I bob. Tilshunoslikda ot so‘z turkumi va uning grammatik shakllarining o‘rganilishi



Yüklə 28,22 Kb.
səhifə1/5
tarix14.05.2023
ölçüsü28,22 Kb.
#110294
  1   2   3   4   5
I BOB Furqat


I BOB. TILSHUNOSLIKDA OT SO‘Z TURKUMI VA UNING GRAMMATIK SHAKLLARINING O‘RGANILISHI
1.1. Jahon tilshunosligida so‘z turkumlarining o‘rganilishi
So‘z turkumlarining o‘rganish tarixi qadimgi davrlarga borib taqaladi. O‘sha davr faylasuf, mantiqshunosh va tilshunoslari bu borada ilk marta juda qimmatli fikrlar bildirganlar. Masalan, Qadimgi hindlar to‘rtta so‘z turkumini farqlaganlar: ot, fe’l, old ko‘makchi va yuklama. Hindlarda ot predmet ifodalovchi, fe’l esa harakat ifodalovchi so‘zlar sifatida beriladi. Ular otlarda 7 ta kelishikni qayd etganlar: 1) bosh kelishik; 2) qaratqich kelishigi; 3) jo‘nalish kelishigi; 4) tushum kelishigi; 5) qurol kelishigi; 6) chiqish kelishigi; 7) o‘rin kelishigi. So‘zlarni turkumlarga ajratishda qadimgi yunonistonda ham katta nazariyalar yaratilgan. Qadimgi yunon tilshunosligining falsafiy davrida stoiklar nutqda so‘zlarni 5 guruhga: fe’l, bog‘lovchi, artikl, atoqli otlar va turdosh otlarga ajratadilar. Shuningdek, stoiklar otlarda 5 ta kelishikni farqlaganlar: bosh kelishigi, qaratqich kelishigi, jo‘nalish kelishigi, tushum kelishigi va chiqish kelishigi. Yunon tilshunosligining eng buyuk allomalaridan biri Dionisiy o‘z ta’limotida quyidagi g‘oyalarni ilgari suradi: “Ot kelishik va songa ko‘ra o‘zgaruvchi turkumdir”. U sifatlarni ham otga kiritadi. Arastu esa so‘z turkumlari sonini 3 ta deb ko‘rsatgan va unga ot, fe’l, bog‘lovchi vositalarni kiritgan. Qadimgi Rim tilshunosligining asoschilaridan biri Yuliy Sezar lotin tili uchun ham 8 ta so‘z turkumi xos deb hisoblaydi. U lotin tiliga yunonlarda mavjud bo‘lmagan kelishikni olib kirib, kelishiklar sonini oltitaga yetkazadi. Arab tilshunoslari esa morfologiyada Aristotel kabi 3 ta so‘z turkumini ismun (ot), fe’lun (fe’l), va harfunga (yuklama, yordamchi so‘zlar va affikslar) ajratadilar. Otni keng ma’noda olib, uning tarkibiga ot, sifat, olmoshni ham kiritadilar. Shuningdek, otlarni atoqli va turdoshga, turdosh otlarni esa aniq va mavhum otlarga ajratadilar. Hindlarda otlarning son, egalik, kelishik kategoriyalari ancha mukammal tavsiflanadi. Otlarning kelishik kategoriyalari sifatida tushum kelishigi (-ni), jo‘nalish kelishigi (-ga, -ka, -g‘a), o‘rin va payt kelishigi (-da), chiqish kelishigi (-dan) va birgalik kelishigi (bila) qayd etiladi. Qaratqich kelishigi alohida izofa hodisasi sifatida tushuntiriladi. Bosh kelishik haqida so‘z yuritilmaydi. Arab tilida yaratilgan “At - tuhfatuz zakiyatu fillug‘atit turkiya” asarida ot ma’no jihatidan atoqli, turdosh, jamlovchi va kichraytirish otlariga ajratiladi. Otlarning grammatik kategoriyalari sifatida son, egalik va kelishik kategoriyalari ajratiladi. Otlar son jihatidan birlik va ko‘plikka ega ekanligiga e’tibor qaratiladi. Egalik shakllari birlik va ko‘plik ko‘rinishiga ega ekanligi aytiladi. So‘z turkumlarini o‘rganishda O‘rta Osiyolik allomalarning ham muhim nazariy fikrlari mavjud. Bu borada buyuk bobokalonimiz Abu Nasr Farobiyning qarashlari diqqatga sazovordir. Farobiy otlarni ikkiga: atoqli va turdosh otlarga bo‘ladi. Aniqrog‘i sodda ma’noli so‘zlarni ikkiga ajratadi. Atoqli otlar: Zayd, Amir. Turdosh otlar: odam, hayvon, ot va boshqalar. Otlardagi son kategoriyasini birlik, ikkilik, ko‘plikka ajratadi. Yana bir O‘rta Osiyolik mutafakkir Mahmud Koshg‘ariy ham so‘z turkumlari sonini 3 ta deb ko‘rsatgan. So‘z turkumlari nazaryasining rivojlanishi, olimlarning bu masala bilan shug‘illana boshlashishi barobarida so‘z turkumlari soni ham ortib bordi. Bu holat asosan, XIX – XX asrlarda keng taraqqiy etdi. So‘z turkumlari soni va turkumlanish tamoyillari anchadan beri o‘rganilib kelindi va o‘rganib kelinmoqda. Rus tilshunosligida ham so‘z turkumlarini o‘rganish borasida bir qancha tadqiqotlar olib borilgan bo‘lib, dunyo tilshunosligida mazkur yo‘nalishning rivojlanishiga o‘z hissalarini qo‘shganlar. Rus tilshunosligi vakillaridan biri M.V.Lomonosov so‘z turkumlari muammosiga to‘xtalar ekan, ularni 8 ta deb belgilaydi: ot, olmosh, fe’l, sifatdosh, ravish, predlog, bog‘lovchi, undov. Olim ushbu so‘z turkumlarining nutqda qanday vazifani bajarishini ham izohlaydi. Masalan, nom (ot) narsa-predmetlarni ifodalash uchun, olmosh nomlashni qisqartirish uchun. Har qanday usul ham so‘z turkumlarining xolis tasnifini bera olmasligini ta’kidlagan rus tilshunosi M.N.Peterson so‘z turkumlari sonini va ular bilan bog‘liq muammolarni matn asosida o‘rganishga qaror qiladi. Chunki uning yozishicha, hozirgacha rus tilshunosligida ham jahon tilshunosligida ham so‘z turkumlari haqidagi masala o‘z yechimini topgan emas. O‘z fikrini dalillash uchun M.N.Peterson mashhur fransuz tilshunosi J.Vandirisning quyidagi so‘zlarini keltiradi: “so‘zlarni turkumlash nihoyatda qiyin bo‘lgani uchun hozirgacha hech kim so‘z turkumlarining aniq tasnifini yaratgan emas. An’anaga ko‘ra yunon mantiqshunoslari ta’limotlariga borib taqaluvchi fransuz mumtoz (klassik) grammatikasi 10 ta so‘z turkumini farqlaydi. Ammo bu tasnif to‘liq va aniq emas. Uni nafaqat boshqa tillarga, balki yunon tilining o‘ziga nisbatan ham tatbiq etib bo‘lmaydi”1. U so‘z turkumlari haqidagi masalani quyidagicha baholaydi: 1. “Rus ilmiy ana’nasida so‘z turkumlari tarkibi va tizimi haqidagi masala turlicha hal qilingan; 2. So‘z turkumlarini tasniflash shu darajada qiyinki, hozirgacha hech kim ularning qoniqarli tasnifini yaratgan emas. Peterson mavjud qonuniyatlarga asoslanib, so‘zlar uchta belgi – semantik, morfologik va sintaktik xususiyatlariga ko‘ra turkumlarga ajratilishi kerak deb hisoblaydi: 1. Semantik xususiyatlari – so‘zlarning mustaqil holda lug‘aviy ma’no
anglatishi. Bu jihatdan so‘zlar narsa-buyumni ifodalovchi so‘zlar, belgi bildiruvchi
so ‘zlar, harakat-holatni ifodalovchi so‘zlar kabi guruhlarga bo‘linadi. Masalan, gul
(narsa-buyum nomi), katta (belgi nomi), bermoq (harakat nomi) kabi.

Yüklə 28,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə