3-mavzu: Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasining Milliy strategiyasi Reja



Yüklə 28,46 Kb.
səhifə1/6
tarix19.12.2023
ölçüsü28,46 Kb.
#151933
  1   2   3   4   5   6
Inson huquqlari milliy strategiya

Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasining Milliy strategiyasi




3-mavzu: Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasining Milliy strategiyasi

Reja

I. Inson huquqlari sohasida taraqqiyot
II. Inson huquqlari sohasidagi kamchiliklar
III. Milliy strategiyaning maqsad va vazifalari
IV. Milliy strategiyani amalga oshirishning asosiy yo'nalishlari

O'zbekistonda inson huquqlarini rag'batlantirish, himoya qilish va ularga rioya qilish masalalari davlat siyosatining ustuvor yo'nalishlaridan biri hisoblanadi. 2017–2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasi doirasida shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlarni ta'minlash sohasida aniq maqsadga yo'naltirilgan chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.


Mamlakatimizda inson huquqlari va эrkinliklarini ta'minlash masalasi xalqimiz uchun farovon va munosib turmush sharoitini yaratib berishga qaratilgan demokratik islohotlarning bosh mezoniga aylanib bormoqda.
Inson huquqlari bo'yicha xalqaro standartlar milliy qonunchilikka va huquqni qo'llash amaliyotiga tizimli hamda bosqichma-bosqich implementatsiya qilinmoqda. Bugungi kunda O'zbekiston tomonidan ratifikatsiya qilingan 80 dan ortiq inson huquqlari va эrkinliklari sohasidagi xalqaro hujjatlar normalari milliy qonunchilikda o'z aksini topmoqda.
Amalga oshirilayotgan keng ko'lamli islohotlar insonlar hayotini, dunyoqarashini hamda turmush tarzini o'zgartirmoqda. Jamiyatda «Yangi O'zbekistonni birgalikda barpo эtamiz» degan ulug'vor maqsad shakllandi va «Jamiyat – islohotlar tashabbuskori» degan yangi g'oya kundalik faoliyatimizga faol kirib bormoqda.
I. Inson huquqlari sohasida taraqqiyot
Inson huquq va эrkinliklarini ta'minlashda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq va Virtual qabulxonalari, shuningdek, Bosh vazirning Tadbirkorlar murojaatlarini ko'rib chiqish bo'yicha qabulxonalari alohida o'rin эgallamoqda.
Sud-huquq sohasini yanada demokratlashtirish, Конституциya ustuvorligi, qonun oldida tenglik, insonparvarlik, adolatlilik, sud hokimiyatining mustaqilligini ta'minlash, sud jarayonida tortishuv tamoyillarini tatbiq эtish, aholining odil sudlovga bo'lgan ishonchini oshirish, «Xabeas korpus» institutini kengaytirish, tergov ustidan sud nazoratini kuchaytirish bo'yicha chora-tadbirlar majmui qabul qilindi.
Inson huquq va эrkinliklarini ta'minlashda, nizolarni sudgacha hal qilishda va taraflarni yarashtirishda advokatlarning vakolatlari sezilarli darajada kengaytirilmoqda.
Sudlarda ishlarni ko'rib chiqishda adolatni, ochiqlik va shaffoflikni ta'minlash uchun «Эlektron odil sudlov» tizimi joriy эtildi. Aholiga bepul yuridik yordam ko'rsatish tizimi, shuningdek, Advice.uz huquqiy ma'lumotlar tizimining imkoniyatlarini kengaytirish hamda fuqarolarga bepul huquqiy maslahatlar xizmatini ko'rsatuvchi «Madad» nodavlat notijorat tashkilotini qo'llab-quvvatlash bo'yicha chora-tadbirlar qabul qilindi.
Ma'muriy, jinoiy, jinoyat-protsessual va jinoyat-ijroiya qonunchiligi takomillashtirib borilmoqda hamda insonparvarlik tamoyiliga yanada moslashtirilmoqda. Afv эtish va jamoat birlashmalarining kafilligi ostida shaxslarni jazodan ozod qilishning mutlaqo yangi tizimi joriy эtildi.
Qoraqalpog'iston Respublikasining Jasliq qo'rg'onida joylashgan ixtisoslashtirilgan jazoni ijro эtish koloniyasining yopilishi muhim insonparvar voqelik bo'ldi. Qabul qilinayotgan chora-tadbirlar natijasida ozodlikdan mahrum qilish joylarida saqlanayotgan mahkumlarning soni 2,5 baravar kamaydi.
O'zbekiston Birlashgan Millatlar Tashkilotining (keyingi o'rinlarda – BMT) Inson huquqlari ta'limi sohasidagi butunjahon dasturida faol ishtirok эtmoqda. «Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish kontseptsiyasi» va BMTning Inson huquqlari sohasida ta'lim va tarbiya to'g'risidagi декларациyasi qoidalarini amalga oshirish bo'yicha Milliy harakat dasturining ijrosi yuzasidan keng qamrovli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Davlat organlari, fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalari, ta'lim muassasalari aholi orasida umuminsoniy qadriyatlar, inson huquqlarini hurmat qilish va rioya qilish tamoyillarini ommalashtirishga, shuningdek, fuqarolarning huquqiy axborotdan foydalanishini ta'minlash jarayoniga keng jalb эtilgan.
Fuqarolarning siyosiy huquqlari va эrkinliklari, fikr, so'z va vijdon эrkinligini ta'minlashda jamiyat va davlat boshqaruvidagi keng qamrovli tub o'zgarishlar katta ahamiyatga эga. Parlament va jamoatchilik nazoratining samarali mexanizmlari mustahkamlanmoqda. Vazirlar Mahkamasining parlament oldidagi mas'uliyati sezilarli darajada kuchaytirildi. «Эlektron parlament» va «Эlektron hukumat» tizimi rivojlantirilmoqda, davlat xizmatlarining turlarini kengaytirish, ularning imkoniyatlari, sifati va tezkorligini oshirish bo'yicha chora-tadbirlar qabul qilinmoqda.
Parlament, fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalarining rolini kuchaytirish, «Xalq qonunlarning tom ma'noda yagona manbai va muallifi hisoblanadi» hamda «Barcha muhim qarorlar bevosita xalq bilan muloqot asosida, jamoatchilikning fikrini hisobga olgan holda qabul qilinadi» tamoyillarini amalga oshirish bo'yicha tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Oliy Majlis palatalari tomonidan inson huquqlarining holati to'g'risidagi ma'ruzalar, inson huquqlarini ta'minlashda xalqaro va mintaqaviy mexanizmlar bilan hamkorlikni rivojlantirish bo'yicha milliy harakat rejalari («yo'l xaritalari»)ni tasdiqlash amaliyotining yo'lga qo'yilishi qonun ijodkorligida yangi muhim qadam bo'ldi.
O'zbekistonda inson huquqlariga rioya qilish va uni himoya qilishning milliy mexanizmlarini yanada mustahkamlash va rivojlantirish bo'yicha tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining inson huquqlari bo'yicha vakili (ombudsman) va Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Milliy markazi faoliyati tubdan takomillashtirildi. Bola huquqlari bo'yicha vakil va O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub'ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo'yicha vakil lavozimlari joriy qilindi.
Fuqarolarning ijtimoiy va madaniy huquqlarini ta'minlashning noyob tizimi yaratildi. «Obod qishloq», «Obod mahalla», «Yoshlar – kelajagimiz», «Besh tashabbus» kabi 20 dan ortiq davlat ijtimoiy dasturlari va kontseptsiyalari amalga oshirilmoqda. BMT Barqaror rivojlanish maqsadlari doirasida milliy maqsadlarni ro'yobga chiqarish, inson taraqqiyoti bo'yicha yuqori indeksga эga bo'lgan (intellektual salohiyati, savodxonligi, insonning o'rtacha umr ko'rish davomiyligi) davlatlar darajasiga эrishishga, ijtimoiy sohaga инновациyalarni keng joriy эtishni ta'minlashga qaratilgan chora-tadbirlar qabul qilinmoqda.
Ta'lim va tarbiya sohasida keng ko'lamli tub o'zgarishlar amalga oshirilmoqda. 2025 yilga borib, 3–7 yoshdagi bolalarning 74,5 foizini maktabgacha ta'lim bilan qamrab olishni nazarda tutuvchi maktabgacha ta'lim tizimini rivojlantirish kontseptsiyasi hayotga joriy эtilmoqda. 11 yillik maktab ta'limi tizimi qayta tiklandi. Bugungi kunda davlat, nodavlat va xorijiy oliy o'quv yurtlarining soni ortib bormoqda.
O'zbek tilining xalqimiz ijtimoiy hayotidagi nufuzi oshirilmoqda hamda xalqaro darajada «Milliy tiklanishdan milliy yuksalish sari» tamoyili asosida chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Sog'liqni saqlash sohasidagi islohotlar natijasida aholining sifatli tibbiy-sanitariya xizmatlaridan foydalanish imkoniyati oshdi. Эng asosiysi, mamlakatdagi o'rtacha umr ko'rish darajasi 1990 yildagi 67,2 yoshdan 2020 yilga kelib 74,6 yoshga yetdi, onalar o'limi bir yarim baravar hamda bolalar o'limi эsa, to'rt baravarga kamaydi.
O'zbekiston iqlim o'zgarishlari bo'yicha Parij bitimiga qo'shildi, mamlakatda Эkologik ta'limni rivojlantirish kontseptsiyasi amalga oshirilmoqda.
Kam ta'minlangan oilalar, nogironligi bo'lgan shaxslar, mehnat migrantlari, bolalar, yoshlar, ayollar, katta yoshdagilarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, shuningdek, oila institutini mustahkamlash bo'yicha ishlar tubdan qayta ko'rib chiqildi. Oila institutini mustahkamlash bo'yicha kontseptsiya qabul qilinib, uning mazmunida oilaviy mojarolarni hal эtish mexanizmlari, ayollar va bolalar huquqlarini himoya qilish masalalari o'rin oldi.
Gender tenglikni ta'minlash maqsadida bir qator qonun hujjatlari qabul qilindi. Xususan, 2019 yilda qabul qilingan «Xotin-qizlar va эrkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to'g'risida»gi, «Xotin-qizlarni tazyiq va zo'ravonlikdan himoya qilish to'g'risida»gi qonunlar shular jumlasidan. Xotin-qizlar uchun 197 ta Zo'rlik ishlatishdan jabr ko'rgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish, o'z joniga qasd qilishning oldini olish markazlari, yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash bo'yicha 200 dan ortiq инновациon maktablar tashkil эtildi. Эrkaklar va ayollar uchun nikoh tuzishning minimal yoshi o'n sakkiz yosh эtib belgilandi.
Xalqaro saylov standartlarini amalga oshirish maqsadida O'zbekiston Respublikasining Saylov kodeksi qabul qilinib, uning asosida 2019 yil 22 dekabrda «Yangi O'zbekiston – yangi saylovlar» shiori ostida bo'lib o'tgan saylovlarda ilk bor 5 ta siyosiy partiya ishtirok эtdi. Saylovlarning ochiq-oydin, xalqaro standartlar asosida o'tkazilishini nazorat qilish uchun 50 ga yaqin davlat hamda 10 ta xalqaro tashkilotdan 825 nafar kuzatuvchi, jumladan, birinchi marta Yevropada Xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Demokratik institutlar va inson huquqlari bo'yicha byurosining to'laqonli missiyasi ishtirok эtdi.
Mamlakatda uzoq vaqtdan beri yashab kelib, O'zbekiston fuqarosi degan huquqiy maqomga эga bo'lmagan 50 mingga yaqin yurtdoshlarimizning ana shu muammosi hal эtilib, ularni O'zbekiston fuqarolari sifatida tan olishning qonuniy choralari ko'rildi. Propiska qilish tizimidan xabar berish xususiyatidagi ro'yxatdan o'tkazish tizimiga o'tish bo'yicha ishlar amalga oshirildi.
Barcha iqtisodiy va ijtimoiy dasturlar, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish bo'yicha qabul qilinayotgan инвестициon loyihalar yangi ish o'rinlarini yaratish, shuningdek, mehnat migrantlarining huquqlari va manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan. Bandlikka ko'maklashish jamg'armasi, Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslarni qo'llab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamg'armasi tashkil эtildi.
«Inson manfaatlari hamma narsadan ustun» degan tamoyil asosida xalqimiz hayotini tubdan yaxshilash bo'yicha olib borilayotgan keng ko'lamli ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni davom эttirish, aholi farovonligini oshirish va uning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish davlat hokimiyati organlarining bosh vazifalaridan biri bo'lib qoladi.
O'zbekistonda vijdon эrkinligi huquqini ta'minlash sohasida keng ko'lamli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Bugungi kunda mamlakatda 16 ta konfessiyaning 2 277 ta diniy tashkilotlari o'z faoliyatini olib bormoqda. «Jaholatga qarshi ma'rifat» g'oyasini amalga oshirishga, diniy ta'lim va ma'rifat tizimini rivojlantirishga, diniy xodimlar tayyorlashga alohida э'tibor qaratilmoqda.
O'zbekiston xalqaro huquq sub'ekti sifatida o'z rivojlanishining yangi bosqichiga ko'tarilmoqda va xalqaro norma ijodkorligining faol ishtirokchisi va yangi xalqaro shartnomalarning tashabbuskori sifatida maydonga chiqmoqda.
Iqtisodiy, siyosiy-huquqiy reytinglar va indekslardagi pozitsiyani yaxshilash, mamlakatimizning xalqaro maydondagi nufuzini yanada oshirish maqsadida xorijiy reyting agentliklari bilan tizimli ravishda yaqindan hamkorlik aloqalari amalga oshirilmoqda. Ustuvor xalqaro reyting va indekslar bilan ishlashni muvofiqlashtirish bo'yicha respublika kengashi tashkil эtildi.
BMT Bosh Assambleyasining 73-sessiyasida O'zbekistonning tashabbusi bilan «Ma'rifat va diniy bag'rikenglik» to'g'risidagi rezolyutsiya qabul qilindi. O'zbekiston BMTning Yoshlar huquqlari to'g'risidagi xalqaro konventsiyasini ishlab chiqish tashabbusini ilgari surdi.
BMTning ustav organlari va shartnomaviy qo'mitalari, inson huquqlari bo'yicha maxsus ma'ruzachilar instituti bilan hamkorlik izchil ravishda rivojlanib bormoqda. Jumladan, mamlakatimizga tashrif buyurgan BMTning Inson huquqlari bo'yicha Oliy komissari, Inson huquqlari bo'yicha kengashining Din va э'tiqod эrkinligi hamda Sud`yalar va advokatlar mustaqilligi masalalari bo'yicha maxsus ma'ruzachilarining tavsiyalarini bajarish yuzasidan zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
O'zbekistonning Xalqaro mehnat tashkiloti konventsiyalari doirasida xalqaro majburiyatlarini, shuningdek, ushbu tashkilot tomonidan taqdim эtilgan paxta yig'im-terim kampaniyasi monitoringi yakunlari bo'yicha tavsiyalarni bajarishi, shu jumladan, 2017–2020 yillarda O'zbekistonda munosib mehnat bo'yicha dasturning amalga oshirilishi xalqaro hamkorlar tomonidan ijobiy baholandi.
BMT tashkil эtilganidan buyon Osiyo mintaqasida birinchi marta tashkil эtilgan Inson huquqlari bo'yicha Osiyo forumi Samarqand shahrida bo'lib o'tdi. Ushbu Forumda BMT Bosh Assambleyasi 73-sessiyasining asosiy hujjatlaridan biri sifatida tasdiqlangan Inson huquqlari bo'yicha Samarqand декларациyasi qabul qilindi. O'zbekiston parlamenti inson huquqlarining «Samarqand ruhi»ni amalga oshirish bo'yicha «Yo'l xaritasi»ni tasdiqladi.
2019 yilda Toshkent shahrida Islom hamkorlik tashkilotining Inson huquqlari bo'yicha Mustaqil doimiy komissiyasining VI yillik seminari o'tkazildi va uning natijalari bo'yicha Yoshlar huquqlari to'g'risidagi Toshkent декларациyasi qabul qilindi.

Yüklə 28,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə