O‘zbеk tili dunyoning eng qаdimiy vа bоy tillаridаn biri hisоblаnаdi



Yüklə 38,75 Kb.
səhifə6/7
tarix28.11.2023
ölçüsü38,75 Kb.
#136470
1   2   3   4   5   6   7
Geologiya Nozima

1. So‘z ma’nosiga yetarli e’tibor bermaslik natijasida: Tarbiyachi bolalarga tushunarli bo‘lishi uchun kitobni olib, xontaxta tortmasiga qo‘yadi. (xontaxtaning tortmasi bo‘lmaydi).
2. Paronimlar ma’nosini bilmaslik natijasida: Sutxo‘rning o‘limi asarini o‘qidi.
3. Mantiqiy jihatdan voqelikka zid bo‘lgan tushuncha ifodalovchi so‘zlarni yonma-yon ishlatish natijasida: Korxonaga yangi zamonaviy texnologiya o‘rnatildi (ishlab chiqarish jarayonlari va usullari haqidagi bilimlarning jami, shuning uchun moddiy bo‘lmagan narsa o‘rnatilmaydi, balki joriy etiladi yoki texnika so‘zi bilan almashtirish kerak).
4. Nutqda so‘zni o‘z o‘rniga qo‘yib gap tuzolmaslik, gap tartibining buzilishi natijasida: Yaqindagina nashriyotdan chiqqan adibimizning yangi asarlar to‘plami keng jamoatchilikka manzur bo‘ldi.
5. So‘zning noo‘rin tanlanishi natijasida: Rejissyor bir qator umidli sahna ustalarini kashf etdi.
6. Bir sinonimik qatorni tashkil qilgan so‘zlarning barchasi ham boshqa so‘zlar bilan sintagmatik munosabat tashkil qilolmaydi. Puxta, pishiq, mustahkam sinonimlari bino so‘zi bilan sintagmatik munosabat tashkil qiladi, yigit so‘zi esa pishiq va chidamli so‘zlari bilan sintagmatik aloqaga kirishadi.Nutqning mantiqiyligi. Mantiqiylik nutqning tinglovchi tomonidan to‘g‘ri va to‘liq anglanishi uchun zaruriy bo‘lgan sifatlaridan biridir. Mantiqiylikdan mahrum bo‘lgan biron-bir nutq kishilar o‘rtasidagi tayinli aloqani ta’minlay olmaydi. Nutqning mantiqiyligini to‘g‘rilik va aniqlik sifatlaridan ajralgan holda tasavvur ham qilib bo‘lmaydi, chunki to‘g‘ri va aniq bo‘lmagan nutq hech qachon mantiqiy bo‘lishi mumkin emas. Zotan, to‘g‘ri va aniq bo‘lmagan nutqdan mantiqiylikni izlab topib bo‘lmaydi. Adabiy til me’yorlariga zid tarzda tuzilgan va tegishli birliklar noo‘rin tanlangan nutqqa mantiq begona bo‘lishi tabiiy.
Nutqning sofligi. Har qanday narsaga baho berilganda, avvalo, uning asilligi, boshqa keraksiz unsurlardan xoliligi, o‘z mohiyatiga Muvofiq toza tarkibga egaligi kabi me’yorlardan kelib chiqiladi. Soflik sifati nutqni ana shunday baholash me’yorlaridan hisoblanadi. Aytish lozimki, nutqning bu kommunikativ sifati nutq bilan adabiy til va nutq bilan jamiyat munosabatida namoyon bo‘ladi. Shunga ko‘ra nutqning sofligini nutqning adabiy til me’yorlariga va jamiyatdagi ma’naviy-axloq qoidalariga yot bo‘lgan unsurlardan xoliligi bilan belgilanuvchi kommunikativ sifat tarzida ta’riflash mumkin. Aytish joizki, kishi nutqining sofligi uning ma’naviy-ma’rifiy, lisoniy-madaniy saviyasini namoyon etadigan ko‘rsatkichlardan biridir.

Yüklə 38,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə