Bolalarning savod o’rgatish jarayoniga tayyorgarligini o’rganish” mavzusidagi kurs ishi



Yüklə 98 Kb.
səhifə1/12
tarix29.09.2023
ölçüsü98 Kb.
#124964
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bolalarning savod o’rgatish jarayoniga tayyorgarligini o’rganish



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI
MAKTABGACHA VA BOSHLANG’ICH TA`LIM FAKULTETI
BOSHLANG’ICH TA’LIM METODIKASI KAFEDRASI
BOLALARNING SAVOD O’RGATISH JARAYONIGA TAYYORGARLIGINI O’RGANISH” mavzusidagi
KURS ISHI
Bajardi: Boshlang’ìch ta`lim va
sport tarbiyaviy ish ta`lim
yo`nalishi 14-9BTU-18 guruh
talabasi Kurasheva Sabohat

ILMIY RAHBAR:


O’qituvchi: S.A.Qodirova
_______________________
BUXORO-2021
MAVZU: BOLALARNING SAVOD O‘RGATISH JARAYONIGA TAYYORGARLIGINI O`RGANISH.
Reja:
I.KIRISH
II. BOLALARNI SAVOD O‘RGANISHGA TAYYORLASH.
2.1.Eski maktablarda xat-savod o’rganish jarayoni.
2.2.Bugungi kunda savod o’rgatish jarayonini to’g’ri tashkil etish.
2.3. Alifbogacha tayyorgarlik va alifbo davri.
III.SAVOD O’RGATISH DAVRIDA YOZUV VA O’QISH DARSLARI.
3.1.Bolalarning yozish, o‘qish ko‘nikmalarini shakllantirish va o’quvchilar nutqini o’stirish.
3.2. Savod o’rgatish davrida yozuv va o’qish darslariga qo’yiladigan talablar.
3.3. Savodga o‘rgatish mashqlarining asosiy turlari.
III. XULOSA .
IV. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR.

KIRISH
Mavzuning dolzarbligi.
Mustaqil O‘zbekistonning kelajagi ko‘p jihatdan barkamol, intellektual salohiyatli avlod va unga ta’lim-tarbiya berish sifatiga bog‘liq. SHu bois Vatani, halqini sevadigan, istiqlol g‘oyalariga sadoqatli, mustaqil fikrlaydigan ijodkor shaxsni etishtirish davlatning ta’lim sohasidagi siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir shuning bilan birga ta’lim tizimidagi tub islohotlar orqali shaxs ma’naviy kamolotini ta’minlash mazkur yo‘nalishning dolzarb muammolaridan biri bo‘lib, bu haqda O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida» gi Qonuni va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» da ta’lim tizimini tubdan isloh qilish, ma’naviy barkamol shaxsni tarbiyalash davlat ahamiyatiga molik muhim vazifalaridan biri ekanligi ko‘rsatilgan. Maktabgacha ta’lim umuman olganda, uzliksiz ta’limning birinchi bosqichi hisoblanib, u maktabda o‘qish uchun tayyor bo‘lgan sog‘lom va to‘laqonli shaxs sifatida shakllangan bolani tarbiyalashni ko‘zda tutadi.
Bolani maktabda muvaffaqiyatli ta’lim olishga tayyorlash uchun unga ona tilining barcha boyliklarini egallab olish uchun tegishli shart-sharoitlarni yaratish zarur.Bola nutqining rivoji ko‘p jihatdan uning ruhiyatiga, sog‘lom, tetik o‘sishiga. Axloqiy sifatlariga o‘quv dasturini o‘zlashtirishda me’yorli bajarilishini ta’minlashshiga, qo‘llanmalarning monandligiga bog‘likdir. Bu masalalar maktabgacha ta’limda o‘z yechimi ifodasini topishi va o‘z ona tilida ravon gapira oladigan qilib tarbiyalashga qaratilishi zarur. Bolalarning aqliy jarayonini rivojlantirish uchun ularning nutqini o‘stirish zarur: Bola har bir so‘z ma’nosini tushuna olishi uni o‘z nutqida erkin ifodalashga muvofiq bo‘lishi kerak. Tushunchalar tizimiga moslashgan bola o‘z fikrini jamlab gapirishga va ifodalab berishga o‘rganadi. Og‘zaki nutqini o‘stirish bo‘yicha o‘tkaziladigan mashg‘ulotlarda asosan, bolalarning og‘zaki nutqini o‘stirishga, nutqni grammatik tomondan to‘g‘ri shakllantirishga: nutqning morfologik va sintaksis tomonlarini shakllantirishni davom ettirish: sodda va qo‘shma gaplar tuzish, bunda barcha so‘z turkumlaridan foydalanishga o‘rgatish, bolalarni gapirganda sonni otga, sifatni otga, sifatni fe’lga to‘g‘ri ishlatish malakalarini takomillashtirish, tovush va so‘zlarni to‘g‘ri talaffuz etishga, ravon gapirishga, mustaqil hikoya qilishga e’tibor beriladi. Og‘zaki nutqini o‘stirishda mustaqil hikoya qilishga o‘rgatish katta o‘rin egallaydi: bolalalarni o‘z hayotlarida uchragan voqealar, suratlarga qarab, tarbiyachining taklif qilgan mavzusi asosida hikoyalar tuzishga o‘rgatiladi.Tayyorlov guruh bolalarining hikoyalari mazmunan bog‘langan, ma’lum izchillikda, grammatik tomondan to‘g‘ri tuzilgan bo‘lishi kerak.
Bolaning til tizimini egallash borasidagi barcha yutuqlarini muloqotni ta’minlovchi mazmunli, keng yoyilgan fikr sifatida qaraladigan ravon nutq о‘z ichiga oladi. U mazmunliligi, mantiqliligi va izchilligi bilan ajralib turadi. Ravon nutq bola til boyligini qanchalik о‘zlashtirganligining kо‘rsatkichi hisoblanadi, u bolaning aqlan, estetik, emotsional jihatdan rivojlanish darajasini aks ettiradi.
Monologik nutqni rivojlantirish nazariyasi va metodikasining yanada rivojlanishi bolalar ravon nutq turlari va fikr bildirishning turli xillarini о‘zlashtirish xususiyatlarining chuqur tadqiq etilishi bilan tavsiflanadi. Izohlovchi nutqlar, mulohaza shaklidagi jumlalarning xususiyatlari о‘rganiladi va uning negizida bolalarga monologlarning turli xillarini о‘rgatish metodikasi yaratiladi.F.A.Soxin, O.S.Ushakova va ularning shogirdlari tomonidan ravon nutqni shakllantirishninig turli jihatlari bо‘yicha olib borilgan tadqiqotlar ravon nutqni baholashning shunchaki mantiqlilik, izchillikdan kо‘ra yanada aniqroq mezonlarini qidirishni galdagi vazifalardan biri qilib qо‘ydi. Ravonlikning asosiy kо‘rsatkichi sifatida sо‘zlar, gaplar va fikrlarning qismlari о‘rtasida zarur aloqa vositalaridan foydalangan holda, matnni tarkibiy jihatdan tо‘g‘ri tuzish qobiliyatini shakllantirish qabul qilingan.Olimlar bolalarni о‘qitishni ularning yuqori darajadagi aqliy va nutqiy rivojlanish darajasini ta’minlash, til qobiliyatlarini shakllantirish imkonini beradigan darajada optimal tashkil etish yо‘llarini topish borasida faol ish olib bormoqdalar. Nutqni о‘qitishning nazariy va empirik muammolarini tadqiq etish quyidagi nazariy qoidalardan kelib chiquvchi umumiy boshlang‘ich pozitsiyalarga ega:
- ta’lim maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirishda, ayniqsa zamonaviy noqulay nutqiy muhit sharoitida hal qiluvchi ahamiyatga ega;
- nutqni о‘rgatish – «…dan to …gacha» kabi qattiq qoliplar tо‘g‘ri kelmaydigan hamda nutqni rivojlantirishning yosh qonuniyatlari va bolaning individual xususiyatlari bilan belgilanadigan ijodiy jarayondir;
- nutqni rivojlantirishning asosida kommunikativ yondashuv bо‘lishi kerak, xususan: ona tilini о‘zlashtirish nutqiy muloqot faoliyatiga qо‘shilishi, о‘quv sharoiti tabiiy muloqot sharoitlariga yaqinlashtirilishi lozim;
- о‘qitish vaziyatida katta yoshli odamning bola bilan о‘zaro hamkorligining xususiyati ushbu bola uchun yetakchi bо‘lgan muloqot shakli bilan belgilanishi lozim;
- til ustida nutqiy faoliyat tuzilmasi doirasida hamda uning barcha komponentlarini: undov-motivatsiya, yо‘naltirish-tadqiqot, ijro komponentlarini hisobga olgan holda ish olib borish zarur;
-nutqni о‘qitish bolalarning tilni о‘rganish bо‘yicha mustaqil faoliyatiga asoslanishi va bolalar faolligining boshqa turlari bilan bog‘liq bо‘lishi kerak.Hozirgi paytda maktabgacha yoshdagi bolalarga nutqni о‘qitish muammosini ishlab chiqish mazkur metodologik xolatlardan kelib chiqqan holda olib borilmoqda.



Yüklə 98 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə