Tabiiy tusdagi favqulodda vaziyatlarni oqibatlarini bartaraf



Yüklə 84,3 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix24.12.2023
ölçüsü84,3 Kb.
#160942
  1   2
Yuldoshev Shaxboz xoshimjon o’g’li



Международный научный журнал № 1(100), часть 1 
«Научный Фокус» май, 2023 
159 
TABIIY TUSDAGI FAVQULODDA VAZIYATLARNI OQIBATLARINI BARTARAF 
ETISH TIZIMI BO’YICHA O’QITISH 
Yuldoshev Shaxboz xoshimjon o’g’li 
Uzoqov Shohjohon 
Namangan Muxandislik qurulish instituti NamMQI talabasi: 
 
Annotatsion: 
Tabiiy ofat-bu tabiatda yuz beradigan favquloddagi ozgarish bolib, u 
birdan insonlarning motadil yashash, ishlash sharoitlarining buzilishi, odamlarning olimi 
hamda qishloq xojaligi hayvonlarining nobut bolishi, moddiy boyliklarning yoq bolib 
ketishi bilan tugaydigan hodisalardir.
Kalit soʻzlar:
tabiy ofat, zarar yetkazishi, zil zila, suv toshqinlari 
Tabiiy tusdagi favqulodda vaziyatlarning sodir bolishning oziga xos xususiyati 
shundan iboratki, favqulodda vaziyat inson ongi va uning faoliyatidan tashqarida sodir 
bolishidir. Tabiiy ofatlarning turlari xilma-xil: yer silkinish, suv toshqini, 
(gidrometeorologik) yer, tog, qor kochishi, kuchli shamol, yongin, qurgoqchilik, 
epidemiya, epizootiya, epifitotiya hodisalari va boshqalardir (olat, vabo, gemorragi 
isitma, toshmali terlama, sibir yara kasalligi, quturish, botulizm, va tulyarimiya 
kasalliklari). 
Yer silkinish va uning oqibatlari: 
Tabiiy ofatlar ichida eng xavflisi va dahshatlisi bu yer silkinishidir. Yer silkinish-
yer osti zarbasi va yer usti qatlamining tebranishi bolib, tabiiy ofatlar, texnologik 
jarayonlar tufayli yuizaga keladi. Yer ostki zarbasining paydo bolish ochogi, yerning 
ostki qatlamidagi uzoq vaqt yigilib qolgan energiyaning yuzaga otilib chiqish jarayoni 
tufayli yuzaga keladi. Ochoqning ichki qismi markazi giposentr deyiladi, yerning ustki 
qismidagi markasi episentr deyiladi. 
Yer silkinishi yuzaga kelish sabablariga kora quyidagi guruhlarga bolinadi: 
- Tektonik zilzilalar; 
-Vulqon zilzilalari; 
-Agdarilish, opirilish zilzilalari;, 
-Texnogen (insonning muhandislik faoliyati bilan bogliq) zilzilalar. 
Zilzila turlaridan eng xavflisi (talofatlisi), tektonik zilzila hisoblanadi. Malumki, 
har yili planetamizda 100000 (yuz ming) dan ortiq yer silkinishlarini seysmik asboblar 
(seysmograf) qayd etadi. Bulardan 100 tasi vayron qiluvchi, fojiali bolib imorat va 
inshoatlarning buzilishiga, yer yuzasida yoriqlarni paydo bolishiga ming-minglab 
insonlar yostigining qurishiga olib keladi.Yer silkinish ochogi giposentrning joylashgan 
chuqurligi boyicha: Yuza-70 km.gacha, orta-70-300km va chuqur-300 kmdan pastda: 
Mantiya qatlamida vujudga keladigan xillarini ajratish mumkin. 
Respublikamizda kuzatiladigan zilzilalarning ochogi asosan 70 km.gacha
chuqurlikda joylashganligi qayd etilgan. Kuchli yer silkinishi oqibatida yerning 


Международный научный журнал № 1(100), часть 1 
«Научный Фокус» май, 2023 
160 
yaxlitligi butunligi ozgaradi, inshootlar, jihozlar buziladi, kommunal-energetik qismlar 
ishdan chiqishi, insonlar olimi, shikastlanishi roy beradi. Uzoq tarixiy saboq,yani yer 
silkinishi kishilarni ruhiy holatiga bolgan tasiri, imorat va inshootlarning buzilishi, 
bayron qilinishi, yer yuzida vujudga kelgan ozgarishlar (yer sathida yoriqlar va 
buloqlarning paydo bolishi)yuz bergan hodisalarning kuchini baholashga 
orgatgan.Natijada nisbiy baholash shkalasi paydo bolgan zilzila. Kuchi ikki xil olchov 
birligida olchanadi. 1. Ballarda:,2. Magnitudada. Dunyoning juda kop davlatlarida yer 
silkinish kuchi 12 balli halqaro olchov birligida olchanadi.Episentrda tog jinsi 
zarrachalarining seysmik tezlanishini, u yerda sodir bolgan ozgarishlarga (buzilish, 
yorilish, vayron bolish va boshqalar) taqqoslagan holda,Rossiya fanlar Akademiyasi
olimlari tomonidan yer silkinishining kuchini ballarda baholash shkalasi ishlab 
chiqilib, bu usul hozirgi kunda hamma MDH ga kiruvchi davlatlarda, 
jumladan,OzbekistondaMShK( Medvedev,Shponxoer va Karnik )nomi bilan qollaniladi. 
Ikkinchi olchov birligi Rixter shkalasi boyicha Magnituda(M) hisoblanadi. Magnituda 
shkalasi 1935-yilda Amerika seysmologi Rixter tomonidan taklif qilingan. Magnituda 
yer silkinishining umumiy energiyasini ko`rsatib,u yerning maksimal surilish 
amplitudasi logarifmini belgilaydi va mikronlarda aniqlanadi. 
Yer silkinish kuchining xususiyatlari: Yer silkinish kuchiga qarab quyidagi
holatlar kuzatiladi; 
1ball- sezilarsiz, faqatgina seysmik asboblar qayd qiladi: 
2ball-juda kuchsiz, uy ichda utirgan bazi odamlar sezishi mumkin(deraza oynalari 
titraydi): 
3ball- kuchsiz, kopchilik odamlar sezmaydi, Ochiq joyda tinch otirgan odam 
sezishi mumkin. Osilgan jismlar asta sekin tebranadi: 
4ball-ortacha sezilarli.Ochiq joyda, bino ichida turgan odamlar sezadi.Uy 
devorlari qirsillaudi.Rozgor anjomlari titraydi, osilgan jismlar tebranadi: 
5ball-Ancha kuchli. 
Hamma sezadi, uyqudagi odam oygonadi, bazi odamlar hovliga yugurib 
chiqadi.Idishdagi suyuqlik chayqalib tokiladi,osilgan oy jihozlari qattiq tebranadi: 
6ball-Kuchli. Hamma sezadi uyqydagi odamlar uygonadi, kopchilik odamlar 
hovliga yugurib chiqadi. Uy hayvonlari betoqat boladi. Bazi hollarda kitob jovonidagi 
kitoblar, rozgor buyumlari, javondagi idishlar agdarilib tushadi: 
7ball –Juda kuchli. Kopchilik odamlarni qorquv bosadi, kochaga yugurib chiqadi, 
avtomobil haydovchlari harakat vaqtida ham sezadi, uy devorlarida katta-katta 
yoriqlar paydo boladi, hovuzlardagi suv chayqaladi va loyqalanadi: 
8ball-Yemiruvchi. Xom gishdan qurilgan imoratlar butunlay vayronaga aylanadi, 
ancha pishiq qilib qurilgan imoratlarda ham yoriqlar paydo boladi, uy tepasidagi 
morilar yiqiladi,bazi daraxtlar butun tanasi bilan yiqiladi, sinadi, toglik joylarda 
qulash, surilish hodisalari yuz beradi; 


Международный научный журнал № 1(100), часть 1 
«Научный Фокус» май, 2023 
161 
9 ball-Vayron qiluvchi. Yer qimirlashiga bardosh beradigan qilib qurilgan
imoratlar va inshoatlar ham qattiq shikastlanadi.Oddiy imoratlar butunlay vayron 
boladi, yer yuzasida yoriqlar paydo boladi, yer osti suvlari sizib chiqish mumkin: 
10 ball-Yakson qiluvchi. Hamma imoratlar yakson boladi. Temir yol izlari 
tolqinsimon shaklga kelib qoladi, yer osti kommunal quvurlari uzilib ketadi, chokish 
hodisalari roy beradi.Suv havzalari tolqinlanib qirgoqqa uriladi, qoyali yon bagirlarda
katta-katta surilish hodisalari sodir boladi: 
11 ball-Fojiali.Hamma imoratlar deyarli vayron boladi, togonlar yorilib ketadi, 
temir yollar butunlay ishdan chiqadi,yerning ustki qismida katta- katta yoriqlar paydo 
boladi,yer ostidan balchiqlar kotarilib chiqadi, surilish , qulash hodisalari nihoyasiga 
yetadi. 
12 ball- kuchli fojiali.Yerning ustki qismida katta ozgarishlar roy beradi. Hamma 
imoratlar butunlay vayron boladi, daryolarning ozani ozgarib sharsharalar paydo 
boladi tabiiy togonlar vujudga keladi. 
Mustaqil davlatlar hamdostligi(MDH) hududining 20 foizga yaqin eri seysmoaktiv 
mintaqa hisoblanib, bunday hududlarga asosan togli olkalar,Kavkaz orti,Shimoliy 
Kavkaz, Karpat boyi, Janubiy Qrim,Moldoviya, Primorye, Saxalin, Kamchatka, Kuril 
orollari, Turkmaniston va Orta Osiyoning togli olkalari kiradi. 
Imoratlarga, inshootlarga yer silkinishining tasiri va xususiyatlari:Zilzilaning
kuchi tasirida imoratlar va inshootlar talafot koradi.Korilgan talafot darajasi inshoot 
loyihasiga, ishlatilgan qurilish materiallariga bogliq.Shuning uchun hamma insahootlar 
va ularning koradigan talofotlari davlat standarti bilan tartibga solinadi. 
Inshootlar koradigan talafotlar quyidagicha tasniflanadi: 
1-darajali talafot.Bunda yengil shikastlanish yuz beradi. 
2-darajali talafot. Ogir bolmagan shikastlanishlar sodir etiladi,devorlarda katta 
bolmagan yoriqlar paydo boladi. 
3-darajali talafot.Inshootlarning ogir shikastlanish roy beradi,devorlarda katta va 
shuqur yoriqlar paydo boladi. 
4-darajali talofat.Imorat va inshootlar ichki devorlarining toliq buzilishi roy 
beradi. 
5-darajali talofat.Imorat va inshootlar toliq buzilish sodir bo`ladi. 
Shuni nazarda tutish lozimki,yer silkinishi bu turdagi tabiiy ofatlarni, 
falokatlarni:masalan, yer surilishi suv toshqini, qor ko`chkisi, yong`in va portlashlar 
sodir bo`lishi, kommunal-energetik tizimlarni izdan chiqishi, kimyo sanoati
korxonalarida avariya natijasida kuchli ta`sir etuvchi zaharli moddalarni(KTEZM) 
tashqariga to`kilishi,atom elektr stansiyalarida(AES) radiaktiv moddalarni 
atmosferaga chiqishi kabilar sabab bo`lishi mumkin.Ammo, hozirgacha yer 
silkinishining aniq vaqtini va joyini aniq aytib bera oladigan uslub yo`q.Lekin yerning 
tavsifli xususiyatlari, tirik mavjudotlarning hatti harakatlari o`zgarishiga qarab olimlar 
yer silkinishi to`g`risida ayrim taxminiy ma`lumotlarni beradilar.Yer silkinishi ofatidan 
muhofaza qilishning bir usuli bu oldindan seysmoaktiv mintaqalarni belgilash 


Международный научный журнал № 1(100), часть 1 
«Научный Фокус» май, 2023 
162 
hisoblanadi. Bunda insonlar uchun, xalq xo`jaligi tarmoqlari uchun xavfli bo`lgan 7-8 
balli yuqori yer silkinish mumkin bo`lgan joylarni belgilab xarita tuziladi. 
Mana shunday seysmoaktiv mintaqalarda oldindan turli muhofaza omillari 
ko`rilib, inshootlarni qurishni amalga oshirish,(kimyo zavodlari, atom elektr 
stansiyalarni )yoki to`xtatish ishlari amalga oshiriladi. Shunday ishlar, ya`ni 
O`zbekistonning seysmoaktiv hududlari xaritasi 1977 yilgacha amal qilib keldi va 
hozirgi kunda O`zbekiston Fanlar Akademiyasining seysmologiya instituti tromonidan 
1997 yilda O`zbekistonning yangi seysmoaktiv xaritasi tuzilib, bunda har bir 
hududning seysmologik xususiyatlari hisobga olingan. Yangi xaritada kursatilishicha 
O`zbekistonning mintaqalarida sodir bo`lishi mumkin bo`lgan yer silkinishlari 
belgilangan. Jumladan, Qoraqalpog`iston respublikasida 6-ballgacha:Xopazm va 
Samarqand viloyatlarida, 7-ballgacha, Toshkent, Qarshi,Buxoro,Termez, Namangan 
,Fargona shaharlarida-8 ballgacha, Andijon biloyatida, 9- ballgacha belgilangan. 
Respublikamizda 136 ta shahar mavjud bo`lib shundah 13 tasi yirik shaharlar 
hisoblanadi. Shaharlarda qurilishlar 5ta toifa bo`yicha amalga oshirilib ular katta- 
kichikligidan qat`iy nazar halqa yuli bilan belgilanishi lozim. Chunki favqulodda 
vaziyatlarda fuqarolarni faqat tranzit yullar orqali (jumladan, halqa yo`llari 
orqali)harakat qilishga yunaltirilishi lozim. Shuning uchun har bir korxona rahbari yer 
silkinishi 
oqibatlarini 
kamaytirishning 
asosiy 
tadbirlarini 
bilishi 
zarur.
Bular quyidagilardan iborat: 
-Hududni seysmik xaritasi, unda zilzila bo`lish ehtimoli bor joylar va uning kochi 
ko`rsatiladi: 
-Zilzilaga bardosh beradigan uylar va sanoat inshootlarini qurish: 
-Zilzila sodir bo`lib qolgan holda aholi uzini qanday tutishi va hatti- harakatlari 
haqida tushuntirish : 
- Seysmik stansiyalarda uzluksiz navbatchilakni tashkil etish va amalga oshirish. 
-Zilzilalar haqida aniq xabar va aloqa tizimini tashkil etish: 
-Qutqaruv, kuch vositalarni tayyor holga keltirib qo`yish. 
-Aholini, xavfsiz, o`z vaqtida evakuatsiya qilish tadbirlarini ishlab chidish: 
-Moddiy –texnik ta`minoti( suv, oziq- ovqat, dori- darmon) zaxiralarini tashkil 
qilish: 
-Zilzila haqida xabar beruvchi belgilarni aholiga tushuntirish va oz ` vaqtida 
qullash. 
Yer silkinishini oldindan xabar beradigan (taxminiy)belgilar quyidagilardan 
iborat: 
-Yer osti suvlarining fizik- kimyoviy tarkibining o`zgarishi (laboratoriyada 
aniqlanadi): 
-Qushlar va uy hayvonlarining bezovtalanishi, gaz hidining kelishi,havoda 
chaqmoq chaqishi va yorug`lik paydo bo`lishi: 


Международный научный журнал № 1(100), часть 1 
«Научный Фокус» май, 2023 
163 
-Bir-biriga yaqin,lekin tegmayotgan elektr simlaridan uchqun chiqishi, uylarning 
ichki devorlarida zangori shu`lalar paydo bo`lishi va lyuminitsent lampalarning o`z- 
o`zidan yonishi: 
Mana shu belgilarni bilgan fuqaro yoki zilzila haqida xabar eshitganda, 
sarosimasiz va ishonchli harakat qilish kerak.Zilzila haqida xabar berilsa, uyni tashlab 
chiqishdan oldin,gaz va boshqa isitgich asboblarini o`chirish, bolalar va qariyalarga 
yordam berish, zarur buyumlarni,oziq-ovqat, dori-darmonlarni va hujjatlarni 
olib,ko`chaga chiqishi kerak. 
Agar zilzila kutilmaganda boshlanib qolsa, u holda eshik oraliqlariga yoki
ko`taruvchi ustunlar tagiga turib oliash zarur.Dastlabki silkinish zarbasi tinishi bilan 
tezlikda tashqariga shiqishi kerak. Shuni esdan chiqarmaslik kerakki, ko`p qavatli 
binolarning ehg nozik, ishonchsiz joylari zinapoya va liftlardir.Shuning uchun zilzila 
boshlangan paytda zinapoyalardan yugurish tavsiya etilmaydi va liftlardan foydalanish 
taqiqlanadi.Korxona va mussasalarda zilzila paytida ish to`xtatiladi.Elektr toki,suv, gaz 
va buglar to`xtatilib, fuqarolar muhofazasi qismlaridagi ishchi va xizmatchilar 
oldindan belgilab qo`yilgan joylarga to`oplanadilar, boshqalar esa xavfsiz joylarda 
bo`ladilar.Zilzila vaqtida tashqarida bo`lgan fuqarolar uyga kirishga shoshmasligi,balki 
o`sha joy rahbarining ko`rsatmalarini diqqat bilan kutib,unga rioya etgan holda 
harakat qilishlsri kerak.Zilzila vaqtida jamoat transportining to`la to`xtatilishini kutib, 
oldin bolalarni, nogiron va qariyalarni tushirish kerak..Yurib ketayotganda sakrav 
tushib qolish yaramaydi,zilzila vaqtida jabrlanganlarga asosan yordamni fuqarolar 
muhofazasi qismlari beradi,lekin zarur bo`lgan hollarda aholining ham yordam berishi 
maqsadga muvofiqdir. 
Suv toshqini va uning talofatlari; Suv toshqini ham tabiiy ofatlar orasida eng 
xavflisi hisoblanadi.Suv toshqini deb, daryo, ko`l hovuzlardagi suv sathining keskin 
ko`tarilish natijasida ma`lum maydonlardagi yerlarni suv tagida qolishiga aytiladi.Suv 
toshqiniga turli omillar sababchi bo`ladi; 
-Kuchli yomg`ir yog`ish oqibatida (jala, sel quyishi): 
-Qorning surunkali erishi natijasida : 
-Kuchli shamol esishi natijasida ; 
-Oqar daryolardagi muzliklarni yig`ilib, sun`iy to`g`on hosil qilinishi: 
-Tog` jinslarining nurashi, surilishi yoki boshqa sabablar bilan suv saqlash 
omborlarining buzilishi oqibatida. 
Kuchli yomg`ir yog`ishi natjasida suvlarning sathi keskin ko`tarilib, daryo, 
ko`llarga sig`maydi va natijada ekin maydonlarini turar joy massivlarini,yo`llarni suv 
bosadi va ularni izdan chiqaradi. 
Suv toshqini kanallar va suv saqlaydigan omborlarning turli sabablarga ko`ra 
ishdan chiqishi oqibatida ham kuzatilishi mumkin. Umuman kanallar, suv omborlari, 
suv energiyasi, suv yo`llari hamda suvning o`zidan foydalanish maqsadida quriladi. 
Hozirgi vaqtda MDH davlatlarida suv sig`imi 1 million metr /kub dan ortiq bo`lgan suv 
omborlari mingtaga yaqin bo`lib, ularning suv sathi 116000 kilometr/kub ga teng. 


Международный научный журнал № 1(100), часть 1 
«Научный Фокус» май, 2023 
164 
(shundan 53 ta suv ombori O`zbekiston xududida joylashgandir ) bu suv omborlarida 
55,5miliard metr/kubdan ortiq suv saqlanib, ular orqali qishloq xo`jaligi suv bilan 
ta`minlanib, katta iqtisodiy samara olinadi. Lekin bunday gidrotexnik inshootlar biror 
sabablar bilan buzilsa atrofida yashovchi atrof-muhitga, insonlarga, dehqonchilikka 
jiddiy zarar keltiradi. Masalan, Chorvoq suv omborida 2,1 km/kub suv saqlanib, agar u 
buzilsa 8 metr qalinlikdagi suv Toshkent viloyatining uchta tumanini 46 km/ soat 
tezlik bilan harakatlanib suv bosish xavfi tug`iladi. Shunga o`xshash katta hajmdagi 
suv omborlari Jizzax, Sirdaryo, Buxoro, Samarqand viloyatlariga ham xavf solishi 
mumkin. 
Shuning uchun suv saqlaydigan omborlarni har xil falokatlardan asrash uchun 
hamma turdagi ehtiyot choralari ko`rilishi lozim. Jumladan, birlamchi va ikkilamchi 
saqlovchi platina qurish, har bir platinalar temir betonli qorishmalardan tayyorlanishi 
lozim. Gidrotexnik inshootlar quyidagi sabablarga ko`ra buzilishi mumkin. 
Kushli tabiiy hodisalar oqibatida: a) yer silkinishi, b) yer surilishi, v) kuchli sel 
kelishi,) kuchli yomg`ir suvidan yuvilib ketishi: 
-Gidrotexnik inshoot jihozlarinig eskirishi va tabiiy parchalanishi oqibatida: 
-Gidrotexnik inshootlarni loyihalashda va qurishda yo`l qo`yiladigan xatoliklar 
oqibatida: 
-Gidrotexnik inshootlardan noto`g`ri foydalanish va qoidalarini buzilishi 
oqibatida 
Umuman suv toshqiniga qarshi qo`llaniladigan omillar quyidagilardan iborat: 
daryodagi suvning sarflanish darajasini oshirish, suv oqimiga qarshi yerlarni 
kundalang qilib chuqur haydash, daryo qirg`oqlarini ko`tarishdan iboratdir. Suv 
toshqini xavfi tug`ilganda aholini o`z vaqtida xabardor qilish, fuqarolarni moddiy 
resurslarini, qishloq xo`jaligi hayvonlarini xavfsiz joylarga evakuatsiya qilish eng 
muhim ishlardan hisoblanadi. Evakuatsiyadan oldin har bir fuqaro o`zi yashab turgan 
uylarni xavfsiz holatga keltirish ya`ni (gaz,suv, elektr tarmoqlarini o`chirish deraza va 
eshiklarni mahkamlab bekitishlari lozim ) va o`zi bilan kerakli hujjatlarini, pul va 
taqinchoqlarini kamida uch kunga yetadigan yegulik oziq-ovqatlar va ichimlik 
suvlarini olishi zarur. 
Yashash joylarda elektrdan foydalanmasliklari lozim, chunki yong`in chiqishlarga 
olib kelishi mumkin. Suv toshqini xavfi o`tgandan keyin, fuqarolar o`zlarining doimiy 
yashash joylariga qaytib kelgach toshqin oqibatlarini bartaraf etish chora tadbirlarini 
boshlab yuboradilar. Ular quyidagilardan iborat: 
-Suv bosgan joylardagi suvni chiqarib tashlash va quritish: 
-Uylarning yerto`lalaridagi suvlarni chiqarib tashlash: 
-Toshqin natijasida buzilgan joylarni: maishiy –energetik tarmoqlarni, yo`llarni, 
ko`priklarni va boshqalarni qayta tiklash. 
-Qayta tiklab bo`lmaydigan, inshootlarni, uylarni yiqitish va tozalsh. 
- Ekinzorlarni suvdan tozalash. 


Международный научный журнал № 1(100), часть 1 
«Научный Фокус» май, 2023 
165 
Yuqoridagi tadbirlar fuqarolar muhofazasi shtabi va uning tizimlari boshchiligida, 
xalq ommasi ishtirokida amalga oshiriladi. 
Yer surilishi, uning sabablari va talafotlari. 
Tog` jinslari qatlamlarini qiya sath bo`ylab o`z og`irligi, gidrodinamik, gidrostatik, 
seusmik kuchlar ta`sirida surilishiga yer surilishi yoki yer ko`chishi deb aytiladi. Yer 
surilishining vujudga kelish qonuniyatlarini, bularning dinamikasini o`rganish katta 
ahamiyatga ega. Bu qurilish ishlarini olib borish sharoitini aniqlashda, xalq xo`jaligi 
inshootlarini inson hayotini saqlashda muhim omil hisoblanadi.Yer surilishi oqibatida 
xalq xo`jaligi katta zarar ko`radi ba`zi yirik inshootlar, yo`llar bir necha metrga surib 
tashlanadi, katta-katta ekin maydonlari foydalanishga butunlay yaroqsiz bo`lib qoladi 
butun-butun qishloqlar, shaharlar vayron bo`ladi minglab kishilar boshpanasiz qoladi, 
halokatga uchraydi.Yer surilishi- tog` jinsining surilish tezligi hamda suriluvchi tog` 
jinsini miqyos darajasiga ko`ra turli xilda bo`lishi mumkin. Jumladan, tog` jinslari 
surilish tezligining sekin, o`rtacha va kuchli xillari bo`lib, birinchisida surilish ber 
necha santimetrga, o`rtacha surilish bir necha metrga, kuchli bo`lganda esa tog` jinslari 
soatiga bir necha kilometrga suriladi. Mana shunday tezlikda yuz bergan surilishlar 
oqibatida katta falokatlar sodir bo`ladi ko`plab odamlar, va boshqa jonivorlar talofat 
ko`radilar.Yer surilishida ko`chgan tog` jinsining massasi bir necha million, ba`zan 
milliardlab metr/kubga yetadi. Markaziy Osiyo Respublikalari hududlarida ham 
hozirgi kungacha ko`pdan-ko`p yer surilishlari kuzitilgan. Masalan, 1973 yilda 
respublikamizning Ohangaron vodiysida, ATCHI deb nom olgan katta surilish, 1987 yil 
7-dekabrdaTojikistonning SHarora qishlog`ida , 1991 yilda Ohangaron vodiysida sodir 
bo`lgan Jigariston 1994 yil 16 aprelda sodir bo`lgan Ohangaron tumanining Qora 
qishloq hududida sodir bo`lgan yer surilishlarini aytish mumkin.Bu joylarda davlatga 
va aholiga katta miqdorda moddiy- ma`naviy ziyon keltirdi. 

Yüklə 84,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə