I bob maktabgacha ta‘lim tarbiya jarayonida multimedia vositalaridan foydalanish texnologiyasining nazariy asoslari


TARBIYACHILARNING SО‘ROVNOMAGA BERGAN JAVOBLARINI MIQDORIY KО‘RSATKICHLARI JADVALI



Yüklə 417,61 Kb.
səhifə11/19
tarix30.12.2023
ölçüsü417,61 Kb.
#165118
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   19
2 5402138443897647713 (1)

TARBIYACHILARNING SО‘ROVNOMAGA BERGAN JAVOBLARINI MIQDORIY KО‘RSATKICHLARI JADVALI.
3. 1.1 – jadval.



Savollar

I

II

III

IV

V

+

-

+

-

+

-

+

-

+

-

Ijodkorlik degan tushunchaga ta’rif bering.

3
75%



1
25%



























Kasbiy faoliyatingizda pedagogik mahoratning ahamiyati bormi?







4
100%

---



















Bolalarda bilishga bо‘lgan qiziqishni qanday shaklda tashkil etasiz?













2
50%

2
50%













Faoliyatlar davomida zamonaviy
AKT dan foydalanasizmi?



















3
75%

1
25%







Faoliyat davomida bolalar bilan ishlashda ularning mustqail faoliyatiga yo’l berasizmi?

























2
50%

2
50%

% xisobida.

75%


25%


100%




-----

50%


50%


75%


25%


50%


50%


Tarbiyachilarni sо‘rovnomaga bergan javoblarini sifat jihatdan tahlil qilish shuni kо‘rsatdiki 1-savolga 3 (75%), tarbiyachi to’g‘ri, 1(25%) notо‘g‘ri javob berdilar, 2-savolga 100(100%) tо‘g‘ri javob olindi. 3-savolga 2(50%) tо‘g‘ri, 2(50%) notо‘g‘ri javob olindi, 4-savolga 3(75%) tо‘g‘ri, 1(25%) notо‘g‘ri javob olindi, 5-savolga 2(50%) tо‘g‘ri, 2(50%) notо‘g‘ri javob olindi.


Olingan natijalar shuni kо‘rsatdiki, tarbiyachilar kasbiy sifatlarini shakllantirishda asosan kuzatishdan foydalanar ekanlar, bilishga, bilimlarni о‘zlashtirishga bо‘lgan tanishtirish usullarini, vositalarini yetarli darajada bilmaydilar.
Yuqoridagilardan kо‘rinib turibdiki tarbiyachilar bolalar bilan faoliyat о‘tkazayotganda, kasbiy sifatlaridan yetarli darajada foydalanishga alohida e’tibor qaratmas ekanlar.
Shakllantiruvchi tajriba-sinov ishlari
Shakllantiruvchi tajriba-sinovning maqsadi: bo’lajak tarbiyachilarda kasbiy sifatlarni yanada shakllantirish va zamonaviy AKT dan kengroq foydalanishlarini yo’lga qo’yish.
Shakllantiruvchi tajriba-sinov uchun tarbiyachilardan 4 ta xodim qamrab olindi.
Nazariy-qidiruv bosqichida olingan natijalar shuni kо‘rsatdiki, tarbiyachilar bilim saviyasiga ega, ammo faoliyatlar davomida ijodkorlik, pedagogik mahorat kabi sifatlardan to’liq foydalanmas ekanlar. Bu natijalar esa bizga shakllantiruvchi tajribada olib boradigan ishlar mazmunini ishlab chiqish imkonini berdi.
Tajriba-sinov ishlari tadqiqotchi tomonidan ishlab chiqilgan metodika asosida olib borildi. Tarbiyachilarda kasbiy sifatlarni shakllantirish bо‘yicha seminar-trening o’tkazildi, pedagogik kengashlar, davra suhbatlari tashkil etildi.
“Zukko bolajon” ONMTT da
o’tkazilgan navbatdagi
3-sonli pedagogik kengash
Bayoni

Kengash raisi: X. Beknazarova


Kengash kotibasi: Ch. Xudoyberdiyeva
2022 yil 23-fevral
Kengashda quyidagi pedagoglar qatnashdilar:

  1. D. Beknazarova - uslubchi

  2. H. Yo’ldasheva – tarbiyachi

  3. M. Yusupova – tarbiyachi yordamchisi

Sababli sababsiz qatnashmaganlar bo’lmadi.


Kun tartibida



  1. Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat Pedagogika Universiteti Maktabgacha ta’lim fakulteti 3-bosqich talabasi Hilola Yo’ldashevaning “Bo’lajak tarbiyachilarda kasbiy sifatlarni rivojlantirish” mavzusidagi ma’ruzasi

Ma’sul: direktor- X.Beknazarova
Eshitildi:

Kengash raisi kengashi ochiq deb e’lon qildi va kun tartibidagi masalalar bilan tanishtirib o’tdi. O’tgan pedagogik kengash qarorlar pedagoglar tomonidan to’liq bajarilganini aytib o’tdi.


Muzokara uchun tarbiyachi Hilola Yo’ldasheva so’zga chiqdi:
“Hozirgi kunda darsliklar, kommunikatsion axborot texnologiyalari qanchalik rivojlangan bo’lmasin, pedagogik amaliyot, ta’lim – tarbiya ishlarining muvaffaqiyati baribir pedagog - kadrlarning bilimiga, uning kasbiy mahoratiga bog'liq. Shu nuqtai - nazardan Respublikamiz birinchi Prezidenti I.A.Karimov “Tarbiyachilarning o'ziga zamonaviy bilim berish, ularning ta’limotini, malakasini oshirish kabi paysalga solib bo’lmaydigan dolzarb masalaga duch kelmoqdamiz. Mening fikrimcha, ta’lim - tarbiya tizimini o’zgartirishdagi asosiy muammo shu yerda. Tarbiyachi-pedagoglarimiz tarbiyalanuvchilarimizga zamonaviy bilim bersin, deb talab qilamiz. Ammo zamonaviy bilim berish uchun, avvalo, pedagogning o'zi ana shunday bilimga ega bo’lishi kerak” - deb ta’kidlaydi. Darhaqiqat, har bir yosh mutaxassisni puxta ilmiy - nazariy bilimlar bilan qurollantirish, egallagan ilmiy bilimlarni amaliy faoliyatda qo'llash uchun ko'nikma va malakalarini rivojlantirish albatta oson ish emas. O'qishga ilmiy, ongli
munosabat bilan qaraydigan, mustaqil fikrlaydigan, mukammal ma’lumotlarni egallashga layoqatli, bilish faolligi va aqliy mehnat madaniyatini o'zida mujassamlashtirgan yoshlarni voyaga yetkazish – muhim vazifadir.
Kasb tushunchasi – bu maxsus tayyorgarlikni talab etuvchi, inson doim tajribadan o’tkazuvchi va unga yashash uchun manba bo’lib xizmat qiluvchi mashg’ulotdir. Kasb bir xil faoliyat bilan shug’ullanuvchi kishilarni birlashtiradi va bu faoliyat ichida ma’lum aloqalar va axloq normalari o’rnatiladi.
Pedagog olim V.A. Slastenin bo’lajak pedagoglarning kasbiy ko’nikma va malakalarini shakllantirishda:
1) mutaxassis ishlashi lozim bo’lgan aniq vaziyatlarni;
2) uning mehnat vazifalarini;
3) talab etiladigan bilim, malaka va ko’nikmalarni inobatga olish zarurligini ta’kidlab o’tadi.
O'z faoliyatini endigina boshlayotgan pedagoglar va doimiy izlanishda bo'lgan tajribali mutaxasislar ham tarbiyachilik mahoratiga zamin yaratuvchi quyidagi jarayonlarni bilishi kerak:
- har qanday pedagogik vaziyatlarda bolaning ichki va tashqi dunyosini to'g'ri tushunish malakasi;
- pedagogik vaziyatlarni to'g'ri idrok qilish uchun diqqatni jamlash;
- tarbiyalanuvchilarga ishonch va talabchanlik;
- tarbiyaviy vaziyatni har tomonlama puxta baholay olish qobiliyati;
- xilma-xil pedagogik taktlardan o'zi uchun eng muhimini ajrata olish qobiliyati;
- ziddiyatli tasodifiy holatlarda ikkilanmasdan to'g'ri qaror qabul qilish;
- tarbiyada ta'sir etishning turli usullaridan foydalana olish qobiliyati;
- fikr va mulohazalarini so'z bilan, mimika va pantomimik harakatlar bilan bolalar ongiga aniq yetkaza olish;
- mashg’ulot va mashg’ulotdan tashqari faoliyatda bolalar bilan kommunikativ aloqa o'rnata olish qobiliyati;
- bolalar ongida erkinlik va tashabbuskorlikni, o'z fikr mulohazalarini qo'rqmasdan bayon qilish ko'nikmalarini tarbiyalash;
- qiyin holatlarda bolalarga yordam bera olish;
- tarbiyaviy tadbirlarni o'tkazishda bolalar jamoasi bilan doimo maslahatlashish;
- o'tkazilayotgan tarbiyaviy tadbirlar yuzasidan bolalarning fikrlarini o'rganish;
- o'z-o'zini boshqarishning turli shakllaridan unumli foydalanish;
- har bir ta’lim-tarbiya oluvchining yashirin ijobiy fazilatlarini ko'ra olish va takomillashtirish;
- bolalarning ijtimoiy kelib chiqishiga qarab toifalarga ajratmaslik, bir xil munosabatda bo'lish.
“Tegishli ma'lumotli, kasb tayyorgarligi bor va yuksak axloqiy fazilatlarga ega bo'lgan shaxslar pedagoglik faoliyat bilan shug'ullanish huquqiga ega”,- deyiladi «Ta’lim to‘g'risida»gi Qonunning 5-moddasida.
Xulosa qilib aytganda, bo’lajak tarbiyachilarni kasbiy sifatlarini rivojlantirishda faqat u yoki bu sifatlarga emas, balki barcha sifat, ko’nikma va malakalarga alohida e’tibor qaratish kerak.
So’zga chiqdi uslubchi- D.Beknazarova:
Yuqorida so’zga chiqqan tarbiyachi Hilola Yo’ldasheva juda o’rinli gaplarni aytib o’tdi. Hozirgi zamojn talabidan kelib chiqib, pedagog-kadrlar o’zini rivojlantirishni birinchi o’ringa qo’yishlari kerak. Tarbiyachimizning fikr-mulohazalarini inobatga olib, har bir tarbiyachi tinimsiz o’z ustida ishlashi, kasbiy sifatlarini rivojlantirishi maqsadga muvofiq.
H.Yo’ldashevaning fikrlaridan kelib chiqib, ushbu masala yuzasidan kengash
Qaror qiladi:
1. H. Yo’ldashevaning pedagogik kengash uchun “Bo’lajak tarbiyachilarda kasbiy sifatlarni rivojlantirish” mavzusidagi ma’ruzasi ijobiy deb topilsin va ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Tarbiyachilarda kasbiy sifatlarni rivojlantirish uchun tajribali tarbiyachilar tomonidan seminar-treninglar va davra suhbatlari tashkil etilsin.
3. Ushbu qaror ijrosini ta’minlash uslubchi: D.Beknazarova zimmasiga yuklatilsin.

Kengash raisi: ­­­­­­­­­­­­­­­___________ X. Beknazarova


Kengash kotibasi: ­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­___________ Ch. Xudoyberdiyeva


Yüklə 417,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə