Namangan davlat unversiteti


Axborot-bu ma’lumot va xabarlar to’plami bo’lib mazmunan yangilikga ega boladi. Axborot texnologiyalari –



Yüklə 176,11 Kb.
səhifə4/8
tarix31.01.2023
ölçüsü176,11 Kb.
#99855
1   2   3   4   5   6   7   8
Ahmadjonov Jahongir Kurs

Axborot-bu ma’lumot va xabarlar to’plami bo’lib mazmunan yangilikga ega boladi.
Axborot texnologiyalari – axborotlarni yig’ish, saqlash, uzatish, qayta ishlash usuli va vositalari majmuidir.

Bir qator axborotlarni an’anaviy qayta ishlash uchun ularni tayyorlashning standart shakllari mavjud bo’lib, ularga bibliografiya, statistik ma’lumotlar, referatlar kiradi. Ma’lumotlar bazasi axborot tarkibiga statistik, matnli, grafik va ko’rinishli axborotlarni cheksiz ko’p miqdorda va albatta, belgilangan ko’rinishlarda qabul qiladi. Bilimlar bazasi esa yopiq tizimda mazkur mavzu bo’yicha qo’shimcha axborotlarga ehtiyoj sezmagan holda va uning har bir elementi mantiq jihatidan bog’langan boshqa elementlarga chiqa olish bo’yicha axborotlashtirilgan tizimga ega bo’ladi.


Bunda ushbu bilimlar bazasiga kiritilmagan, ya’ni undan tashqi elementlarga murojaat qilinishiga imkon bo’lmaydi. Bilimlar bazasining birlamchi bibliografik o’xshashliklari sifatida turli ensiklopediyalar, lug’atlar xizmat qiladi. Kompyuter yordamida turli ilmiy axborotlar, o’quv materiallari, o’quv materiallari bo’yicha axborotlarni tavsiya etishning boy imkoniyatlari, xususan ularga integrativ kurslarni kiritish, fanning tarixi va metodologiyasi bilan tanishish, turli fanlar bo’yicha ularning zamonaviy darajasiga oid bilimlar ta’lim mazmunini sezilarli o’zgartirish va keskin boyitishga yordam beradi.
Uni faollashtirish va rivojlantirishda muhim omil bo’ladi. Kompyuter vositalari yordamida mustaqil ta’limni tashkil etish nuqtai nazaridan tahlil etadigan bo’lsak, uning interfaolligini, bevosita muloqot yordamida o’quvchi o’quv rejasida ko’rsatilgan, istalagan fan sohasida maxsus o’quv dasturlari yordamida bilim olish imkoniyatiga ega ekanligini ta’kidlash mumkin. Kompyuter vositasi, o’quvchi yoxud o’qituvchi murojaatlariga “javob” beradi, ular bilan “muloqot”ga kirishadi.
Kompyuterli o’qitish metodikasining boshqa bir muhim xususiyati u o’qitish jarayonining barcha bosqichlarida yangi o’quv materialini tushuntirishda, qaytarishda, umumlashtirishda, o’quvchilarning fan bo’yicha erishgan bilim, malaka va ko’nikmalarini tekshirishda yanada yorqinroq namoyon bo’ladi.
Bunday jarayonda o’qituvchi kompyuterning o’quvchi uchun turli vazifalarni, xususan o’qituvchilik, ishchi qurol, ta’lim ob’yekti o’zaro muloqot kabi funksiyalarini bajarishni bilishi kerak. Bunda o’qituvchining vazifasi dars jarayonida o’quvchilarni kompyuterdan to’g’ri foydalanishlarini nazorat qilishdan iborat. Kompyuter texnologiyalari asosida o’qituvchi o’zining kasbiy mahoratini oshirish uchun mustaqil faoliyatda quyidagi vazifalarni bajaradi:
1.O’quv jarayonini bir butun guruh sifatida tashkil etish.
2.O’quv jarayonida guruhlarni faollashtirish va muvofiqlashtirish, ish joylarini taqsimlash, ko’rsatmalar berish.
3.O’quvchilarni individual kuzatish, individual yordam ko’rsatish, har bir o’quvchi bilan individual muloqot olib borish.
4.Axborot muhitini tashkil etuvchilari (shaxsiy kompyuter, o’quv va namoyish qurilmalarning har xil turlari, dasturiy vositalar va tizimlar, o’quv metodik ko’rsatmalar va h.k.) ma’lum o’quv kursining mazmuni bilan aniqlangan bog’liqlik asosida tashkil etish.
Kompyuter texnologiyasi asosida mustaqil ta’limni ta’minlashda o’qituvchilar quyidagi tuzilmalar to’g’risida ma’lumotga ega bo’lishlari kerak: − informatika va hisoblash texnikasining asosiy tushunchalarini bilishi; − kompyuter texnikasining funksional imkoniyatalarini bilishi; − zamonaviy operatsion tizimlarni bilishi va ularning asosiy buyruqlarini o’zlashtirishi; − zamonaviy dasturiy vositalar va operatsion tuzilmalarni bilishi va ularning vazifalarini o’zlashtirishi;
Kamida bitta matn muharriri bilan tanish bo’lishi; − algoritmlar, tillar va dasturlashtirish haqida dastalabki tushunchalarga ega bo’lishi; − amaliy dasturlashdan foydalanish to’g’risida dastlabki tajribaga ega bo’lishi.
Ta’limni jadallashtirishda axborot texnologiyalaridan foydalanish o’quv jarayonining samaradorligini oshiradi. Buni quyidagi misollarda ko’rish mumkin: - o’qituvchilar, ilmiy xodimlar jahonning salmoqli ilmiy, metodik adabiyotlaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo’ladilar; - uzoq masofalarda joylashgan yetakchi ta’lim muassasalarining ilmiy labaratoriyalari bilan tanishadilar; − turli mavzularda videokonferensiyalar tashkil qilish va amalga oshirishga erishadilar; − oqituvchilarning o’zaro trening va seminarlari o’tkaziladi; − masofaviy ta’lim, axborotlar almashinish va shunga o’xshash juda ko’p imkoniyatlarga ega bo’ladilar.
Shunday qilib, zamonaviy axborot texnologiyalardan ta’lim muassasalarida amalda tadbiq etish o’quv jarayonida zamonaviy o’qitish metodlarini qo’llashda hamda o’qituvchi axborot mahoratini namoyish etishda keng imkoniyatlar yaratadi. Innovatsion loyihalar asosida dars o’tish davr talabi Innovatsiya inglizcha “innovation” - so’zidan olingan bo’lib, “yangilik kiritish”, “yangilik” ma’nolarini anglatadi.
Hozirgi davr ta’lim tarqqiyoti yangi yo’nalish – innovatsion axborotani yuzaga keltirdi. O’qituvchining innovatsion faoliyati tahlili yangilik kiritishning samaradorligini belgilovchi muayyan me’yorlardan foydalanishni talab qiladi. Bunday me’yorlarda yangilik, maqbullik, yuqori natijalilik, ommaviy tajribalarda innovatsiyani ijodiy qo’llash imkoniyatlari kiradi. Axborot yangilik o’z mohiyatiga ko’ra ommaviy tajribalar mulki bo’lib qolishi lozim.
O’qituvchining innovatsion faoliyati o’z ichiga yangilikni tahlil qilish va unga baho berish, kelgusidagi harakatlarning maqsadi va konsepsiyasini shakllantirish, ushbu rejani amalga oshirish va tahrir qilish, samaradorlikka baho berish kabilarni qamrab oladi. Innovatsion faoliyatda eng muhimi o’qituvchining shaxsidir. O’qituvchi – novator, sermahsul ijodiy shaxs bo’lishi, kreativlikni keng qamrovli qiziqish va ichki dunyosi boy, axborot yangilikka o’ch bo’lishi lozim. Innovatsion jarayonlarni, rivojlanish qonuniyatlarini, mexanizmlarini va amalga oshirish texnologiyalarini o’rganish o’quv jarayonini zamonaviy axborota hamda psixologiya fanlari yutuqlari asosida jahon standartlari darajasida tashkil etish imkonini beradi. O’qitishning interfaol usullari va uning nazariy asoslari.
Ta’lim metodlari va ularning turlari. O‘qitishdan ko‘zlanadigan maqsad bu davlat ta’lim standartlarida belgilangan bilim va ko‘nikmalarini o‘quvchiga yetkazishdan iborat. Qachonki o‘quvchi tomonidan bilim qabul qilinsa va tushunib yetilsa yoki o‘quvchi malaka oshirish uchun mo‘ljallangan topshiriqlarni amalda namoyish etib bera olsagina o‘qitish muvaffaqiyatli kechdi deb hisoblasa bo‘ladi.
Shuni ham yoddan chiqarmaslik kerakki, o‘quvchilar nafaqat rasmiy o‘qitish orqali o‘rganadilar, ya’ni kitoblar, gazeta va jurnallar, televideniya, internet va sinfdosh do‘stlar orqali, balki ko‘proq bevosita aloqa orqali o‘rganadilar. Bu vositalar o‘kituvchi o‘tgan darsni mustahkamlashda foydalanilishi mumkin.
Hozirgi kunda chop etilayotgan ko’pdan-ko’p maqolalar, xalqaro konferensiyalar va informatsion texnologiyalar davridagi zamonaviy jamiyatlar turli o’quv yurtlari oldiga quyidagi shartlarga javob beradigan bitiruvchilarni tayyorlash vazifasini qo’yayotgani ko’rsatib o’tilgan. Shuning uchun, keyingi 10-15 yil ichida qator mamlakatlarda ta’limning interfaol (noan’anaviy) usullari taklif etila boshlandi. Ularda, birinchi navbatda har bir o’quvchining faol ravishda ta’lim jarayoniga qatnashishi, olayotgan bilimlarni amaliyotda qo’llashi, bu bilimlardan qayerda va qanday maqsadlarda foydalanish mumkinligini tushunish imkoniyatlari yaratiladi.
O’quvchilar turli muammolarni hal qilishda sinfdagi, maktabdagi yoki boshqa joylardagi, mamlakatlardagi tengdoshlari bilan muloqotda bo’la olishlari, o’zlarining mustaqil fikrlariga ega bo’lishlari uchun erkin axborot olishlari mumkin bo’ladi. Ushbu vazifalarni amalga oshirishda ta’lim tizimining, balki butun jamiyatning yordam berishini talab etadi. Axborotani ushbu dolzarb muammolarini hal etish uchun ta’lim jarayonining moddiy bazasini qayta qurish zaruriyatini tushungan holda jamiyatimizda yirik o’zgarishlar amalga oshirilayotganiga guvohmiz. Ammo, ta’lim tizimining komponentlari orasida ilg’or axborot va informatsion texnologiyalarni amaliyotga keng tadbiq etish oqsamoqda. Shuning uchun, axborot texnologiyalar sohasidagi yangi izlanishlar bilan tanish bo’lish, o’qitishning faol usullarini bilish va qo’llay olish har bir o’qituvchining oldiga qo’yayotgan zamon talablarining asosiylaridandir. Ta’lim jarayonida hukmronlik qilib kelingan an’anaviy ta’lim metodlarida ijobiy tomonlar bilan bir qatorda kamchiliklar ham yo’q emas. Aslida an’anaviy ta’lim metodi o’quvchilarni yalpi o’qitishni, ularning bilish faoliyatini passiv tinglovchi sifatida tashkil etishni nazarda tutadi va ta’lim o’rtacha bilimli o’quvchilarni o’qitishga qaratiladi. Fizika ta’limida yangi axborot texnologiyalardan foydalanish yaxshi natija beradi. Chunki fizika fanini faqatgina darslikdan o’qib, yoki o’qituvchining ma’ruzasini tinglab o’rganish mushkul.Ta’lim oluvchilarda yetarli darajada bilim va ko’nikmalar shakllanishi uchun ular tegishli hodisa va qonuniyatlar bo’yicha o’z mustaqil fikrlarini bildirishlari, o’qituvchi yoki boshqa o’quvchilar bilan fikr almashishlari lozim bo’ladi. Darsda o’rganiladigan mavzuning mazmunini inobatga olgan holda, o’quvchilardan kichik guruhlar tashkil etish, interfaol metodlardan foydalanish, ko’rgazma qurollari, taqdimotlar, slaydlar, multimedialardan foydalanib darsni tashkil qila olish dolzarb sanaladi.
Fizika fanini o’qitishda yangi axborot texnologiyalardan foydalanish Mamlakatimiz mustaqillikka erishgach Respublika ta’lim sohasida tub o’zgarishlar sodir bo’ldi va bu sohada yangidan-yangi islohotlar olib borilmoqda.Umumiy o’rta ta’lim o’quv fanlari dasturlari, o’quv adabiyotlari butunlay yangidan qayta qarab chiqildi va kerakli o’zgartirishlar kiritildi. Jumladan fizikani o’qitish uslubida ham qator tajribalar to’plandi.
Biroq bu sohada hal qilinishi kerak bo’lgan muammolarimiz ham yo’q emas. Buni oliy o’quv yurtlariga kirish imtihonlarini topshirish natijalaridan aniqlash mumkin. Bugungi kun fizika o’qituvchisi oldida turgan dolzarb muammolardan biri ta’limning zamonaviy texnologiyalarini loyihalash va uni o’qitish amaliyotida qo’llashdir.

Yüklə 176,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə