Bajardi: gruh talabasi



Yüklə 287,16 Kb.
tarix06.06.2023
ölçüsü287,16 Kb.
#115726
prizentatsiya

Bajardi: ___________________ ______-gruh talabasi

Mavzu: Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ijtimoiy kompetensiyalarni shakllantirish (1-4 sinf tarbiya darsi)


Reja:
 
1.O‘quvchilarni o‘rganish, kuzatish va ta’sir ko‘rsatish.
2.O‘quvchilarda ijtimoiy kompetensiyalarni shakllantirish.
3.Tarbiya jarayonida diagnostika va korreksion faoliyat mazmuni.
4.Pedagogik diagnostika metodlari.
. Boshlang’ich sinflarda tayanch kompetensiyalarni shakllantirish
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi va o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi markazining 2013 yil 22-avgustdagi “Umumta’lim maktablari fanlari bo‘yicha uzluksiz ta’limning Davlat ta’lim standartlari va o‘quv dasturlarini ishlab chiqish to‘g‘risida”gi qo‘shma qaroriga asosan umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida o‘qitiladigan fanlar bo‘yicha amaliyotchi o‘qituvchilar, metodistlar va yetakchi olimlar tomonidan o‘quvchilarda kompetensiyalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan Davlat ta’lim standarti va o‘quv dasturlarining loyihasi ishlab chiqilgan edi.
Qo‘shma yig‘ilishining qaroriga asosan, bitta sinfda bir paytda bir necha fanlar bo‘yicha DTS va o‘quv dasturlari loyihalarini tajriba-sinovdan o‘tkazish belgilandi. Unga ko‘ra, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim va Xalq ta’limi vazirligi, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazining 2014 yil 15-avgustdagi “Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining umumta’lim fanlari bo‘yicha o‘quvchilarda kompetensiyalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan Davlat ta’lim standartlari va o‘quv dasturlarini loyihalari tajriba-sinovdan o‘tkazish to‘g‘risida”gi qo‘shma buyrug‘i qabul qilindi. 2014-2015-o‘quv yilidan Qoraqolpog‘iston Respublikasi va barcha viloyatlarda tashkil etilgan respublika miqyosida 70 ta umumiy o‘rta ta’lim muassasasida, shuningdek, Xalq ta’limi vazirligi tasarrufidagi 6 ta aniq fanlarga, filologiya fanlariga, profilli mehnat ta’limiga, tabiiy fanlarga, xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan Davlat umumta’lim maktablarida tajriba-sinov ishlari olib borildi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori bilan bugungi kunda amalda foydalanilayotgan “Umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standarti va o‘quv dasturi (boshlang’ich ta`lim:ona tili, o`qish, matematika, tabiiyot (1-4-sinf)” 2017 yil 6-aprelda 187-son qaror bilan ijroga kiritildi. Unga ko’ra davlat ta’lim standartining maqsadi va vazifalari sifatida quyidagilar belgilangan: Davlat ta’lim standartining maqsadi - umumiy o‘rta ta’lim tizimini mamlakatda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, rivojlangan xorijiy mamlakatlarning ilg‘or tajribalari hamda ilm-fan va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga asoslangan holda tashkil etish, ma’naviy barkamol va intellektual rivojlangan shaxsni tarbiyalashdan iborat.
Ko’rinadiki, ushbu maqsad va vazifalarni amalga oshirish uchun tayanch kompetensiyalarni shakllantirishimiz zarur. Kompetensiya nima? Kompetensiyaviy yondoshuv deganda nimani tushunamiz? Dastlab shu savollarga javob berishimiz maqsadga muvofiqdir. Kompetensiya (lot. compete – erishayapman, munosibman, loyiqman) – 1) muayyan davlat organi (mahalliy o’zini o’zi boshqarish organi) yoki mansabdor shaxsning qonun, ustav yoki boshqa hujjat bilan belgilangan vakolatlari, huquq va burchlari doirasi; 2) u yoki bu sohadagi bilimlar, tajriba.
Biz bu ta’riflarning ikkinchisiga to’xtalamiz va kompetensiya tushunchasining avvaldan bizga ma’lum bo’lgan bilim, ko’nikma va malakaga yaqin tushuncha ekanligini anglaymiz. Ta’limda kompetensiyaviy yondoshuv deyilganda, o’quvchilarning shaxsiy, kasbiy va ijtimoiy hayotlarida uchraydigan vaziyatlarda egallagan turli xildagi malakalarini samarali ravishda qo’llashga o’rgatish tusuniladi. Inson o’z hayotida shaxsiy, ijtimoiy, iqtisodiy va kasbiy munosabatlarga kirishishi, jamiyatda o’z o’rnini egallashi, duch keladigan muammolarning yechimini hal etishi,eng muhimi o’z sohasi, kasbi bo’yicha raqobatbardosh kadr bo’lishi uchun zarur bo’lgan tayanch kompetensiyalarga ega bo’lishi lozim.
Tayanch kompetensiyalarga esa axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi, o‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi, ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi, milliy va umummadaniy kompetensiyasi, matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyalari kiradi.
Kommunikativ kompetensiyani boshlang’ich sinf o’quvchilarida shakllantirish juda muhimdir. Ma’lumki, mafkuraviy tarbiyaning eng ta’sirchan vositalaridan biri muloqot hisoblanadi. Chunki inson qalbida va ongida shakllanadigan dunyoqarash, e’tiqod, iymon, vijdon, mas’uliyat kabi fazilatlar tarbiyasida radio-televideniya, gazeta-jurnallar, badiiy hamda ilmiy adabiyotning o’rnini e’tirof etgan holda shuni aytish mumkinki, yuzma-yuz kechadigan fikralmashuv, insonning yuzi va ko’ziga qarab turib aytiladigan bama’ni so’z va hissiyotlarning o’rni beqiyos.
Shuning uchun ham ota-ona bir gapni aytishi lozim bo’lsa, bolasining yuzini o’ziga qaratib olib, zarur yuz qiyofasi va ko’zidagi samimiyat bilan fikrini uqtira boshlaydi. Va bunday muloqot, albatta, samarali bo’ladi. Shu bois o’qituvchi-o’quvchi, o’quvchi-o’quvchi va ota-ona – o’quvchi o’rtasidagi muloqot ta’lim-tarbiya jarayonida katta ahamiyatga egadir. Bolalar nutqining rivojlanishi ularning faoliyati, muloqoti bilan uzviy bog’liqdir. Bola jumlalarining mazmuni va shaklidagi o'zgarish uning muloqot shakllari o'zgarishi bilan bog'liq bo'ladi.
Ilk bolalik davriga xos situativ nutq ishchan muloqot shaklidan nosituativ bilishga yo'naltirilgan va nosituativ-shaxsiy muloqot shakliga o'tilishi bolalar nutqiga ma'lum bir talablarni qo'yadi. Bu talablar bola nutqining yangi-yangi tomonlarini, turli kommunikativ masalalarni hal qilishi uchun zarur bo'lgan xususiyatlarni tarkib toptiradi. Bolaning nutqi sotsial kontaktlarni o'rnatish funktsiyasini bajara boshlaydi. Buning uchun esa bolada ichki nutq tarkib topishi, monologik xususiyat kasb etib borishi lozim bo'ladi.
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasida ta’lim samaradorligini oshirishda zamonaviy axborot texnologiyalari, kompyuter va kompyuter tarmoqlari negizida ta’lim jarayonini axborotlar bilan ta’minlashni rivojlantirish uchun texnika va texnologiyani bilish va ulardan foydalana olish, funksiyalari va strukturasini bilishi, texnologiyalarini joriy eta olishi talab qilinadi. Zamonaviy sharoitda shaxs tomonidan ozlashtiriladigan axborotlarning asosiy manbalari - davriy matbuot (gazeta, jurnal va b.), audiovisual ommaviy axborot vositalari (radio, televideniya), ovozli va video yozuvlar, axborot-kommunikatsion vositalar (kompyuter tizimi, internet), reklama va hokazolar sanaladi. Ushbu axborot manbalari bilan to’g’ri ishlashni o’rganish uchun ham axborotlar bilan ishlash kompetensiyasini shakllantirishimiz lozim.
Zero, bugungi taraqqiyot asrida bolalarni bu kabi vositalardan cheklashning imkoni yo’q. Shuni ham unutmaslik kerakki, global axborotlashuv sharoitida haddan tashqari katta hajmdagi axborotga egalik shaxsga ta’lim berish jarayonini qiyinlashtiradi. Bu qiyinchilik shu bilan bog‘likki, birinchidan, yosh avlod katta hajmdagi “axborot maydoni” - rang-barang ma’lumotlarga duch keladi.
Yоsh xususiyatiga ko‘ra esa voyaga etgunga, ma’lum darajada dunyoqarashga ega bo‘lgunga qadar shaxs uchun mavjud axborotlarning barchasi qiziqarli hisoblanadi. Biroq shuni alohida qayd etib o‘tish zarurki, barcha qiziqarli axborotlarning hammasi ham foydali, shaxs kamolotini ta’minlashga xizmat qiluvchi ma’lumotlar bo‘lavermaydi. Ikkinchidan, axborotlashgan jamiyatda to‘plangan ma’lumotlar yosh, psixologik xususiyatiga ko‘ra qiziquvchan, har qanday holat, voqelik, hodisa, jarayonning mohiyatini anglashga intiluvchi yoshlar tomonidan tinimsiz ravishda o‘zlashtiriladi. O‘z mohiyatiga ko‘ra tizimsiz ravishda o‘zlashtirilgan ma’lumotlar shunchaki axborot bo‘lib, ular bilim sanalmaydi.
Uchinchidan, yoshlarning hali xayotiy tajribaga, barqaror ma’naviy-axloqiy tamoyillarga ega bo‘lmay turib, haddan tashqari katta hajmdagi “axborot maydoni”dan uzluksiz ravishda ma’lumotlarni o‘zlashtirishlari ortiqcha yuklamalarga ega bo‘lishlariga olib keladi. Katta miqdordagi yuklama esa o‘z-o‘zidan inson miya faoliyatida ma’lumotlarni qabul qilish, ularni o‘zlashtirish, qayta ishlashda zo‘riqishni yuzaga keltiradi. Ruhiy zo‘riqish o‘z navbatida tushkunlikni keltirib chiqaradi.
Tushkunlikning doimiy rivojlanishi esa asab tizimi kasalliklarining yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi 1 . O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasini egallash ham boshlang’ich sinflarda muhim ahamiyatga ega. O'zini-o'zi anglashning rivojlanishi har bir bolada o'ziga xos tarzda kechadi. Dunyoning rivojlangan davlatlaridan biri bo‘lgan AQSH pedagogikasidagi ta’limotda ham quyidagilarni ko‘rish mumkin:
-bolani o‘z kuchi, imkoniyatiga ishonch ruhida tarbiyalash;
-o‘quvchining eng kichik shaxsiy imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarish uchun kurash;
-bolani kamsitmaslik, insoniy qadriyatlarni va g‘ururini erga urmaslik;
-o‘quvchining ilk davridanoq kasb-korga yo‘naltirish, Vataniga faxr va iftixor ruhida tarbiyalash.
Shuningdek, o‘qituvchi yo‘naltiruvchi rol o‘ynaydi va asosiy maqsad intellektni mashq qildirish va manti
O’zlashtirishning past bo’lishi, aksariyat hollarda, o’quvni tizimli va rejali olib borish iqtidori va ko’nikmasining bolalarda shakllanmaganligidan kelib chiqadi. Sinf rahbarining va fan o’qituvchilarining asosiy vazifasi har bir o’quvchining faoliyatini quyidagi shartlar asosiga qurish bilan bog’liq:
1. Faoliyatni reja asosiga qurish.
2. Qunt bilan ishlash.
3. Pala-partishlikka yo’l qo’ymaslik, saranjomlikka o’rganish.
4. Bilim sifatini oshirish.
5. Qiyinchiliklarni yengish.
6. O’quv mehnatida muayyan rejimga itoat etish. Bu o’quv mehnatini o’quvchining dam olishi bilan to’g’ri almashtirib borilishidir.
7. O’qishda o’rtoqlarcha o’zaro yordam uyushtirish. O’rtoqlarcha o’zaro yordam sinfda ulgurmovchilikning oldini oladi, sinf jipsligini oshiradi, jamoatchilik ruhining shakllanishiga olib keladi. 8. Sinf o’qituvchilari bilan hamkorlik. Sinf rahbari ta’lim-tarbiyaviy ishlarni yakka o’zi emas, balki shu sinfda dars beruvchi boshqa o’qituvchilar bilan hamkorlikda olib boradi.
Oila bilan ishlash bo'yicha mutaxassis, ijtimoiy amaliyotchi I.V.Naumovning
“Binafsha o‟rmon sirlari”mualliflik ertagi boshlang'ich sinf o'quvchilarida ijtimoiy
kompetensiyalarni shakllantirish jarayoniga, ularning jamiyatda muvaffaqiyatli
moslashuviga hizmat qiladi. Ushbu texnologiyadan foydalanish maqsadga
muvofiqligi shundaki, boshlang'ich maktab o'quvchilarida ertaklar katta qiziqish
uyg‟otadi. Ijtimoiy kompetensiyalarni shakllantirishda ertak terapiyasining
vositalari o'ziga xos xususiyatlari:
 o'z-o'zini bilish va o'zini anglashga qaratilganligi;
 ertaklarning samaradorligi didaktik, axloqiy ko‟rsatmalarning yo‟qligi;
 aniq personifikatsiyalarning yo‟qligi;
 obrazli va majoziy til;
psixologik xavfsizlik;
 sir va sehrning mavjudligi
Rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar bilan korreksion ishlar quyidagi
vo‘nalishlarda olib boriladi:
1.Bolalarning rivojlanishi va xulqidagi nuqsonlar tabiati va mohiyatini
aniqlash, ularning yuzaga kelishi sabablari va sharoitlarini o‘rganish.
2. Rivojlanishi va xulqida nuqsonlar bo’lgan bolalar bilan korreksionpedagogik faoliyatning tashkil etish va rivojlanishi tarixini o‘rganish.
3. Bolalarning rivojlanish va xulqidagi nuqsonlarning oldini olishga xizmat
qiluvchi ijtimoiy-pedagogik shart-sharoitlar va psixofiziologik rivojlanishi
etimologiyasi (sabab-oqibatli asoslari)ni aniqlash.
4. Rivojlanishida kamchilik va xulqida nuqsonlar bo‘lgan bolalarga
korreksion-pedagogik ta’sir ko'rsatish texnologiyasi, shakl, metod va vositalarini
ishlab chiqish.
5. Ommaviy umumiy o‘rta ta’lim manbalari sharoitlarida rivojlanishi va
xulqida nuqsonlar bo’lgan bolalarning umumiy va maxsus ta’limi mazmunini tahlil
qilish.
Foydalanilgan adabiyotlar:
  • Mixaylichev Ye. A. Norov Sh. K. Didakticheskiye testы v sisteme mnogoetapnogo kontrolya znaniy studentov. Bux.ILPP, 1995. - 24 s.

  • Usmonova M. N. Pedagogicheskiye testirovaniye: istoriya razvitiya i sovremennoye sostoyaniye. T.: Adolat. 1995. - 160 s.

  • Farberman B. L. Ta’limda eng muhim yangilik. // Ma’rifat. 1995 y. 24 may.

  • www.ziyonet.uz

  • www.pedagog.uz

E`tiboringiz uchun Rahmat
Yüklə 287,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə