I bob maktabgacha ta‘lim tarbiya jarayonida multimedia vositalaridan foydalanish texnologiyasining nazariy asoslari



Yüklə 417,61 Kb.
səhifə4/19
tarix30.12.2023
ölçüsü417,61 Kb.
#165118
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
2 5402138443897647713 (1)

Tadqiqot ishining tuzilishi kirish, uch bob, xulosa va tavsiyalar, foydalanilgan adabiyotlar rо‘yxati va ilovalardan iborat.

I Bob Bo’lajak tarbiyachilarda kasbiy sifatlarni rivojlantirishning nazariy asoslari

    1. Bo’lajak tarbiyachilarda kasbiy sifatlarni rivojlantirishning pedagogik-psixologik jihatlari

O‘zbekiston Respublikasida pedagog kadrlarning ma’naviy qiyofasiga, aqliy salohiyatiga hamda kasbiy mahoratiga nisbatan alohida mas’uliyat yuklangan. Chunonchi, bu borada O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A.Karimov quyidagilarni qayd etadi: «Biz yurtimizda yangi avlod, yangi tafakkur sohiblarini tarbiyalashdek mas’uliyatli vazifalarni ado etishda birinchi galda ana shu mashaqqatli kasb egalariga suyanamiz va tayanamiz, ertaga o‘rnimizga keladigan yoshlarning ma’naviy dunyosini shakllantirishda ularning xizmati naqadar beqiyos ekanini o’zimiz yaxshi tasavvur qilamiz». Ushbu fikrlardan bugungi kun pedagogiga nisbatan qo‘yilayotgan talablarning mazmun va mohiyati anglashiladi.
Hozirgi kundagi global o‘zgarishlar, fan-texnika va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining kun sayin rivojlanib borishi XXI asr pedagog kadrlaridan pedagogik mahoratni, o'tkir irodani, kasbiy sifatlarni rivojlantirishni, pedagogik-psixologik bilimlarni, o'z fanini chuqur bilishni, yuksak tafakkurni, siyosiy savodxonlikni, fikrlash doirasi keng va mulohazali bo’lishni talab qiladi. Ta’lim muassasalarida faoliyat ko'rsatayotgan pedagoglar o'qitish shakllarining optimal darajada tashkil etishni, barkamol shaxsni shakllantirish nazariyasini turli yangi g'oyalar bilan boyitishni puxta bilishi lozim. Zero, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi g'oyalarini amaliyotga tatbiq etish, mamlakatimiz ta’lim tizimida olib borilayotgan islohotlar muvaffaqiyatini ta’minlash ta’lim muassasalarida faoliyat olib borayotgan o'qituvchi va tarbiyachilaming ma’naviy qiyofasi hamda kasbiy
mahoratlariga ko'p jihatdan bog'liq. Shaxsni har tomonlama barkamol inson darajasida tarbiyalash nihoyatda murakkab jarayon bo‘lib, juda qadim zamonlardan buyon ushbu faoliyatga jamiyatning yetuk kishilari jalb etilgan. Mazkur holat yosh avlod tarbiyasi, uning tashkil etilishi, mazmuni nafaqat shaxs kamoloti, balki jamiyat taraqqiyotini ham belgilashda muhim ahamiyatga ega
ekanligini anglatadi. Ushbu tajribalar o‘qitish shakllarida foydalaniladigan o'qitish qonuniyatlari, prinsiplarini ijodiy qo'llashda, ilmiy bilishga doir g‘oyalar, nazariyalar, qonuniyatlarni amaliyotga tatbiq etish muhim ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, qadimdan buyuk allomalar vatani bo'lib kelgan O'zbekistonda yosh avlod tarbiyasi mutlaqo o'zgacha m’ano kasb etishi muqarrar. Pedagog - O'zbekistonning porloq kelajagini barpo etuvchi, dunyoga mashhur mutafakkir va olimlarning davomchisi bo'lgan yosh avlod ta’lim-tarbiyasi uchun javobgar shaxsdir. Shunday ekan, pedagogning mazkur talablarga muvofiq keluvchi qiyofasi, uning o'quvchilar, hamkasblar hamda ota-onalar o'rtasidagi obro’-e’tibori hozirgi zamon talablariga mos bo'lishi shart. Pedagog barkamol avlod ta’lim-tarbiyasi uchun javobgar shaxs bo'lib, nafaqat ma’naviy-axloqiy madaniyati bilan atrofdagilarga о'rnak bo'lishi, shu bilan birga, pedagogik mahoratini ham namoyon eta olishi, yetuk pedagog sifatida malakali kadrlarni tayyorlash ishiga o'zining munosib hissasini qo'shishi zarur. Pedagogik mahoratga ega bo'lish, pedagog kadrlar uchun ta’lim-tarbiya samaradorligini ta’minlovchi zamin bo'libgina qolmasdan, ayni vaqtda uning jamiyatdagi obro'-e'tiborini ham oshiradi, tarbiyalanuvchilarga nisbatan hurmat yuzaga keltiradi. Kasbiy mahoratni oshirish yo'lida amaliy harakatlarni tashkil etish, pedagogik faoliyatda yo'l qo'yilgan yoki qo'yilayotgan xatolardan holi bo'lish o'quvchilar, hamkasblar hamda ota-onalar bilan o’zaro munosabatda muvaffaqiyatlarga erishish imkoniyatini yaratadi.
Hozirgi kunda darsliklar, kommunikatsion axborot texnologiyalari qanchalik rivojlangan bo’lmasin, pedagogik amaliyot, ta’lim – tarbiya ishlarining muvaffaqiyati baribir pedagog - kadrlarning bilimiga, uning kasbiy mahoratiga bog'liq. Shu nuqtai - nazardan Respublikamiz birinchi Prezidenti I.A.Karimov “Tarbiyachilarning o'ziga zamonaviy bilim berish, ularning ta’limotini, malakasini oshirish kabi paysalga solib bo’lmaydigan dolzarb masalaga duch kelmoqdamiz. Mening fikrimcha, ta’lim - tarbiya tizimini o’zgartirishdagi asosiy muammo shu yerda. Tarbiyachi-pedagoglarimiz tarbiyalanuvchilarimizga zamonaviy bilim bersin, deb talab qilamiz. Ammo zamonaviy bilim berish uchun, avvalo, pedagogning o'zi ana shunday bilimga ega bo’lishi kerak”7 - deb ta’kidlaydi. Darhaqiqat, har bir yosh mutaxassisni puxta ilmiy - nazariy bilimlar bilan qurollantirish, egallagan ilmiy bilimlarni amaliy faoliyatda qo'llash uchun ko'nikma va malakalarini rivojlantirish albatta oson ish emas. O'qishga ilmiy, ongli
munosabat bilan qaraydigan, mustaqil fikrlaydigan, mukammal ma’lumotlarni egallashga layoqatli, bilish faolligi va aqliy mehnat madaniyatini o'zida mujassamlashtirgan yoshlarni voyaga yetkazish – muhim vazifadir.
Tadqiqot muammosini nazariy jihatdan o’rganish, tahlil etish va ijtimoiy dolzarbligini asoslashda mavzu doirasidagi ahamiyatli tushunchalar, kategoriyalar mazmunini yoritish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Shu bois, ilmiy izlanishlar davomida kasbiy moslashtirishning pedagogik-psixologik aspektlarini: motiv, kasb tanlash motivlari, pedagogik faoliyat, kasbiy bilim, ko’nikma va malakalar, kompetentlik kabi tushunchalarning mohiyati aniqlashtirish orqali yoritishga harakat qildik.
Kasb tushunchasi – bu maxsus tayyorgarlikni talab etuvchi, inson doim tajribadan o’tkazuvchi va unga yashash uchun manba bo’lib xizmat qiluvchi mashg’ulotdir. Kasb bir xil faoliyat bilan shug’ullanuvchi kishilarni birlashtiradi va bu faoliyat ichida ma’lum aloqalar va axloq normalari o’rnatiladi.8
E.A. Klimov tadqiqotlarida “Kasb – jamiyat uchun zarur va qadriyatli soha bo’lib bunda insondan jismoniy va ruhiy kuch talab etadi”, deya ta’kidlaydi.
V.G. Makushin esa, kasb – bu shunday faoliyatki, uning yordamida shaxs jamiyat hayotida ishtirok etadi va uning yashashi uchun moddiy vositalar asosiy manba bo’lib xizmat qiladi, deya ta’kidlaydi. Mavjud ta’riflarni umumlashtirib, quyidagicha xulosa qilish mumkin: “Kasb mehnat faoliyatining asosiy shakli bo’lib, uni bajarish uchun inson albatta ma’lum bilim, malaka va ko’nikmalarga, maxsus qobiliyatlar va rivojlangan muhim kasbiy sifatlarga ega bo’lishi kerak”.
Mutaxassislik – kasbiy ta’lim, tayyorgarlik yo’li bilan o’zlashtirilgan ish jarayonidagi maxsus bilimlar, ko’nikma va malakalar majmuasi bo’lib, ular u yoki bu kasb doirasida ma’lum faoliyat turini bajarish uchun zaruriy hisoblanadi.
Shunday qilib, mutaxassislik – kasb ichidagi kasbiy faoliyat turi bo’lib, u shaxsiy yutuqlarga yoki o’ziga xos vaziyatlar orqali umumiy natijalarga erishishga yo’naltirilgan bo’ladi. Kasbiy faoliyat samaradorligining shartlaridan biri mutaxassisning kasbiy tayyorligi hisoblanadi. Mashhur rus psixologi I.K.Platonovning fikriga ko’ra, “kasbiy tayyorgarlik – bu o’zini kerakli kasbiy faoliyatni bajarishga qodir va tayyorgarlik ko’rgan deb hisoblovchi va uni bajarishga intiluvchi shaxsning sub’ektiv holatidir”.
Kasbiy faoliyatga yo’naltirishda kasb tanlash motivlarining yaqqolroq namoyon bo’lishi kuzatilsa-da, faqat ularning o’zigina kasbiy tayyorgarlikning shakllanishida yetakchi rol o’ynay olmasligini e’tiborga olish lozim bo’ladi. Chunki, shaxsning mavjud jismoniy, ruhiy va ma’naviy imkoniyatlari tanlangan kasbiy faoliyatning shaxsga nisbatan qo’yadigan talablari darajasi bilan mutanosib bo’lishi talabalarning kasbiy faoliyat muhitiga normal moslashishiga va refleksiyaning shakllanishiga yordam beradi. Kasbiy imkoniyatlar – ma’lum faoliyatning shaxs irodasi bilan bog’liq ob’ektiv shart-sharoitlarini o’zida aks ettiradi.9
Odatda bo’lajak o’qituvchilarni kasbiy faoliyatga moslashtirishda ularning ob’ektiv imkoniyatlaridan kelib chiqib yondashish, tanlangan kasb va faoliyat talablariga shaxs imkoniyatlarining identifikatsiyalashuvi maqsadga muvofiq sanaladi. Masalan, o’qituvchilik kasbini tanlashda nafaqat bu kasbni sevish, bolalar bilan muloqotga kirishish istagi, balki, kasbiy faoliyatning shaxsga nisbatan qo’yadigan jismoniy, psixologik va ijtimoiy talablar uning imkoniyatlari doirasida bo’lishi kasbiy bilim, malaka va ko’nikmalarni o’zlashtirishga yordam beradi. Shu bois, bo’lajak o’qituvchilarni kasbiy moslashtirishda masalaning mazkur jihatlarini nazariy asoslash va bo’lajak mutaxassislarning kasbiy imkoniyatlarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratish kerak.
Bo’lajak pedagoglarning kasbiy faoliyatga dastlabki salohiyatli tayyorligi ayni vaqtdagi amaliy tayyorligining asosi hisoblanadi. Shuning uchun ta’lim muassasalaridagi kasbiy tayyorgarlikni shakllantirish jarayonida talabalarda kasbiy faoliyatni amalga oshirish uchun yetarli bo’lgan kasbiy bilim, malaka va ko’nikmalarni shakllantirish lozim bo’ladi.
Kasbiy bilim – aniq mehnat faoliyati doirasida bajariladigan ishlar uchun zarur bo’lgan axborotlar va o’zlashtirilgan nazariy ma’lumotlar birlashmasidir.
Bo’lajak mutaxassislarning o’zlashtirishi lozim bo’lgan kasbiy bilimlar mutaxassis shaxsining sifat darajasiga qo’yiladigan malakaviy talablar mazmunidan kelib chiqib belgilanishi kasbiy moslashtirish jarayonining samaradorligini belgilovchi muhim mezon sanaladi. Bo’lajak pedagog-kadrlarga qo’yiladigan sifat talablarini o’zida mujassamalashtirgan klassifikatorda bo’lajak tarbiyachi, o’qituvchilarning maktabgacha ta’lim tashkilotlarida, umumta’lim maktablarida, akademik litsey, kasb-hunar kollejlarida faoliyat ko’rsatishi va ular o’z mutaxassisligi doirasida o’quv-tarbiya jarayonini tashkil etish, ta’lim oluvchilarning bilim darajasini adolatli baholash va nazorat qila olishi yuzasidan zaruriy kasbiy bilim, malaka va ko’nikmalarga ega bo’lishi lozimligi belgilanadi. Shu bois, bo’lajak o’qituvchilarning kasbiy moslashtirishda ixtisoslashgan tavsifnomasida ularning kasbiy tayyorgarligiga qo’yiladigan malakaviy talablardan kelib chiqib, kasbiy bilimlar mazmuni quyidagi aspektlar bilan bog’liq holda belgilanishiga e’tibor qaratish maqsadga muvofiq sanaladi:

  • nazariy – ta’lim-tarbiya jarayonining maqsadi, tamoyilllari, qonuniyatlari, ta’limotlari, o’quv-tarbiya jarayonini tashkil etishning shakl, metod va vositalari xususidagi bilimlar;

  • metodik – o’quv-tarbiya jarayonini loyihalashtirish, rejalashtirish va o’qitishning shakl, metod va didaktik vositalarini to’g’ri tanlash, talabalarning bilish motivatsiyasini shakllantirish bilan bog’liq bo’lgan bilimlar;

  • texnologik– aniq ta’lim sharoitida pedagogik vazifalarni, vaziyatlarni yecha olish, rejalashtirilgan o’quv-tarbiya jarayonini samarali amalga oshirish bilan bog’liq bo’lgan bilimlar;

  • prognostik – ta’lim oluvchi shaxsining rivojlanishini oldindan loyihalashtira olish, yuksak ma’naviyatli, intellektual salohiyatli, mustaqil fikrli va ijodkor shaxsni tarbiyalashning ta’sir vositalarini oldindan bashoratlash bilan bog’liq bilimlar;

  • ijodiy-innovatsion – pedagogik faoliyatni samarali tashkil etish, o’qitish va tarbiyalashning yangicha shakl, metod va vositalarini yaratish bilan bog’liq amaliy bilimlar.

Pedagogik kuzatish va tadqiqot natijalari shuni ko’rsatadiki, oliy ta’lim muassasalaridagi ta’lim jarayonida talabalarning kasbiy bilimlarni o’zlashtirishi va kasbiy-pedagogik qobiliyatlar, ko’nikma va malakalarning shakllantirilishi o’rtasidagi integratsion tuzilma yetarlicha qaror topmagan. Bu esa yosh mutaxassislar faoliyatining birinchi besh yilligida ba’zi qiyinchiliklar, konfliktlar yoki kasbiy muvaffaqiyatsizlikning kelib chiqishiga sabab bo’lishi aniqlandi. Masalaning yana bir muhim jihati borki, uning yetarlicha e’tiborga olinmasligi ham kasbiy tayyorgarlikni shakllantirish jarayonida ba’zi negativ holatlarni keltirib chiqaradi.
Ta’kidlash joizki, oliy ta’lim muasasalaridagi o’quv faoliyatining mahsuli bu kasbiy bilimlarning o’zlashtirish jarayoni hisoblanadi. Lekin ba’zida shunday vaziyatlar ham uchrab turadiki, kasbiy masalalarni hal etishga yaxshi tayyorgarlik ko’rgan mutaxassis zarur paytda kerakli faoliyat uchun tayyor bo’lmay qolishi mumkin. Bunday holatda pedagogik faoliyatni muvaffaqiyatli amalga oshirib bo’lmaydi, yoki samarasiz bo’ladi. Ko’rinib turibdiki, mutaxassisning kasbiy tayyorgarligi unda nafaqat kasbiy bilimlarning kerakli darajasini, balki psixologik tayyorgarlikni, o’zini – o’zi boshqarish va kerakli faoliyatga yo’naltirish, o’quv-tarbiya jarayonini boshqarish, kasbiy, ma’naviy va jismoniy imkoniyatlarini kerakli sharoitda qo’yilgan masalani hal etishga to’g’ri yo’naltira bilish bilan bog’liq kasbiy ko’nikma va malakalarni shakllantirish, jarayonga moslashtirishni nazarda tutadi. Chunki, aynan shu ko’nikma va malakalar bo’lajak pedagoglarni kasbiy moslashtirish jarayonidagi zaruriy fenomenlar sifatida baholanadi.
Tarbiyalanuvchilarda tushuncha hosil qilish uchun yoritilayotgan bilimlarni soddalashtirish orqali ular yaxshi his etadigan jarayonni aniq tushuntirish va ular ongida tushunchalarni shakllantirish kerak. Marton va Butning fikricha o‘zlashtirish: - abstrakt tamoyillarni egallash;
- isbotni tushunish;
- xaqiqiy axborotni tushunish;
- usullarni egallash;
- usullar va yondashuvlar;
- tan olish;
- fikrlash;
- anglash;
- g‘oyalarni tahlil qilish;
- ahloqning rivojlanishi;
- hodisa xosliklarni o‘z ichiga oladi.
Ko‘p yillik izlanishlarga ko‘ra, tarbiya berishda bilimlarni amaliy o‘zlashtirish
jarayonini uyushtirish onson emas.10
Kasbiy ko’nikma va malakalar – amaliy faoliyat jarayonida paydo bo’ladigan, shaxsning o’zlashtirilgan kasbiy bilimlarini anglangan ish harakatlariga aylanishidagi avtomatlashgan usuldir. O’rta maktab o’qituvchisining, pedagog-kadrlarning, tarbiyachilarning ixtisoslashgan tavsifnomasi – professiogrammasini yaratishda N.V. Kuzmina, Z.F. Esarova, M.G. Davletshin, M. Abdullajonova, T. Hamroqulov va boshqalar quyidagi kasbiy malakalarni farqlaydilar:11
1. Gnostik malakalar.
2. Konstruktiv malakalar.
3. Kommunikativlik.
4. Tashkilotchilik malakalari.
Gnostik (yunoncha “gnosis” – “bilish”) malakalar tarbiyachining bilim
sohasiga taalluqli bo’lib, bolalarning individual-psixologik taraqqiyot darajasini
aniqlay bilish, o’zining tajribasi va pedagogik faoliyatiga refleksiv yondashish,
ilg’or tajribalarni o’rganish, novatorlik, pedagogik-psixologik adabiyotlardan
foydalana bilish, empatiya va pedagogik ziyraklik doirasidagi malakalarni mujassam etadi.
Konstruktivlik (loyihalash qobiliyatiga egalik)-tarbiyachining pedagogik jarayonni metodik jihatdan to’g’ri loyihalashtirishni va tashkil etishni ko’zda tutiladi. Bunda ta’lim jarayoni natijalarini prognoz qilish, o’quv-tarbiya jarayonini maqsadli loyihalash, o’quvchilarning yosh va individual xususiyatlaridan kelib chiqib ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsadlarni to’g’ri belgilash va darsning texnologik tuzilmasini aniq belgilash, amalga oshirish bilan bog’liq malakalar nazarda tutiladi.
Kommunikativlik – bu tarbiyachi-pedagogning alohida xususiyati bo’lib,
unda o’quvchilar va hamkasblari bilan o’zaro hamkorlik muloqoti nazarda
tutiladi. Bunda tarbiyachining bolalarni o’ziga jalb etishni bilishga, bolalar va
ota-onalar bilan muloqotni tashkil etishga, boshqarish va nazorat qilishga, ular
bilan pedagogik-psixologik nuqtai nazardan maqsadga muvofiq o’zaro aloqa
bog’lashga, shaxslararo munosabatlarni faollashtirishga qaratilgan malakalardir.
Bolalar bilan muloqotda pedagogik tayyorgarlikning muvaffaqiyatli bo’lishi
ko’p jihatdan pedagogning kommunikativ ko’nikma va malakalarni uzluksiz
ravishda egallab borishi, uni qo’llay olish layoqatiga bog’liq.
Tashkilotchilik – tarbiyachining bolalar jamoasini uyushtira bilishi,
jamoani jipslashtira olishi, bolalarning bilish faolligini rivojlantira olishi,
shaxsiy tajribasi va ilg’or pedagogik g’oyalarni faoliyat jarayoniga tatbiq eta olishi
bilan tavsiflanadi.
Shuni alohida ta’kidlab o’tish kerakki, tarbiyachi-pedagog kasbiy qiyofasida aks etishi lozim bo’lgan mazkur malakalar nafaqat tarbiyalanuvchilar bilan o’zaro aloqaga kirishishda, shu bilan birga atrofdagilar bilan munosabatlarda
ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Mazkur tadqiqotchilarning pedagog professiogrammasining namunasi borasidagi yondashuvlari yetarlicha ilmiy-nazariy asoslangan bo’lsada, bo’lajak pedagoglarni kasbiy moslashtirishning zaruriy shart-sharoitlaridan biri sanalgan - ijodkorlik ko’nikmalarini shakllantirish mualliflarning nazaridan chetda qolgan. Zero, kasbiy faoliyatni tashkil etishga ijodiy yondashmasdan turib, ta’lim va tarbiya ishlarini maqsadga muvofiq loyihalashtirish, amalga oshirish mumkin emas.
Taniqli pedagog-psixolog olim V.A. Slasteninning ilmiy izlanishlarida ham
pedagogik faoliyat, pedagog shaxsini shakllantirish, xususan, uning kasbiy
mahoratini oshirish masalasi keng yo’nalishlarda tadqiq etilgan.
Bu o’rinda pedagog olim V.A. Slastenin bo’lajak pedagoglarning kasbiy
ko’nikma va malakalarini shakllantirishda:
1) mutaxassis ishlashi lozim bo’lgan aniq vaziyatlarni;
2) uning mehnat vazifalarini;
3) talab etiladigan bilim, malaka va ko’nikmalarni inobatga olish zarurligini ta’kidlab o’tadi.
Muallif o’z mulohazalarini pedagogika yo’nalishidagi oliy ta’lim muassasasi talabalari misolida yoritib bergan. Pedagogik faoliyatning mutaxassis kasbiy tayyorgarligiga qo’yadigan umumiy talablari e’tiborga olinsa, mazkur tadqiqotning amaliy g’oyalaridan bo’lajak pedagoglarni kasbiy sifatlarni rivojlantirish jarayonida foydalanish mumkin bo’ladi.
Kasbiy faoliyatni samarali amalga oshirish, kasbiy bilim va ko’nikmalarni
muvaffaqiyatli o’zlashtirishdagi asosiy omil - kasbiy sifatlarni rivojlantirish
masalasi tadqiqot doirasidagi muhim vazifalardan biri hisoblanadi.
Kasbiy sifatlar pedagogik faoliyat muvaffaqiyatining muhim omillaridan
biri bo’lib, ular maqsadga intiluvchanlik, qat’iyatlilik, diqqatni taqsimlay olish,
tirishqoqlik, kuzatuvchanlik, pedagogik takt va pedagogik hayolning
rivojlanganligi, ijtimoiy faollik, tashabbuskorlik, shaxsiy namuna ko’rsatish,
umuminsoniy va milliy qadriyatlarni yanada boyitishga bevosita hissa qo’shish
kabi jihatlar bilan tavsiflanadi. Kasbiy sifatlarning shakllanishi ta’lim oluvchilar
bilan emotsional birlikni ta’minlash, darsning kommunikativ tizimi va ijobiy
iqlimni yaratish, shuningdek, pedagogik vazifalarni muvaffaqiyatli amalga
oshirish imkonini beradi.
Tadqiqotchilar L.M. Mitina va O.V. Kuzmenkovalar o’z tadqiqotlarida
pedagogning kasbiy rivojlanish konsepsiyasini shakllantirib, uning ijtimoiy ahamiyatli jihatlarini tushuntiradilar va shu o’rinda pedagogning kasbiy
tayyorgarligiga ta’sir etuvchi qator ahamiyatli omillarni ajratib ko’rsatadilar.
Xususan, tadqiqotchilar, bo’lajak tarbiyachi - pedagoglarning kasbiy moslashtirish
jarayoniga ta’sir etuvchi muhim omillardan biri bu – kasbiy ahamiyatli shaxs
sifatlari va qobiliyatlari, kasbiy bilim va ko’nikmalarining o’sishi, shakllanishi,
integratsiyasi hamda pedagogik mehnatda o’z amaliy tadbiqini topishi kerak
ekanligini e’tirof etsalarda, biroq asosiy omil sifatida – kasbiy faoliyatda
muvafaqiyatli ishlashni ta’minlovchi shaxsning ichki motivatsiyasi va
pedagogik kasbga yo’nalganligini olib qaraydilar. Bunday holat kasbiy
moslashtirish jarayoni bevosita shaxsning imkoniyatlari va ehtiyojlari asosida
tashkillashtirilishi lozimligini ilmiy asoslaydilar.
Bo’lajak pedagog kadrlarni kasbiy sifatlarini rivojlantirishdagi muhim jihatlardan yana biri bu shaxsning mavjud mehnat tajribasi sanaladi. Aslida mehnat tajribasi kasbiy-amaliy faoliyat natijasida yuzaga keluvchi kasbiy ko’nikma va
malakalarning yig’indisi sifatida ifodalanadi. Biroq, bo’lajak mutaxassislar, xususan, bo’lajak tarbiyachilarda mehnat tajribasining yetishmasligi o’zlaridagi
mavjud kasbiy bilimlarini hali amaliy faoliyatda sinab ko’rmaganliklari, real
kasbiy faoliyat talablari haqida aniq tasavvurlarining yetarli emasligidan guvohlik
beradi. Bu esa ta’limning mazmun va metodik aspektlariga, kasbiy istiqbol
rejalarini belgilashga, o’quv-tarbiya jarayonining shaxs imkoniyatlariga
asoslangan optimal amaliy sharoitini yaratishga to’sqinlik qiladi. Shu bois,
bo’lajak tarbiyachilarni kasbiy moslashtirish jarayonida nazariya va amaliyot
integratsiyasini yo’lga qo’yishning samarali metodik aspektlarini ishlab chiqish
va tatbiq etish talabalardagi mehnat tajribasining shakllanishi, shuningdek,
faoliyatli yondashuv darajasining ortishiga olib keladi.
Bo’lajak tarbiyachilarda kasbiy bilim, ko’nikma va malakalar darajasini,
kasbiy (ma’naviy, shaxsiy va jismoniy) imkoniyat va kasbiy sifatlarini faoliyat
samaradorligiga to’laqonli yo’naltirish kasbiy rivojlantirishning zaruriy shart- sharoitlardan sanaladi. Mazkur jarayonda shaxs individualligi muhim mezonlardan biri sifatida o’rganiladi.
Individuallik (lotincha individium – bo’linmas, zot) - ijtimoiy-tarixiy
madaniyat taraqqiyotining sub’ekti sifatida o’z faoliyatini amalga oshiruvchi har
bir inson psixikasining takrorlanmas o’ziga xosligini ifodalaydi. Bizning fikrimizga ko’ra, insonning betakrorligi to’g’risidagi fikrlar individuallikning tashqi jihatlarini ifodalaydi. Individuallik - bu insonni hayvonot va ijtimoiy olamdan farqlab turishidir.
Insonning individualligida uning hayot va kasbiy faoliyati manbai
mujassamlashgan. Individualligi rivojlangan individ to’laligicha o’z kuchiga
tayanadi va bu bilan u erkin va mustaqil shaxs sifatida namoyon bo’ladi.
Individuallik va shaxsni o’zaro qiyosan qarab chiqilishi inson va jamiyat (jamoa
va inson) munosabatlarini aniqlashtirish imkonini beradi.
Demak, xulosa sifatida ta’kidlaydigan bo’lsak, shaxsning individualligi,
kasbiy sifatlari, bilim, ko’nikma va malakalar tizimi bo’lajak tarbiyachi-pedagoglarni kasbiy moslashtirishda muhim omillardan biri bo’lib xizmat qiladi.


Yüklə 417,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə