Microsoft Word Samaradorlikning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati va tushunchasi


Ishlab chiqarishni modernizatsiyalash-samaradorlikni oshirishning muhim



Yüklə 220,75 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/11
tarix15.04.2023
ölçüsü220,75 Kb.
#105713
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
shaxina

Ishlab chiqarishni modernizatsiyalash-samaradorlikni oshirishning muhim 
omili
Prezidentimiz Islom Abdug’anievich Karimov o’z ma’ruzasida ǁ2013 yil va 
yaqin kelajakka mo’ljallangan dasturimizni amalga oshirishda iqtisodiyotimiz va 
uning yetakchi tprmoqlarini modernizatsiya qilish, texnik hamda texnologik 
jihatdanyangilashni jadallashtirish va uning kulamini kengaytirish, ishlab 
chiqarishni diversifikatsiya qilish markaziy o’rin tutishi darkorǁ, deb 
ta’kidlaganligini yuqorida keltirib o’tgan edik.
Darxaqiqat, 2013 yil uchun chiqilgan 370dan ortiq strategik muhim loyihalarni 
amalga oshirishni ko’zda tutadigan investitsiya dasturi maqsadlari uchun ajratilgan 
13 mlrd. dollarning qariyb to’rtdan uch qismi yangi ishlab chiqarish korxonalarini 
barpo etish, rekonstruktsiya va modernizatsiya kilish uchun yunaltirilgagligi buning 
yakkol misolidir.
Demak, bugungi kundagi dunyo bo’ylab hukm surayotgan jaxon moliyaviy – 
iqtisodiy inqirozi sharoitida iqtisodiy soxalarda, jumladan ishlab chiqarish 
korxonalarini modernizatsiyalash, texnik-texnologik jihatdan zamon talabiga javob 
beradigan qilmb yangilash, yangi mahsulot turlarini iste’molchi va bozor 
talabiga mos holda yaratish va ular orqali korxona samaradorligini oshirishga 
erishish muhim ahamiyat kasb etadi.
Bitiruv - malakaviy ishining nazariy qismida korxonada ishlab chiqarish 
samaradorligini oshirishga ta’sir etuvchi bir qancha omillar mavjudligi haqida fikr 
yuritilgan edi. Ishlab chiqarish korxonasi samaradorligini oshirish yo’nalishlaridan 
biri sifatida ―Farg’ona Don maxsulotlariǁ OAJda modernmzatsiyalash, 
texniktexnologik jihatdan yangilash masalalarini taklif qilish maqsadga muvofiq 
bo’ladi.
Mamlakatimizda olib borilayotgan aqtisodiy islohotlar natijasida o’tgan 2012 
yilda faoliyat ko’rsatayotgan korxonalarni modernizatsiya qilish, texnik va 
texnologik qayta jihozlash hamda zamonaviy, yuksak texnologiyalarga asoslangan 


20 
yangi ishlab chiqarishni tashkil etishni tezlashtirish borasida O’zbekistonning o’ziga 
xos taraqqiyot yo’lini o’zida mujassam etgan O’zbek modelining eng muhim 
tamoyillaridan biri bo’lgan davlatning bosh islohotchi ekani haqidagi printsipdan 
kelib chiqib, davlat tomonidan oqilona, faol investitsiya siyosati olib borildi. Buni 
o’zlashtirilgan kapital qo’yilmalar miqdoridan ham bilib olish mumkin. Raqamlarga 
e’tibor qaratadigan bo’lsak, 2012 yilda moliyalashtirishning barcha manbalari 
hisobidan qiymati 11 milliard 700 million dollardan ortiq kapital qo’yilmalar 
o’zlashtirildi, bu 2011 yilga nisbatan 14 foiz ko’p demakdir. Iqtisodiyotimizga 
kiritilayotgan investitsiyalarning yildan-yilga o’sib borishida yurtimizdagi mavjud 
investitsion sharoit va qulay investitsiya muhiti alohida ahamiyat kasb etayotganini 
ta’kidlash joiz.
Bugungi kunda mamlakatimizni, avvalo, iqtisodiyotimizni isloh etish, 
erkinlashtirish va modernizatsiya qilish, uning tarkibiy tuzilishini diversifikatsiya 
qilish borasida amalga oshirilayotgan, har tomonlama asosli va chuqur o’ylangan 
siyosat bizni inqirozlar va boshqa tahdidlarning salbiy ta’siridan himoya qiladigan 
kuchli to’siq, aytish mumkinki, mustahkam va ishonchli himoya vositasini yaratdi.
Iqtisodiyotdagi tarkibiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, korxonalarning 
investitsion faoliyatini yanada jonlantirish, xorijiy investitsiyalarni, avvalo 
to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalarni keng jalb etish va ulardan samarali 
foydalanish, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta 
qurollantirish, yangi ish o’rinlarini shakllantirish va shu asosda milliy 
iqtisodiyotimizni barqaror va jadal rivojlantirishni ta’minlash maqsadida respublika 
byudjetidan katta miqdorda mablag’lar ajratilmoqda.
Eng avvalo,
modernizatsiya atamasining iazmuniga to’xtaladigan bo’lsak,
Odatda uni texnika, texnologiyaga oid tushuncha deb qaraladi. Jumladan, 
iqtisodiyotga oid aksariyat lug’atlarda unga quyidagi mazmundagi tarif berilgan:
―Modernizvtsiya – ob’ektni yangilash,yaxshilash, takomillashtirish, uni yangi 
talablar va me’yorlarga, texnik shartlarga, sifat ko’rsatkichlariga muvofiqlashtirish, 
asosan 
bunda 
mashina, 
asbob 
uskunalar, 
texnologik 
jarayonlar 
modernizatsiyalanadi.ǁ


21 
Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida real sektor korxonalarini 
qo’llabquvvatlash bilan bir qatorda ularni sog’lomlashtirish tadbirlari ham muhim 
o’rin tutadi. Zero, uzoq davr mobaynida sifatsiz mahsulotni ishlab chiqarish, 
eskirgan texnika va texnologiya asosida zarar ko’rib ishlayotgan korxonalarni saqlab 
qolish iqtisodiyotning sog’lomligiga jiddiy putur yetkazishi mumkin. Bunday 
korxonalarni bankrot deb e’lon qilish hamda moliyaviy-xo’jalik faoliyatini tarkibiy 
o’zgartirish orqali qayta tuzish bu boradagi eng to’g’ri va samarali yechim 
hisoblanadi.
SHu o’rinda bugungi kunda jahon mamlakatlarining global muammosiga 
aylangan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqiroziga e’tiborni qaratish lozim.
Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O’zbekiston sharoitida uni bartaraf 
etishning yo’llari va choralarini o’z ichiga olgan 2009-2012 yillarga mo’ljallangan 
dastur ishlab chiqilgan. Unda aks ettirilgan ustuvor yo’nalishlarni amalga oshirish 
tadbirlaridan biri inqirozning hozirgi sharoitida mamlakatimiz iqtisodiy qudratini 
yanada oshirish maqsadida 2009-2014 yillarda iqtisodiyotni modernizatsiya qilish, 
texnik-texnologik yangilash, uning raqobatbardoshligini kuchaytirish, eksport 
salohiyatini yuksaltirishga qaratilgan muhim ustuvor loyihalarni amalga 
oshirish bo’yicha dastur ishlab chiqilgan bo’lib, jumladan, mamlakatimizda 2009-
2014 yillarga mo’ljallangan ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnik va 
texnologik qayta qurollantirish bo’yicha muhim loyihalarni amalga oshirish 
choralari dasturi umumiy qiymati 42,51 mlrd. doll.dan iborat 852 ta investitsiya 
loyihasini o’z ichiga oladi. Buning e’tiborli jihati shundaki, dasturdagi jami 
loyihalardan umumiy qiymati 19,3 mlrd. hajmdagi 138 tasiinnovatsion tavsifga ega. 
Bu esa, mamlakatimiz iqtisodiyotining yaqin kelajakda zamonaviy texnika va 
texnologiyalarga, ishlab chiqarishning ilg’or usullariga, fan-texnika taraqqiyoti 
yutuqlariga asoslangan, raqobatbardosh iqtisodiyotga aylanishadan dalolat beradi.
SHunga ko’ra, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 18 
noyabrdagi 4053-sonli «Iqtisodiyot real sektori korxonalarining moliyaviy 
barqarorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi Farmonida ko’zda 
tutilgan 
iqtisodiy 
nochor 
korxonalarni 
moliyaviy 
sog’lomlashtirish,


22 
modernizatsiyalash, texnik va texnologik jihatdan yangilash jarayoniga tijorat 
banklarining mablag’larini kengroq jalb qilishni yo’lga qo’yish tadbirlari muhim 
hisoblanadi.
Ishlab chiqarishni modernizatsiyalash
 
– ishlab chiqarishni zamonaviy 
texnologiyalar bilan jihozlash, uni ma’naviy jihatdan yangilash, tarkibiy jihatdan 
texnik va texnologik qayta tuzish kabi chora-tadbirlarni o’z ichiga oluvchi jarayon.
Ishlab chiqarishni modernizatsiyalashning asosiy yunalish va vositalari bo’lib 
quyidagilar hisoblanadi: korxonalardan eskirgan asbob-uskunalarni chiqarish; ishlab 
chiqarishni zamonaviy texnika va texnologiyalar bilan jihozlash; mahalliy resurslar 
asosida ishlab chiqarishga innovatsion texnologiyalarni joriy etish; ishlab 
chiqarilayotgan mahsulot assortimentini kengaytirish; ishlab chiqarish xarajatlarini 
pasaytirish va resurslarni tejash; sifatni boshqarish va sertifikatlash tizimini joriy 
etish; chiqitsiz va ekologik toza texnologiyalarni joriy etish va boshqalar.
 


23 
3-rasm. Ishlab chiqarishni modernizatsiyalashni amalga oshirishning asosiy 
yo’nalishlari va vositalari
Modernizatsiyaning keng ma’nodagi mazmunini tushinishda iqtisodchi olim 
R.Nuriev 
uning 
neoklassik 
va 
Keynscha 
talqinlarini 
farqlaydi. 
Jumladan,neoklassiklar tomonidan modernizatsiyaga xususiy mulkchilik va 
demokratichni mustahkamlash sifatida yondashilsa, keynschilar tomonidan, eng 
avvalo, xo’jalikning asosiy tarmoqlarini qamrab oluvchi tarkibiy o’zgarishlar 
sifatida tushuniladi.
Ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan 
yangilashni amalga oshirish uchun faol invetitsiya siyosatini olib borish bugungi
kunning dolzarb masalalarini hal qilishning samarali omillaridan biridir.
Eskirgan asbob - 
uskunalarni foydalanishdan
chiqarish
Ishlab chiqarilayotgan
mahsulot assortimentini
kengaytirish
Mahalliy resurslar
bazasida innovatsion
texnologiyalarni
ishlab chiqarishga
joriy etish
CHiqitsiz va
ekologik sof
texnologiyalarni
joriy etish
Ishlab chiqarishni
zamonaviy texnika va
texnologiyalar bilan
jihozlash
Ishlab chiqarish
xarajatlarini
pasaytirish va
resurslarni tejash

Yüklə 220,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə