Namangan davlat unversiteti


Fizikadan laboratoriya va amaliy mashg’ulotda axborot texnologiyalaridan foydalanish usullari



Yüklə 176,11 Kb.
səhifə6/8
tarix31.01.2023
ölçüsü176,11 Kb.
#99855
1   2   3   4   5   6   7   8
Ahmadjonov Jahongir Kurs

3.Fizikadan laboratoriya va amaliy mashg’ulotda axborot texnologiyalaridan foydalanish usullari. Fizika fani eksperimental fan bo’lganligi bois har bir nazariy dars amaliyot bilan mustahkamlanadi. Jumladan, fizik qonuniyatlar, ularning ifodalari – formulalarini keltirib chiqarish albatta masalalar yechish orqali va laboratoriya mashg’ulotlarini o’tkazish bilan o’quvchi ongiga axborot texnologiyalaridan foydalanish orqali singdiriladi. Masalalar yechish darsini to’g’ri tashkil etish va o’quvchilar bilimini baholash fizika fani o’qituvchisidan kata axborot mahoratni talab etadi. Masala yechish darsida ba’zi tortinchoq o’quvchilar masalani to’g’ri ishlab bo’lsalar-da, o’zlariga ishonmay o’qituvchiga murojaat etmaydilar.Yoki shunday salbiy holatlar ham bo’ladiki, darsda faol qatnashuvchi o’quvchilar masalani ishlab bo’ganlarida o’qituvchi bu masalaning to’g’ri ekanligini tasdiqlagach ayrim “ko’chirmachi” o’quvchilar masalani ko’chirib oladilar va o’qituvchiga ko’rsatadilar.
Bunday vaziyatlarda o’qituvchi darsni an’anaviy usulda emas, balki yangi axborot texnologiyalar asosida tashkil etsa, ushbu salbiy holatlar bartaraf etiladi. VII sinfida o’tiladigan “Notekis harakatda tezlik” mavzusini ko’rib chiqsak.O’qituvchi yangi mavzuni doskaga yozib qo’yadi. Notekis harakat, uning turlari va notekis harakatda tezlikni topish formulalari to’g’risida batafsil tushuntiriladi.
Darsda quyidagi masala sharti o’qildi deylik. Masala. Agar piyoda harakatlanish vaqtining yarmini 110 sm/sek, ikkinchi yarmida 1m/s tezlik bilan harakatlangan bo’lsa, piyodaning butun yo’l davomidagi o’rtacha tezligini toping. Masala sharti e’lon qilingach, o’quvchilarga masalani yechish uchun ma’lum vaqt beriladi va o’qituvchi o’quvchilarni nazorat qiladi. Belgilangan vaqt tugaguncha o’qituvchi javoblarning qaysi to’g’ri ekanligini aytmaydi.
Guruh o’quvchilarining ro’yxati kiritilgan jadval tayyorlanadi va qaysi o’quvchi masalani ishlab bo’lgan bo’lsa, o’z familiyasi to’g’risiga masala javobini yozib qo’yadi.(1- jadval) Ba’zi o’quvchilar formulani to’g’ri qo’llasalarda, tezlikni bir xil birlikka o’tkazish kerakligiga e’tibor qilmaydilar. Natijada masalaning javobi xato chiqadi Shu tariqa jadvalni to’ldirib boraveradilar. Masalani yechish uchun belgilangan vaqt tugagach, o’qituvchi javoblarni saralaydi va quyidagi natija qayd etildi deylik. 2-jadval. To’g’ri javob 9 kishi Xato 14 kishi Xato 7 kishi 1.05 m/s 55.5 m/s 1.047 m/s O’qituvchi masalani noto’gri ishlagan o’quvchilardan bir-ikki nafarini doskaga chiqaradi va o’quvchi qayerda xato qilganligini to’g’ri ishlagan o’quvchilar tekshirib turishini aytadi.
O’quvchi qayerda xatoga yo’l qo’yganligi guruh tomonidan to’g’irlanadi va boshqa o’quvchilar ham o’z xatolarini bilib oladilar. Bu metodni qo’llash orqali o’quvchilarni masala yechishga qiziqtirish, optimal baholash va o’quvchi xatosini o’quvchining o’zi to’g’irlashga o’rgatish mumkin. Xulosalar Fizika ta’limida yangi axborot texnologiyalarni qo’llash bo’yicha olib borilgan tadqiqot ishlaridan quyidagi natijalar va xulosalar kelib chiqadi:
1. Fizika fani yuqori sinf (kurs) larga o’tgan sari hodisalar, qonuniyatlar murakkablashib, dars materialining hajmi esa ortib boradi. Shu va shu kabi boshqa parametrlar dars sifati, o’quvchilarning o’zlashtirish ko’rsatkichiga salbiy ta’sir etishi mumkin. Bu maqsadda fizika ta’limida yangi axborot texnologiyalarni qo’llash samarali ekanligi aniqlandi.
2. Fizika ta’limida yangi axborot texnologiyalarni qo’llashdan maqsad ta’lim oluvchini dars jarayonining markaziga olib chiqish, o’quvchilarni o’quv materiallarini shunchaki yodlab olishlaridan, ixtiyoriy takrorlashlaridan uzoqlashtirib, mustaqil va ijodiy faoliyatini rivojlantirish, darsning faol ishtirokchisiga aylantirishdir.
3. Yangi axborot texnologiyalarni fizika ta’limida to’laqonli tarzdagi texnologik jarayon sifatida tadbiq etish, ta’lim-tarbiya jarayonini texnologiyalashtirish — ta’lim muassasasining kuchli moddiy-texnik bazasini, ko’p vaqt va mehnat talab etadigan murakkab jarayondir. Fizika ta’limida yangi axborot texnologiyalarni qo’llash uchun o’qituvchi yuksak axborot mahoratga ega bo’lib, dars mavzusi, o’quvchilar soni, ularning qiziqishi, qobiliyatlarini har tomonlama hisobga olishi kerakligi ma’lum bo’ldi.
4. Fizika bo’limlarining muayyan mavzulari uchun yangi axborot texnologiyalar qo’llanilgan dars loyihalari ishlab chiqildi Har bir yangi axborot texnologiya, interfaol metodlarni qo’llashda ikkita guruh namuna sifatida tanlab olindi. Bu guruhlarning birinchisiga dars oddiy, an’anaviy usulda, ikkinchisida esa yangi loyiha asosida o’tkazildi.Yangi axborot texnologiyalarni qo’llab o’tkazilgan dars jarayonida o’zlashtirish ko’rsatkichi yuqoriligi, sifat samaradorligi yaxshilanganligi aniqlandi.
5. Yuqoridagi yangi axborot texnologiyalarni qo’llab o’tkazilgan fizika dars jarayonlari o’quvchilar tomonidan ham ma’qullandi. Oddiy, an’anaviy usulda tashkil qilingan dars jarayonidan farqli ravishda yangi axborot texnologiyalar asosida o’tkazilgan dars jarayoni o’zining sezilarli samarasini ko’rsatdi.

Yüklə 176,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə