I bob maktabgacha ta‘lim tarbiya jarayonida multimedia vositalaridan foydalanish texnologiyasining nazariy asoslari



Yüklə 417,61 Kb.
səhifə13/19
tarix30.12.2023
ölçüsü417,61 Kb.
#165118
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   19
2 5402138443897647713 (1)

5-Bosqich
Guruhlar bir-birlariga savollar berishni boshlaydilar.
6-Bosqich
Pedagog har ikki tomonning bir-birlariga savollari, aytilgan fikrlari, ma'qullaydigan so'zlari tugagach, har ikki guruh tomonidan aytilgan fikrlarni umumlashtiradi va o'zining bu masala haqidagi fikr va mulohazalarini bayon etadi va guruh tinglovchilari tomonidan tushgan savollarga kerakli javoblarni berishga harakat qiladi.
Faoliyat oxirida tarbiyachi har ikkala guruhning mashg'ulot jarayonidagi faoliyatlarini tahlil etib, ularga minnatdorchilik bildiradi va treningni yakunlaydi.

Bo’lajak tarbiyachilarda kasbiy sifatlarni rivojlantirish” mavzusidagi


2-SEMINAR-TRENING
Bugun 2022-yil 11-yanvar kuni “Zukko bolajon” oilaviy maktabgacha ta’lim tashkilotida hozirgi kunda MTT larida faoliyat yuritayotgan va yuritmoqchi bo’lgan pedagog-kadrlar uchun seminar-trening bo’lib o’tdi. Ushbu seminar-treningga hamkor tashkilotlarda ish olib boradigan pedagog-tarbiyachilar ham taklif etildi. Seminar – treningda bo’lajak tarbiyachilar o’z kasbining ustasi bo’lishi uchun doimiy ravishda o’z ustida ishlashi, zamon bulan hamnafas yashashi, kasbiy: ijodkorlik, mehnatsevarlik, tirishqoqlik, kommunikativlik, turli xil faoliyatlar integratsiyasidan foydalanish, bolalarni sevish, pedagoglar, bolalar, ota-onalar bilan samimiy munosabatda bo’lish, tajribalilik, intiluvchanlik kabi bir qator sifatlarga ega bo’lishi kerakligi haqida bahs-munozara bo’lib o’tdi.
Seminar-treningda so’z olganlar tarbiyachi-pedagoglarning eng avvalo psixolog bo’lishi kerakligiga alohida to’xtalib o’tdilar. Chunki bolaning rivojlanishi, atrof-muhitga moslashishi ko’p jihatdan uning psixologiyasiga uzviq bog’liq. Bundan tashqari tarbiyachilar o’zlarining kasbiy sifatlarni uzluksiz rivojlantirib borishlari maqsadga muvofiq bo’ladi. Jamiyatning asosiy biri sifatida oiladan keyin maktabgacha ta’lim tashkiloti turadi. Bu dargohda esa tarbiyachilar faoliyat yuritadilar. Mana shunday ma’suliyatli vazifani to’laqonli amalga oshirish uchun pedagoglar boshqa hamkasblari bilan tajriba almashishi, yangi metodikalar, qiziqarli o’yinlar yaratishi kerak.
Mana shu bahs-munozaraga boy bo’lgan seminar - trening yakunida tarbiyachilar kasbiy mahoratlarini rivojlantirish uchun o’zaro hamkorlikni yanada kuchaytirib, tajriba, bilim va malakalarni almashishga kelishib oldilar.

Bo’lajak tarbiyachilarda kasbiy sifatlarni rivojlantirish” mavzusida tarbiyachilar bilan o’tkazilgan



Yüklə 417,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə