Namangan davlat unversiteti


Fizika o’qitish axborot texnologiyalaridan foydalanish



Yüklə 176,11 Kb.
səhifə5/8
tarix31.01.2023
ölçüsü176,11 Kb.
#99855
1   2   3   4   5   6   7   8
Ahmadjonov Jahongir Kurs

2. Fizika o’qitish axborot texnologiyalaridan foydalanish.
Fizika o’qituvchisi o’quvchilarga fizika fanidan zaruriy bilimlarni beribgina qolmay, ularda fanga nisbatan qiziqish uyg’ota olishlari kerakki, natijada bu sohada yaxshi mutaxassis, yetuk kadrlar yetishib chiqishiga erishilsin. O’qituvchi o’tgan har bir dars boshqa darsdan farq qilishi, bugungi o’tiladigan dars kechagisiga nisbatan mukammal bo’lishi kerak. Darsni yangi axborot texnologiyalar : ─ axborot vositalaridan foydalanib; interfaol metodlarni qo’llash orqali o’quvchi ongiga yaxshi yetib boradi va xotirasidan joy oladi.
O’quvchining ilmiy dunyoqarashi kengayib, bilim darajasi ortadi. An’anaviy ta’limdan farqli zamonaviy ta’limni tashkil etishdan maqsad ortiqcha ruhiy va jismoniy kuch sarf etmay, qisqa vaqt ichida yuksak natijalarga erishishdir. Qisqa vaqt ichida muayyan nazariy bilimlarni o’quvchilarga yetkazib berish, ularda ma’lum faoliyat yuzasidan ko’nikma va malakalarni hosil qilish , shuningdek o’quvchilar faoliyati, bilimini nazorat qilish, ularning bilim, ko’nikma va malakalarini baholash fizika fani o’qituvchisidan katta axborot mahorat hamda ta’lim jarayoniga yangicha yondashishni talab etadi.
Hozirgi kunda dunyoning ko’plab rivojlangan mamlakatlarida o’quvchilarning ilmiy faoliyatini, ijodkorligini oshiruvchi va shu bilan bir qatorda ta’lim-tarbiya jarayoninig samaradorligini kafolatlovchi yangi axborot texnologiyalarni qo’llash borasida katta tajriba to’plangan. Shu tajriba asosini tashkil qiluvchi metodlar interfaol metodlar nomi bilan yuritilib, bu metodlarni dars jarayoniga qo’llay bilish bugungi zamon fizika o’qituvchisi zimmasiga yuklatilgan yuksak vazifadir.
Axborot texnologiyaning muvaffaqiyatli loyihalanishi va yakuniy natija(samara)ning kafolatlanishi o’qituvchining didaktik masalalar mohiyatini anglab yetish darajasi va darsda ularni to’g’ri baholay olishiga bog’liqdir. [28] Har bir o’tiladigan darsda ta’limning aniq maqsadining belgilanishi o’qitish texnologiyasini loyihalashda muhim shartlardan biri sanaladi. Bunda fan mavzulari bo’yicha o’qitishning tashxislanuvchi maqsadi aniqlanadi. Fizika fan sifatida o’tilgan vaqtdan boshlab fanning ma’lumotlar bazasi ko’payib katta hajmni tashkil etmoqda va u yuqori tezlikda yil sayin boyib boryapti. Shu sababdan fizikani o’tish jarayonida faqat zaruriy axborotlarnigina tanlab olish va o’quvchining o’zlashtirish qobiliyatlariga mos holda ma’lumotlar hajmini miqdoriy o’lchamga keltirish zarur.
Bu esa ta’lim oluvchilarning mustaqil fikrlashga va nutq madaniyatining rivojlanishiga yordam beradi. Fizika faniga ajratilgan soatlar 6-9 sinflarda 68 soatdan, kasb-hunar kolejlari (KHK) va akademik lisey (AL) (ijtimoiy gumanitar- umumta’lim yo’nalishlarida) har bir semestrda 40 soat o’quv o’quv yuklamasi ajratilgan bo’lib, butun kursni o’qitish uchun 160 soatni tashkil etadi. Bu soatlar davomida o’qituvchi kurs bo’yicha ham ma’ruza o’tishi, ham masalalar yechish, ham labaratoriya mashg’ulotlarini o’tkazishga ulgurishi kerak.
Oliy o’quv yurtiga kirishda topshiriladigan test sinov savollari fizikadan asosan masalalar yechish lozimligini inobatga olinsa, masalalar yechish qanchalik muhim ekanligi ayon bo’ladi. Odatda bir juft soat davomida an’anaviy tarzda dars o’tilganda o’quvchilar ko’pi bilan 8,10 ta masala yechib ulguradilar. Bunda o’ta faol o’quvchilar masalani tez yechadilar va boshqa sust o’zlashtiradigan guruhdoshlari masalani yechib bo’lgunlaricha “bo’sh” qolib ketadilar. Sust o’zlashtiruvchi o’quvchilar esa, aksincha, masalaning mohiyatiga tushunmay o’qituvchining vaqtni “tejashi” hisobiga nazardan chetda qoladilar.
Ana shunday darslarda interfaol usullarni – yangi axborot texnologiyalarni qo’llash sezilarli samaralar beradi.O’qituvchi har bir mavzuga qisqacha to’xtalib, shu sohalarga tegishli o’tkazilgan tajribalarda ochilgan qonunlar va asosiy formulalarni eslatib o’tadi va tushuntiradi. Xususan: Metallarda elektr toki ulardagi erkin elektronlarning tartibli harakatidan iborat ekanligini ko’rsatuvchi Styuart-Tolmen, MandelshtamPapaleksi tajribalarini, elektrolitlarda elektr toki musbat va manfiy ionlarning tashqi elektr maydon ta’siridagi tartibli harakati ekanligi va Faradeyning birinchi va ikkinchi qonunlariga, gazlarda elektr toki ionlar va elektronlarning tartibli harakatidan iboratligini, yarim o’tkazgichlarda elektr toki teshiklar (musbat) va elektronlarning tartibli harakatidan, bo’shliqda elektr toki qizdirish yoki tashqi ta’sir tufayli yuzaga kelgan elektronlarning tartibli harakatidan iborat ekanligini eslatib o’tadi. Asosiy formulalar va qonunlar doskaga yozilib, kerakli tushunchalar beradi.
Fizikani o’qish, o’rganish, o’zlashtirish jarayonida o’quvchilar birmuncha qiyinchiliklarga duch kelishlari mumkin. Bu vaqtda o’quvchilarda o’z bilimiga ishonchsizlik paydo bo’lib, oqibatda fandan zerikish kabi salbiy holat yuzaga kelishi mumkin. Bugungi zamon fizika o’qituvchisi esa o’quvchilarga fizika fanidan zaruriy bilimlarni beribgina qolmay, ularda fanga qiziqish uyg’ota olishlari kerak-ki, natijada bu sohada yaxshi mutaxassis, yetuk kadrlar yerishib chiqsin.
O’qituvchi o’tgan har bir dars boshqa darsdan farq qilishi kerak. Darsni yangi axborot texnologiyalar, axborot vositalari, ko’rgazma qurollari asosida tashkil qilsak, bu dars qiziqarli, sifatli chiqadi va ta’lim samaradorligi kafolatlanadi. Akademik litseyda texnika yo’nalishidagi guruhlarning III bosqichida o’tiladigan “Quyosh energiyasidan foydalanish.Yarim o’tkazgichli batareyalar.” nomli mavzusini o’tishda bu metodni qo’llashni ko’rib chiqaylik. Yangi mavzuni bayon qilishdan avval guruhdagi o’quvchilardan guruhchalar tashkil etiladi va yuqoridagi sxema guruhchalarga tarqatiladi. Bu bosqichda o’quvchilarning “Quyosh energiyasidan foydalanish.Yarim o’tkazgichli batareyalar.”mavzusi bo’yicha tushunchalarga egalik darajalari aniqlanadi.
O’quvchilar jadvalning 1-ustunini to’ldiradilar. Ya’ni o’qituvchi hali yangi mavzuni tushuntirmagan bo’lsa-da, o’quvchilar yangi mavzuga doir qanday bilimga ega ega ekanliklarini sxemada ifoda etadilar. O’quvchilar 1-ustunni quyidagicha to’ldirdi deylik. I.Bilaman. Quyosh Yer yuzidagi asosiy issiqlik va yorug’lik manbai. Hozirda dunyo bo’yicha energiya zahiralari kamayib bormoqda va bu yangi energiya manbalarini topishga ehtiyoj tug’diradi. Quyosh energiyasidan foydalanish ommalashib bormoqda .
Jadvalning 2-ustunida o’quvchilar yangi mavzu bo’yicha nimalarni o’rganmoqchilar, nimalarni bilmaydilar-u, shuni o’zlashtirmoqchi bo’lsalar ustunchaga qayd etadilar. 2-ustun quyidagicha to’ldirdi deylik. II.Bilishni xohlayman. Qanday qilib quyosh energiyasini elektr energiyasiga aylantirish mumkin? Quyosh batareyasining ishlash prinsipi qanday? Bu batareyalar bulutli kunda ham ishlayveradi-mi? Yarim o’tkazgichli batareyalarning foydali ish koeffitsiyenti qanday? Shundan so’ng uchinchi bosqich boshlanadi. Bunda o’qituvchi yangi mavzuga oid umumiy ma’lumotlar bilan o’quvchilarni xabardor qiladi.Yangi mavzu bo’yicha materiallar tarqatiladi.
Dars qiziqarli va tushunarli o’tishi uchun o’qituvchi quyosh batareyasini ishlatib, namoyish tajriba o’tkazishi mumkin. Mavzuga oid ma’lumot: Ma’lumki energiya manbalarining yerdagi zahirasi chegaralangan. Agar yoqilg‘ining bir yil davomida sarf qilish darajasini 2000 yillarga mo‘ljallangan miqdorda (25 milliard tonna) olinsa va undan hozirgi darajada foydalanib borilsa, ularning zahirasi 140-150 yil davomida iste’mol qilishga yetishi mumkin. Bu tarixan juda qisqa muddatdir, albatta. Shuning uchun ham yoqilg‘i energetika balansi strukturasini yaxshilash muhim vazifa hisoblanadi.
O‘zbekiston fanlar akademiyasi Fizika-texnika instituti olimlari tomonidan yaratilgan yuqori temperaturada ishlaydigan quyosh pechi amaliy sinovdan o‘tkazilib ishlab chiqarishga tavsiya etildiFizikani o’qitishda faqat o’quv dasturi asosidagi dars soatlari(mavzulari) bilan cheklanib qolmasdan qo’shimcha darsdan tashqari mashg’ulotlarni olib borish ham tavsiya etiladi.
O’quvchilarni muayyan mavzular bilan bog’liq bo’lgan o’quv muassasalari, labaratoriya inshootlari, elektr stansiyalari kabi joylarga sayohatga olib chiqish, fizika kechalari uyushtirish, o’quvchilar o’rtasida bellashuvlar tashkil qilish va bu tadbirlarni namunali o’tkaza olish fizika o’qituvchisidan ijodkorlikni, axborot mahorat egasi bo’lishni talab

Yüklə 176,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə