’zbekistonda shu yillarda 35 ta mahalliy, 16 ta ko’chirib keltirilgan teatr ish olib bordi. Urush yillarida o’zbek san’atkorlari 30 ta qonsert brigadalariga bo’linib, frontdagi jangchilarga 35 ming gospitallarda esa 26 ming qonsert namoyish etdilar. Ayniqsa Tamaraxonim, Halima Nosirova, Mukarrama Turg’unboeva, Sora Eshonto’raeva, Abror Hidoyatov kabi san’atkorlar ishtIroqidagi qonsert va tomoshalar jangchilar, tomoshabinlar qalbiga zo’r ko’tarinkilik baxshida etgan. A.Abdullaev, U.Ahmedov, O’.Tojiboev kabi rassomlar urush lavhalari, badiiy yilnomalarni yaratib, xalqimizning front va front orqasidagi fidokorona mehnatini mahorat bilan tasvirladilar.
Qisqa metrajli filmlar va 10 ta badiiy filmlar yaratildi. Y.Azimov, K.Yormatov, N.G’aniev, S.Muhamedov kabilar o’zbek kinomatog’rafini rivojlantirdilar. Bu davrda ishlangan «Nasriddin Buxoroda», «Toxir va Zuhra» kabi filmlar «O’zbekfilm»ning oltin fondiga kiritildi.
1941-1945-yillardagi urushning barcha jabhalarida O’zbekistonlik jangchilar qahramonlik va mardlik ko’rsatdilar. Ikkinchi jahon urushida fashistlar va Yaponiya militarizmi kuchlariga qarshi kurashdagi jasorati, mardlik va qahramonligi uchun 120 ming kishi orden va medallarga, 280 kishi esa Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoniga sazovor bo’ldi, ulardan 75 tasi o’zbek jangchilari edi, 82 O’zbekistonlik askar har uchala darajali «SHuhrat» ordenini olishga muyassar bo’lgan.
Jang harakatlari davrida harbiy asirlikda bo’lganlar, xususan, Turkiston legionida qatnashganlarning taqdiri ham nihoyatda og’ir kechdi. Urush tugagach, ular hamma joyda ta’qib etildi, ko’pchiligi turli qiynoqlarga duchor qilindi. Bu qiynoqlardan omon qolgan oz sonli kishilargina keyinchalik ozodlikka chiqarildi.
1999-yil mayda Toshkentda Xotira va qadrlash maydoni barpo etilib, unda «Motamsaro ona» haykali o’rnatildi. Xiyobonning SHimoliy va Janubiy tomonida qad ko’targan ayvonlar tokchalarida ikkinchi jahon urushida halok bo’lgan O’zbekistonlik barcha jangchilarning ism-shariflari bitilgan metall taxtalar qo’yilgan.

Yüklə 46,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə