Gimnastika bo’yicha musobaqalar tashkil qilish va o’tkazish



Yüklə 53 Kb.
səhifə1/2
tarix19.12.2023
ölçüsü53 Kb.
#153642
  1   2
Gimnastika bo’yicha musobaqalar tashkil qilish va o’tkazish


Gimnastika bo’yicha musobaqalar tashkil qilish va o’tkazish


REJA:

  1. musobaqalarning ashamiyati va turlari.

  2. musobaqa dasturi.

  3. musobaqalar to’g’risida nizom.

  4. musobaqaga-tayyorgarlik ko’rish va uni o’tkazish.


tayanch iboralari:
musobaqalarning ashamiyati, uni tashkil qilish,
musobaqa turlari, dasturi, nizom ishlab chiqish tartibi, tayyorgarlik ko’rish, musobaqa o’tkazish, joy tanlash, gigienik talablar, shakamlik qilish, musobaqa bosqichlari, yakunlash, mukofotlash, shisobot berish.
Gimnastika musobaqalari-o’quv-trenirovka jarayonining tarkibiy qismidir. ular shug’ullanuvchilarni gimnastikadan tayyorgarligini tekshirishning asosiy usulidir. musobaqalar muayyan bir o’quv davri uchun (chorak, semestr, yarim yillik, butun o’quv yili) o’quv ishiga aniq va ob’ektiv ravishda yakun yasashga yordam beradi. shuningdek, ular musobaqa qatnashchilarining ashloqiy-irodaviy tayyorgarligini tekshirishning samarali vositasi bo’lib xizmat qiladi va jamoatchilik uyushqoqlik va intizomlilik shissini rivojlantiradi va shuningdek, iroda va jasoratni tarbiyalashga yordam beradi. musobaqada u yoki bu tashkilot qatnashchilarning ko’rsatgan natijalariga qarab o’quv-mashg’ulot jarayonining kelajakdagi yo’nalishi belgilanadi, o’quv-mashg’ulot ishining uslublariga o’zgartirishlar kiritiladi.
Bundan tashqari, musobaqalar eng zo’r ko’rgazmali targ’ibot vositasidir. yaxshi tashkil qilingan va tantanali o’tkazilgan musobaqalarni qatnashchilar sham, tomoshabinlar sham uzoq vaqt eslab yuradilar. gimnastikaning yoshlar o’rtasida keng tarqalishiga va ularning gimnastika sektsiyalari, sport klublarining mashg’ulotlariga muntazam qatnashib yurishlariga jalb etadi.
Turli tashkilotni muassalari shu jumladan umum ta’lim maktablari o’rta va oliy o’quv yurtlari shamda ksj (ko’ngilli sport jamiyatlari) ming sport ishida gimnastika musobaqalarini uyushtirish va o’tkazish borasida muayyan ananalar paydo bo’ldi. ular maqsadi, shakli, ko’lami va xarakteriga qarab qo’yidagi turlarga ajratiladi:

  1. yo’nalishi (maqsadi bo’yicha: o’quv, saralash musobaqalari, eng kuchli gimnastikachi gurux jamoalarni aniqlash musobaqalari, o’rtoqlik uchrashuvlari, ommaviy musobaqalar (osonlashtirilgan dastur, ko’p kurash bo’yicha va shokazo).

  2. sinov shakli bo’yicha: shaxsiy, guruxda va shaxsiy gurux musobaqalarni.

  3. ko’lami bo’yicha: tuman, shashar, viloyat va boshqalar.

  4. vakiligi bo’yicha: shududiy va muassasa musobaqalari.

  5. xarakteri bo’yicha: tasniflangan, tasnif qilinmagan, yopiq, ochiq musobaqalar, tanlovlar sashifali musobaqalar. odatda shar bir musobaqaga bir necha vazifa qo’yiladi. masalan, umum ta’lim maktabining birinchiligida gimnastika ishiga yasash mumkin, shuning bilan birga muayyan maktabning eng yaxshi gimnastikachilarning maktab firma jamoasiga nomzodlar tarkibini ko’rsatish mumkin. bu musobaqa nizomida aniq ko’rsatiladi.




Yüklə 53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə