I bob maktabgacha ta‘lim tarbiya jarayonida multimedia vositalaridan foydalanish texnologiyasining nazariy asoslari


Maktabgacha ta'lim tashkilotlari “Bo’lajak tarbiyachilarda kasbiy sifatlarni rivojlantirish” mavzusidagi



Yüklə 417,61 Kb.
səhifə12/19
tarix30.12.2023
ölçüsü417,61 Kb.
#165118
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   19
2 5402138443897647713 (1)

Maktabgacha ta'lim tashkilotlari “Bo’lajak tarbiyachilarda kasbiy sifatlarni rivojlantirish” mavzusidagi
SEMINAR - TRENING
Qatnashdi: Maktabgacha ta'lim tashkiloti direktori, maktabgacha ta'lim tashkiloti uslubchisi, “Zukko bolajon” oilaviy nodavlat maktabgacha ta'lim tashkiloti tarbiyachi pedagoglari
Ushbu seminar trening maktabgacha ta'lim tashkiloti tarbiyachilarining bo’lajak tarbiyachilarda kasbiy sifatlarni rivojlantirishga qaratilgan bo'lib, odatda bunday faoliyat tinglovchilarni kichik guruhlarga bo'lgan holda o'tkaziladi.
SEMINAR TRENINGNI O'TKAZISH BOSQICHLARI
Tarbiyachi faoliyatni boshlashdan avval tinglovchilarni muloqot, bahs-munozarani o'tkazishga qo'yilgan talablar, qoidalar bilan tanishtirdi.
1-Bosqich
Tarbiyachi ishini o'tkaziladigan muloqotning mavzusini aniqlashdan boshlaydi, masalan, “Bo’lajak tarbiyachilarda kasbiy sifatlarni rivojlantirishda nimalarga ahamiyat qaratish kerak?”. Shu mavzuni o'rtaga tashlab tinglovchilardan tarbiyachilarda kasbiy sifatlarni rivojlantirish haqida aniqlab oladi. Shu tartibda ularni guruhlarga bo’ladi.
2-Bosqich
Har bir guruhdagi tinglovchilar o'z mavzulari bo'yicha kerakli materiallar, dalillar, misollar, aniq fikrlar, o'z fikrini tasdiqlovchi ko'rgazmali materiallar va boshqalarni tayyorlaydilar. Guruhdan bir kishini himoya uchun tanlaydilar, qolganlar esa o'z fikrlarini qo'shimcha qilishlari mumkin. Tarbiyachi tinglovchilarni tayyorgarliklari uchun vaqt ajratadi.
3-Bosqich
Guruhlar himoyaga tayyor bo'lgach tarbiyachi guruhlarning biriga himoya uchun so'z beradi (himoyaga chiqish ixtiyoriy bo'lishi mumkin). Guruh vakili guruh nomidan so'zga chiqib ularga berilgan mavzuni tayyorlangan materiallar, dalillar asosida himoya qilishga kirishadi. Guruh vakili so'zini tugatgach,
guruhning qolgan a'zolari qo'shimcha fikrlar bildirishi mumkin.
4-Bosqich
Treningning 3-bosqichidagi kabi bu bosqichda ham tarbiyachi navbatdagi guruh vakiliga himoya uchun so'z beradi.. Ikkinchi guruh ham birinchi guruh kabi o'z mavzusi bo'yicha himoya qiladi. Himoya tugagach, tarbiyachi treningning keyingi bosqichiga o'tadi. Har ikkala himoya vaqtida tarbiyachi iloji boricha o'z fikr va mulohazasini bildirmaslikka , savol bermaslikka harakat qiladi, hech qaysi guruhga yon bosmagan holda muloqotni boshqaradi, muloqotni o'tkazishga qo'yilgan talab, qoidalarning to'liq bajarilishiga erishishga harakat qiladi. Bu bosqichda, asosan, ikki guruh erkin, mustaqil faoliyat ko'rsatishlari kerak bo'ladi.

Yüklə 417,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə