I bob maktabgacha ta‘lim tarbiya jarayonida multimedia vositalaridan foydalanish texnologiyasining nazariy asoslari



Yüklə 417,61 Kb.
səhifə9/19
tarix30.12.2023
ölçüsü417,61 Kb.
#165118
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   19
2 5402138443897647713 (1)

Ikkinchi bob yuzasidan xulosalar
Maktabgacha ta’lim tashkilotlari ma'naviy ishlab chiqarish sohasi bo'lib, uning mahsuli nafaqat yangi bilimlarni, yangi maqsadlarni, yangi qadriyatlarni va shaxsiy ma'nolarni egallash, balki pedagogning muhim kuchlarini ochib berish va rivojlantirish, uning intellektual, axloqiy va ijodiy salohiyatini ko’rsatib berishdan iborat.
Jamoada ijodiy muhit yaratish har bir tarbiyachining individual xususiyatlari,
imkoniyatlari va qobiliyatlarini yaxshi bilishni talab qiladi. Tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, tarbiyachining ijodiy qobiliyatini rivojlantirishda asosiy rolni uning kasbiy faoliyati va o'zini takomillashtirish istagi egallaydi. Qobiliyatlarning rivojlanishi har bir tarbiyachi egallashi kerak bo'lgan pedagogik mahorat va qobiliyatlarga bevosita bog'liqdir.
Tarbiyachining o'ziga xos xususiyati - uning yuksak kasb mahoratidir. Eng muhimi - bolaning ruhiyatini, yosh va o'ziga xos ruhiy-fiziologik xususiyatlarini bilishdir. Bolani tushuna bilish va uning ma’naviy dunyosiga kira olish tarbiyachidan zo'r kasb tayyorgarligini talab etadi. Bola bilan jonli munosabatda bo'lish - fikrlar manbayi, pedagogik yangiliklar, quvonch va tashvishlardirki, busiz
tarbiyachining ijodiy mehnatini tasavvur etib bo'lmaydi.
Pedagogikada tarbiyachilik mahorati doimiy o'zgarib turadigan, jamiyat talablaridan kelib chiqib, to'ldirilib boriladigan bir butun tizimga ega. Uning bir-biri bilan bog'liq bo’lgan tarkibiy qismlari tarbiyachining tarbiyaviy faoliyatida muhim yo'nalishlar bo'lib doimo, mazmunan boyitilib boriladi.
Tarbiyachi tarbiya jarayonida quyidagi “bolalarning o'z-o'zini tarbiyalash metodlari”dan foydalanishi mumkin:
- o'z-o'zini tahlil qilish va nazorat qilish;
- o'z-o'zini baholash (tengdoshlariga taqlid qilish asosida),
- izohlash (bolaning ma’naviy-axloqiy sifatlari izohlanadi);
- munozara (bolalarga siyosiy, madaniy, estetik, huquqiy mavzularda og'zaki ta’sir o'tkazish).
Tarbiyachi ijodkor bo’lishi, tarbiyalanuvchilarni ham ijodiy faoliyat
yuritishga jalb etishi, har bir tarbiyalanuvchida o'zini va o'zgalarni hurmat qilishga ishonch hosil qilishi lozim.


Yüklə 417,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə