Mavzu: aqshda mustaqillik uchun kurash va uning natijalari. Reja



Yüklə 58,25 Kb.
səhifə1/2
tarix22.03.2024
ölçüsü58,25 Kb.
#180519
  1   2
AQSHda mustaqillik uchun kurash va uning natijalari


Mavzu: AQSHda mustaqillik uchun kurash va uning natijalari.


REJA:
1. Shimoliy amerikada mustaqilliki uchun olib borilgan kurash.
2. Amerika Qo`shma Shtatlarining tashkil topishi va Konsitutsiyani qabul qilinishi.
3. Amerika Qo`shma Shtatlarida milliy hukumatni shakllantirilish.
XVII asrning ibtidosi–Yevropadan Shimoliy Amerikaga kelayotgan muhojirlarni ulkan oqimining boshlanishi davri bo`ldi. III asrdan ortiq muddatni o`z ichiga qamrab olgan mazkur harakat atiga bir necha yuz Amerikalik Kolonistlarning ko`z ilg`amas irmoqchasidan million-millionlab yangi keluvchilarning toshqiniga ko`tarilib ketdi. Qudratli va turli-tuman sabablardan harakatga keltirgan bu oqim qit`aning Shimoliy qismida yangi svilizatsiyani bunyod etdi. Mavzuni dolzarbligi sifatida, bu inqilob tufayli yangi mustaqil davlat -Amerika Qo`shma Shtatlarini tashkil topishi, mamlakatda erkin raqobatga, iqtisodiy hayotda tashabbusga faollik va ishbilarmonlikka keng yo`l ochib berilishi, inson baxt-saodatining asoslaridan biri o`z mulkidan erkin foydalanish huquqiga ega bo`lish, Mustaqillik Dekloratsiyasi va AQSH Konsitutsiyasi Yevropaning ilg`or tafakkuriga katta ta`sir ko`rsatishini o`rganish, ularning yangi adabiyotlardan talqinini tizimlashtirish va tahlil qilish asos qilib olindi. Shu o`rinda Prezidentimiz Islom Karimov ta`kidlaganidek “Xalqlarning ozodlik, mustaqillik, baxt-saodatga azaliy intilishi, o`z taqdirini o`zi belgilashga azmu qarori hayotdagi chuqur o`zgarishlarni harakatga keltiruvchi kuchdir”.
XVII asrda Amerikaga kelgan ko`chkinchilarning aksariyati inglizlar bo`lgan, biroq o`rta mintaqada gollandiyaliklar, shvedlar va germanlar, Janubiy Karolina va yana ba`zi joylarda birmuncha fransiyalik Gugenotlar, asosan Janubda Afrikadan keltirilgan qullar ham bor bo`lib, ispaniyaliklar, italyanlar va portugallar koloniyalar uzra yoyilgan edi.
1680 yildan so`ng Angliya muhojirlarni yetkazib beruvchi asosiy manbaga aylana boshladi. Minglab odamlar urush asoratidan qutulish niyatida kontinental Yevropadan qocha boshladi. Ularning ko`pi hukumat zug`umi va boshqa joylarda yashovchi yer egalarining dastidan boshiga tushayotgan qashshoqlikdan qutulish uchun o`z vatanlarini tark etdilar.
1690 yili Amerika aholisi chorak millionga oshdi, Shu paytdan boshlab, u, har 25 yilda ikki baravar ortib bordi va 1775 yilga kelib 2,5 milliondan oshdi.
Bironta oila Massachusyetsdan Virjiniyaga yoki Janubiy Karolinadan Pensilvaniyaga ko`chib o`tganlarida moslashuv jihatidan qiynalmaganlariga qaramay, alohida kaloniyalar o`rtasidagi farqlar sezilarli bo`lib, kaloniyalarning mahalliy guruhlari orasida ko`zga tashlanardi1.
Kaloniyalashtirish jarayoni rivojining barcha bosqichlarida asosiy xususiyat-Angliya hukumati tomonidan nazorat kamligi bo`ldi. Barcha kaloniyalar, Jorjiya bundan istisno, aksiya sohiblarining sherikchilik kompaniyalari yoki Qirol tomonidan inom etilgan imtiyoz xartiyalari oqibatida yuzaga kelgan feodal mulkchilikdan bunyod etildi. Qirol, Yangi Dunyo istiqomat jamoalari uzra o`zining bevosita hukmronligini aksiya kompaniyalari va mulkdorlarga topshirgani, ko`chkinchi kolonistlar Amerikada tashqi nazoratdan tamomila holi bo`lganlarini bildirmagan albatta. Misol, uchun Virjiniya Kompaniyasining imtiyoz Xartiyasi shartlariga ko`ra to`liq hukumat qudrati koloniyaning o`ziga topshirilgan edi. Shunga qaramay, Qirol, mazkur kompaniyaning markazi Angliyada joylashadi deb kutgan. Ya`ni, Virjiniya ahli o`z hukumatlarida qirol mutlaq hukmronlikni o`z qo`lida saqlab turgan holatdagidan ko`ra ortiq ovozga ega bo`lmaganlar.
O`rta yer koloniyalarining jamiyati Yangi Angliya ahliga nisbatan ancha xilma-xil bo`lib, fuqarolik va diniy e`tiqod nuqtai nazaridan ancha keng fe`lli edi. Ko`p jihatlariga ko`ra, Pensilvaniya va Delaved koloniyalarining boshlang`ich muvaffaqiyati Uilyam Pen bilan bog`liq bo`ldi.
Uning rahbarligida Pensilvaniya ravon kun kechirib, tez sur`atlar bilan rivojlandi va 1685 yilga kelib uning aholisi 9000 kishiga etdi. Koloniyaning markazi Filadelfiya bo`lib, bu shahar tez orada o`zining daraxtlar soyasidagi keng ko`chalari, mustahkam g`isht va toshdan qad ko`targan uylari va serqatnov kema doklari tufayli dong taratdi. Koloniyalashtirish davrining oxiriga kelib, deyarli bir asr o`tgach, bu yerda 30000 odam yashab, turli tillar, diniy e`tiqodlar va hunaru tijorat sohalarini namoyon etgan. Muvaffaqiyatli biznes korxonalarini tashkil etish borasida ularning iste`dodi Filadelfiya shahrini ko`chkinchilar Amerikasining eng farovon markazlaridan biriga aylantirdi.
XVIII asrning boshlarida koloniyaga kela boshlagan shotlandiyalik-irlandiyaliklar uchun Pensilvaniya Yangi Dunyoga eltuvchi asosiy yo`l bo`ldi. Allaqaysi bir Pensilvaniyalik rasmiy xodim tomonidan “beboshlarcha jasur va qashshoq kelgindilar” deb nomlangan bu odamlar inglizlardan nafratlangan va umuman xukumatga shubha bilan qaragan.
Xuddi Pensilvaniya singari odamlari aralash-quralash bo`lgan Nyu-York shahri ham Amerikaning ko`ptilli mohiyatini a`lo darajada namoyon etgan. 1646 yili Xadson daryosi bo`yidagi aholi gollandiyaliklar, fransuzlar, daniyaliklar, norveglar, shvedlar, inglizlar, shotlandlar, irlandiyaliklar, olmonlar, polyaklar, boxemiyaliklar, portugallar va italyanlardan tarkib topgan bo`lib, kelajakda million-million yangi keluvchilardan bir zarra edi, xolos.
Azaldan qishloq xo`jaligiga tayangan janubdagi Virjiniya, Merilend, Shimoliy va Janubiy Karolina, Jorjiya koloniyalari Yangi Angliya va o`rta yer koloniyalaridan farq qilardi2.
Janubda joylashgan aksariyat koloniyalarida, boshqa joylarda bo`lgani kabi, aholi o`ziga xos ahamiyatga molik edi. Angliyaliklar ta`siri kuchli bo`lgan sohil bo`yi rabotlarida yashashni istamagan Germaniyalik muhojirlar va shotland-irlandlar mamlakat ichkarisiga siljishdi. Sohil bo`yida unumli yer ololmagan yoki qo`l ostidagi yerni xaroblashtirgan ko`chkinchilar yanada shimol tomon joylashgan yerlarni sahiy panoh deb, topishdi. Mushkul qiyinchiliklarga qaramay, betinim ko`chkinchilar siljiy boshladi va 1730 yillarda Virjiniyaning Shexandoa vodiysiga yopirilib kelishdi. Tez orada mamlakatning ichki qismlari fermalar bilan qoplandi.
Milliy mustaqillik g`oyasi hali urushdan oldinoq paydo bo`lgan edi va mustamlakalar rivojlanib borgan sari bu g`oya ham mustahkamlanib bordi. Keng xalq ommasining eng yaxshi ijtimoiy hayotga erishish yo`lidagi orzu –umidlari mustaqil respublika e`lon qilinishi bilan bog`langan edi. Xalqning mustaqillik haqidagi talablari gazetalarda, jurnallarda borgan sari qat`iyroq yangramoqda edi. 1774 yili Angliyadan Amerikaga kelgan siyosatshunos nazariyachi olim va yozuvchi Tomas Peyn 1776 yili yanvarida “Aql idrok rasoligi” yoki “Titik fikr” deb nomlangan 50 betlik risolani nashr etdi. Uch oy mabaynida bu risolaning 100 ming nushasi sotilgan. Peyn nasliy monarxiya tanqid qilib “jamiiki yashagan tojdor bezorilarga” nisbatan bitta sharif inson jamiyat uchun qadirli bo`lganini tarannum etdi. U ikki muqobil yo`nalishni taqdim etdi-zulmkor qirol va siyqasi chiqqan hukumatga itoat qilmoq yoxut o`z talablarini o`zi qondiruvchi mustaqil respublika asosidagi ozodlik va baxt-saodat. Koloniyalar uzra qo`lma-qo`l bo`lib ketgan Aql-Idrok rasoliga risolasi” Angliyadan ayri hayot qurishga intilishni yuzaga chiqardi.
Toms Peyn (1737-1809) Angliyada hunarmand oilasida tug`ildi. Matonatli mehnati va juda zo`r qobiliyati tufayli u mustaqil o`qish yo`li bilan kuchli matbuotchi, olim va jamoat arbobi bo`lib yetishdi. U demokratik respublika, yerni isloh qilish, qariganida va ishsiz qolganida yordam tariqasida beriladigan jamoat jamg`armasini yaratish g`oyasini himoya qilib chiqdi. Peyn 1774 yil noyabrida Franklin tavsiyasi bilan Filadelfiyaga kelib, Amerika xalqining ozodlikka erishish va mustaqillik e`lon qilinishi uchun olib borgan kurashida juda faol ishtirok etdi. Peyn Qo`shma Shtatlarning dastlabki deplomatlaridan biri edi, U 1775 yilning noyabridayoq Kongress tomonidan tasiz etilgan Maxfiy komitet ( keyinchalik Chet ishlar komiteti) kotibi bo`lib ishladi. Keyin u demokrat general Nataniel Grinning adyutanti sifatida urush harakatlarida ishtirok etdi. Peyn hamma vaqt xalq bilan birga bo`ldi, mehnatkashlar ommasining ahvolini yaxshilash uchun, qattiq kurash olib bordi. Peyin keyinchalik fransuz burjua inqilobida qatnashdi. Peyn o`zining “inson huquqi”, “Aql-idrok asri”, “agrar masalada adolat” degan ajoyib asarlarida feodal tabaqa tuzumini va ingliz konsitutsion monarxiyasini keskin tanqid qildi. U cherkovni hamda jaholat parastlikni keskin tanqid qilib, inqilob Aql-idrokining tantana qilishiga olib kelishi kerak, deb yozgan edi. Peyn va boshqa demokratlar Propaganda qilgan mustaqillik talabi rad qilib bo`lmaydigan talabga aylandi. Biroq har bir koloniyadan rasmiy bayonot olishga erishish masalasi hamon dolzarb bo`lib kelmoqda edi. Ikkinchi. Kontinental Kongress ilk bor yig`ilgan kundan keyin bir yil o`tgach, 1776 yilning 10 may kuni Angliyadan ajralishga chaqiruvchi qaror qabul qilindi va gap rasmiy bayonot chiqarishga taqaldi. 7 iyun kuni Verjeniyalik Richart Henri Li (Mazkur Qo`shma Koloniyalar, lozimiy ravishda ozod va mustaqil shtatlar) ekanligini e`lon qiluvchi qarorni muhokamaga qo`ydi. Rasmiy bayonet noma tayyorlash uchun verjeniyalik Tomas Jefferson boshchiligidagi besh a`zodan iborat Komitet tayinlandi.
Nihoyat 1776 yilning 4 iyulida Kongress uzoq vaqt davom etgan ikkilanish munozaralardan keyin 13 shtatning mustaqilligi to`g`risida Deklaratsiya qabul qildi. Jefferson zakovatining maxsuli bo`lgan Mustaqillik Dekloratsiyasi yangi davlatning zuhur topganligini e`lon qilibgina qolmasdan, balki shu bilan birga butun dunyo uzra harakatchan kuchga aylanish muqarrar bo`lgan inson ozodligi dunyo qarashini tadbiq etdi. Mazkur Diklaratsiya Fransuz va Ingliz Ma`rifatparvarlik falsafasidan ilhom oldi, biroq bir manba-Jon Lokkning “Hukumat haqida ikkinchi risola” – alohida diqqatga sazovordir. Lokk inglizlarning an`anaviy huquq nazariyalarini olib, ularni butun insoniyatning tabiiy huquqlari darajasida umumlashtirgan edi. Dekloratsiyaning debochasi Lokkning hukumat yuritish borasidagi ijtimoiy –kontrakt nazariyasiga hamohangdir:
Biz, quyidagi haqiqatlarni o`z-o`zidan ayon, deb bilamiz:- barcha insonlar teng etib yaratilgan va Yaratuvchi tomonidan muayyan dahlsiz huquqlar bilan taqdirlangan bo`lib, shular jumlasiga Hayot, Ozodlik va Baxt –saodat sari intilmoq kiradi. Mazkur huquqlarni muhofazalash uchun insonlar orasida Hukumatlar ta`sis etilib, o`z qudratini boshqariluvchilar roziligidan chiqarib oladi va qachonki Hukumatni biron shakli bu maqsadlarga xilof kelsa, bunday hukumatni o`zgartirish yoki bekor qilish hamda o`z Xavfsizliklari va baxt-saodatini ro`yobga oshirish uchun o`zlariga eng maqbul bo`lib ko`ringan tarzda uning poydevorini shunday tamoyillar asosida qurish va kuch-qudrat vakolatlari shunday shaklga asoslangan yangu hukumat barpo etish-Xalq Huquqidir.”
Jefferso Dekloratsiyada Lokk tamoyillarini koloniyalarda yuzaga kelgan vaziyatga bevosita ravishda bog`ladi. Amerika mustaqilligi uchun kurash-“bizning konsitutsiyamizga yod bo`lgan yurisdiksiyaga bizni bo`ysundirish uchun o`zgalar bilan birikgan va bizning qonunlarimizdan bexabar…” qirol hukumati o`rniga xalq roziligi tamoyiliga asoslangan hukumat ta`sis etish uchun kurash olib borish degani edi. Xalq roziligiga asoslangan hukumatgina hayot, ozodlik va baxt-saodat kabi ezgu tabiiy huquqlarni muhofazalashi mumkin edi. Shu tariqa Amerika mustaqilligi uchun kurash-xalqning tabiiy huquqlari uchun kurash degani edi. Munozara faqat mustaqillik to`g`risida emas, balki davlatning harakteri haqida, xalq ommasining siyosiy huquqlari, qullik to`g`risida borayotgan edi. Hatto Liberal arbob Jon Adams bunday deb yozgan edi: “Xalq usullari janub baronlarining, xuddi shuningdek boylik ma`budasi muxlislarining, ya`ni o`z manfaatini ko`zlovchi iqtidorga, bilimga, axloqiy fazilatga emas, balki yer-mulkka va qullikka tayanadigan mana shu hukumatning mayillariga ziddir”. Biroq kongressda ayni mana shu jihatlar hukumron edi. Quldorlar tazixi ostida dekloratsiya loyihasidan qullikni va qul savdosini qoralovchi modda olib tashlandi. Shimoliy hukumat vakillari qullikka qarshi bo`lsalar ham, plantatorlar bilan murosaga kelishga rozi bo`ldilar, chunki iqtisodiy nuqtai nazardan tashqari, ular qullar quzg`olon ko`tarishi mumkinligidan qo`rqar edilar. Delegat Linch o`z nutqida qullarni mollarga qo`ylarga o`xshatganda Franklin unga: “molar bilan qullar o`rtasida ozgina farq bor: qo`ylar hech mahal qo`zg`alon ko`targan emaslar” deb e`tiroz bildirdi.
Shunga qaramay kongressda quldorlarning bu birlashmasi mamlakatdagi xalqning inqilobini yuksalish kuchi oldida yon berishga majbur bo`ldi. Mustaqillik dekloratsiyasi kishilarning yashashga, ozodlikka, tenglikka, baxt-saodatga intilishga haqqi borligini e`lon qilishga, ya`ni hukumat ta`sis etishga xaqqi borligini, ya`ni xalq suverenitetini e`tirof etdi. Respublikachilik va demokratiya ruhida tuzilgan bu deklaratsiya juda katta ahamiyatga ega edi. Kurashning eng avjiga mingan paytida yuqsil ommasi shu dahshatli kuchga aylangan ediki, kongress delegatlari u bilan hisoblashishga majbur qilib qo`yilgan edi. Dekloratsiya inqilobining yuksalib borayotganligini ifodasi edi. Biroq omma erishgan muvaffaqiyatlarini yanada rivojlantirib, mustahkamlay olmadi. Mustaqilik dekloratsiyasini inqilobiy - demokratik qismi sof nazariy hujjat bo`lib qolaverdi. Uning tarixiy va amaliy ahamiyati shundan iborat ediki, u o`sha paytdagi yangi hukumatning tashkil topganligini rasmiylashtirdi. Inqilobning birinchi davri mustaqillik e`lon qilinishi bilan tugallandi va ikkinchi davr respublikaning tuzilishi hamda uning ichki va tashqi dushmanlar ustidan g`alaba qozonish davri boshlandi.
Bir qadar yangilangan kongress endi milliy ta`sis majlisi bo`lib qoldi. Konsitutsiya ishlab chiqish ijtimoiy-iqtisodiy tadbirlarni amalgam oshirish, ya`ni yer to`g`risidagi qullik, hindular, oziq oziq ovqat va armiyani ta`minlash to`g`risidagi masalalarni, shuningdek soliq moliya masalasini ayniqsa harbiy masalasalalarini hal qilish kerak edi. Shuningdek boshqa mamlakatlar bilan o`zaro aloqalar o`rnatish zarur edi. Respublika uchun obyektiv sharoitlar asosiy qulay edi. U bir yo`la 120 ming kishini urushga yuborishi mumkin edi, hammasi bo`lib esa urushda chorak millionga yaqin kishi qatnashdi. Armiya o`z hududida bazalarga yaqin joylarda jang qilmoqda edi. Vashington armiyasida qunimsizlik kuchli edi: armiyadagilarning soni goh yigirma ming kishidan ortib ketar, goh bir necha ming kishiga tushib qolar edi. Shtatlarning harbiy kuchlari saqlanib kelmoqda edi. Bundan tashqari partizanlar bo`linmasi tamoman mustaqil harakat qilar edi. Mustaqillik e`lon qilingach bir necha oy mobaynida Amerikaliklar qator to`siqlarga yuzma-yuz kelganiga qaramay, ularning matonati va qat`iyligi mukofotlandi. 1776 yilning avgustida Nyu-Yorkning Long-Aylend jangida Vashington mavqei himoyasiz qoldi va u Bruklindan Manxatta qirg`og`iga kichik qayiqlarda mohirona ravishda chekindi. Britaniya generali Uilyam Houv ikki marotaba jur`atsizlik ko`rsatib Amerikaliklarning chekinishiga yo`l quydi, biroq noyabrda Manxattan orolidagi Vashington Fortini ishg`ol etdi. Ko`p Amerikalik soldatlar asir bo`ldi. Nyu-York shahri urush tugagunga qadar Britaniya nazorati ostida qolib ketdi. Yil oxirida respublika tang ahvolga tushib qolgan edi. To`g`ri 1777 yilning boshlarida Vashington o`z mavqeyini ancha yaxshilab olishga muvaffaq bo`ldi. Kongress Yorktaunga ko`chdi. Tarixchilar bu mag`lubiyatlarga bosh qumondonning o`rin bosari Li qilgan hiyonat sabab bo`lgan deb ko`rsatmoqdalar. Ammo mag`lubiyatlarning va urushning cho`zilib ketishining yanada chuqurroq hamda murakkabroq sabablari bor edi. G`alabaga faqat yangi usullar bilangina tez erishish mumkin edi. Mo`tadil arboblar rahbarligidagi armiyaga omma munchalik ishonmas va armiya yetarli mablag`ga ega emas edi; askarlarning ahvoli juda og`irlashgan edi. Kiyim-kechak, poyabzal yetishmas edi. 1776 yili oktabirida Vashington kongressga yuborgan nutqida: “ bir necha kun davomida lagerimizda deyarli ocharchilik hukm surdi”, deb yozgan edi. Axvol juda keskinlashgan paytlarda xalq o`zi mustaqil ravishda ish ko`rar edi. Burgoyn ingliz armiyasi Kanadadan o`tib Nyu-York shtati orqali hujm qilayotgan paytda respublika qo`shinlariga Skviller qumondolik qilayotgan edi. “mening askarlarim tum-taraqay qochmoqda,-deb yozgan edi u Vashingtonga,-yangi Angliya shtatlari hech qanday madad kuch yubormayotir yana meni xoin deb e`lon qilishmoqda.
Dekabrda va`da qilingan ta`minot va madad kelavermagach Vashingtonning qurolli kuchlari falokat yoqasiga kelib qoldi. Biroq bahor fasli jangu jadalni boshlashga imkon berishini kutishga qaror qilgan general Houv Amerikaliklarni tor-mor etish imkoniyatini qo`ldan boy berdi. Bu orada Vashington Nyu-Jersidagi Trentondan g`arbda Delaver daryosini kechib o`tdi. 26 dekabrining sahar chog`i uning lashkari Trenton harbiy garnizoniga to`satdan yopirilib to`qqi yuzdan ortiq asr oldi. Bir hafta o`tgach 1777 yilning 13 yanvarida Vashington Britaniyaliklarga Pristonda hujum qildi va rasman Britaniya tomonidan ishg`ol qilingan hududlarining aksariyat qismining qayta egallashga muvaffaq bo`ldi. Trenton va Pristondagi g`alabalar Amerikaliklarning so`nib borayotgan ruhini jonlantirdi.
1777 yili general Xouv Amerika armiyasini Pensilvaniyaning Brandivayn joyida mag`lubiyatga uchratdi va Filadelfiyani ishg`ol etib, Kontinental Kongress a`zolarini qochishga majbur qildi. Vashington esa 1777-78 yillarning ayozli qish oylarini oziq-ovqat, kiyim-kechak va ta`minotdan qiynalgan ravishda Pensilvaniyaning Forg vodiysida o`tkazishga majbur bo`ldi. Fermerlar va tojirlar o`z mol-mahsulotlarini Kontinental Kongress va shtatlar zarb etgan qog`oz pullardan ko`ra Britaniyaning oltin va kumushlariga almashtirishni afzal ko`rgani tufayli Amerika askarlari bu narsalar tanqisligidan qiynaldi. Forg vodiysi Vashingtonning Kontinental armiyasi uchun eng tolei past joy bo`ldi, biroq 1777 yilda urushda burilish yasadi. 1776 yil Britaniya generali Jon Burgoyn Nyu-York va Angliyaga Champleyn ko`li va Xadson daryosi orqali bostirib kirish rejasini o`ylab chiqdi. Baxtga qarshi o`rmonli va botqoqzor yerlarni kesib o`tish uchun u juda og`ir qurol-yarog`ga ega bo`lgan. Nyu-Yorkning Oriskani joyida Burgoyn rahbarligidagi monarxistlar va hindlar harakatchan va janglarda chiniqqan Amerika askarlariga bosqin qildi. Vermontning Benington joyida zaruriy ta`minot izlayotgan Burgoyn askarlari Amerika lashkariga to`qnash kelib qoldi. Avj olgan jang Burgoyn armiyasini to`xtatib qo`yib, Vashingtonga Xadson daryosining quyi oqimidagi Nyu-Yorkning Olbani shaharchasidan madad kuchlari jo`natish imkonini berdi. Oqibatda, Burgoyn qulay fursatni boy berib, Amerikaliklar uni kutib olishga tayyor edilar. Benedikt Arnold-keyinchalik aynan u, Nyu-York, Vest-Pointda Amerikaliklarga xiyonat qiladi, - boshchiligidagi Amerikalik askarlar Britaniya kuchlarini ikki marotaba orqaga surib tashladi. Burgoyn Nyu-Yorkning Saragota joyiga chekinadi va u yerda Britaniya qo`shinlari general Xoratsiyo Geytis qumondonligidagi Amerika qo`shini tomonidan qurshovga olinadi. 1777 yilning 17 oktabirida Burgoyn butun armiyasi bilan Saratok yonidagi jangda taslim bo`ladi. Juda ko`p asr va o`ljalar olindi. Bu jangda inglizlarning shimoldagi eng so`nggi qo`shinlari tor-mor keltirildi. Britaniya qo`shinlarning oltita generali , 300 o`zga zobidlari va 5500 unter-zobidlari va askarlari qarbon bo`lgan edi. Bu g`alaba juda katta ahamiyatga ega bo`ldi va mamlakatning halqaro axvoli yaxshilandi.
Amerikadagi voqealar Fransiyada yuksak shavq-zavq uyg`otdi: Fransiya ma`rifatparvar ahlining o`zi ham feodalizm va qirol imtiyozlariga qarshi chiqayotgani sababli bu tushunarli hol edi. Biroq qirol hokimiyati mafkuraviy sabablardan ko`ra, ko`proq geopletik jixatdan koloniyalarga madad bermoqda edi: 1763 yilgi Fransiyaning mag`lubiyatidan so`ng Fransiya hukumati Britaniya hukumatiga qarshi javob choralari ko`rishga jon –jaxti bilan intilar edi. Amerika voqealarini rivoj ettirish maqsadida 1776 yili Parijga Benjamin Franklin yuborildi. Uning gapga suxandonligi, uddaburonligi va aql zakovati tufayli Amerika Fransiya poytaxtida o`z mavqeini tez orada namoyon etib, Fransiya madadiga erishadi.
1776 yili may oyidan Fransiya Amerika koloniyalariga yordam bera boshladi va Amerikaga urush anjomlari ortilgan 14 kema yubordi. Darhaqiqat, Amerika armiyasi qo`llagan aksariyat porox Fransiyadan olingan edi. Britaniya kuchlari Saragotada mag`lubiyarga uchragach, Fransiya o`zining azaliy dushmanini jiddiy ravishda zaiflashtirishga va Yetti yillik urush (Fransiya va Hindlar urushi) oqibatida yo`qqa chiqarilgan qudrat muvozanatini tiklashga qulay imkoniyat borligini angladi. 1778 yilining 6 fevralida Amerika va Fransiya Do`stlik va Tijorat Bitimini imzoladi: unga binoan Fransiya Amerikani tan oldi va savdo-sotiq shartnomalarini taklif etdi. Shuningdek ular ittifoq bitimini imzolashdi: unga binoan, agarda Fransiya urushga qo`shilsa Amerika o`z mustaqilligini qo`lga kiritmagunga qadar davlat o`z qurolli kuchlarini olib chiqishi yoki ittifoqdoshining roziligisiz Britaniya bilan tinchlik sulxi bitishi mumkin emas edi va har bir tomon Amerikadagi hududlarning dahlsizligini kafolatlagan edi. Bu bitim, Amerika Qushma Shtatlar 1949 yilga qadar imzolangan yagona ikkitaraflama mudofaa shartnomasi bo`lib qoldi.
Fransiya-Amerika ittifoqi oqibatida oradan ko`p o`tmay to`qnashuv qamrovi kengayib ketdi. 1778 yilning iyunida Britaniya kemalari Fransiya kemalariga qarshi o`t ochdi va ikki davlat urush boshladi. 1779 yili Yetti Yillik Urush moboynida Britaniyaga o`tgan hududlarni qaytarish umidida Ispaniya bu urushda Fransiya tarafini oldi, biroq Amerikaliklar ittifoq tuzmadi. 1780 yili Britaniya Amerikaliklar bilan savdo-sotiq ishlarini to`xtatmagan Gollandiyaga qarshi e`lon qildi. Fransiya boshchiligidagi Yevropa davlatlarining mazkur quramasi Britaniya uchun Amerika koloniyalarining tanho o`ziga qaraganda ancha katta xavf tug`dirdi.
Maxsulot narxi va uning taqsimoti ustidan nazorat o`rnatilishini talab qilgan mehnatkashlar tazixi ostida ba`zi shtatlar va shaharlarda qabul qilingan qonunlarga binoan qat`iy baholar hamda qat`iy ish haqqi belgilandi. Biroq hokimiyat hukmron tabaqalar qo`lida bo`lganligi uchun savdogarlar va korchalonlar ko`pincha bu qonunga rioya qilmas edilar. Ayrim shaharlarda ishchilar o`zlari mustaqil ish ko`rishga majbur bo`lgan edilar. Masalan, Beverlida (Massachusyets shtati) ishchi ayollar savdogarlarning do`konlariga hujum qilib, ular o`z mollarini belgilangan bahoda sotishga majbur qiladilar. Filadelfiyada 1779 yilining boshlarida matroslar narx navolar o`sib ketganligi tufayli ish haqqining oshrilishini talab qilib ish tashladilar (vaholangki shu voqeadan sal oldin qat`iy narxlar to`g`risida qonun qabul qilingan edi.) Ma`murlar isyonni bostirish uchun qo`shin kuchidan foydalandilar. Biroq kurash to`xtamadi. O`sha yilning yozida shahar mehnatkashlari qat`iy narxlar to`g`risidagi qonunni amalgam oshirish uchun nazorat komitetini sayladilar. Komitet nazoratiga yozilgan hujjatda bunday deyilgan edi: “ Qo`limizda qurol bor va biz undan qanday foydalanishni bilamiz. O`z maqsadimizga erishmagunimizcha qurolni tashlamaymiz” haqiqatan ham bir necha muddatga shahar savdogarlari narxlarni pasaytirishga majbur qilindilar. 1779 yil oktabirida kambag`allarning yana bir g`alayoni bostirildi. Mamlakatning ko`pchilik viloyatlarida mehnatkashlar o`z talablarining qondirilishiga erisha olmadilar. Bundan torillar ingliz qo`mondonligi mehnatkashlarni o`z tomonlariga og`dirib olish uchun vakillarini yuborganlarida askarlar bu vakillarni ushlab olib, ularning bir qismini shu yilning o`zida qatl qildilar1.
Inqilobda ishchilarning juda katta ahamiyatga ega ekanligini qayt qilib ko`zga ko`ringan Amerikalik Uilyam.Z.Foster bunday deb ta`kidlagan edi: “hali aniq shakllangan ishchilar sinfi, aniq tashkiloti bo`lmasada har holda yo`llanma ishchilarning katta guruhlari-dengizchilar, port hammollari, novvoylar, temirchilar, telpakchilar, chevarlar, qora ishchilar va boshqalar mavjud edi. Mana shular hech nima bilan cheklanmagan milliy mustaqillik uchun inqilobni kurashda harakatlantiruvchi kuch edilar”.
Yangi hokimiyat negirlar masalasini hal qilish uchun hech narsa qilmagan bo`lsada Amerika armiyasi saflarida necha minglab negirlar ham mardonovor jang qildilar. 1778-1780 yilarda Rod –Aylendda, Konnekti Kutda, Nyu-Yorkda va boshqa shtatlarda negirlardan iborat bo`linmalar tuzilgan edi. Vashington armiyasining har bir qismida o`rta hisobda 54 negir bor edi.Ammo quldorlar qullarga , hatto qirolli kuchlar sifatiga kirga qullarga ham erkinlik berish to`g`risidagi taklifni rad etdilar. Ma`lumotlar negr qullarning urushda qatnashgan qisminigina ularning xo`jayinlaridan sotib oldilar va ularga erknlik berdilar; Urush qatnashchilari bo`lgan ko`pgina negirlar urush tugagandan keyin yana qulga aylantirildi.
1775 yildan 1783 yilgacha yuz mingga yaqin qul ( har besh qulning bittasi) o`z xo`jayini qo`lidan qochishga muvoffaq bo`lgan, lekin ular ko`pincha erkin bo`lib olish o`rniga yana qullarga aylanar yoki o`limga mahkum etilar edilar. Ayrim negir otriyadlari plantatorlarga hujumlar qilar edilar.
Fransiya urushga kirganidan so`ng aksariyat janubliklar Monarxist bo`lganlarini payqagan Britaniya janubiy koloniyalarida o`z say – harakatlarini jadallashtirdi. Kompaniya 1778 yilning oxirida Jorjiyadagi Savannani ishg`ol etish bilan boshlandi. Oradan ko`p o`tmay, Britanya qurolli kuchlari janubning asosiy porti bo`lmish Janubiy Koroliniyadagi Charlz Toun tomon huruj qildi. Shuningdek, Britanya o`zining harbiy- dengiz va desant kuchlarini ishga soldi va shu tariqa Amerika qurolli kuchlarini Charlz Toun yarim orolida qurshovga olindi. 12 may kuni general Benjamin Linkoln 5000 askarlari bilan taslim bo`lib, shaharni topshirdi: Bu- Amerika urushda ko`rgan eng yirik talofat bo`ldi.
Ammo taqdirning yuz o`girishi Amerika isyonkorlarini yanada jonlantirdi. Tez orada Janubiy Korolinaliklar qishloq joylarda sochma harakat qilib Britaniyaning ta`minot tizmalariga hujum qila boshladi. Iyul oyida Amerikaning Horatiyo Geytis generali harbiy tayyorgarligi yo`q xalq lashkarlaridan tuzilgan madadkor qo`shimcha kuch to`pladi va general Charlz Kornuolis boshchiligidagi Britanya askarlariga qarshi turish uchun Janubiy Korolinaning Kemden shahriga shiddatli xuruj qildi. Biroq Geytesning jang ko`rmagan askarlari sarosimaga tushdi va Britanyaning muntazam qurolli kuchlariga ro`baro kelganida qochishdi. Kornuolis lashkari amerikaliklarga bir necha bor to`qnash keldi, biroq eng muhim jang 1781 yilning boshida , Janubiy Korolinaning Koupensida sodir bo`lib, unda amerikaliklar britaniyaliklarni qattiq mag`lubiyatga uchratdi. Shimoliy Korolina uzra holdan toldiruvchi, biroq samarasiz quvg`indan Kornuolis nazari Virjiniyada to`xtadi.
1780 yilning iyulida Fransiya qiroli Lui xvi Amerikaga Komte Jin d Rokambe boshchiligida 6000 kishilik harakatchan qurolli kuchlarni yubordi. Qo`shimcha ravishda, Fransiya dengiz floti Britanya kemalariga orom bermadi va Nyu- York shahridan qatnayotgan Britanya flotiga Virjiniyadagi Britanya askarlariga qo`shimcha kuch va ta`minot yetkazib berishga yo`l qo`ymadi. Quruqlik va dengizdagi Fransiya va Amerikaning jami 18000 kishilik qo`shma harbiy kuchlari yoz uzra kuzgacha Kornuill lashkarining hujumlarini qaytarib keldi. Nihoyatda, 1781 yilnig 19 oktabrida general Kornuil o`zining 8000 kishilik armiyasi bilan Chesapik Kurfaziga kirish yonidagi Yorktaunda qopqonga olingach taslim bo`ldi.
Kornuilning mag`lubiyati urushning darhol tugashiga keltirmagan bo`lsada, - u yana ikki yil mobaynida chug` olib yotdi, - Britanyaning yangi hukumati 1782 yilning boshida Parijda tinchlik haqida muzokaralar o`tkazishga qaror qildi: Amerika tomonidan bu muzokaralarda Benjamin Franklin, Jon Adams va Jon Jey qatnashdi. 1783 yilning 15 aprelida Kongress nihoiy bitimni maqullab, uni Byuk Britnya ularga g`arbda Missisipi daryosigacha, shimolda Kanadagacha va janubda Ispaniyaga qaytarilgan Floridagacha bo`lgan hududlarni taqdim etdi. Yetti yil avval Richard Henri Li zikr etgan koloniyalar nihoyatda, “ Erkin va mustaqil Shtatlar” maqomiga erishdi. Oldinda esa , davlatni jipislashtirish vazifasi turar edi.
Inqilob muvaffaqiyati amerikaliklarga Mustaqillik Deklaratsiyasida ifodalanga orzu – havasni va g`oyalariga qonuniy shakl berish va o`z noroziliklarini shtat konsitutsiyalari vositasida qondirish imkonini ato etdi. 1776 yilning 10 may kuniyoq Kongress koloniyalarga “ O`z saylovchilarining baxt – saodati va xavfsizligiga eng a`lo darajada javob beruvchi” yangi hukumatlar shakllashni tavsiya etdi. Ayrim koloniyalar bu ishni bajarib bo`lgan edi va Mustaqillik Dekloratsiyasi qabul qilingan kundan so`ng bir yil o`tgach uchta shtatdan barchalari o`z konsitutsiyalarini barpo etishga muvoffaq bo`ldi. Yangi konsitutsiyalar demokratik g`oyalarni aks ettirgan bo`lib, barchalari kolonial tajribaning va Anliya , tamoyilining boy poydevoriga tayangani tufayli o`tmish bilan bog`lovchi rishtalarni keskin qirqmadi. Biroq har biri respublikachiligi ruhi bilan sug`orilgan bo`lib, bu orzu uzoq muddat davomida Ma`rifatparvarlik faylasuflari uchun marg`ub bo`lgan.
O`z-o`zidan ayonki, shtat konsitutsiyalarini tuzuvchilarning ilk maqsadi-“daxlsiz huquqlari” muhofazalash edi: aynan shu huquqlarning buzilishi sobiq koloniyalarni Britaniya bilan bog`lovchi aloqalarni uzishga chorlagan edi. Shu tariqa, har bir konsitutsiya huquqlar dekloratsiyasi yoki billidan boshlandi. Boshqalar uchun namuna sifatida xizmat qilgan Verjeniya konsitutsiyasi, tamoyillar dekloratsiyasini o`z ichiga qamrab olgan edi: shu jumladan xalq suvereniteti, idora mansabdorlarini o`zgartirib turish, erkin saylovlar va asosiy erkinliklarning ro`yxati – mo`tadil garov haqi va insonni jazolash, sud maslahatchilari yordamida tez o`tkaziladigan sud muhokamasi, matbuot va inson erkinligi, ko`pchilikning hukumatni islox etish yoki o`zgartirish huquqi kabi tushunchalar kirgan.
O`zga shtatlar erkinliklar ro`yxatini kengaytirib, nutq, yig`inlar va iltimosnoma berish erkinligini ham kafolatlashdi. Ko`pinchalik, qurol olib yurish huquqi, hibisga olishning qonuniyligini ko`rib chiqish uchun mahbuzni sud mahkamasiga chaqirish huquqi, turar joy daxlsizligi huquqi va qonun nazdida barchaning teng muhofazaga egalik huquqi kabi fasllar ham kiritilgan. Undan tashqari, barcha konsitutsiyalar hukumatning bir-birini nazorat qiluvchi va vakolatini cheklovchi uch tarmoqli- ijroiya, qonun chiqarish va sud yuritish tizmasini yo`qlab chiqishdi. Pensilvaniya konsitutsiyasi eng radikal bo`lib, bu shtatda Filadelfiya hunarmandlari, shotland-erland chegara ko`chkinchilari va nemiszabon fermerlar nazoratni o`z qo`liga olgan edi. Mahalliy kongress soliq to`lovchi har bir erkak va uning o`g`illariga ovoz berishni ta`minlovchi va idora mansabdorlarini o`zgartirib turishni (har yetti yil maboynida hech kim to`rt yildan oshiq muddat davomida vakil sifatida xizmat qilolmasligi) hamda bir palatali qonun chiqarish tarmog`ini ta`sis etishni talab etuvchi konsitutsiyani qabul qildi.
Shtat konsitutsiyalari yaqindagina qabul etilgan mezonlarga nisbatan ayrim ko`zga tashlanuvchi cheklashlar kiritdi. Insonlarga daxlsiz huquqlarni kafolatlash uchun ta`sis etilgan konsitutsiyalar har bir kishi uchun eng asosiy bo`lgan tabiiy huquq,- ya`ni tenglikni muhofazalamagan. Pensilvaniyadan janubga tomon joylashgan koloniyalar o`z qullarini inson sifatidagi daxlsiz huquqlardan mahrum etgan. Ayollar siyosiy huquqlarga ega bo`lmagan. Bironta shtat umumiy saylov huquqini ayollarga bermadi va hatto barcha soliq to`lovchilarga ovoz berishni ruxsat bergan shtatlarda (Pensilvaniyadan tashqari Delaver, Shimoliy Korolina va Jorjiyada) hukumat idoralarida xizmat qilish uchun muayyan miqdordagi mulkga egalik qilish talabi qo`yilgan edi.
Angliya bilan kurash koloniyalar mavqeyini o`zgartirishga katta ta`sir o`tkazdi. Mahalliy assambleyalar o`z avtonomiyalarini kichik ulushini ham hech bir o`zga tashkilotga,- hatto o`zlari saylagan taqdirda ham,-topshirishni ep ko`rmay, Ittifoq tuzishning Olbani rejasini 1754 yili rad etishdi. Biroq inqilob payti o`zaro yordam bunday ittifoq samaradorligini isbotladi va shaxsiy hukumronlikdan ayrilish xadiki ancha pasaydi.
1776 yili Jon Dikenson “Konfideratsiya va Abadiy Ittifoq Moddalarini” ishlab chiqdi. Kontinental kongress bu moddalarni 1777 yilning noyabrida qabul qildi va ular 1781 yili kuchga kirdi. Biroq mazkur Moddalar tomonidan joriy etilgan hukumat shakli qator kamchiliklarga molik edi. Milliy hukumatning, ehtiyoj tug`ilganida, ta`riflash o`rtanish, tijoratni tartiblashtirish va soliqlar yig`ish borasidagi vakolati zaif edi. Xalqaro aloqalar sohasida ham nazorat mustaqilligi yetishmasligidan qator shtatlar o`z harbiy-dengiz qurolli kuchlariga ega edi.Aralash-quralash tanga pullar muomalasi va shtat hamda davlat miqyosidagi qog`oz pullarning chalkash xilma-xilligi mavjud bo`lib, barchasi tez sur`atlar bilan qiymatsizlanib borardi.
Urushdan so`ng yuzaga chiqqan iqtisodiy qiyinchliklar o`zgarishlar kiritishni taqozo etdi. Urushning tugashi ikki taraf armiyalarini ta`minlab turgan tojirlar faoliyatiga jiddiy ta`sir ko`rsatdi va ular Britaniyaning savdo-sotiq tizmasida ishtirok etishdan oluvchi imtiyozlarini yo`qotdi. Shtatlar o`z tarif siyosatlarida Amerika mol-maxsulotlariga afzallik berdi, biroq bu tariflart muallaq bo`lib, kelishtirilgan siyosat o`tkazishga qodir kuchliroq markaziy hokimiyat o`rnatishga talab oshdi. Inqilob oqibatida vujudga kelgan iqtisodiy qiyinchiliklardan fermerlar, ehtimol, eng ko`p asorat ko`rdi. Qishloq xo`jalik maxsulotlarning garovdan qaytib olish imkoniyatidan mahrum etilmaslik va qarzlari evaziga xibisga olinishiga yo`l qo`ymaslik uchun kuchli choralarga muxtoj qarzdor fermerlar orasida g`ug`ula paydo bo`ldi. Sud mahkamalari qarz yuzasidan qo`zg`atilgan ishlarga g`arq bo`ldi. 1786 yilning yoz oylari qator shtatlarning xalq majlislari va norasmiy yig`ilishlari shtat ma`muriyatlarida isloh o`tkazishni talab etdi.
1786 yilning kuzida Massachusyetisda sobiq armiya kapitani Daniel Sheys boshchiligidagi fermerlar olomoni o`lka sudlarining qarzdorlar ishlari yuzasidan hukm yuritishga jiddiy ko`rsata boshladi va yangi shtat saylovlarini muqarrar qildi. 1787 yilning yanvarida 1200 fermerlardan tarkib topgan shaltoq lashkar Springfildda joylashgan qurol-yarog` ombori tomon yo`l oldi. Asosan to`qmoq va panshaxalar bilan qurollangan isyonchilar kam sonli shtat lashkari tomonidan orqaga qaytarildi: so`ngra Bostondan madad kuchlari bilan general Benjamin Linkolin yetib keldi va boshliqlari Vermontga qochgan Sheysichilarning qoldiqlarini tarqatib yubordi. Hukumat qushinlari 14 isyonkorni asir oldi va ularni o`limga mahkum etdi, biroq pirovardida ayrimlarini afv etib, o`zgalarini esa qisqa muddatlarga hibizga oldi. Isyonning mag`lubiyatidan keyin, ko`pchiligi isyonkorlarga hayrihohlik bildirgan yangidan saylangan qonun chiqarish tarmog`i vakillari qarzlarini yengillashtirish borasidagi ayrim talablarni qondirdi.
Inqilob tugashi bilan Qo`shma Shtatlar eski hal etilmagan g`arbiy masalaga, ya`ni yerlarni kengaytirish muammosi bilan bog`liq bo`lgan yangi yerlar o`zlashtirish, mo`yna savdosi, Hindlar masalasi , ko`chkinchilar va rabotlari va mahalliy hukumatlar mojarosiga qaytadan yuzma- yuz keldi. Amerikaning o`ta boy yerlariga mahliyo bo`lgan ilk ko`chkinchilar Appalachi tog`laridan oshib uning ortidagi yerlarga singib o`tishdi. 1775 yili suv yo`llari uzra sochma va keng yoyilgan qo`riqchi rabotlarda o`n minglab ko`chkinchilar istiqomat qilardi. Sharqdagi siyosiy hokimyat markazlaridan tog` tizmalari va yuzlab kilometirlab masofa bilan ajratilga muhojirlar o`z hukumatlarini ta`sis etishdi. Dengiz sohillarida joylashgan shtatlardan kelgan ko`chkinchilar ichkaridagi serunum daryo yoqasi vodiylari , qalin o`rmonlar va past baland preriyalariga zich to`plandi. 1790 yilga kelib Appalachi tog`larining ortidagi mintaqa aholisi 120000 dan oshdi.
Urushdan oldin qator kaloniyalar Appalachi tog`larining ortidagi yerlarga katta va ko`pinchalik bir – biriga to`qnash keluvchi talablar qo`ygan. Mazkur talablardan quruq qolganlar nazdida yerlarga bot bu o`lka adolatsiz ravishda taqsimlangan edi. Bular qatoriga kirgan Merilend shtati bir qaror kirtdi: unga binoan umumiy mulk hisoblanuvchi g`arbiy yerlar Kongress tomonidan ozod va mustaqil shtatlar hukumatlari orasida taqsimlanishi lozim edi. Bu g`oya zavq- shavq uyg`otmadi. Shunga qaramay, 1780 yili o`z talablarini Qo`shma Shtatlarga o`tkazish orqali Nyu- York yo`l ochdi. 1784 yili eng katta talablar qo`ygan Virjiniya Shtati Ohayo daryosidan shimolda joylashgan barcha yerlardan voz kechdi. Uzga shtatlar o`z talablaridan voz kechdi va Ohayo daryosidan shimolda va Allegan tog`laridan g`arbga joylashgan barcha yerlarni Kongress o`z qo`liga olishi kerakligi ayon bo`ldi. Million – million gektar yerlarga umumiy egalik millat va ittifoqning eng sezilarli dalili bo`lib, milliy suverenitet g`oyasiga muayyan mohiyat bag`ishladi. Ayni paytda, bepoyon bu teritoriyalar o`z yechimini kutayotgan muammo edi.



Yüklə 58,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə