I bob maktabgacha ta‘lim tarbiya jarayonida multimedia vositalaridan foydalanish texnologiyasining nazariy asoslari


Mavzuning o’rganilganlik darajasi



Yüklə 417,61 Kb.
səhifə2/19
tarix30.12.2023
ölçüsü417,61 Kb.
#165118
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
2 5402138443897647713 (1)

Mavzuning o’rganilganlik darajasi. Pedagoglarning kasbiy mahoratlarini milliy an’ana va urf-odaflarimizdan, qadriyatlarimizdan kelib chiqib yanada takomillashtirish, ularning pedagogik faoliyati hozirgi zamon talablari darajasida rivojlantirish uchun metodik qo'llanmalar, tavsiyanomalar paydo bo’ldi. Hozirgi kunda ham ushbu muammo bo'yicha ilmiy izlanishlar, ilmiy tadqiqotlar davom etmoqda.
Bo’lajak tarbiyachilarda kasbiy sifatlarni rivojlantirish orqali maktabgacha yoshdagi bolalarda ma’naviy-axloqiy, estetik sifatlarini shakllantirish, atrof-muhitga mas’uliyatli munosabatni tarkib toptirish, ikkinchi tilga о‘rgatish orqali kognitiv-ijodiy savodxonligini oshirish masalalari respublikamiz olimlaridan Z.Azizova, D.Babayeva, F.Valixо‘jayeva, K.Mamedov, M.Masharipova, N.Mahkamova, D.Sobirova, N.Rejametova, M.Xalimova, T.Chabrova, SH.Shodmonova, B.Shodiyeva, F.Qodirova, R.Qodirovalar tomonidan tadqiq etilgan.
Buyuk allomalarimiz o‘z asarlarida pedagoglikning nozikligini, mas’uliyatli ekanligini va murakkabligini, shu bilan birga sharafli ekanligini yoritib, pedagogning mahorati, ularga qo'yilgan talablar, fazilatlariga oid qarashlar, shogirdlar bilan munosabatga kirishish mahorati, muomalasi to‘g‘risida o‘z mulohazalarini bildirganlar. Uyg’onish davrining yetuk namoyandalari Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Unsurul Maoliy Kaykovus, Abul-Qosim Umar Az-Zamaxshariy, Shayx Sa’diy Sheroziy, Alisher Navoiy, Abdurahmon Jomiy, Jaloliddin Davoniy, Husayn Voiz al-Koshifiy kabilarning ijodiy merosi pedagogik tafakkurni shakllantirishda bo‘lajak tarbiyachi-pedagoglarga muhim manba bo‘lib hisoblanadi. Ular avlodlardan avlodlarga o‘tib, o‘z qimmatini yo‘qotmagan mudarrislarni, tarbiyachilari tayyorlash tajribalarini umumlashtirib, boyitib borishgan.5
Pedagoglarning kasbiy mahoratlarini takomillashtirish to'g'risidagi muammolar Yevropa olimlari Ya. A. Komenskiy, Djon Lokk, Pestalotssi, A.Disterverg, K.D.Ushinskiy kabilarning asarlarida о’z ifodasini topgan. Jumladan, chex olimi, mashhur pedagog Ya. A. Komenskiy pedagogning eng muhim xususiyatlari qatoriga bolalarni sevishi, yuksak axloqi, bilimdonligi, iqtidori, qobiliyati kabilarni
kiritadi va ularning mohiyatini mukammal tavsiflab beradi.6

Yüklə 417,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə