O‘zbеk tili dunyoning eng qаdimiy vа bоy tillаridаn biri hisоblаnаdi



Yüklə 38,75 Kb.
səhifə1/7
tarix28.11.2023
ölçüsü38,75 Kb.
#136470
  1   2   3   4   5   6   7
Geologiya Nozima


O‘zbеk tili dunyoning eng qаdimiy vа bоy tillаridаn biri hisоblаnаdi. Bu tilning kеng imkоniyatlаri qаdimgi tоshbitiklаrdа, Mаhmud Kоshg‘аriyning “Dеvоnu lug‘аtit-turk”, Аhmаd Yugnаkiyning “Hibаtul hаqоyiq”, Yusuf Xоs Hоjibning “Qutаdg‘u bilig” аsаrlаri, Аhmаd Yassаviy hikmаtlаri, Аlishеr Nаvоiyning “Xаzоyin ul-mаоniy”, “Xаmsа”, Bоburning “Bоburnоmа” аsаrlаridа, Bоbоrаhim Mаshrаb, Оgаhiy, Uvаysiy, Nоdirа kаbi mumtоz shоirlаrimiz vа XX аsrdаgi аdiblаrimiz ijоdidа jilоlаnib turibdi.O‘zbek tili turkiy tillar guruhiga mansub bo‘lib, u mustaqil til sifatida XI asrdan boshlab shakllana boshladi va to hozirgi kunimizgacha bu tilda ko‘plab ilmiy va badiiy asarlar yaratildi.O‘zbеk tilining rivоji vа rаvnаqi uchun dаvlаtimiz tоmоnidаn bаrchа imkоniyatlаr, shаrt-shаrоitlаr yarаtilgаn. O‘zbеkistоn Rеspublikаsidа “Dаvlаt tili hаqidа”gi qоnunning bаrchа mоddаlаri to‘liq аmаlgа kiritildi. Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov haqli ravishda ta’kidlaganlaridek, “O‘zbek tili mustaqil davlatimizning bayrog‘i, gerbi, madhiyasi, Konstitutsiyasi qatorida turadigan, qonun yo‘li bilan himoya qilinadigan muqaddas timsollardan biriga aylandi”. Shunday ekan, mаmlаkаtimizdа yashоvchi hаr bir fuqаrо, o‘z оnа tilidаn tаshqаri, muqaddas qadriyat hisoblangan dаvlаt tilini hаm zarur darajada bilishi shаrt 1989-yil 21-oktabrda istiqlol sari tashlangan dadil qadam sifatida O‘zbekiston Respublikasining 30 moddadan iborat “Davlat tili haqida”gi tarixiy qonuni qabul qilindi. “Davlat tili haqida”gi qonun qabul qilingan kun – 21-oktabr o‘zbek tili bayrami kuni deb e’lon qilindi va har yili boshqa bayramlar qatori yuqori ko‘tarinkilik bilan nishonlanib kelinmoqda.“Dаvlаt tili hаqidа”gi qоnun o‘zbеk tilining tаrаqqiysi, erkin rivоjlаnishi, dаvlаt vа jаmоаt оrgаnlаridа аsоsiy ish yuritish tiligа аylаnishi vа tilimiz muhоfаzаsi yo‘lidа qilingаn huquqiy hаrаkаt bo‘lib, tilimizni dаvlаt tili mаqоmi bilаn mustаhkаmlаdi. Bu qоnun o‘zbеk xаlqi milliy оngining tаrаqqiysidа, mаmlаkаt mustаqilligi mustаhkаmlаnishidа, mаdаniy mеrоsimizning tiklаnishidа muhim rоl o‘ynаdi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 2019- yil 21- oktabrda “O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeyini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5850 – son qarorni imzoladi. 2020-yil 10-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev «O‘zbek tili kunini belgilash to‘g‘risida»gi qonunni imzoladi. Qonun 2ta moddadan iborat.1- moddaga asosan, 21-oktabr O‘zbek tili bayrami kuni etib belgilandi. 2- moddaga ko‘ra, qonun rasman e’lon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi. Qonun Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan 2020-yil 23-martda qabul qilingan, Senat tomonidan 24-mart kuni ma’qullangan. “Davlat tilini rivojlantirishga qaratilgan ishlarimizning mantiqiy davomi sifatida bugun mamlakatimizda yana bir muhim qadam qo‘ydik. Men bugun “O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g’risida”gi farmonga imzo chekdim. Unga binoan “Davlat tili haqida”gi qonun qabul qilingan kunning ulkan tarixiy o‘rni va ahamiyatidan kelib chiqqan holda, 21-oktyabr sanasi yurtimizda “O‘zbek tili bayrami kuni” deb belgilandi” Shavkat Mirziyoyev
Birlаshgаn Millаtlаr Tаshkilоti (BMT) - Yer yuzidа tinchlikni vа хаvfsizlikni tа’minlаsh, dаvlаtlаrning vа millаtlаrning o‘zаrо hаmkоrligini rivоjlаntirish mаqsаdidа 1945-yildа ikkinchi jаhоn urushidа fаshizm ustidаn g‘аlаbа qоzоngаn mustаqil dаvlаtlаrning iхtiyоriy birlаshishi аsоsidа tuzilgаn хаlqаrо tаshkilоt. Shundаy хаlqаrо tаshkilоt tuzish zаrurаti Birinchi jаhоn urushidаn kеyinrоq mа’lum bo‘lа bоshlаdi.1943-yildа Tаshqi ishlаr vаzirligining qo‘shmа kеngаshidа bu fikr аniq ifоdаlаndi. BMTning Nizоmi 1944-yildа to‘rt dаvlаt (Buyuk Britаniya, АQSH, Хitоy va sоbiq Sоvеt Ittifоqi ) vаkillаrining Dumbаrtоn-Оksdаgi kоnfеrеnsiyasidа ishlаb chiqildi vа 1945-yil iyunidа Sаn-Frаnsiskоdаgi Tа’sis kоnfеrеnsiyasidа imzоlаnib, 1945-yil 24-оktabrdаn kuchgа kirdi.1945-yilning 24-оktabri shu bоisdаn BMT kuni sifаtidа nishоnlаnаdi. BMT хаlqlаr vа mаmlаkаtlаr o‘rtаsidа tinchlik, hаmkоrlik munоsаbаtlаrini kеngаytirish vа mustаhkаmlаsh vоsitаsi sifаtidа tаnilmоqdа. Buni sоbiq Yugоslаviya, Irоq, Fаlаstin-Isrоil vа Аfg‘оnistоn misоllаridа, mustаmlаkаchilikni bаrbоd еtishdа, dаvlаtlаrning mustаqilligini himоya qilishdа vа bоshqа shu kаbi vаziyatlаrdа ko‘rish mumki. BMT o‘z tаrkibigа ko‘rа 6 аsоsiy оrgаn, shuningdеk, bu аsоsiy оrgаnlаrgаko‘mаklаshadigаn mа’lum miqdоrdаgi qo‘mitа vа kоmissiyalаrdаn ibоrаt Bоsh Аssаmblеya - BMTning еng nufuzli оrgаnidir. Uning hаr yili sеntabr оyidа chаqirilаdigаn sеssiyalаridа BMTgа а’zо bаrchа dаvlаtlаrning dеlеgаtsiyalаri qаtnаshаdilаr. Хаvfsizlik kеngаshi 15 dаvlаt vаkillаridаn tаshkil tоpаdi. Ulаrning 5 tаsi dоimiy а’zо (АQSH, Rоssiya, Хitоy, Frаnsiya vа Buyuk Britаniya), qоlgаnlаri hаr ikki yildа аlmаshinib turаdilаr. Хаvfsizlik kеngаshi dаvlаtlаr o‘rtаsidаgi tоrtishuvlаr, tаjоvuz vа аgrеssiyaning оldini оlish, yangi а’zоlаr qаbul qilish vа bоshqа mаsаlаlаrni o‘rgаnаdi, qаrоrlаr qаbul qilаdi yоki tаvsiyalаr bеrаdi. Iqtisоdiy vа ijtimоiy kеngаsh хаlqаrо vа ijtimоiy hаmkоrlik sоhаlаrigа оid mаsаlаlаr bilаn shug‘ullаnаdi. Vаsiylik kеngаshi tоbе hududlаr mаsаlаlаrini nаzоrаt еtib bоrаdi. Хаlqаrо sud еsа хаlqаrо siyоsiy, iqtisоdiy, huquqiy, hududiy mаsаlаlаrni hаl еtishdа yuzаgа kеlgаn bаrchа muаmmоlаr bo‘yichа, vаziyat tаlаb qilgаndа, o‘z fikrini аytаdi yоki hukmini chiqаrаdi. BMT Kоtibiyati tаshkilоtning kundаlik ishini tа’min еtаdi Mustаqil O‘zbеkistоn Rеspublikаsi BMTgа 1992-yil 2- mаrtdа qаbul qilindi.Birlashgan Millatlar Tashkiloti tuzilganligining 75 yilligiga bag‘ishlangan "UN75" onlayn-tadbirda O‘zbekiston Qahramoni, shoir Erkin Vohidovning - Inson qasidasi o‘zbek, qozoq, turk, arab, ingliz, rus, italyan va tojik tillarida yangradi. Аsar g‘oyasi hozirgi kunda ham o‘z dolzarbligini yo‘qotmagan. Unda dunyoda kechayotgan global muammolar, insonlar o‘rtasidagi ziddiyatli munosabatlar, inson va tabiat masalalari o‘z aksini topgan. O‘zbеkistоn BMT minbаridаn Mаrkаziy Оsiyо hаmdа Аfg‘оnistоndа tinchlik vа bаrqаrоrlikni mustаhkаmlаsh, Mаrkаziy Оsiyоni yadrо qurоlidаn оzоd zоnаgа аylаntirish, nаrkоbiznеsgа vа еkstrеmizmning hаr qаndаy turigа qаrshi kurаshdа bаrchа dаvlаtlаr хаtti-hаrаkаtlаrini muvоfiqlаshtirish, Mаrkаziy Оsiyоdа еkоlоgik vаziyatni sоg‘lоmlаshtirish mаqsаdlаridа, ya’ni umummаnfааt yo‘lidа fоydаlаnmоqdа, bu fаоliyatlаrning sаmаrаdоrligini оshirish, miqyоslаrini kеngаytirish dаvr tаlаbi еkаnligini аsоslаb, bu mаsаlаlаrni o‘rtаgа tаshlаmоqdа.
Yozuv – insoniyatning eng buyuk kashfiyoti, u jamiyat taraqqiyotining keyingi bosqichlarida hayotiy zarurat sifatida yuzaga kelgan, yaratilgan. Til va yozuv o‘zaro uzviy bog‘liq. Yozuv ham til kabi jamiyat a’zolarining aloqa-aralashuvida asosiy vosita sifatida xizmat qiladi. Ko‘p hollarda yozuv tilning o‘rnini bosa oladi. Yozuv fikrni yetkazishda masofa tanlamaydi. Til esa vaqt va makon jihatdan chegaralangan. Tildan farqli o‘laroq yozuv madaniy, ma’rifiy va adabiy boyliklarni keyingi avlodlarga meros sifatida qoldirish imkoniyatiga ega. Biroq yozuv maxsus yozuv qurollari, sharoit, vaqt, shartli belgi, shakllarni talab etadi. U tilni barcha nozikliklari bilan aks ettira olmaydi. Shunga qaramay, jamiyatda yozuvning o‘z o‘rni bor; yozuv masofa bilan ajralgan odamlar orasida aloqa munosabatini ta’minlashda, barcha uchun tushunarli bo‘lgan adabiy tilning yuzaga kelishida, madaniy-adabiy boyliklarni keyingi avlodlarga yetkazishda katta imkoniyatlarga ega Bizga ma’lumki, insoniyat o‘z tarixining ko‘proq qismini yozuvsiz o‘tkazgan. U yozuvga yetib kelgunga qadar uzoq yo‘lni bosib o‘tgan, uning tajribasi va bilimi orta borgan sari unda bilganlarini yodda tutish va boshqalarga berish zarurati tugilgan. Zamonaviy til bilan aytganda axborotni saqlash va uzatish muammosi yuzaga kelgan. Taxminlarga ko‘ra eramizdan avvalgi to‘rtinchi ming yillikda inson ilk marta nutqni yozib olish uchuh belgilarni qo‘llay boshlagan.nsoniyat zamonaviy yozuvga olib boruvchi mashaqqatli uzoq yo‘lda bir qancha yozuv turlaridan foydalandi. Yozuvning eng dastlabki ko‘rinishlaridan bo‘lgan buyum yozuvi, so‘ng piktografik, ideografik, ieroglifik yozuvlardan keyin yozuvning yangi bosqichi bo‘lgan fonografik yozuvga o‘tildi. Bu fonografik (yun. “phone” – tovush, “graphye” – yozaman) yozuv – yozuvning, avvalo, ayrim bo‘g‘inlarni, keyinroq ayrim tovushlarni biror belgi bilan ifodalash usuli edi. Xalqlar hozirgi kungacha yetib kelgan fonetik yozuvning turli – lotin, arman, gruzin, slavyan, arab yozuvlarini yaratganlar. Qadimgi yozuvlar tosh, suyak, yog‘och, qamish kabi qattiq jismlarga, papirus, pergament, shoyi, keyinchalik qog‘ozga yozilgan. Yozuvlar o‘ngdan chapga, chapdan o‘ngga yoki yuqoridan pastga qarab o‘qilishi mumkin bo‘lgan.Eramizning II asridan boshlab sug‘d yozuvi qo‘llana boshlagan. Bu yozuv taxminan VI asrgacha davom etgan.Xorazmiy yozuvi ham o‘zbek xalqi ajdodlari tomonidan qo‘llanilgan yozuv bo‘lib, bu yozuv II asrning oxiri III asrning boshlarida xorazmshoh chiqargan pullarda uchraydi. Bu yozuv O‘rta Osiyoda ancha keng tarqalgan bo‘lib, oromiy yozuviga yaqin edi. V-VIII asrlar davomida turkiy xalqlar O‘rxun-Enasoy nomli yozuvdan foydalanganlar. Bu yozuv yodgorliklari Janubiy Sibirning Enasoy daryosi havzalarida va Mo‘g‘ulistonning O‘rxun vodiysida topilgan. Keyinchalik bu yozuvlar G‘arbiy Yevropa run yozuvlariga o‘xshash bo‘lganligi uchun ularni runik (runiy) yozuvlar nomi bilan ham yuritilgan.O‘zbek yozuvlari. O‘zbek xalqi o‘zining ko‘p asrlik tarixiy taraqqiyoti davomida bir qancha yozuvlardan foydalanib kelgan. Ajdodlarimiz o‘z tarixini, badiiy va ilmiy ijodini tarixiy sharoitdan kelib chiqqan holda turli yozuvlarda bitib qoldirganlar.O‘zbek yozuvlari tarixida amalda ishlatib kelingan asosiy yozuv tizimini fonografik, ya’ni tovush yozuvi, harfiy yozuv yoki alfavit tashkil etgan. O‘zbek xalqi O‘rta Osiyoning boshqa xalqlari singari oromiy, yunon, karoshta, sug‘d, xorazm, kushan, pahlaviy, suriya, hind, o‘rxun(runik), uyg‘ur, arab yozuvlaridan foydalangan.O‘zbek tili asrlar davomida bir necha ko‘rinishlarda ifodalandi. 1.Eng qadimgi yozuvlar: sug‘d, o‘rxun-enasoy, uyg‘ur yozuvlari asosidagi o‘zbek alifbosi.2.Arab grafikasi asosidagi o‘zbek alifbosi; 3. Ilk (dastlabki) lotin alifbosi. 4. Kirill yozuvi asosidagi o‘zbek alifbosi; 5. Lotin yozuvi asosidagi yangi o‘zbek alifbosi.Eng qadimgi yozuvlar. O‘rta Osiyodagi eng qadimgi yodgorliklar, asosan, runik, uyg‘ur, sug‘d, moniy va braxma yozuvlarida, jumladan, diniy mazmundagi asarlar braxma yoki moniy yozuvida, rasmiy hujjatlar uyg‘ur yoki sug‘d yozuvida bitilgan. Ular toshlarga (masalan, o‘rxun-enasoy bitiklari), teriga yoki maxsus qog‘ozga (Turfonda topilgan yodgorliklar) yozib qoldirilgan. Barcha yodgorliklar Turk va Uyg‘ur xoqonligi davrida yaratilgan. Runik yozuvlar (“O‘rxun-Enasoy” yozuvlari) alfavit (fonetik) yozuvning ancha takomillashgan ko‘rinishi bo‘lib, bu yozuvlarda tilda mavjud bo‘lgan har bir tovush uchun maxsus belgi qo‘llangan. O‘rxun-enasoy matnlarida so‘z va so‘z birikmalarini ajratib ko‘rsatish uchun ikki nuqta (:) ishlatilgan. Undosh tovushlarning ko‘p variantliligi yog takomillashgani va singarmonizm qonuniyatining kuchliligidan dalolat beradi. VI-VII asrlardan boshlab turkiy xalqlar va mo‘g‘ullar uyg‘ur alifbosidan foydalana boshlagan. Chingizxon hukmronligi davrida davlat boshqaruvi idoralarida uyg‘ur tili va yozuvida ish yuritilgan Qadimgi uyg‘ur yozuvida bitilgan yodgorliklarning eng qadimiysi Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilig” asaridir (“Vena nusxasi”). Ahmad Yugnakiyning “Hibat ul-haqoyiq” asari, Xorazmiyning “Muhabbatnoma”si, “Baxtiyornoma”, “Me’rojnoma”, “Tazkirayi avliyo”, Lutfiy va boshqa shoirlarning ayrim she’rlari, To‘xtamishxon va Temur Qutlug‘ning yorliqlari, 1469 - yilda tuzilgan Umarshayx yorlig‘i ham uyg‘ur yozuvida bitilgan. Uug‘ur yozuvi XVI asrgacha arab yozuvi bilan parallel ravishda qo‘llangan. Uyg‘ur grafikasida 19 ta belgi bo‘lib, bular unli va undosh fonemani ifodalagan. Ba’zilari ham unli, ham undosh tovushni bildirgan. Uyg‘ur yozuvi o‘ngdan chapga qarab o‘qilgan. Arab grafikasi asosidagi o‘zbek yozuvi (VIII asrdan 1929 - yilgacha) VIII asr boshlarida O‘rta Osiyo arablar tomonidan istilo qilindi. Moddiy va madaniy hayotda o‘zgarishlar yuz berdi. Istilochilar mahalliy aholining asrlar davomida erishgan ma’naviy boyliklariga rahna soldilar. Mahalliy yozuvlarni yo‘q qilishga harakat qildilar. Davlat ishlarida arab tili va yozuvini qo‘llay boshladilar. Xalifalikka qaram bo‘lgan mamlakatlarda arab tili davlat tili sifatida madaniy hayotda muhim o‘ringa ega bo‘ldi. Mahalliy ziyolilar arab tilini mukammal egallab, boshqa tillarda yozilgan asarlarni shu tilga tarjima qila boshladilar. Bularning barchasi turli mamlakat olimlarining o‘zaro aloqasi va hamkorligi uchun arab tilining xalqaro til darajasiga ko‘tarilishini ta’minladi. Bir vaqtlar yevropa mamlakatlarida lotin tili ilm-fan sohasida xalqaro til bo‘lgani kabi, arab tili ham Sharq mamlakatlarida ilm-fan sohasidagi xalqaro tilga aylandi va arab yozuvining keng yoyilishiga zamin yaratild. Arab yozuvi bilan birga “alifbo” so‘zi ham ommalashdi. Harflarning ma’lum bir tartibda joylashuvi alifboni tashkil etadi. Alifbo so‘zi arab yozuvidagi harflar tartibining birinchi va ikkinchi harflari – alif va bo(be) nomlarining qo‘shiluvidan hosil bo‘lgan. Arab yozuvi keng tarqalishiga, qadimgi yozuvlar ta‘qib qilinishiga qaramay, temuriylar davrida qadimgi yozuvlarda bitilgan matnlarni o‘qiy oladigan mutaxassislar tarbiyalashga ham e’tibor qaratilgan. Tarixiy manbalarda temuriylar davrida qadimiy bitiklarni o‘qib, sharhlab beruvchi kishilar haqida ma’lumotlar berilgan. Bu davr hujjatlarida uyg‘ur yozuvida bitilgan manbalar ham uchraydi.Eski o‘zbek yozuvi – arab grafikasi asosida shakllangan va XI asrdan XX asrning boshlarigacha qo‘llangan o‘zbek yozuvi; arab alifbosidagi 28 ta harfga arab tilida bo‘lmagan, lekin eroniy va turkiy tillarga xos bo‘lgan tovushlarni ifodalash uchun 4 ta harf qo‘shish bilan shakllantirilgan. Ushbu harflar arab alifbosidagi tayyor harflarga qo‘shimcha nuqta yoki chiziq orttirish bilan hosil qilingan va ularning har biri alifboda o‘ziga asos bo‘lgan harfdan keyinga joylashtirilgan; ularning nomlanishi ham asos harflarning nomlanishiga moslashtirilgan. Eski o‘zbek yozuvida arab yozuvining, arab alifbosidagi barcha harflarning yozilish xususiyatlari, ularning qanchasi nechta shaklga ega bo‘lishi, o‘zidan keyingi harfga qo‘shilib yoki qo‘shilmay yozilishi holatlari va boshqalar arab yozuvidagidek aynan qabul qilingan. Alifboda harflar soni 32 taga yetgan bo‘lsada, ularning asosiy shakllari 18 tani tashkil etadi, xolos. Ko‘p harflar bir-biridan ostiga yoki ustiga qo‘yiladigan nuqtalar bilangina farqlanadi.Eski o‘zbek yozuvida sof o‘zbekcha (turkiy) so‘zlardagi deyarli barcha unli va undosh tovushlar alohida harflar orqali ifodalanadi. Biroq o‘zbek tilidagi arab va fors tilidan o‘zlashgan so‘zlarda undosh tovushlar va o, u, i cho‘ziq unlilarigina yoziladi; qisqa unlilar talaffuz etilsada, ular alohida harfga ega bo‘lmaydi. Yozuvda aks etmaydigan qisqa unlilar va boshqa fonetik holatlarni ko‘rsatish uchun esa harakatlar (diakritik belgilar) deb ataladigan va tegishli undoshlar ustiga yoki ostiga qo‘yiladigan 10 dan ortiq yordamchi belgilar: fatha, kasra, zamma, tanvin, madda, tashdid, hamza va boshqalar mavjud.Ilk (dastlabki) lotin alifbosi(1930-1939) O‘zbekiston Markaziy Ijroiya komitetining 1928-yilda bo‘lib o‘tgan III sessiyasida lotin alifbosi davlat alifbosi, deb e’lon qilindi. Sobiq Ittifoq Markaziy komiteti Prezidiumi va Xalq Komissarlari Soveti bu qarorni 1929-yil 7-avgustdagi maxsus qarori bilan tasdiqladi.1934-yildagi imlo islohotidan keyin bu yozuvdagi unli harflar soni 6 taga tushirildi. 1937-yilda kuchli eroniylashgan Toshkent shevasi qat’iy tarzda o‘zbek adabiy tilining talaffuz me’yori sifatida belgilandi. Kirill yozuvi asosidagi o‘zbek alifbosi(1940 yildan-1993ga qadar 1940- yil 8-may kuni qabul qilingan farmonga ko‘ra arman, gruzin, Boltiqbo‘yi aholisidan tashqari bir qator xalqlar rus (kirill) yozuvi asosidagi alifboga o‘tdilar. Kirill yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida 35 ta shakl bo‘lib, bu shakllardan 33 tasi harf, 2 tasi belgidir. Har bir harfning bosh va kichik shakli (Aa), bosma va yozma shakllari bor. Har bir harf o‘z nomiga ega. Harf nomini bilish va uni to‘g‘ri talaffuz qilish muhim amaliy orfoepik ahamiyat kasb etadi, chunki tildagi qisqartma so‘zlarni to‘g‘ri o‘qish uchun harf nomlarini bilish zarur Masalan, BMT – be-em-te.Kirill grafikasi asosidagi alifbo quyidagicha tartiblashtirilgan:Aa, Bb, Vv, Gg, Dd, Ee, Yoyo, Jj, Zz, İi, Yy, Kk, Ll, Mm, Nn, Oo, Pp, Rr, Ss, Tt, Uu, Ff, Xx, Tsts, Chch, Shsh, Ee, Yuyu, Yaya, O‘o‘, Qq, G‘g‘, Hh O‘zbek yozuviga rus tiliga xos ы, щ harflaridan tashqari hamma harflar qabul qilingan. Щ tovushi o‘zlashgan so‘zlar imlosida shch bilan, ы tovushi i bilan ifodalanadi. Bu alifboda 10 ta unli harf (a, o, i, u, o‘, e, ye, yo, yu, ya) bo‘lib, ular 6 ta unli tovushni ifodalaydi.. O‘ZBEK TILINING LEKSIK QATLAMLARLeksikologiyaning obyekti tilning lug‘at boyligidir. Bu boylik tilshunoslikda leksika deb ataladi, u muayyan tildagi barcha so‘zlarni va shu so‘zlar bog‘lanishidan tarkib topgan ko‘chma ma’noli turg‘un konstruksiyalarni (frazemalarni) o‘z ichiga oladi. Leksika atamasi ba’zan tor ma’nolarda ham qo‘llanadi: dialektal leksika, kasb-hunar leksikasi, ilmiy leksika, vulgar leksika, Tohir Malik asarlari leksikasi kabi. Leksikologiyaning predmeti — lug‘at boyligining strukturaviy va sistemaviy xususiyatlarini, taraqqiyot qonuniyatlarini, tilning boshqa sathlari (fonetik sath, grammatik sath) bilan aloqasini tadqiq qilish. Leksikologiyaning vazifalari: a) muayyan til lug‘at boyligidagi eskirish va yangilanish jarayonlarini, bu jarayonlarda lisoniy va nolisoniy (lingvistik va ekstralingvistik) omillarning ishtirokini o‘rganish; b) lug‘aviy birliklarning funksional-semantik tavsifmi berish, eskirgan, yangi va zamonaviy qatlamlarini, tematik guruhlari va mikrosistemalarini aniqlash, lisoniy va uslubiy xususiyatlarini yoritish; d) talabalarni leksikaga oid nazariy bilimlar bilan qurollantirish, ularda leksik-semantik tahlil ko‘nikmalarini shakllantirish.So‘zlarda shakl va mazmun munosabati4 xil:Omonim.Sinonim.Antonim.Paronim.Omonimlar – shakli bir xil, ammo ma’nosi tubdan farq qiluvchi leksema(so‘z)lar. Masalan, о‘t («olov») - о‘t («maysa»), kamar («qayish, ko‘ndan ishlangan belbog‘») — kamar («daryo, tog‘larda suv o‘yib ketgan chuqur joy»), olma (meva) – olma (fe’l), qo‘y (uy hayvoni) - qo‘y (fe’l) kabi.Sinonim – shakli, tuzilishi turlicha, ammo ma’nosi bir-biriga yaqin bo‘gan leksema(so‘z)lar. Masalan, yuz - bet – aft – bashara – turq; ovqa – taom – yegulik; kulmoq – tirjaymoq – ishshaymoq tabassum qilmoq qatorini keltirish maqsadga muvofiq. Sinonim so‘zlarda asosiy so‘z bo‘lib, u uslubiy betaraf hisoblanadi va barcha uslub uchun qo‘llanadi. Masalan, yuz - bet – aft – bashara – turq sinonimik qatorida yuz –dominanta, ya’ni asos so‘z. Antonim – qarama-qarshi, zid ma’nolarinin anglatadigan leksema(so‘z)lar. Masalan, katta – kichik, yosh – qari, oq –qora, past – baland kabi. Paronim – bitta harfdan farq qiluvchi so‘zlar qatori. Paronimlarni aniqlashda doimo jufti bo‘lishi lozim. Masalan, asil (aynimaydigan, toza) – asl (nasl, kelib chiqishi), qasr (bino) – qasir (taqlid so‘z) kabi. Bir so‘zning paronimi bilan uning xato yozilgan variantini adashtirmaslik lozim. Masalan, aqil aql so‘zining paronimi emas, uning xato yozilgan variantidir. Paronim bo‘lishi uchun juftliklardagi har bir so‘z til lug‘at boyligida mavjud bo‘lishi lozim. Nutqda so‘zlar bir ma’nolilik va ko‘p ma’nolilik shaklda qo‘llanadi. Bir ma’nolilik monosemiya ko‘p ma’nolilik polisemiya deyiladi. Leksikologiya grekcha “lehikos” – so‘z va logos – ta’limot so‘zlaridan olingan bo‘lib, tilshunoslikning, tilning lug‘at tarkibini, so‘z boyligini o‘rganuvchi, tadqiq etuvchi alohida bir sohasidir. Leksikologiyaning obyekti tilning lug‘at boyligidir. Bu boylik tilshunoslikda leksika deb ataladi, u muayyan tildagi barcha so‘zlarni va shu so‘zlar bog‘lanishidan tarkib topgan ko‘chma ma’noli turg‘un konstruksiyalarni (frazemalarni) o‘z ichiga oladi. Leksika atamasi ba’zan tor ma’nolarda ham qo‘llanadi: dialektal leksika, kasb-hunar leksikasi, ilmiy leksika, vulgar leksika, Tohir Malik asarlari leksikasi kabi. Leksikologiyaning predmeti — lug‘at boyligining strukturaviy va sistemaviy xususiyatlarini, taraqqiyot qonuniyatlarini, tilning boshqa sathlari (fonetik sath, grammatik sath) bilan aloqasini tadqiq qilish. Leksikologiyaning vazifalari: a) muayyan til lug‘at boyligidagi eskirish va yangilanish jarayonlarini, bu jarayonlarda lisoniy va nolisoniy (lingvistik va ekstralingvistik) omillarning ishtirokini o‘rganish; b) lug‘aviy birliklarning funksional-semantik tavsifmi berish, eskirgan, yangi va zamonaviy qatlamlarini, tematik guruhlari va mikrosistemalarini aniqlash, lisoniy va uslubiy xususiyatlarini yoritish; d) talabalarni leksikaga oid nazariy bilimlar bilan qurollantirish, ularda leksik-semantik tahlil ko‘nikmalarini shakllantirish.So‘zlarda shakl va mazmun munosabati 4 xil:Omonim.Sinonim.Antonim.Paronim.Omonimlar – shakli bir xil, ammo ma’nosi tubdan farq qiluvchi leksema(so‘z)lar. Masalan, о‘t («olov») - о‘t («maysa»), kamar («qayish, ko‘ndan ishlangan belbog‘») — kamar («daryo, tog‘larda suv o‘yib ketgan chuqur joy»), olma (meva) – olma (fe’l), qo‘y (uy hayvoni) - qo‘y (fe’l) kabi.Sinonim – shakli, tuzilishi turlicha, ammo ma’nosi bir-biriga yaqin bo‘gan leksema(so‘z)lar. Masalan, yuz - bet – aft – bashara – turq; ovqa – taom – yegulik; kulmoq – tirjaymoq – ishshaymoq tabassum qilmoq qatorini keltirish maqsadga muvofiq. Sinonim so‘zlarda asosiy so‘z bo‘lib, u uslubiy betaraf hisoblanadi va barcha uslub uchun qo‘llanadi. Masalan, yuz - bet – aft – bashara – turq sinonimik qatorida yuz –dominanta, ya’ni asos so‘z. Antonim – qarama-qarshi, zid ma’nolarinin anglatadigan leksema(so‘z)lar. Masalan, katta – kichik, yosh – qari, oq –qora, past – baland kabi. Paronim – bitta harfdan farq qiluvchi so‘zlar qatori. Paronimlarni aniqlashda doimo jufti bo‘lishi lozim. Masalan, asil (aynimaydigan, toza) – asl (nasl, kelib chiqishi), qasr (bino) – qasir (taqlid so‘z) kabi. Bir so‘zning paronimi bilan uning xato yozilgan variantini adashtirmaslik lozim. Masalan, aqil aql so‘zining paronimi emas, uning xato yozilgan variantidir. Paronim bo‘lishi uchun juftliklardagi har bir so‘z til lug‘at boyligida mavjud bo‘lishi lozim. Til va terminologiyaBugungi kunda terminologiyaning amaliy va nazariy masalalarini yanada chuqurroq o‘rganish, terminlar yaratish va ularni qo‘llashni til qonuniyatlari asosida tartibga solish davlat ahamiyatiga molik muammoga aylandi. Shuning uchun, ona tilimizning turli terminologik tizimlarini yanada teranroq tadqiq etish, ularni terminologiyaning xilma-xil masalalari bo‘yicha atroflicha tadqiq qilish bugungi kunning dolzarb masalalaridan biridir.Har bir sohaning, tarmoqning termini borki, u o‘sha soha, tarmoq doirasida qo‘llanadi, aniqroq qilib aytganda, kasb-hunar egasining nutqini shakllantiradi, o‘zaro nutqiy muomala uchun shart-sharoit yaratadi.Bu o‘rinda shuni qayd etish lozimki, muayyan kasb-hunar yoxud mutaxassislikka ega bo‘lgan kishilar ko‘pincha u yoki bu sohaning o‘ziga xos spetsifik terminlari bilan ish ko‘radi. O‘zbek tilshunosligida turli fan sohalariga oid terminologik tizimlarni lingvistik jihatdan har tomonlama ham ilmiy, ham amaliy o‘rganish, asosan, 1950-yillardan keyin izchilroq tus ola boshladi; termin va terminologiyaning nazariy masalalariga bag‘ishlangan maqolalar ayrim fan sohalari terminlarini lingvistik jihatdan tahlil etishga bag‘ishlangan nomzodlik dissertatsiyalari yuzaga keldi, mukammal terminologik lug‘atlar yaratishga kirishildi.Termin – bilim yoki faoliyatning maxsus sohasiga doir tushunchani ifodalovchi so‘z yoki so‘z birikmasi. Sistem xarakterga egalik, o‘z terminologik maydonida bir ma’nolilikka moyillik, his-tuyg‘uni ifodalamaslik, uslubiy betaraflik kabilar terminga xos xususiyatlardir.Hozirgi kunda “termin” so‘zi bilan bir qatorda “atama”, ”istiloh” so‘zlari ham ayni ma’noda qo‘llanmoqda. Lekin ular termin so‘zining hozirgi ma’nosini to‘liq ifoda eta olmaydi. Atama so‘zi keng ma’noda bo‘lib, geografik obyektlar, atoqli nomlarga nisbatan qo‘llanadi.”Istiloh” so‘zini esa ”termin” ma’nosida tarixiy mavzulardagi matnlar (mas., adabiyot tarixi, Sharq falsafasi va b.)da bemalol qo‘llash mumkin.Leksikografiya. Tilshunoslikning lug‘at tuzish masalalarini ilmiy tadqiq qiluvchi va lug‘at tuzish bilan shug‘ullanuvchi sohasi leksikograf iya (gr. lexikos – so‘z, so‘zga oid va grapho – yozaman) yoki lug‘atchilik deyiladi. Maqsad va vazifasiga ko‘ra leksikografiya ikkiga bo‘linadi:a) ilmiy leksikografiya lug‘atchilikning nazariy masalasi bilan shug‘ullanadi. b) amaliy leksikografiya bevosita lug‘at tuzish ishi bilan mashg‘ul bo‘ladi.Leksikografiya muhim ijtimoiy vazifani bajaradi. Bular quyidagilarda ko‘zga tashlanadi:ona tilini va boshqa tillarni o‘rgatish; 2) ona tilini tasvirlash va me’yorlashtirish; 3) tillararo munosabatlarni ta’minlash. 4) til leksikasini ilmiy tekshirish va talqin qilish.Lug‘at maqsadi va mo‘ljaliga ko‘ra ikkiga bo‘linadi:umumiy lug‘at; maxsus lug‘at.Umumiy lug‘at keng o‘quvchilar ommasiga, maxsus lug‘at esa tor doiradagi kishilar – alohida soha mutaxassisiga mo‘ljallangan bo‘ladi.Har ikkala tur lug‘at ham o‘z o‘rnida yana ikkiga bo‘linadi: ensiklopedik lug‘at;filologik lug‘at. Demak, lug‘atni umumiy ensiklopedik lug‘at va maxsus ensiklopedik lug‘at, umumiy filologik lug‘at va maxsus filologik lug‘atga bo‘lib o‘rganish maqsadga muvofiq va qulay. MATN VA UNING TURLARIMatn gapdan katta birlik, murakkab sintaktik butunlik bo‘lib, u fikran va sintaktik jihatdan o‘zaro bog‘liq bo‘lgan gaplar birlashmasidan iborat. Unda fikr gapga nisbatan ancha to‘liq bo‘ladi.«Matn» atamasi ilmiy adabiyotlarda turlicha talqin qilinadi. O‘zbek tilining izohli lug‘atida matn so‘zining arabchadan o‘zlashganligi, eskirgan kitobiy so‘z ekanligi va aynan tekst so‘zi anglatgan ma’noga tengligiga ishora qilinadi. Izohli lug‘atning 2-jildi 557-betida matn so‘ziga quyidagicha ta’rif beriladi: 1. Yozuvda yoki bosma holda shakllantirilgan, mualliflik asari yoki hujjat. 2. Bosma nashrning rasm, chizma va izohlarsiz asosiy qismi. Bu ta’rifda matnning asosiy хususiyatlari to‘g‘ri ko‘rsatilgan. Faqat aхborot-kommunikatsiya vositalarining taraqqiy etishi natijasida matn (tekst) so‘zi anglatadigan ma’no yanada ortganligini ko‘rishimiz mumkin. Kompyuterda terilgan matn formati Word, RTF matn, oddiy matn, formatlangan matn, gipermatn kabilar ham iste’molda faollashdi. Nutq og‘zaki va yozma shakllarda namoyon bo‘ladi. Nutqning yozma shakli matn atamasi ifodalaydigan mazmunga muvofiq keladi. Nutq subyektdan adresatga yo‘naltiriluvchi nutqiy faoliyat hisoblanadi. Matn esa faqat obyektiv informatsiyadan iborat bo‘lmay, balki o‘ziga pragmatik mazmunni ham qamrab olgan nutqning material ko‘rinishidir.
Umuman matn, deyilganda nutqiy jarayon mahsuli bo‘lgan, tugallangan, yozma shaklda mavjud bo‘lgan, adabiy shakllangan, superfrazali birliklardan tuzilgan, leksik, grammatik, logik, stilistik aloqalar bilan bog‘langan, aniq maqsadli va pragmatik qurilmali nutqiy asarni tushunmoq kerak. Matn gapdan ko‘ra yirik hajmli aloqa vositasi, nutqiy faoliyat mahsuli, muayyan qonuniyatlar asosida shakllangan yozma nutq ko‘rinishidir.

Yüklə 38,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə