I bob maktabgacha ta‘lim tarbiya jarayonida multimedia vositalaridan foydalanish texnologiyasining nazariy asoslari


III BOB Bo’lajak tarbiyachilarda kasbiy sifatlarni rivojlantirish bo’yicha tajriba-sinov ishlari va ularning natijalari



Yüklə 417,61 Kb.
səhifə10/19
tarix30.12.2023
ölçüsü417,61 Kb.
#165118
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   19
2 5402138443897647713 (1)

III BOB Bo’lajak tarbiyachilarda kasbiy sifatlarni rivojlantirish bo’yicha tajriba-sinov ishlari va ularning natijalari
3.1 Tajriba-sinov ishlari
Bo’lajak tarbiyachilarda kasbiy sifatlarni rivojlantirish bо‘yicha tajriba-sinov ishlari 3 bosqichda olib borildi:
-Nazariy-qidiruv bosqichi (adabiyotlar tahlil qilindi, pedagogik jarayon kuzatildi va tahlil qilindi, sо‘rovnomalar о‘tkazildi...)
-Shakllantiruvchi bosqich (tarbiyachilarda kasbiy sifatlarni shakllantirish bо‘yicha seminar o’tkazildi, pedagogik kengashlar, davra suhbatlari tashkil etildi);
-Umumlashtiruvchi tajriba-sinov ishlari (tarbiyachilar bilan takroriy sо‘rovnoma о‘tkazildi va ularning bilim darajalari mustahkamlandi)
Tajriba-sinov ishlari Toshkent viloyati Bekabod tumani O’zbekabod MFYda joylashgan “Zukko bolajon” oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotida olib borildi. Tajriba –sinov ishlarida 4 ta tarbiyachi va 23 ta bola ishtirok etdi.
NAZARIY - QIDIRUV BOSQICH.
Nazariy-qidiruv bosqichining maqsadi: Bo’lajak tarbiyachilarda kasbiy sifatlarni rivojlantirish bо‘yicha tarbiyachilar bilimlarini aniqlash.
Bu bosqichda quyidagi ishlar amalga oshirildi:
1. Tarbiyachilarning ish hujjatlari о‘rganildi.
2. Pedagogik jarayon kuzatildi.
3.Tarbiyachilar bilan sо‘rovnoma о‘tkazildi.
Tarbiyachilar bilan o’tkaziladigan so’rovnoma namunasi:

Savollar

Javoblar

1.Ijodkorlik degan tushunchaga ta’rif bering.




2. Kasbiy faoliyatingizda pedagogik mahoratning ahamiyati bormi?




3.Bolalarda bilishga bо‘lgan qiziqishni qanday shaklda tashkil etasiz?




4. Faoliyatlar davomida zamonaviy
AKT dan foydalanasizmi?




5. Faoliyat davomida bolalar bilan ishlashda ularning mustqail faoliyatiga yo’l berasizmi?




Tajriba-sinov ishlarida 4 ta tarbiyachi ishtirok etdi.


Tarbiyachilarning ish hujjatlaridan istiqbol va kalendar rejalari о‘rganildi. Ish hujjatlarini о‘rganish shuni kо‘rsatdiki, “Tabiat bilan tanishtirish”, ”Tasviriy faoliyatga o’rgatish”, “Matematik tasavvurlarni shakllantirish”, “Nutq o’stirish” va barcha bо‘limlar bо‘yicha mavzular mantiqan ketma-ketlikda joylashtirilgan. Shuningdek, tarbiyachilarning kalendar rejalari ham istiqbol reja asosida tuzilgan bо‘lib, unda mavzular bо‘yicha mashg‘ulotlar sanalar bо‘yicha taqsimlanib chiqilgan.
Pedagogik jarayonni kuzatish maqsadida tarbiyachilarning kasbiy sifatlarini shakllantirishtirish bо‘yicha faoliyatlarni o’rgandik, kuzatish shuni kо‘rsatdiki tarbiyachilar mashg‘ulotga puxta tayyorgarlik bilan kirishar ekan, ularda faoliyat ishlanmalari va kо‘rgazmali qurollar mavjud. Tarbiyachilar faoliyatni pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etishgan. Faoliyat davomida bolalarni bilimlari mustahkamlanib va baholanib borildi. Bu esa bolalarda mavzuga nisbatan qiziqishni kuchaytirdi.
Tarbiyachilarning kasbiy sifatlarni rivojlantirish bo’yicha sо‘rovnomaga bergan javoblarining miqdoriy natijasi 3.1.1-jadvalda kо‘rsatilgan.


Yüklə 417,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə