I bob maktabgacha ta‘lim tarbiya jarayonida multimedia vositalaridan foydalanish texnologiyasining nazariy asoslari



Yüklə 417,61 Kb.
səhifə14/19
tarix30.12.2023
ölçüsü417,61 Kb.
#165118
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
2 5402138443897647713 (1)

DAVRA SUHBATI
Qatnashuvchilar: Bekabod tumani MTB ga qarashli “Zukko bolajon” oilaviy maktabgacha ta’lim tashkiloti direktori X. Beknazarova, MTT uslubchisi D. Beknazarova, tarbiyachilar Ch. Xudoyberdiyeva, H. Yo’ldasheva, M. Yusupova.
Davra suhbatini “Zukko bolajon” oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti direktori H. Beknazarova ochib berdi.
Respublikamizda maktabgacha hamda umumiy о‘rta ta’lim tizimini yanada takomillashtirish va moddiy texnika bazasini mustahkamlash, maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarmog‘ini kengaytirish, malakali kadrlar bilan ta’minlash, bo’lajak tarbiyachilarda kasbiy sifatlarni rivojlantirish, bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash darajasini tubdan yaxshilash, ta’lim-tarbiya jarayoniga zamonaviy ta’lim dasturlari va texnologiyalarini tatbiq etish, bolalarni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirishning huquqiy-meyoriy asoslari yaratildi.
D. Beknazarova: Mutaxassislik – kasb ichidagi kasbiy faoliyat turi bo’lib, u shaxsiy yutuqlarga yoki o’ziga xos vaziyatlar orqali umumiy natijalarga erishishga yo’naltirilgan bo’ladi. Kasbiy faoliyat samaradorligining shartlaridan biri mutaxassisning kasbiy tayyorligi hisoblanadi. Mashhur rus psixologi I.K.Platonovning fikriga ko’ra, “kasbiy tayyorgarlik – bu o’zini kerakli kasbiy faoliyatni bajarishga qodir va tayyorgarlik ko’rgan deb hisoblovchi va uni bajarishga intiluvchi shaxsning sub’ektiv holatidir”.
Ch.Xudoyberdiyeva: Odatda bo’lajak o’qituvchilarni kasbiy faoliyatga moslashtirishda ularning ob’ektiv imkoniyatlaridan kelib chiqib yondashish, tanlangan kasb va faoliyat talablariga shaxs imkoniyatlarining identifikatsiyalashuvi maqsadga muvofiq sanaladi. Masalan, o’qituvchilik kasbini tanlashda nafaqat bu kasbni sevish, bolalar bilan muloqotga kirishish istagi, balki, kasbiy faoliyatning shaxsga nisbatan qo’yadigan jismoniy, psixologik va ijtimoiy talablar uning imkoniyatlari doirasida bo’lishi kasbiy bilim, malaka va ko’nikmalarni o’zlashtirishga yordam beradi. Shu bois, bo’lajak o’qituvchilarni kasbiy moslashtirishda masalaning mazkur jihatlarini nazariy asoslash va bo’lajak mutaxassislarning kasbiy imkoniyatlarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratish kerak.

Yüklə 417,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə