O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi andijon davlat universiteti maktabgacha ta’lim metodikasi kafedrasining 2020-2021-O’quv yilida bajarilgan ilmiy-tadqiqot ishlari yuzasidan



Yüklə 0,82 Mb.
səhifə1/17
tarix29.11.2023
ölçüsü0,82 Mb.
#142575
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Мактабгача таълим методикаси -Тешабоев А.


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI


ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI


MAKTABGACHA TA’LIM METODIKASI KAFEDRASINING 2020-2021-O’QUV YILIDA
BAJARILGAN ILMIY-TADQIQOT ISHLARI YUZASIDAN

HISOBOTI




ANDIJON – 2021
KIRISH
Maktabgacha ta’lim sohasida olib borilayotgan keng qamrovli islohotlarni amaliyotga tatbiq etish Respublika maktabgacha ta’lim tizimida muvaffaqiyatli natijalarni qo’lga kiritish, ta’lim muassasalarida faoliyat olib borayotgan tarbiyachilarning kasbiy mahoratlarini oshirishga xizmat qiladi. Bolani tarbiyalash ishi nihoyatda murakkab faoliyat bo’lib, juda qadimdan shakllangan. Ushbu faoliyatga jamiyatning yetuk kishilari jalb etilgan. Mazkur holat yosh avlod tarbiyasi, uning tizimli tashkil etilishi mazmuni nafaqat shaxs kamoloti, balki jamiyat taraqqiyotini belgilashda muhim ahamiyatga ega ekanligini anglatadi. SHu jihatdan olib qaralganda maktabgacha ta’lim sohasida olib borayotgan islohotlar muhim ahamiyat kasb eatdi. Xususan:

  • O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 oktyabrdagi “O’zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish Kontseptsiyasini tasdiqlash to’g’risida” gi PF 5847 sonli farmoni;

  • O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “2019 yil 8 maydagi O’zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish kontsentsiyasini tasdiqlash to’g’risida”gi PQ 4312 sonli qarori;

  • O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “2018 yil 7 maydagi Iqtisodiyot tarmoqlari va sohalariga innovatsiyalarni joriy etish mexanizmlarini takomillashtirish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida” gi PQ 3698-sonli qarori;

  • Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 31 dekabrdagi “Uzluksiz ma’naviy tarbiya Kontseptsiyasini tasdiqlash va ukni amalga oshirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 1059-son qarori;

  • 2017 yil 30 sentyabrdagi PQ-3305-sonli “O’zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligi faoliyatini tashkil etish to’g’risida”gi Qarori

  • Prezident SHavkat Mirziyoevraisligida 16- iyun kuni oliy ta’lim tizimidagi ustuvor vazifalarni bag’ishlangan videoselektrda yig’ilishi bo’lib o’tdi. 4 bosqichdan iborat vazifalarni belgilab berdiyuO’liy ta’lim muassasalariьoshqaruv kengashini rolini oshirish va kafedralar lungashini kengaytirish

  • Ikkinchi O’quv jarayonini bozor talablariga moslashtirib, ishlab chiqarish bilan uzviyligini ta’minlash va talabaning o’z ustida ishlashi uchun muhit yaratish

  • Uchinchisi Oliy ta’lim muassasalarining ilmiy salohiyatini oshirish, ilm fan va innovattsiyani rivojlantirish.

  • To’rtinchisi professor-o’qituvchilar va talabalar uchun qog’ozbozlikni kamaytirish, sohani raqamlashtirish orqali byurokratiya va korruptsiyani keskin qisartirish masalalaridan kelib chiqib hamda hozirgi davr talablari asosida universitetda bajarilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirish, ilmiy salohiyatini oshirish ta’lim muassasalari uchun oliy pedagogik ta’limning Davlat ta’lim standartlari va malaka talablariga talablariga javob beradigan yuksak axloqiy-ma’naviy fazilatlarga ega bo’lgan pedagog kadrlar tayyorlash jamoaning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi. Kafedramiz jamoasi so’nggi yillarda ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash ishini jadallashtirishga o’zlarining munosib hissalarini qo’shmoqdalar.




Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə