Namangan davlat unversiteti



Yüklə 176,11 Kb.
səhifə1/8
tarix31.01.2023
ölçüsü176,11 Kb.
#99855
  1   2   3   4   5   6   7   8
Ahmadjonov Jahongir Kurs

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • MAVZU


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

NAMANGAN DAVLAT UNVERSITETI

FIZIKA FAKULTETI
FIZIKA YO’NALISHI 2-BOSQICH FIZ-BU-21
GURUH TALABASI AXMADJONOV JAHONGIR
ORIFJON O’G’LINING
FIZIKA O’QITISH METODIKASI” FANIDAN
YOZGAN

KURS ISHI


MAVZU: FIZIKA TA’LIMIDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARINI JORIY QILISH

Bajardi: Ahmadjonov Jahongir
Kurs ishi rahbari: Soipov Jasur

MAVZU: FIZIKA TA’LIMIDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARINI JORIY QILISH
REJA:
Kirish.
1.O’qitish jarayonida axborot texnologiyalarinig qo’llash zaruriyati.
2.Fizika o’qitish axborot texnologiyalaridan foydalanish.
3.Fizikadan laboratoriya va amaliy mashg’ulotda axborot texnologiyalaridan foydalanish usullari.
4.Fizika ta'limida axborot texnologiyalarini ahamiyati.
Xulosa.
1.Kirish.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevni Fizika ta’limi rivojlantirish to’g’risidagi 5032 qarori.Bugungi kunda ta’lim muassasalarida fizika fanini o‘qitish sifatini oshirish, ta’lim jarayoniga zamonaviy o‘qitish uslublarini joriy qilish, iqtidorli o‘quvchilarni saralash, mehnat bozoriga raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlash, ilmiy tadqiqot va innovatsiyalarni rivojlantirish hamda amaliy natijadorlikka yo‘naltirishga katta e’tibor qaratilmoqda.
Shu bilan birga, sohada yechimini topmagan qator masalalar fizika sohasidagi ta’lim sifati va ilmiy tadqiqot samaradorligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish zaruratini ko‘rsatmoqda. Jumladan:
birinchidan, yoshlarning fizika faniga qiziqishlarini kuchaytirishga yetarli e’tibor berilmayapti, ta’lim dasturlari o‘quvchilarda mustaqil, kreativ fikrlashni shakllantirishga va rivojlantirishga qaratilmagan, ta’lim sifatini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar zamon talablariga javob bermaydi;
ikkinchidan, ta’lim jarayonini tashkil etishda umumiy o‘rta va oliy ta’lim dasturlarining uzviyligi ta’minlanmagan;
uchinchidan, pedagog kadrlarning kasbiy bilim va ko‘nikmalarini oshirish maqsadida ularni xorijdagi nufuzli ta’lim va ilmiy muassasalarda ta’lim olishi hamda stajirovkadan o‘tishi uchun qulay sharoitlar yaratilmagan, xorijlik yetakchi mutaxassis, olim va o‘qituvchilarni dars jarayoniga jalb etish darajasi pastligicha qolmoqda;
to‘rtinchidan, fizika fani bo‘yicha zamonaviy darsliklarni yaratish yaxshi yo‘lga qo‘yilmagan, o‘quv adabiyotlarining mazmuni fan va texnika taraqqiyotining bugungi darajasini yetarli qamrab olmagan, masalalar to‘plami, praktikum, laboratoriya ishlarini bajarish bo‘yicha qo‘llanmalar, multimedia dasturlarini yaratishga e’tibor qaratilmagan;
beshinchidan, fizika ta’limi va tadqiqotlari infratuzilmasining moddiy-texnik bazasi eskirganligi, fizika fani bo‘yicha o‘quv va ilmiy laboratoriyalar zamonaviy jihozlar bilan ta’minlanmaganligi kadrlar tayyorlash sifatiga va tadqiqotlar samaradorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda;
oltinchidan, fizika ixtisosliklari bo‘yicha ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash salmog‘ining kamligi bu sohadagi ilmiy salohiyatning pastligiga sabab bo‘lmoqda;
yettinchidan, ilmiy tadqiqotlar va innovatsiyalar ko‘lami yetarli darajada natijadorlikka yo‘naltirilmagan, olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlarining ishlab chiqarish korxonalari muammolariga qaratilmaganligi natijasida sohada innovatsion ishlanmalarni amaliyotga tatbiq etish ko‘rsatkichlari talabga javob bermaydi. 2021 — 2023-yillarda fizika fanlari bo‘yicha ta’lim sifatini oshirish va fizika sohasidagi ilmiy tadqiqotlarning natijadorligini ta’minlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi
XXI asr busagasida komp’yuterlashtirish yukori chukqilarni egallagan bir vaktda, fanlarni kompyuter dasturlari orqali o’qitishni davr uzi talab qilmokda.O’quv jarayoniga komp’yuterlashtirish katta jadallik bilan kirib kelmokda. Komp’yuter dasturlari orqali fizik tajribalarni, effektlarni va hodisalarni namoyish qilish mumkin. Komp’yuterdan bilim berishda, olgan bilimlarni nazorat qilishda, fizikadan masalalar echishda va laboratoriyada keng foydalanish mumkin.
An’anaviy laboratoriya sharoitida yukori aniklikda natija beruvchi ko’rlilmalar bulmaganligi uchun, fizik tajriba va effektlarni ogzaki tushuntiriladi, ularni namoyish qilish imkoniyati deyarli yuk. Fakat zamonaviy komp’yuterlar orqaligina bunday jarayonlarni kuzatish mumkin.Turli xil fizik qonuniyatlarni urgatuvchi, parametrlar urtasidagi boglanishni urnatuvchi, grafiklarni chizuvchi, fizik jarayonlarni tabiatda ruy berishiga yakin tarzda amalga oshiruvchi komp’yuter dasturlari keyingi vaktda kuplab tuzilmokda.Bunday dasturlardan fizika fanini o’qitishda ham foydalanib kelinmokda. Umumiy fizika ko’rlsi materiali xajm jixatidan katta.
Bu materialning bulimlari buyicha o’qitishda komp’yuterdan foydalanish afzalrok bulgan materialni tanlab olish lozim. Masalan: fizikaning "atom va yadro fizikasi" bulimining uzidagina ulchovi angstrem tartibida bulgan atom va elementar zarralar urtasidagi jarayonlarni, tajribalarni an’anaviy laboratoriya sharoitida kuzatib bulmaydi. Chunki odamning ko’rlish qobiliyati kichik ulchovdagi nozik majmuani ko’rlishga qodir emas. Vaholanki, bu jarayonlarni komp’yuterda mul’tiplikatsiya ravishda kuzatish mumkin.
Keyin vaqtda o’qitishni yanada takomillashtirish uchun "elektron darslik"lar yaratish yulga qo’yilmoqda. Bundan o’qituvchilar yaxshi foydalanishlari mumkin. Bu talaba uchun ham, o’qituvchi uchun ham juda qulay bo’lib, xoxlagan mavzuni komp’yuter orqali urganib, kerakli savollarga javoblar ham olish mumkin.Bu "elektron darslik"larni eng qulay tomoni olisdan turib boshqarishga imkon beradi.
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə