3-mavzu: Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasining Milliy strategiyasi Reja


VI. Milliy strategiyani amalga oshirishdan kutilayotgan natijalar



Yüklə 28,46 Kb.
səhifə6/6
tarix19.12.2023
ölçüsü28,46 Kb.
#151933
1   2   3   4   5   6
Inson huquqlari milliy strategiya

VI. Milliy strategiyani amalga oshirishdan kutilayotgan natijalar
Milliy strategiya doirasida belgilangan vazifalarni amalga oshirish orqali quyidagi natijalarga erishish nazarda tutiladi:
inson huquqlari bo'yicha xalqaro standartlarni qonunchilik va huquqni qo'llash amaliyotiga implementatsiya qilishning samaradorligi oshadi hamda milliy qonunchilik takomillashtiriladi;
inson huquqlari bo'yicha xalqaro majburiyatlarni bajarish yuzasidan qonun hujjatlaridagi kamchiliklar bartaraf etiladi, xalqaro tashkilotlarning inson huquqlari sohasidagi tavsiyalarini bajarish samaradorligi oshiriladi;
inson huquqlari va erkinliklarini ishonchli himoya qilishni ta'minlashga qaratilgan tashkiliy-huquqiy va boshqa kompleks chora-tadbirlar tizimi yaratiladi, xalqaro majburiyatlarning lozim darajada bajarilishi ustidan parlament, hududiy vakillik organlari va jamoatchilikning samarali nazorati ta'minlanadi;
aholining inson huquqlari sohasidagi huquqiy savodxonligini oshirish, jumladan bu borada axborot tarqatish, ta'lim berishning faoliyati yanada takomillashtiriladi, jamiyatda inson huquqlari madaniyati yanada yuksaladi;
inson huquqlari sohasidagi xalqaro va mintaqaviy tuzilmalar bilan hamkorlikni yangi bosqichga ko'tarish orqali mamlakatning inson huquqlari va erkinliklari sohasidagi xalqaro reytinglar va indekslar bo'yicha ko'rsatkichlari yaxshilanadi.
Yüklə 28,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə