Gimnastika bo’yicha musobaqalar tashkil qilish va o’tkazish



Yüklə 53 Kb.
səhifə2/2
tarix19.12.2023
ölçüsü53 Kb.
#153642
1   2
Gimnastika bo’yicha musobaqalar tashkil qilish va o’tkazish

Musobaqalarning dasturi.

Musobaqalarning vazifasi, qatnashuvchilar tarkibi va o’tkazilishi shart sharoitga qarab, dasturlar bir-biridan jiddiy farq qilishi mumkin. masalan, sportchining texnik tayyorgarligini aniqlash va unga biror sport razryadini berish uchun davlat (tasnif) dasturlari mavjud. shar xil sport musobaqalari uchun dasturlarni musobaqa o’tkaziladigan tashkilotning o’zi tuzishi mumkin. bunday musobaqalar osonlashtirgan dastur va soddalashtirilgan qoida bo’yicha o’tkaziladi.




Musobaqa bo’yicha nizom.

Musobaqa to’g’risida nizom uni o’tkazadigan tashkilot tomonidan tasdiqlangan bo’lib, unda qatnashishlarni va musobaqa o’tkazadigan lavozimli shaxslarni tayyorlash bilan bog’liq barcha ishlar rejalashtiriladi. nizom u yoki bu musobaqalarni rejalashtiradigan tashkilot tomonidan sport tadbirlari kalendari asosida ishlab chiqiladi va musobaqa boshlanishdan kamida uch oy oldin qatnashuvchi jamoalari (maktablar bo’sm lar) ga tarqatiladi.


Musobaqa nizomida qo’yidagilar ko’rsatiladi:

  1. maqsad va vazifalar;

  2. o’tkazish joyi va vaqti;

  3. musobaqalarni boshqarish;

  4. dastur;

  5. qatnashchilarga ruxsat berish va g’oliblarni aniqlash;

  6. g’oliblarni mukofotlar.

Odatda shar bir guruxda eng yaxshi natijalar masalan, 6
tadan 5 tasi yoki 8 tadan 7 tasi shisobga olinadi. bu ayrim qatnashchilar, guruxlar o’rtasidagi sport kurashining borishi aniq ifodalanadi, bu esa musobaqalardagi kurashni qizdirib yuboradi.


Musobaqaga tayyorgarlik ko’rish va uni o’tkazish.

Bo’lajak musobaqaga tayyorgarlik ko’rish ishlari, musobaqaning kulamidan qatiy nazar, uning boshlanishidan ancha ilgari olib borilishi kerak. bunda barcha tadbirlarni uch bosqichga bo’lish maqsadga muvofiqdir.


Birinchi bosqichida musobaqaning mudati, miqyosi, o’tkazilish joyi belgilanadi va uning nizomi taqiqlanadi, musobaqani tayyorlash va o’tkazish rejasi ishlab chiqiladi.
Ikkinchi bosqichida musobaqa grafigi aniqlanadi, shakamlar shayati tanlanadi va tasdiqlanadi; shujjatlar tayyorlanadi va shokazo. tayyorgarlik ishlarini musobaqani uyushtiradigan tashkilotlar va bosh shakamlar shayati birgalikda olib boradilar.
Eng murakkab ish musobaqalar uchun joy tayyorlash va joyni sifatli jishozlar bilan ta’minlashtir, musobaqalar uchun bino yoki ochiq maydoncha tanlanganda gimnastika asboblari va tomoshabinlarni qulay joylashtirishni nazarda tutish lozim.
xakamlar va kotiblar uchun xonalar, dushxonalar, vrach uchun joy ajratilgan bo’lishiga e’tibor berish kerak. bosh xakamlar shay’ati va katta shakamlar uchun urindiqlar, shakamlar ko’rsatkichlari va boshqalar bo’lishi zarur.
Uchinchi bosqichda qatnashuvchi jamoalar vakillari bilan kengash o’tkaziladi, snaryad va jishozlarning mustashkamligi tekshiriladi, qatnashchilar snaryadlarda sinov mashqi o’tkazadilar va turlar bo’yicha shakamlar jamoasining sinov shakamligi o’tkazadilar, musobaqaga jalb qilingan shamma mas’ul shaxslarning tayyorgarligi tekshiriladi.
Bo’lajak musobaqaga aniq boshchiliq qilish gurushlar vakillari bilan o’tkaziladigan yig’ilishga bog’liq bo’ladi, bundan bosh shakamlar xayatini tanishtiradi, nizomning aloshida banalarini aniqlab, qayta kurib chiqadi, shakamlik ishi texnikasini tushuntiradi, musobaqani o’tkazish rejasi va tartibini e’lon qiladi. shu bilan birga, paradda saqlanish joyni qatnashuvchilarning musobaqaga chiqishini, ularning tarkibi va kiyimini, ochilish va yopilish marosimini, mukofotlash tartibini va boshqalarni aniq belgilab olmoq zarur.
Musobaqalar turlaridan basholash (xakamlik qilish) ishini katta xakam va xakamlardan iborat jamoa amalga oshiradi. katta xakam o’z turida xakamlik ishining sifatiga javobgardir. u jamoaga boshchilik qiladi, mashqlarni basholashda qatnashadi, qatnashchilarning intizomini kuzatadi, shakamlar bashosidagi kelishmovchilarning sababini aniqlaydi.
Qatnashchilar chiqishidan oldin xakamlar jamoalari musobaqa dasturi, qatnashchilari va musobaqalarni o’tkazishni shartlari shaqida xabardor qilinishlari kerak. chiziq xakamlari, xronometraj xakamlariga sham ko’rsatmalar beriladi. bu musobaqalarda qatnashish tajribasiga ega bo’lmagan sportchilar qatnashganda ayniqsa mushimdir. vrach nazorati va zarur bo’lganda birinchi meditsina yordamini musobaqa vrachi bosh xakamning (meditsina ishlari bo’yicha yordamchisi) amalga oshiradi.
Xakam-axborotchi gurux kurashining borishi shaqida muntazam ma’lumot berib boradi, shuningdek, shar bir turdan keyin musobaqada kim oldindaligini aytadi.
Qoidaga binoan musobaqalar soat 10 dan oldin boshlanmasligi va 23 dan kech tugamasligi zarur. bir bo’limning davom etishi bolalar va o’spirinlar jamoalari uchun 2 soatdan va o’smirlar uchun 3 soatdan oshmasligi kerak. musobaqa so’ngida oxirgi bo’limda ozroq jamoalar musobaqalashishini esdan chiqarmaslik kerak. bu kotibning uchun musobaqani tezroq yakunlashga imkon beradi. jamoalarning chiqishidan keyin qatnashchilarning mukofotlashdan oldin bo’ladigan tanaffusning o’rnini to’ldirish uchun esa muayyan musobaqa qatnashchilar ichidan eng yaxshi ijrochilarni va shuningdek bolalar guruxlari yoki boshqa sport turli vakilarining ko’rgazmali chiqishlarni tashkil qilishi zarur.
Musobaqalar tantanali ravishda barcha marosimlarga rioya qilingan sholda yakunlanadi. musobaqa g’oliblarni musobaqa yopilishidan oldin mukofotlash lozim. ammo, shisoblash chiqish murakkab bo’lsa (dasturining shar xil bo’lishi, jamoa yoki guruxlar tarkibining bir xil bo’lmasligi va shokazolar) va uni qisqa vaqt ichida yakunlash imkoniyati bo’lmasa, mukofotlashni musobaqa yakuniga bag’ishlangan maxsus kechada o’tkazish kerak.
Mukofotlash marosimi shar doim tantanali, qatnashchilarga sham, tomoshabinlarga sham qiziqarli bo’lishi kerak.
Musobaqani yakunlovchi paradga barcha qatnashchilarni yoki faqat oxirgi bo’lim qatnashchilarni jalb etish mumkin.
Musobaqa tugagandan keyin bosh xakam (bosh kotib bilan birgalikda) shisobot tuzadi. unda qo’yidagilar ko’rsatiladi:

  • musobaqani nomi va dasturi, o’tkazilgan joyi va muddati;

  • ko’p kurash turlari (dastur) bo’yicha xakamlar jamoasi;

  • o’tkazilgan musobaqani uyushtirish va o’tkazishdagi ayrim kamchiliklar va keyingi musobaqalarda e’tiborga olish uchun takliflar;

bu umumiy shisobot musobaqaning bosh xakami va bosh kotib tomonidan qo’l quyilib, quyi musobaqalar to’gagach 30-40 minutdan keyin katta musobaqalardan ertasi kuni qatnashuvchi tashkilotlarning vakillariga tarqatilib berilish kerak.

Adabiyotlar


  1. Gimnastika. A.M. Shlemin, A.T. Brikinlar tahriri. 1982 yil, Toshkent.

  2. www.ziyonet.uz

  3. www.nur.uz

Yüklə 53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə