O‘zbеk tili dunyoning eng qаdimiy vа bоy tillаridаn biri hisоblаnаdi



Yüklə 38,75 Kb.
səhifə3/7
tarix28.11.2023
ölçüsü38,75 Kb.
#136470
1   2   3   4   5   6   7
Geologiya Nozima

1. Hikoya mazmunli matn.
2. Tasviriy matn.
3. Izoh mazmunli matn.
4. Didaktik matn.
5. Хabar mazmunli matn.
6. Buyruq mazmunli matn.
7. Hissiy ifoda mazmunli matn.Ixtisoslikka oid ilmiy matnlarda sohaviy terminlar
Terminologiya keng ma’noda birinchidan, leksikaning bir sohasi – muayyan, fan, texnika, ishlab chiqarish tarmog‘ining san’at, ijtimoiy faoliyat sohasining tegishli tushunchalar tizimi bilan bog‘liq terminlari majmuidir; ikkinchidan, tilshunoslikning terminlarni o‘rganuvchi sohasidir. Terminologiya tor ma’noda ma’lum bir sohaga oid maxsus leksika. Masalan, fizika terminologiyasi, mashinasozlik terminologiyasi kabi.Terminologiyaning rivojlanishi, boyish yo‘llari har xil: boshqa tillardan so‘z olish, yangi so‘z yasash va boshqalar. Bugungi kunda o‘zbek terminologiyasining boyishi, asosan, boshqa tillardan so‘z olish va ichki so‘z yasash hisobiga ro‘y bermoqda. U yoki bu soha terminologik tizimining barqarorligini belgilovchi asosiy omil uning tartibga solinganligi va muntazamliligidir. Terminologiyaning o‘ziga xos xususiyatlari mavjud. Masalan, umumadabiy tilda sinonimiya, omonimiya va ko‘p ma’nolilik tilning boyligi bo‘lsa terminologiyada bular salbiy hodisa hisoblanadi. Masalan, birgina tushunchani ifodalash uchun o‘zbek tilida yarimo‘tkazgich - chalao‘tkazgich - nimo‘tkazgich terminlari qo‘llanmoqda. Bu, o‘z navbatida, o‘qish-o‘qitish va axborot almashish jarayonini qiyinlashtiradi. Har bir sohada o‘zining ishlatilishi doirasiga ko‘ra cheklangan, asosan, birgina tushunchani ifodalaydigan so‘zlar bo‘ladi. Bunday so‘zlar, xususan fan-texnika, san’at, siyosat, til va adabiyot, tibbiyot kabi turli sohalarda uchraydi.Masalan, tibbiyot sohasida operatsiya, tanometr, termometr; tilshunoslikda fonema, morfologiya, kesim, kelishik; musiqa san’atida maqom, kuy, gamma, major va h.k. Terminologiya umumxalq tilining leksikasi negizida vujudga keladi, boyiydi. Ma’lum bir soha yoki fan yuqori darajada taraqqiy etgandagina o‘sha tilda maxsus terminlar vujudga keladi.Terminologiyasi ma’lum darajada barqarorlashgan barcha tillarda terminlar tartibga solib turiladi. Tartibga solish ma’lum terminologik me’yorlar asosida amalga oshiriladi. Terminologiya rivojida fan sohalariga oid maxsus lug‘atlarni nashr qilib turish ham muhim ahamiyatga ega.ADABIY NUTQ VA UNING USLUBLAR birliklari va materialidan fikrni ifodalash maqsadida foydalanish jarayoni nutq sanaladi. Hayotning turli sohalari, jarayonlarida turlicha nutq vaziyatlarida tildagi leksik, frazeologik, fonetik va grammatik vositalarni tanlash va ulardan foydalanish usullari ham har xil bo‘ladi. Uslubiyat tilshunoslik fanining bir bo‘limi bo‘lib, nutq jarayonida til hodisalarining maqsadga, sharoitga va muhitga mos ravishda foydalanish qonuniyatlari bilan tanishtiradi. Uslubiyatda uslublar, til vositalarining nutqda qo‘llanish yo‘llari, fonеtik, lug‘aviy, frazеologik va grammatik birliklarning qo‘llanish xususiyatlari o‘rganiladi.

Yüklə 38,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə