I bob maktabgacha ta‘lim tarbiya jarayonida multimedia vositalaridan foydalanish texnologiyasining nazariy asoslari


Bo’lajak tarbiyachilarda kasbiy sifatlarni rivojlantirish jarayonida tarbiyachilik mahoratining tarkibiy qismlari



Yüklə 417,61 Kb.
səhifə8/19
tarix30.12.2023
ölçüsü417,61 Kb.
#165118
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   19
2 5402138443897647713 (1)

2.2 Bo’lajak tarbiyachilarda kasbiy sifatlarni rivojlantirish jarayonida tarbiyachilik mahoratining tarkibiy qismlari
Наr qanday ijtimoiy jamiyatda yosh avlod tarbiyasi muayyan maqsad
asosida tashkil etiladi. Tarbiyaning maqsadi ijtimoiy jamiyat taraqqiyoti,
uning rivojlanish yo'nalishi, ijtimoiy munosabatlar mazmunidan kelib chiqib belgilanadi. Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasida tashkil etilayotgan tarbiyaning asosiy maqsadi barkamol avlodni tarbiyalab voyaga yetkazishdan iborat. Zero, “Sog'lom avlodni tarbiyalash – buyuk davlat poydevorini, farovon hayot asoslarini qurish deganidir".
Pedagogikada tarbiyachilik mahorati doimiy o'zgarib turadigan, jamiyat talablaridan kelib chiqib, to'ldirilib boriladigan bir butun tizimga ega. Uning bir-biri bilan bog'liq quyidagi tarkibiy qismlari tarbiyachining tarbiyaviy faoliyatida muhim yo'nalishlar bo'lib doimo, mazmunan boyitilib boriladi:
Tarbiyada maqsadning aniqligi. O'zbekiston Respublikasi ijtimoiy-siyosiy mustaqilligining dastlabki yillaridayoq mamlakatimizda amalga oshirilishi ko'zda tutilayotgan tarbiyaviy maqsad aniq belgilab olingan va pedagog - kadrlar zimmasiga ulkan mas’uliyat yuklangan. O'zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonuni hamda Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi g'oyalariga ko‘ra tarbiyachilar va o'qituvchilar zimmasiga jamiyatimiz tomonidan qo'yilayotgan talablar - erkin, ijodkor, mustaqil fikr egasi bo'lgan komil inson va malakali mutaxassisni tarbiyalab voyaga yetkazishdan iborat. Ushbu maqsadga erishish yo'lidagi asosiy vazifa - bu shaxsda umumiy madaniyat unsurlarini, ya’ni, aqliy, axloqiy, jismoniy, estetik, iqtisodiy, ekologik, huquqiy, siyosiy hamda mehnat
madaniyatmi tarbiyalashdan iborat.
Texnologik tizim yoki tarbiya texnologiyasi bu pedagogik metod, usul va vositalarni rejali va kutilgan natijalarga erishishga imkon beradigan, shaxsga va jamoaga aniq tasir ko‘rsatadigan jihatlarini tanlash tizimidir. Bu tarbiyachi-o‘qituvchining o'quvchilar amaliy faoliyatini to‘g‘ri tashkil qila olishi va boshqarishining ko'nikma va malakalariga ega bo‘lishidir. Texnologik jarayon natijalaridan asosiy maqsad, tarbiyachi ijodiy izlanishlar tufayli, o'quvchilar tashabbuskorligini ta’minlaydi. Tarbiyachi-o‘qituvchining o‘quvchilar o‘z-o‘zini boshqarish uyushmalari bilan hamkorlikda ishlashi natijasida murakkab masalalarni hal qilish uchun vaqt ajratadi. Texnologik tizimda tarbiyaviy ahamiyatga ega tadbirlarni muvaffaqiyatli uyushtirish tarbiyachining pedagogik mahoratiga bog‘liq. Uyushqoqlik bilan o'tkazilgan tadbirlar o'quvchilarning aqliy rivojlanishini, bilish tafakkurini, kasb tanlashga nisbatan qiziqishini, erkin fikrlashlarini, o‘z fikr-mulohazalarini cho'chimasdan to‘g‘ri tasavvur bilan bayon etish tushunchalarini shakllantiradi.
Tarbiyachi-o'qituvchining mahorati har bir o‘quvchiga alohida yondashuv imkoniyatlarini topish, tarbiyalanuvchi iste’dodida namoyon bo‘ladigan
holatlarda uning faolligini oshirishga qaratiladi. Tarbiyachi - o‘qituvchi tomonidan uyushtiriladigan tarbiyaviy tadbirlarga qo'yiladigan asosiy talablar: tarbiyaviy tadbirlar hech qachon tasodifiy bo‘lmasligi va har bir tadbirga puxta tayyorgarlik ko’rilishi lozim.
Itimoiv psixologik tizim. Pedagogning tarbiyachi sifatidagi mahorati - bu tarbiyalanuvchilarni ma’lum bir maqsadga muvofiq tarbiyalash uchun mo‘ljalga olish san’atidir. Tarbiyalanuvchilar har kuni quvonchli daqiqalarni, katta va kichik ko‘ngilsizliklarni birgalikda boshdan kechiradilar. Ular tarbiyachi-o‘qituvchining o'zlariga nisbatan yaxshi va yomon, yoki insoniy munosabatlarini tez ajrata oladilar va bunga darhol o‘z “javoblarini” qaytaradilar. Ijtimoiy psixologik bilim va malakaga ega bo‘lish tarbiyachi-o‘qituvchida uddaburonlikni va sezgirlikni shakllantiradi. U o‘quvchilar jamoasini uyushtira oladi, bolalar qalbiga yo’l
topadi. Chunki o'quvchilar jamoasi umumiy maqsad asosida tashkil topgan, yuqori darajada uyushtirilgan birlashma bo'lib, shaxs shakllanishining yetakchi omili sifatida ijtimoiy munosabatlar ichida muhim yacheyka hisoblanadi.
Tarbiyalanuvchilar orasidagi munosabatlarga mohirona rahbarlik qilish
uchun tarbiyachi jamoaning ichki va jamoalararo ziddiyatlarni ham bilishi kerak. Bu ziddiyatlaming barham topishi tarbiyachi shaxsi, uning tarbiyalanuvchilar bilan yaqin munosabatlariga bog‘liq. Haqiqiy va mohir tarbiyachi-o‘qituvchi bu ziddiyatlarni bartaraf etishda tarbiyalanuvchilar jamoasi, tarbiyalanuvchilar o'zaro munosabatlarining kuchidan foydalanadi. Har bir bola o‘zining ijtimoiy va psixik olamiga ega. Uni bilish, o'rganish o‘qituvchidan psixologik nuqtai nazardan yondashishni talab qiladi. Bolalarning jamoa bilan yaxshi munosabatda bo’lishi uchun tarbiyachi quyidagi omillarga e’tibor berishi shart:
- har bir bolaga alohida pedagogik topshiriqlar qo‘yish;
-jamoada o‘zaro xayrixohlik, o‘zaro yordam muhitini shakllantirish;
- oilaning tarbiyaviy ta’siridan o‘z o‘rnida fodalanish;
- tarbiyalanuvchilarning o‘zaro aloqalarini kuchaytiruvchi, ijodiy faoliyatini rivojlantiruvchi faoliyatlarini tashkil qilish;
- tarbiyalanuvchilarga o'zaro teng, adolatli munosabatda bo’lish.
Estetik tizim. Agar tarbiyaviy vosita, usul va metodlar orqasida yetakchi g'oya turmasa, texnologik tizim va ijtimoiy psixologik munosabatlar tizimi maqsadli tarbiyaviy natijalar bermaydi. Tarbiyachilarning har bir harakati, bolalarning estetik madaniyatini shakllantirishga xizmat qiladi. Tarbiyachi faoliyati hayotiy me’yor va qadriyatlar asosida olib borilishi kerak, shundagina, ta’lim-tarbiya oluvchining tarbiya jarayonidagi faolligi ta’minlanadi. Dunyoqarashi hali to‘la-to‘kis shakllanmagan bolalar uchun o'qituvchi-tarbiyachining hayotiy tajribalari, shaxsiy namunalari ham estetik tarbiyaviy ta’sir kuchiga egaligini unutmaslik kerak. Shuning uchun pedagogning jamoaga nisbatan diqqat motivlarini shakllantirishda avvalo tarbiyachining estetik jihatdan tarbiyalanganligi muhim ahamiyat kasb etadi. Estetik tizim tarbiyalanganlikning yuqori darajasini belgilovchi vosita bo'lib, uning talablarini bir maromda o‘quvchi ongiga singdirib
borish uchun har bir tarbiyalanuvchi, o'quvchi, MTT, sinf, maktab jamoasi harakat qiladi. Estetik tizimda ulkan tarbiyaviy maqsadlarga erishish uchun pedagogdan
nihoyatda mohirona talabchanlik, ijobiy ta’sir etish vositalarining birligiga erishish talab etiladi:
- tarbiyada bolalar jamoasi muhitining birligi;
- bolalar mustaqilligi va o‘z-o‘zini tarbiyalashning birligi;
- fuqarolik va insoniylikning birligi;
- talabchanlik va ishonch birligi;
- bola shaxsiga ehtiyotkorona munosabat;
- jinsiy tafovutlarni hisobga olish;
- bolalarning axloqiy va jismoniy sog'ligi haqida qayg‘urish;
- axloq me’yoriariga amal qilish.
O'z-o'zini anglash. “Mamlakatimizda mustaqillikdan keyin joriy
etilgan ta’limning yangi modeli, jamiyatda mustaqil fikrlovchi erkin
shaxsning shakllanishiga olib keladi. O'zining qadr-qimmatini anglaydigan, irodasi baquvvat, iymoni butun, hayotda aniq maqsadga ega bo'lgan insonlami tarbiyalash imkoniyatiga ega bo'lamiz”.14
Pedagogning vazifasi va burchi tarbiya natijasida bolalarda milliy qadriyatlarga e’tiqod, milliy mafkura, demokratik qarashlar va hayotiy pozitsiyani shakllantirishdan iborat. Tarbiya mazmunining eng muhim xususiyatlaridan biri - bu insonning hayotiy jihatdan o‘z-o‘zini anglashi, uning shaxsiy hayoti va faoliyati o‘zi yashab turgan muhitning subyekti sifatida e’tirof etilishi bilan tavsiflanadi. Inson kamolotida fuqarolik, kasbiy va axloqiy jihatdan o'z-o‘zini anglash muhim ahamiyatga ega. Pedagog tarbiyalanuvchilarni, o‘z-o‘zini tarbiyalashga, ya’ni o‘z ustida ongli, batartib ishlashga o‘rgatsagina tarbiya jarayoni samarali natijalar beradi. Tarbiyalanuvchilarni o‘z-o‘zini tarbiyalash metodlariga ko'nikma hosil qildirish pedagogning mahoratiga, tarbiyaviy faoliyatni to‘g‘ri tashkil etishiga
bog‘liq. Bolalar, odatda, yaqin kishilarining, ba’zan tarbiyachilarining xulq-atvoriga taqlid qiladilar. Shuning uchun pedagog o‘z pedagogik mahoratiga tayanib, bolalar qalbida o‘ziga nisbatan ishonch, mehr tuyg'ularini uyg‘ota olishi lozim. Bolalar pedagog-kadrlarning darsda va hayotda o‘zini qanday tutishini, kiyinishi, muomalasini, kishilar bilan o‘zaro munosabatini kuzatib boradilar. Bu ham tarbiyalanuvchilarning o‘z-o‘zini tarbiyalashda ta’sirchan vosita hisoblanadi va ijtimoiy mavqeyini oshirishning muhim usulidir. Bolalar tarbiyachisining bevosita nazoratida ta’lim va tarbiya jarayonida, dam olishda, jamoat ishlarida,
o‘z-o‘zini tarbiyalash usullariga ko‘nikma hosil qiladilar, bu usullar
bolalarni tashabbuskorlikka, mustaqil fikr-mulohaza yuritishga undaydi. Tarbiyachi tarbiya jarayonida quyidagi “bolalarning o'z-o'zini tarbiyalash metodlari”dan foydalanishi mumkin:
- o'z-o'zini tahlil qilish va nazorat qilish;
- o'z-o'zini baholash (tengdoshlariga taqlid qilish asosida),
- izohlash (bolaning ma’naviy-axloqiy sifatlari izohlanadi);
- munozara (bolalarga siyosiy, madaniy, estetik, huquqiy mavzularda og'zaki ta’sir o'tkazish).
Ixtiyoriylik. Tarbiyalanuvchilarning iroda erkinligisiz tarbiya g'oyalari mohiyatini qaror toptirish mumkin emas. Kadrlar tayyorlash milliy dasturida va ta’lim-tarbiyani yanada takomillashtirishga qaratilgan qator hujjatlarda shaxsning erkinligi, mustaqil fikrlash qobiliyatini shakllantirishga birlamchi e’tibor berilgan. Zero, erkinlik ta’minlangan jamiyatda fikr rivojlanadi, fikr rivojlanishi esa jamiyatning kuchli bo'lishi garovidir. Erkinlik tufayli bola irodasi shakllanadi, u bir necha imkoniyatlardan birini ixtiyoriy tanlab oladi. Ta’lim tizimida tarbiyalanuvchi-o’quvchilarga ushbu imkoniyatlar yaratilgan, ularning erkinlik huquqlari ta’minlangan.
Tarbiya jarayoni ko’p qirrali jarayon bo'lib, unda tarbiya mohiyatini yoritishga xizmat qiluvchi ichki va tashqi subyektiv va obyektiv omillar ko'zga tashlanadi. Pedagog subyektiv omillar asosida bolalarning ichki ehtiyojlari, qiziqishlari, hayotiy munosabatlari mazmunini anglashga yordam bersa, obyektiv omillar esa shaxsning hayot kechirishi, shakllanishi, hayotiy muammolami ijobiy hal etishi uchun sharoit yaratadi. Tarbiya faoliyatining mazmuni, yo'nalishi va shakli obyektiv sharoitlar bilan qanchalik mutanosib kelsa, bola shaxsini maqsadga muvofiq shakllantirish borasida pedagog muvaffaqiyatga erishadi. Pedagoglar tarbiya jarayonining ko'p qirrali ekanligini, uni tashkil etish va boshqarishda nafaqat tarbiyachi faoliyati, balki bolalarning yosh va psixologik xususiyatlari, shaxsiy o'ziga xos jihatlari, o'y-fikrlari, hayotiy qarashlari ham muhim ahamiyatga ega ekanligini unutmasligi kerak.
Tarbiyaning uzluksizligi. Tarbiyaning yana bir xususiyati uzoq muddat davom etishidir. Tarbiya natijalari tez suratda yoki yaqqol ko'zga tashlanmaydi. O'zida insoniy sifatlarni namoyon eta olgan shaxsni tarbiyalab voyaga yetkazishda uzoq muddatli davr talab etiladi. Shaxsning muayyan vaqtning o'zida, turli qarashlar mavjud sharoitda harakat qilishi tarbiya jarayonini murakkablashtiradi. Ta’lim muassasalarida olib borilayotgan tarbiyaviy faoliyat shaxs ongi, dunyoqarashini shakllantirishga qaratilgan. Binobarin, yoshlik yillarida insonning asab tizimi yuqori darajada ta’sirchan hamda beqaror bo'ladi. Shu bois tarbiyada muvaffaqiyatga erishish uchun tarbiyachidan va ota-onalardan bolalarga bolalik yillarida to'g'ri tarbiya berish talab etiladi. Ta’lim muassasalarida olib borilayotgan tarbiyaviy jarayon bu - pedagog va ta’lim-tarbiya oluvchilarning birgalikdagi uzluksiz, tizimli harakatlari yig'indisidir. Bolalarda ijobiy sifatlarni qaror toptirishda yagona maqsad sari yo'naltirilgan, bir-birini to'ldiruvchi, boyitib boruvchi, takomillashtiiuvchi faoliyat alohida ahamiyat kasb etadi. Shu bois oila, ta’lim muassasalari, jamoatchilik hamkorligida tashkil etilayotgan tarbiyaviy tadbirlarning uzluksiz o‘tkazilishiga erishish lozim. Ta’lim muassasalarida pedagoglarning tarbiyaviy faoliyati yetakchi o‘rinni egallasa ham, ba’zan bolalarga uzluksiz tarbiyaviy ta’sir o‘tkaza olmaydi, chunki bolalar ta’lim muassasalarida ma’lum muddatgina pedagogning tarbiyaviy ta’siri va nazorati ostida bo’lib, qolgan bo‘sh vaqtining asosiy qismini oilada, ko'chada, do'stlari davrasida, har xil tashqi muhitda o'tkazadilar. Kuzgi, qishki, bahorgi va, ayniqsa, yozgi ta’tillar davrida bolalar ta’lim muassasasi pedagogi ta’siridan chetda qoladilar. Demak, ta’lim muassasasida tarbiyalanuvchi-o’quvchilarni tarbiyalash vaqt jihatdan chegaralangan bo’lib, MTTdan va maktabdan tashqarida amalga oshiriladigan tarbiyaviy faoliyatlardan holi vaqtda ular o'qituvchi yoki tarbiyachining ta’siri hamda nazoratida bo’lishlari kerak.
Tarbiyaviy ishlarni rejalashtirish. Tarbiyaviy maqsadlarni amalga
oshirish uchun reja tuzish va uni bajarish tarbiya samaradorligini ta’minlashning asosiy yo’lidir. Pedagog-kadrning tarbiyaviy ishlarni rejalashtirishi – ijodiy jarayon. Pedagog-tarbiyachi tarbiyaviy ishlarni rejalashtirishda asosan «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi g'oyalariga hamda milliy qadriyat, urf-odatlarimizga tayanadi. Uning mazmuni bolalarni o'qishga, ilm olishga, mehnatga ijobiy munosabatni tarbiyalashdan iborat. Tarbiyaviy ish rejasida mehnat tarbiyasiga alohida ahamiyat beriladi. Pedagog bolalarning mehnat tarbiyasi rejasini tuzar ekan, bolalar mehnatining mashaqqati, charchoq va hordiq haqida aniq tasavvurlarga ega bo’lishlarini hisobga olishlari kerak. Ota-onalar bilan ishlash bo'limida oila, MTT tarbiyasini tavsiflaydigan qisqa ma’lumotlar beriladi. Mohir tarbiyachi tarbiyaviy ish rejasiga aniq bir maqsadni qo'yadi. Tarbiyaviy ish amaliyotida xulq me’yorlaridan chetga chiqqan bolalar ham uchraydi. Ular tarbiyasi «qiyin» bolalar. Ular bilan tarbiyaviy faoliyat olib borish - bu alohida e’tiborni, sabr-toqat va mahoratni, qalb sezgirligini talab qiladigan murakkab ishdir. Tarbiyachi bunday bolalarni pedagogik jihatdan o'rganish dasturini tuzishda quyidagi jihatlarga e’tibor berishi lozim:
- shaxsning ijtimoiy kelib chiqishi;
-oilada umumiy rivojlanish darajasi;
-axloqan tarbiyalanganlik darajasi.
Dastur asosida quyidagi yo'nalishlar bo'yicha alohida tarbiyaviy ishlar rejasi
tayyorlanadi:
1. Bola olamining hayotiy yo'nalishlarini diqqat bilan o'rganish.
2. Xarakteri va xulqidagi og'ishganlik sabablarini o'rganish.
3. Ijobiy yo'nalishga, o'zgarishiga ta’sir etuvchi hayotiy ko'rinishlarni tanlash.
4. Muloqotni bolaning «psixologik hudud»idan izlash.
5. Tarbiyalanuvchilar xulqida namoyon bo’ladigan har xil o'zgarishlar ustidan doimiy nazorat o’rnatish.
Ma’lumki, tarbiyalanganlik natijalarini hisobga olish bolalarning xulqida, ularning tarbiya va mehnatga munosabatlaridagi o'zgarishlarni ifodalaydigan pedagogik o‘lchamdir. Tarbiyaviy faoliyat samaradorligini aniqlash masalasi murakkab masaladir. Hech qachon tarbiya natijalarini o'tkazilgan tadbirlar, ishtirok etgan bolalar soni bilan belgilab bo’lmaydi. Tarbiyaviy ish samaradorligi bolalarning tarbiyalanganlik darajasi bilan baholanadi. Tarbiyachi-o'qituvchi bolalarning qiziqish va ehtiyojlarini chuqur his etgan holda, vaziyatni hisobga olib mavzu tanlashi, uni tayyorlash va o‘tkazishda bolalarni keng ko'lamda jalb etishi, yuksak samaradorlikni ta’minlanishga e’tibor berish bilan birga, har bir bolaning xohishini hisobga olishi, keskin rad etmasdan, yana o'ylab ko'rish, qiziqarliroq, soddaroq yo’llarini topishing mumkin deb umidvor qilishi o'rinlidir. Tarbiyachi ijodkor bo’lishi, tarbiyalanuvchilarni ham ijodiy faoliyat yuritishga jalb etishi, har bir tarbiyalanuvchida o'zini va o'zgalarni hurmat qilishga ishonch hosil qilishi lozim.


Yüklə 417,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə