Mavzu: Porshenli nasoslarning tuzilishi, ishlash prinspi, afzallik va kamchiliklari



Yüklə 252,93 Kb.
tarix29.11.2023
ölçüsü252,93 Kb.
#139150
Porshenli nasoslarning tuzilishi, ishlash prinspi , afzallik va kamchiliklari


Mavzu: Porshenli nasoslarning tuzilishi, ishlash prinspi , afzallik va kamchiliklari
Nasosning tezyurarligini oshirish borasida olib borilgan ishlar o’kiy (parrakli) nasoslarning yaratilishiga olib keldi. Tezyurarlikni oshirish, yuqorida aytilganidek, ish g’ildiragi chiqish va kirish diametrlarining nisbatini va 2 burchakni kamaytirish yo’li bilan amalga oshiriladi. Natijada D2 = D1 bo’lgan o’kiy nasos paydo bo‘ladi. O’kiy nasosning sxemasi keltirilgan. Bu nasosning parraklar o’rnatilgan psh g’ildiragi 1 va 2 ga o’rnatilgan hamda 3 va 4 podshipniklarda aylanadi. Ish g’ildiragi suyuqlik oqib o’tishi uchun qulay shakldagi vtulkaga o’rnatilgan parraklardan iborat bo‘lib, uning aylanishi natijasida suyuqlik harakatga kelib, yo’naltiruvchi apparat 5 ga o’tadi. Ish g’ildiragi va yo’naltiruvchi apparat truba shaklidagi korpus 6 ga o’rnatilgan. Nasos tomonidan tortilayotgan suyuqlik korpusdan o’tib tegishli bo’limga yo’naltiriladi. b va v da ish g‘ildiragchning ko‘ndalang kesimi g’ildirak bilan yo’naltiruvchi apparatning silindrik kesimdagi yoyilmasi keltirilgan. Suyuqlik kirishda
yo’nalishda harakatlanib, ish g‘ildiragidan o‘tganda markazdan qochma - kuch ta’sirida radial yo’nalishga siljiydi va spiral ko’rinishda harakat qiladi. Yo’naltiruvchi apparatdan o’tganda esa yana o’kiy yo’nalishni qabul qiladi. Bu esa gidravlik qarshilikni kamaytirib, nasos vujudga keltirgan bosimni oshirishga yordam beradi. Tezyurarlik koeffitsienti markazdan qochma nasoslarga qaraganda katta, o‘kiy nasosga qaraganda kichik bo’lgan nasoslar turi diagonal nasoslar bo’lib, ularda chiqish va kirish diametrlarining nisbati birdan kattaroq. Diagonal nasoslarning siljishi o‘kiy nasosga o‘xshagan bo‘lib, asosan ish g’ildiragining shakli bilan farqlanadi. Parraklar vtulkaga 45° li burchak ostida mahkam o’rnatilgan bo’ladi. Nasoslarning tezyurarlik koeffitsientiga qarab guruhlash Bunday nasoslarning parraklari 60° va 45° ga qiyalangan, ularning burchagini o‘zgartiruvchi mexanizm bilan ta’minlangan turlari ham mavjud. Ularning ba’zi turlarida esa suyuqlik o’q bo’yicha kirib, ish g’ildiragidan o’qqa ma’lum burchak ostida chiqadi. Shunday qilib, bu nasoslarda markazdan qochma kuch qisman foydalanilgani uchun, u hosil qilgan bosim kattaroq bo’ladi. Hajmiy nasoslar suyuqlikning ma’lum bir hajmini ajratib olib, unga kuch ta’sir qilish yo’li bilan harakatga keltiradi. Ajratib olingan hajm u juda kichik bo’lishiga qaramay, bu jarayon vaqt birligida juda ko‘p marta takrorlagani uchun, bunday nasoslar kerakli miqdordagi suyuqlik bilan ta’minlay oladi. Energiya nuqtai nazaridan qaraganda, hajmiy nasoslar ajratib olingan hajmdagi suyuqlikning potensial energiyasini oshirib beradi. Bu potensial energiyadan ikki xil usulda foydalanish mumkin: suyuqlikni yuqorida ko’tarish yoki trubada oqizish; foydali ish bajarish yoki ikkinchi bir mexanizmni harakatga keltirish. Birinchi holda suyuqlikka energiya berayotgan mexanizm nasos sifatida ishlasa, ikkinchi holda gidrouzatma sifatida ishlaydi. Suyuqlikka potensial energiya berish uni nasosning harakatlanuvchi qismlarining ta’sirida siqish yo’li bilan amalga oshiriladi. Bu jarayon ajratib olingan va biror bo’limni to’latgan suyuqlikka katta bosim berish yo’li bilan "Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842 April 2022 / Volume 3 Issue 4 www.openscience.uz 425 yoki ajratib olingan suyuqlikni katta kuch yordamida, o’zgarib boruvchi sohaning ichida kattaroq hajmli qismdan kichikroq hajmli qismga siljitish yo’li bilan amalga oshiriladi. Hajmiy nasoslarning ishlash prinspi Birinchi usulga suyuqlikni porshenli va plunjerli nasoslarda siqish misol bo’ladi. Bunda ish bo’lmasiga so’rish klapani yordamida so’rib olingan suyuqlik hajmiga siqish vaqtida plunjer yoki porshenning bosimi natijasida potensial energiyasi oshib borib, bosim ma’lum chegaraga yetgandan keyin haydash klapani ochiladi va undan suyuqlik katta tezlik bilan otilib chiqadi. Bu jarayondagi suyuqlik hajmining kamayishi abed vaziyatdan ah'c'd vaziyatga o’tishi va haydash klapanidan suyuqlikning chiqa boshlashi ko‘rinishida tasvirlangan. Amalda, suyuqliklar kam siqiluvchan bo‘lganligi uchun, suyuqlikning siqilishi shaklda ko‘rsatilganidek katta bo‘lmaydi. Ikkinchi usulda suyuqlik aylanma harakat qilayotgan ikki plastinka (plastinkali nasoslar) yoki boshqa turdagi ikki to’sik (shesternyali, vintli. nasoslar) orasida harakat qiladi. Bunda hajmning kamayishi b da abed vaziyatdan a'b'c'd' vaziyatga o’tishi bilan tasvirlangan. Ko’rilayotgan usulda suyuqlik energiyasining ortishi hajm o’zgarmasdan, suyuqlikni chegaralovchi to‘siqlarning juda katta tezlik bilan harakatlanishi bilan ham, amalga oshirilishi mumkin (shesternyali. vintli nasoslar). Hajmiy nasoslarning sarflari katta bo‘lmaydi, lekin ular yordamida yuqori bosim olish mumkin. Shuning uchun ularni kamroq suyuqlik tortiladigan, biroq yuqori bosim kerak bo’ladigan sharoitlarda juda ko’p qo’llaniladi, hajmiy nasoslar suyuqliklarga siquvchi kuchning qaysi usulda berilishiga qarab ikki katta turga bo’linadi. Birinchisi ish bo’lmasi harakatlanmaydigan va boshqaruvchi zvenosining harakati ilgarilama-qaytma harakatga aylantiriladigan mashinalardir. Bularga porshenli va plunjerli nasoslar kiradi va suyuqlikka kuch porshen yoki plunjerning harakat yo’nalishida beriladi. Ikkinchi tur nasoslarda siquvchi bo’lma rotor bilan birga aylanadi va kuch suyuqlikni chegaralovchi to’siqlar harakati yo’nalishida beriladi. Shunday nasoslar rotorli nasoslar deb ataladi. Hajmiy nasoslar keltirilgan sxema bo’yicha guruhlanishi mumkin. Porshenli nasoslar siquvchi organining va ish bo‘lmasining tuzilishiga qarab porshenli hamda plunjerli nasoslarga bo’linadi. Bu nasoslar bir vaqtda ishlaydigan ish bo’lmalari bitta yoki ko’p harakatli nasoslarga "Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842 April 2022 / Volume 3 Issue 4 www.openscience.uz 426 bo’linadi. Ko’p harakatli nasoslarga ikki, uch, to’rt, besh va olti harakatli nasoslar kiradi.
Yüklə 252,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə