O‘zbеk tili dunyoning eng qаdimiy vа bоy tillаridаn biri hisоblаnаdi


Hajm belgisiga ko‘ra matnlar ikki xil bo‘ladi



Yüklə 38,75 Kb.
səhifə2/7
tarix28.11.2023
ölçüsü38,75 Kb.
#136470
1   2   3   4   5   6   7
Geologiya Nozima

Hajm belgisiga ko‘ra matnlar ikki xil bo‘ladi:
1. Makromatn bir umumiy mazmun ostida birlashgan bir necha mikro matnlardan tashkil topuvchi yaxlit asardir. M.: Abdulla Qahhorning “O‘g‘ri” hikoyasida ishtirok etgan barcha mikro matnlar “o‘g‘irlik” umumiy mavzusi ostida birlashgan.
2. Mikromatn bir necha gaplarning o‘zaro grammatik va mazmuniy bog‘lanishidan tashkil topgan mazmuniy yaxlitlikka ega bo‘lgan qo‘shma gaplarga nisbatan yirikroq yozma va og‘zaki nutq parchasidir. Matnning eng kichik birligi gap hisoblanib, ular matn tarkibida ma’lum bog‘lovchi vositalar yordamida bog‘lanadi. Ular quyidagilardan iborat: bog‘lovchilar, bog‘lovchi vazifasidagi ayrim so‘zlar, takroriy bo‘laklar, olmoshlar va sinonimlar.
M.: Karimjon a‘lo o‘qish va odobi bilan litseyda katta hurmatga ega. Mikromatnni hosil qilishda takrorlar eng muhim vositadir. Chunki u ham gaplarni bog‘lovchi vosita hisoblanadi, ham uslubiy bo‘yoqdorlik hosil qiladi. M.: Olti oykim, she’r yozmayman, yuragim zada, Olti oykim, o‘zgalarga tilayman omad.(A.O.) Angladimki, olamda Yurt tanho Vatan tanho, Band etgan hayolimni tengsiz shul chaman tanho.(A.O.) Ifoda maqsadi va mazmuniga ko‘ra matn turlari. Muloqot paytida, gapirayotganda yoki yozayotganda har doim yangidan matn yaratmaymiz. Ehtiyojimizga ko‘ra turli matn tiplaridan foydalanamiz. Ba’zan boshimizdan o‘tgan yoki o‘zimiz guvoh bo‘lgan voqealarni kimgadir aytib beramiz. Tinglovchiga notanish bo‘lgan biror kishi yoki joyni batafsil tasvirlab berishga harakat qilamiz. Ba’zan fikrimizni turli dalillar yordamida isbotlashga, izohlashga ehtiyoj sezamiz. Yoхud kimgadir pand-nasihat qilamiz. Uni turli hayotiy voqealar vositasida tarbiyalash yoki aytilganlardan хulosa chiqarishini istaymiz. Muloqot maqsadimiz ba’zan qandaydir axborotni tinglovchiga yetkazishga qaratilgan bo‘ladi. Shu bilan birga biror ishni qanday bajarish kerakligi haqida tavsiyalar beramiz yoki biror ishni qilmaslik haqida buyruq beramiz. Maqsadimizga erishish uchun turli ko‘rsatma, ta’qiq va хitob jumlalaridan foydalanamiz. Insonlar o‘rtasidagi muloqot maqsadi va mazmuni shular bilangina chegaralanib qolmaydi. Inson hissiyotlarini, tuyg‘ularini, hayajonlarini, azob va qayg‘ularini ifodalash, shu orqali tinglovchi yoki kitobхonni ta’sirlantirishni istaydi. Ana shunday hollarda ba’zan mubolag‘a ba’zan o‘хshatish – qiyoslash kabi tasviriy vositalardan foydalanamiz. Shundan kelib chiqib matnni, хususan, badiiy matnni quyidagi turlarga bo‘lib chiqish mumkin:

Yüklə 38,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə