I bob maktabgacha ta‘lim tarbiya jarayonida multimedia vositalaridan foydalanish texnologiyasining nazariy asoslari



Yüklə 417,61 Kb.
səhifə15/19
tarix30.12.2023
ölçüsü417,61 Kb.
#165118
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
2 5402138443897647713 (1)

H. Yo’ldasheva: Kasbiy sifatlar pedagogik faoliyat muvaffaqiyatining muhim omillaridan biri bo’lib, ular maqsadga intiluvchanlik, qat’iyatlilik, diqqatni taqsimlay olish, tirishqoqlik, kuzatuvchanlik, pedagogik takt va pedagogik hayolning rivojlanganligi, ijtimoiy faollik, tashabbuskorlik, shaxsiy namuna ko’rsatish, umuminsoniy va milliy qadriyatlarni yanada boyitishga bevosita hissa qo’shish kabi jihatlar bilan tavsiflanadi. Kasbiy sifatlarning shakllanishi ta’lim oluvchilar bilan emotsional birlikni ta’minlash, darsning kommunikativ tizimi va ijobiy iqlimni yaratish, shuningdek, pedagogik vazifalarni muvaffaqiyatli amalga
oshirish imkonini beradi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyachilarining kasbiy faoliyati va uning
ijodkorlikgi muhim ahamiyatga ega. Har bir tarbiyachi o’zining ijodiy fikrlashi va
faoliyati oraqali bolalarning rivojlanishiga ma’lum darajada o’z hissasini qo’shadi.
Shunday qilib ijodkorlik tarbiyachining muhim sifatlaridan biridir. Har bir faoliyat o’tishdan oldin tarbiyachi ma’lum darajada ijodiy izlanishlar olib borishi uning kasbiy faoliyatini muvaffaqiyatini ta’minlab beradi.
M.Yusupova: Bo’lajak pedagog kadrlarni kasbiy sifatlarini rivojlantirishdagi muhim jihatlardan yana biri bu shaxsning mavjud mehnat tajribasi sanaladi. Aslida mehnat tajribasi kasbiy-amaliy faoliyat natijasida yuzaga keluvchi kasbiy ko’nikma va malakalarning yig’indisi sifatida ifodalanadi. Biroq, bo’lajak mutaxassislar, xususan, bo’lajak tarbiyachilarda mehnat tajribasining yetishmasligi o’zlaridagi mavjud kasbiy bilimlarini hali amaliy faoliyatda sinab ko’rmaganliklari, real kasbiy faoliyat talablari haqida aniq tasavvurlarining yetarli emasligidan guvohlik beradi. Bu esa ta’limning mazmun va metodik aspektlariga, kasbiy istiqbol rejalarini belgilashga, o’quv-tarbiya jarayonining shaxs imkoniyatlariga asoslangan optimal amaliy sharoitini yaratishga to’sqinlik qiladi.
Xulosa: Shunday qilib, pedagogikada tarbiyachilik mahorati doimiy o'zgarib turadigan, jamiyat talablaridan kelib chiqib, to'ldirilib boriladigan bir butun tizimga ega. Uning bir-biri bilan bog'liq bo’lgan tarkibiy qismlari tarbiyachining tarbiyaviy faoliyatida muhim yo'nalishlar bo'lib doimo, mazmunan boyitilib boriladi.
Tarbiyachi ijodkor bo’lishi, tarbiyalanuvchilarni ham ijodiy faoliyat
yuritishga jalb etishi, har bir tarbiyalanuvchida o'zini va o'zgalarni hurmat qilishga ishonch hosil qilishi lozim.


Yüklə 417,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə