I bob maktabgacha ta‘lim tarbiya jarayonida multimedia vositalaridan foydalanish texnologiyasining nazariy asoslari



Yüklə 417,61 Kb.
səhifə1/19
tarix30.12.2023
ölçüsü417,61 Kb.
#165118
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
2 5402138443897647713 (1)


MUNDARIJA
KIRISH……………………………………………...................................................
I BOB Maktabgacha ta‘lim tarbiya jarayonida multimedia vositalaridan foydalanish texnologiyasining nazariy asoslari……………………………………………………………………………....

    1. Maktabgacha ta‘lim tarbiya jarayonida multimedia vositalaridan foydalanish texnologiyasining pedagogik-psixologik jihatlari……………..………………………………………….........

    2. Maktabgacha ta‘lim tarbiya jarayonida multimedia vositalaridan foydalanish texnologiyasini mazmuni...

Birinchi bob yuzasidan xulosalar………………………………………………….
II BOB Maktabgacha ta‘lim tarbiya jarayonida multimedia vositalaridan foydalanish texnologiyasining metodik asoslari………………………………………………………………………………
2.1 Maktabgacha ta‘lim tarbiya jarayonida multimedia vositalaridan foydalanish texnologiyasida kasbiy mahorat va ijodkorlik qobiliyatlarini yanada takomillashtirish………………………………….
2.2 Maktabgacha ta‘lim tarbiya jarayonida multimedia vositalaridan foydalanish texnologiyasining tarkibiy qismlari………………………………………...
Ikkinchi bob yuzasidan xulosalar…………………………………………………
III BOB Maktabgacha ta‘lim tarbiya jarayonida multimedia vositalaridan foydalanish bo’yicha tajriba-sinov ishlari va ularning natijalari……………………………………….
3.1 Tajriba-sinov ishlari……………………………………………………….
3.2 Tajriba-sinov ishlarining natijalari………………………………………..
Uchinchi bob yuzasidan xulosalar………………………………………………...
Xulosa va tavsiyalar……….……………………………………………………….
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI………………………….…
ILOVALAR…………………………………………………………………………
KIRISH
Professor-o‘qituvchilarning eng muhim vazifasi - yosh avlodga
puxta ta’lim berish, ularni jismoniy va ma’naviy yetuk
insonlar etib tarbiyalashdan iboratdir.
SH.M.Mirziyoyev
Mavzuning dolzarbligi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 20.04.2017 yil 2909-sonli “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari” to’g’risidagi qarori e’lon qilindi. Ushbu farmonda Oliy ta’lim tizimida o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha dunyoning yetakchi ilmiy ta’lim muassasalari bilan yaqin hamkorlik aloqalari o‘rnatish, o‘quv jarayoniga ilg‘or xorijiy tajribalarini joriy etish, ayniqsa, istiqbolli pedagog va ilmiy kadrlarni xorijning yetakchi ilmiy ta’lim muassasalarida stajirovkadan o‘tkazish va malakasini oshirish borasidagi ishlar yetarli darajada olib borilmayapti.
Oliy ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor vazifalaridan kelib chiqqan holda, kadrlar tayyorlash mazmunini tubdan qayta ko‘rish, xalqaro standartlar darajasiga mos oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash uchun zarur sharoitlar yaratilishini ta’minlash shart-sharoitlari keltirib o‘tilgan. Hayotimizning barcha sohalari kabi ta’lim tizimini ham modernizatsiyalash bugungi kunning eng dolzarb masalalaridan biri bo‘lib qolmoqda. Innovatsion ta’lim muhitini yaratish, uni xalqaro andozalarga to‘liq mosligini ta’minlash yoshlarimizni bugungi tez o‘zgaruvchan ijtimoiy hayotga muvaffaqiyatli ijtimoiylashtirishning muhim omilidir. Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirish uzluksiz ta’lim tizimining tuzilmasi hamda mazmunini zamonaviy fan yutuqlari va ijtimoiy tajriba asosida takomillashtirishni ko‘zda tutadi. Buning uchun, avvalo, barcha ta’lim muassasalaridagi dars jarayonlarini ilg‘or, ilmiy-uslubiy jihatdan asoslangan zamonaviy uslubiyot bilan ta’minlash lozim. Yosh avlodga ta’lim-tarbiya berish maqsadi, vazifalari, hozirgi jamiyatimiz oldida turgan dolzarb muammolardan biri hisoblanadi. Barchamiz shuni chuqur anglab oldikki, faqatgina zamonaviy asosda ta’lim-tarbiya olgan, jahonning manaman degan mamlakatlaridagi tengdoshlari bilan bellasha oladigan, jismoniy va ma’naviy jihatdan barkamol yoshlar biz boshlagan ishlarni munosib davom ettirish va yangi bosqichga ko‘tarishga qodir bo‘ladi.
Har tomonlama yetuk, barkamol yoshlarni yetishtirish uchun albatta
malakali, o’z mutaxassisligini chuqur egallagan pedagog-kadrlar zarur. Shuning uchun hozirgi kunda pedagoglar, shu bilan birga pedagogika sohasida tahsil olayotgan talabalar oldiga ham juda ko‘p vazifalar qo‘yilmoqda.
Har qanday ijtimoiy jamiyatda yosh avlod ta’lim-tarbiyasi muayyan maqsad asosida tashkil etiladi. Ta’lim-tarbiyaning maqsadi ijtimoiy jamiyat taraqqiyoti, uning rivojlanish yo‘nalishi, ijtimoiy munosabatlar mazmunidan kelib chiqib belgilanadi. Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasida tashkil etilayotgan ta’lim-tarbiyaning asosiy maqsadi komil insonni tarbiyalab voyaga yetkazishdan iborat. Kadrlar tayyorlash milliy dasturida alohida ta’kidlangan milliy model O‘zbekiston Respublikasining milliy-hududiy xususiyatlarini inobatga olish hamda ilg‘or fan, texnika va texnologiya yutuqlari asosida tayyorlangan kadr (mutaxassis) – komil inson va yetuk mutaxassis qiyofasini o‘zida to‘laqonli aks ettiruvchi namunadir.1
O‘zbekiston Respublikasida o'qituvchi kadrlarning ma’naviy qiyofasi, aqliy salohiyati hamda kasbiy mahoratiga nisbatan jiddiy talablar qo‘yilmoqda. Chunonchi, bu borada O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A.Karimov quyidagilarni qayd etadi: «Tarbiyachi - ustoz bo'lish uchun, boshqalarning aql-idrokini о’stirishi, mа’rifat ziyosidan bahramand qilish, haqiqiy vatanparvar, haqiqiy fuqaro etib yetishtirish uchun, eng avvalo, tarbiyachining о‘zi ana shunday yuksak talablarga javob berishi, ana shunday buyuk fazilatlarga ega bo'lishi kerak»2. Yuqorida qayd yetilgan fikrlardan kelib chiqib bugungi kun pedagogi shaxsiga nisbatan qo‘yilayotgan talablar mazmuni anglashiladi. Zamonaviy o'qituvchi qanday bo‘lishi zarur? Mustaqillikning ilk kunlaridan boshlab ushbu muammo bo'yicha ko‘plab pedagog va psixolog olimlar o‘z fikr va mulohazalari bilan chiqdilar.
Respublikamizda maktabgacha hamda umumiy о‘rta ta’lim tizimini yanada takomillashtirish va moddiy texnika bazasini mustahkamlash, maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarmog‘ini kengaytirish, malakali kadrlar bilan ta’minlash, bo’lajak tarbiyachilarda kasbiy sifatlarni rivojlantirish, bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash darajasini tubdan yaxshilash, ta’lim-tarbiya jarayoniga zamonaviy ta’lim dasturlari va texnologiyalarini tatbiq etish, bolalarni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirishning huquqiy-meyoriy asoslari yaratildi. О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 31.01.2020 yil 07/20/4581/0098-sonli "Maktabgacha ta’lim sohasida davlat-xususiy sheriklikni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida” gi qarorida maktabgacha ta’lim sohasida davlat-xususiy sheriklikni qо‘llab-quvvatlash orqali “Maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarmog‘ini yanada kengaytirish hamda bolalarning maktabgacha ta’limi bilan kengroq qamrab olinishini ta’minlash” ustuvor vazifalar etib belgilandi.3 Natijada maktabgacha ta’lim tashkilotlar tarmog‘ini kengaytirish va bu tashkilotlarda bolalarning psixologik va jismoniy rivojlanishi uchun qо‘shimcha sharoitlar yaratiladi.
О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi PF-4947-son “О‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bо‘yicha Harakatlar strategiyasi tо‘g‘risida”gi Farmoni, 2016- yil 29- dekabrdagi PQ-2707-son “2017-2021- yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida”, 2017-yil 9-sentabrdagi PQ-3261-son “Maktabgacha ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish bо‘yicha chora-tadbirlar tо‘g‘risida”, 2019-yil 8-maydagi PQ-4312-son “О‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash tо‘g‘risida”gi, Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 391-son “Pedagogika oliy ta’lim muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida”gi Qarorlari hamda mazkur sohaga tegishli boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda ushbu tadqiqot ishi muayyan darajada xizmat qiladi.
Davlat siyosatini ishlab chiqish, bu sohaning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, malakali pedagog va tarbiyachilar bilan ta’minlash, ta’lim-tarbiya jarayoniga zamonaviy ta’lim dasturlari, metod hamda texnologiyalarni tadbiq etish, bu sohada о‘quv va о‘quv-metodik adabiyotlarning yangi avlodini yaratish orqali bolalarni har tomonlama intellektual rivojlantirish muhim kasb etadi. Shuningdek, О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “О‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bо‘yicha Harakatlar strategiyasi tо‘g‘risida”gi Farmoni 1-ilovasida “...bolalarning har tomonlama intellektual, estetik va jismoniy rivojlanishi uchun shart-sharoitlarni tubdan yaxshilash”4 kabi muhim vazifalar belgilangan. Ushbu vazifani takomillashtirish ijrosi bо‘yicha maktabgacha ta’limda bolalarni maktabga tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash, uning ilmiy-metodik ta’minotini yaratish masalalari tadqiqot mavzusi dolzarbligini kо‘rsatadi.
О‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasida “Maktabgacha yoshdagi bolalarni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy jihatdan rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish, maktabgacha ta’lim tizimiga innovatsiyalarni, ilg‘or pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish kabi ustuvor vazifalar belgilangan.

Yüklə 417,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə