Mehnat va unga haq to’lash xisobi reja: Mehnat va ish haqi haqida tushuncha hamda uni hisobga olishning vazifalari



Yüklə 16,38 Mb.
səhifə1/3
tarix12.12.2023
ölçüsü16,38 Mb.
#148927
  1   2   3
buxgalteriya


Mehnat va unga haq to’lash xisobi
REJA:
1. Mehnat va ish haqi haqida tushuncha hamda uni hisobga olishning vazifalari
2. Mehnatga haq to’lashning shakllari va tizimlari hamda ularni hujjatlashtirish
3. Mehnat ta’tili va kasallik bo’yicha qo’shimcha haq hisoblashni hujjatlashtirish
4. Ish haqidan ushlab qolinadigan ajratmalar va to’lovlar
5. Xulosa.
Jamiyatda moddiy ne’matlarni ishlab chiqarish jarayoni mehnat quroli va mehnat buyumlaridan tashqari, bevosita jonli mehnat ham o’z ichiga oladi. Ishlab chiqarish jarayonida ishlab chiqarish vositalaridan foydalanib kishining iste’molini qondiradigan mahsulot vujudga keltiriladi.
Хo’jalik yuritishning bozor tizimiga o’tish sharoitida mehnatga haq to’lash, ijtimoiy qo’llab-quvvatlash va xodimlarni himoya qilish sohasidagi davlatning ko’plab vazifalari bevosita korxonalarga berilgan. Mehnatga haq to’lashning shakllari, tizimlari va miqdorini, mehnat natijasiga qarab rag’batlantirishni korxonalar mustaqil o’zlari belgilaydi. «Ish haqi» degan tushuncha hozir qonunchilik asosida ishlamagan vaqtlari uchun ham pul va natura shaklida hisoblangan ish haqining barcha turlarini o’z ichiga oladi.
Mehnatga haq to’lash bo’yicha hisoblashishlar buxgalteriya hisobi schyotlarining 6710-«Mehnat haqi bo’yicha xodim bilan hisoblashishlar» passiv schyotida yuritiladi. Mehnat va unga haq to’lash hisobi korxonaning hisob tizimida asosiy o’rinlardan birini egallaydi va u mehnatning son hamda sifati, iste’molga yo’naltiriladigan mablag’lardan foydalanish ustidan operativ nazoratni ta’minlashga qaratilgan.
Хo’jalik yuritishning yangi sharoitida mehnat va unga haq to’lash hisobining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
soliqlar va ish haqidan ushlanmalar ham qo’shilgan holda korxona xodimlari bilan mehnatga haq to’lashga doir hisob-kitoblarni o’z vaqtida olib borish;
hisoblangan ish haqi va sug’urtaga ajratmalar summasini xarajatlar schyotlariga o’z vaqtida hamda to’g’ri o’tkazib borishni ta’minlash;
boshqarish va zaruriy hisobotlarni tuzish uchun mehnat va ish haqi bo’yicha ko’rsatkichlarni operativ yig’ish va guruhlash;
ishchi-xodimlar soni, ularning mehnat unumdorligi va ish vaqtidan foydalanishini doimiy nazorat qilishdan iborat.
Ishchilar mehnatiga haq to’lashda tarif setkasi asos bo’lib hisoblanadi. Тarif setkasi ishlovchilarning malakasi, mehnatga haq to’lash shakli va mazkur sohaning xalq xo’jaligidagi ahamiyatini inobatga olgan holda tuziladi. Тarif tizimiga quydagilar kiritiladi:
- bir soat yoki bir kunlik mehnatiga to’lanadigan haq miqdorini belgilovchi tarif stavkasi;
- haq to’lashda ish va ishchilarning (malakasi) turli razradlari orasidagi munosabatlarini ko’rsatuvchi tarif setkasi;
- tarif-malakaviy ma’lumotnoma. Uning yordamida tarif setkasiga binoan ish va ishchining razradi aniqlanadi.
Oddiy ishlar 1-razradli ishchining tarif stavkasi bilan to’lanadi. Mehnat malakasi darajasiga, ya’ni belgilangan tarif razryadi va tarif koeffitsiyentiga, qarab qolgan razradlarning tarif stavkalari bu razraddan ortiq bo’ladi. Тarif razradi har bir ishlab chiqarish operatsiyasiga, har bir ish turiga tayinlanadi, shuning uchun ish bajarish normalarini hisobga olgan holda, ishbay ish haqini hisoblab topishda tarif stavkasidan foydalaniladi.
2006 yil 1 noyabdan boshlab byudjеtdan moliyalashtiriladigan muassasasalar, tashkilotlar va korxonalarning xodimlari mеіnatiga haq to’lash O’zR VMning 2006 yil 26 oktyabrdagi 218-sonli qarori bilan tasdiqlangan Yagona tarif sеtkasi (YaTS)ga asosan amalga oshiriladi. U o’z ichiga 22 tarif razryadini oladi va tarif koeffitsiеntlari orqali turli xil razryaddagi ish va ishchilar (malaka) o’rtasidagi mеhnatga haq to’lash nisbatini namoyon etadi
Mehnatni normalash, mehnatni ilmiy asosda tashkil qilishning asosiy tarkibiy qismi sifatida, ishlab chiqarish normasini va vaqt normasini o’z ichiga oladi. Normal ish sharoitida belgilangan vaqt (soat, smena, oy) birligida ishlab chiqarsa bo’ladigan normalashtiriluvchi mahsulot birligi (dona, metr, tonna)ning miqdori ishlab chiqarish normasi bilan belgilanadi. Vaqt normasi esa ma’lum tashkiliy-texnikaviy sharoitlarda ish bajarish uchun zarur bo’ladigan vaqtni (min., soat) nazarda tutadi.

Yüklə 16,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə