1-мa’ruza. Milliy g‘oya: O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasi fanining predmeti, maqsadi va vazifalari. Reja: “



Yüklə 28,02 Kb.
səhifə1/9
tarix20.06.2023
ölçüsü28,02 Kb.
#118243
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
1-мa’ruza. Milliy g‘oya O‘zbekistonni rivojlantirish strategiya


1-МA’RUZA. MILLIY G‘OYA: O‘ZBEKISTONNI RIVOJLANTIRISH STRATEGIYASI FANINING PREDMETI, MAQSADI VA VAZIFALARI.

Reja:
1. Milliy g‘oya: O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasi” fanining predmeti, maqsad va vazifalari. 
2. Milliy go‘yaning mustaqil demokratik taraqqiyotni ta’minlashning muhim sharti ekanligi. 
3. Yoshlarda milliy va umumbashariy qadriyatlarga sodiqlik, vatanparvarlik fazilatlarini mustahkamlash va unga yo‘naltirish.
4. “Milliy g‘oya, O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasi” fanining qonuniyatlari, asosiy tushunchalari, g‘oyaning jamiyat rivoji bilan uzviy bog’liqligi va unga ta’siri.
Qo‘llaniladigan pedagogik texnologiyalar: «Aqliy hujum», BBB metodi, «Blits so‘rov», mini keyslardan foydalanish.
Mafkura sohasida bo‘shliq degan narsaning o‘zi hech qachon bo‘lmaydi. Chunki insonning qalbi, miyasi, ongu tafakkuri hech qachon axborot olishdan, fikrlashdan, ta’sirlanishdan to‘xtamaydi.
Demak, unga doimo ma’naviy oziq kerak. Agar shu oziqni o‘zi yashayotgan muhitdan olmasa yoki bu muhit uni qoniqtirmasa, nima bo‘ladi, aytinglar? Bunday oziqni u asta-sekin boshqa yoqdan izlaydi. Shunga yo‘l bermasligimiz kerak. Mana gap nima haqida ketayapti!
Shavkat Mirziyoyev
Tayanch so‘zlar
Milliy g‘oyaning shakllanish tarixi va rivojlanishining o‘ziga xos qonuniyatlari, amal qilish prinsiplarini o‘rganish fanning predmeti sifatida.
Milliy g‘oyaning mustaqil demokratik taraqqiyotni ta'minlashning muhim sharti ekanligi. Yoshlarda milliy va umumbashariy qadriyatlarga sodiqlik, vatanparvarlik fazilatlarini mustahkamlash va unga yo‘naltirish.
Milliy g‘oya: O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasi” fanining qonuniyatlari, asosiy tushunchalari, g‘oyaning jamiyat rivoji bilan uzviy bog'liqligi va unga ta'siri.
Milliy g‘oya: O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasi” fanining predmeti, maqsad va vazifalari. “Milliy g‘oya: O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasi” fanining predmetini milliy go‘yaning shakllanish tarixi, rivojlanish qonuniyatlari va amal qilish prinsiplari, “Harakatlar strategiyasi”ning asosiy tushuncha va tamoyillari haqidagi bilimlar tashkil etadi.
Milliy g‘oya bilan yoshlarimizni qurollantirish, ertangi baxtli kelajakka ishonch va umid ruhini qaror toptirish milliy mafkuramizning o‘zagini tashkil etmog'i lozim. Yoshlarda sog'lom tafakkur va ilmiy dunyoqarashni shakllantirish, ularda el-yurt oldidagi ma'naviy burchini to‘g'ri anglashni, milliy g‘oya orqali milliy urf-odat va an'analarimizga mehr-muhabbatni uyg'otishni, ularni mustaqil fikrlaydigan kishilar qilib tarbiyalashni taqozo etadi.
“Milliy g‘oya: O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasi” fani yoshlarda milliy g'urur, mustaqillik g‘oyalariga sodiqlik, daxldorlik, fidoyilik, vatanparvarlik, xalq ishiga kamarbastalik ruhini shakllantirishda samarali vosita hisoblanadi. Mazkur fanning qonun qoidalari, tushunchalarini o‘rganishdan oldin quyidagilarga alohida e'tibor berishimiz kerak:
- yoshlarimiz ongi va qalbida ezgu g‘oyalarlarga sadoqat tuyg'usini uyg'otish asosida mafkuraviy immunitetini kuchaytirish;
- “Harakatlar strategiyasi”ning asosiy tushuncha va tamoyillarini anglatish;
- yoshlarni ongli yashashga, o‘z aqli, fikriga, ezgu insoniy mafkuraga, aniq milliy g‘oyaga suyanib yashashga o‘rgatish;
- globallashuv avj olayotgan davrda mafkuraviy xurujlarning mohiyatini ochib berish;
- axborot xurujlariga qarshi tura oladigan barkamol inson tarbiyasini kuchaytirish;
- mafkuraviy profilaktika orqali sog'lom e'tiqodni shakllantirish;
- yoshlarda Vatan kelajagi, xalq farovonligiga daxldorlik hissini uyg'otish;
- mafkuraviy tahdidlar va ularga qarshi kurashning samarali yo‘llari, usullari haqida ilmiy asoslangan tavsiyalarga e'tibor qaratishimiz zarur.
Milliy g‘oya: O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasi” fanining asosiy maqsadi yoshlarga mamlakatimizda amalga oshirilayotgan O‘zbekistonning rivojlanish strategiyasining g‘oyaviy asoslari, maqsad va vazifalari, amalga oshirish shart-sharoitlari hamda omillarini o‘rgatish va ularda g‘oyaviy kurashchanlik, mustaqil dunyoqarashlarini yanada mustahkamlashdan iborat. 

Yüklə 28,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə