1. Pedagogik faoliyatning mohiyati



Yüklə 71,6 Kb.
səhifə1/6
tarix30.12.2023
ölçüsü71,6 Kb.
#166373
növüReferat
  1   2   3   4   5   6
Oqilova R. 2-referat






REFERAT


MAVZU:
_________________________________________________________________
_________________________________________________________________
_________________________________________________________________


Guruh: ________________________
Bajardi: _______________________
Qabul qildi: ____________________
Reja:

  1. Kirish.

  2. Asosiy qism.



1.Pedagogik faoliyatning mohiyati


2. Pedagogik faoliyatning tuzilishi.
3. O'qituvchi pedagogik faoliyat sub'ekti sifatida.

  1. Xulosa.

  2. Tayanch tushuncha.




  1. KIRISH



O'qituvchi faoliyati yo'nalishlari. Pedagogik faoliyatda ta’lim vositalari va metodlardan foydalanish. Pedagogik faoliyatda umumnazariy metodlari: analiz va sintez, kompleks va tizimli yondashuv, mantiqiy, tavsifiy, qiyosiy-tipologik va komponent tahlil, obyektivlik, tahliliy xulosa. Biror kasbning haqiqiy ustasi bo’lish uchun kishida tabiiy qobiliyat, ma’lum jismoniy, va ruhiy islohatlar, puxta tayyorgarlik, shaxsiy tayyorgarlik va ayrim shaxsiy sifatlar bo’lish kerak. Pedagogik maqsadga yo’naltirishda qanday munosabatlarga ye’tiborimizni qaratishimiz kerak. Pedagoglik kasbini tanlagan kishi avvalo sog’lom bo’lishi, so’zlarni to’g’ri va yaxshi talaffuz qila olishi, bosiq, asablari joyida bo’lishi, boshqalar bilan muomolada o’zini tuta olishi zarur. Shuningdek,bolalalrni yoqtirishi ular bilan ishonch bilan ishlashga mayli borlik, xushmuomilalik keng fikrlay olish tashkilotchilik, o’ziga va boshqalarga nisbatan talabchanlik kabi shaxsiy sifatlar mavjudligi ham kishining pedagogik ishga yaroqligini ko’rsatadi. Boshqa barcha faoliyatlar kabi pedagogik faoliyat ham o‘zining xususiyatlari bilan ajralib turuvchi maqsad, vazifa, obyekt, subyektdan va komponetlardan iborat. Pedagogik faoliyatning maqsadi o‘ziga xos xususiyatga ega bo‘lib, jamiyat tomonidan belgilanadi, va asosan yosh avlod shaxsini har tomonlama rivojlantirishga qaratilgan. Ushbu faoliyat, avlodlarning o‘zaro ijtimoiy bog‘liq aloqalarini amalga oshirishga yoshlarni tayyorlash, insonning tabiiy imkoniyatlaridan jamiyat tajribalarini egallashda foydalanishdan iborat. Shunday qilib, pedagogik faoliyatning maqsadi ijtimoiy jihatdan standart tarzda belgilab berilgan bo‘lsada, lekin aniq pedagogik holatda vazifalar nostandart tarzda kelib chiqadi. Demak, o‘qituvchidan aniq holatdan kelib chiqib, maqsadni ko‘ra bilish orqali ijtimoiy xolatga bog‘langan holda ijodiy yondashuvni talab etadi. O‘qituvchi faoliyati boshqalar faoliyatini boshqarish demakdir. Boshqacha qilib aytganda, o‘qituvchi faoliyati o‘quvchilar faoliyati asosida quriladigan faoliyatdir. Misol uchun olganda, murakkab, ziddiyatli bir holatda pedagog baqirmaslikka, u yoki bu shaxsni ajratib ko‘rsatmaslikka harakat qilishi kerak, balki tarbiyalanuvchilar o‘zlari mazkur sharoitdan to‘g‘ri xulosa chiqarishi uchun imkoniyat bermog‘i lozim (tikilib turishi, jim turishi, keskin gapirishi). Albatta, bunday yechim tarbiyalanuvchilarning yuqori darajada ongliligidan dalolat bermasada, ular tarbiyachi maqsadi sari borganligini bildiradi. Shunday qilib, pedagogik faoliyat maqsadining o‘ziga xos tomoni shundaki, u pedagog va o‘quvchi maqsadi ham bo‘lib qolishi kerak. Boshqa odamlarning (faoliyatini boshqarish shu jihatdan ham murakkabki, tarbiya maqsadi tarbiyalanuvchining kelajagini loyihalashtiradi. Albatta, bu maqsad o‘qituvchi uchun yaqin va tushunarli, chunki u: «Sen bilishing, uddalashing, bajarishing kerak», deb talab etadi. Lekin bola shu birgina kun tashvishi bilan yashaydi, bugungi kun muammosini hal etib boradi. Kelajak uning uchun juda ham uzoq. Bunday qarama-qarshilikni tarbiya fojiasining asosi deyish mumkin. Pedagog hozirgi zamon ruhi bilan yashash orqali kelajakni ko‘ra bilishi, uni tashkil eta bilish uning uchun o‘ta murakkabdir. Buni tushungan mohir pedagoglar faoliyatining asosini bola ehtiyojiga tayanib yo‘lga qo‘yadilar, ya’ni o‘zining faoliyat dasturini bola dasturiga muvofiq holda tuzadi.



  1. Yüklə 71,6 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə