O’qitish metodikasi fanidan bajargan mustaqil ishi ot turkumining son kategoriyasi; otlarning nokategorial shakllari



Yüklə 0,67 Mb.
səhifə1/58
tarix28.11.2023
ölçüsü0,67 Mb.
#137603
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   58
1.Ot turkumining son kategoriyasi







NAVOIY DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
MAKTABGACHA VA BOSHLANG’ICH TA’LIM FAKULTETI
BOSHLANG’ICH TA’LIM YO’NALISHI
2-KURS SIRTQI A 9 GURUH TALABASI
ISTAMOVA SHOHIDA BOTIROVNANING
ONA TILI –O’QISH SAVODXONLIGI VA UNI
O’QITISH METODIKASI FANIDAN BAJARGAN
MUSTAQIL ISHI

1.Ot turkumining son kategoriyasi; otlarning nokategorial shakllari.
Reja:
1. Ot turkumining son kategoriyasi;
2. Otlarning nokategorial shakllari.
Otlarning birlik va ko'plik shakllarida ishlatilishi grammatik son kategoriyasi
deyiladi. Son kategoriyasi otlaming muhim morfologik belgilaridan bo'lib birlik va
ko'plik shakllari asosida son kategoriyasi vujudgakeladi. Otlaming birligi biror
vositasiz ifoda etiladi. Ya'ni otning ko'plikni bildiruvclii -lar qo'shimchasi mavjud
bo'lmagan holati birlikdir: kiyim, uy, ovqat, o'quvchi, kitobxon, murabbiy kabi.
Otlaming ko'pligi -lar qo'shimchasi bilan ifodalanadi: o'quvchilar, kitoblar kabi.
Ko'plikning -lar qo'shimchasi orqali ifodalanishi morfologik usul bilan
ifodalangan ko'pliklir. Bundan tashqari otlarda ko'plikni hosil qiluvchi boshqa
vositalar ham mavjud. Chunonchi, el, olomon, xalq kabi o'zi birlikda bo'lib,
mazmuman ko'plikni bildiradigan so'zlar ham mavjud. Bunday ko'plik lug'aviy -
semantik usul bilan hosil bo'lgan ko'plikdir.
Otlaming ko'pligi miqdor bildiruvchi so'zlarni otlardan oldin keltirish bilan
ham hosil qilinadi: ko'p oclam, bir talay ish, bir necha kun kabi. Ko'plikning
bunday ifodalanishi sintaktik usul bilan ifodalangan ko'plikdir. Sintaktik ko'plik
otlardan oldin sonlarni: o'n kishi, yuz xonadoni, olmoshlarni qancha ish, shuncha 
odam,  necha  kun keltirish bilan ham hosil bo'ladi.
Masalan, Jkromjon qishloqda shuncha odam borligini bilmas ekan .(S.A.)
Shuningdek, otoldidan so'zlami takrorlash orqaliliam sintaktik ko'plik hosil bo'ladi:
savat-savat meva, uzoq-uzoq yo'I. Otasining har qadamida allaqanday kishilar bilan
uzoq-uzoq so'zlashuvidan zerikardi. (A.Q.)
Lug'aviy semantik va sintaktik usul blan ifodalangan ko'plik so'zning morfologik
tuzilishi bilan bog'lanmagan holda, morfologik ko'plik so'zning tuzilishi bilan
bog'liq. Shuning uchun -lar qo'shimchasi bilan hosil bo'ladigan ko'plik so'zlarning
ma'no xususiyati bilan bog'liqdir. Shu bilan birgalikda -lar qo'shimchasi o'zbek
tilida ko'plikni hosil qiluvchi yetakchi vositadir. Biroq, bu qo'shimchabarcha otlarga
qo'shilavermaydi, yoki qo'shilganda ham doimo ko'plik ma'nosini ifoda etavermaydi.
-lar qo'shimchasining barcha otlarga qo'shilmasligi hamma otlarning ham
grammatik ko'plikda qo'llana olmasligini ko'rsatadi. Chunonchi, donalab
sanalmaydigan otlarga -lar qo'shimchasi qo'shilganda ko'plikni emas, balki narsa-
predmetning turini xilini anglatadi. Shunga ko'ra -lar qo'shimchasi ko'plikdan
tashqari yana quyidagi ma'nolarni ifodalaydi.
1 .Donalab sanab bo'hnaydigan predmet nomlariga qo'shilganda ularning turli-
tumanligini, har xilligini bildiradi: tuzlar, sutlar, bug'doylar, yog'lar, unlar,
qirqmalar (qovun turi). Tilimi tilingni mingtilim qilgan, Qirqmalar bogladi yukin
qovg'aga. (G'. G'.)
2.Mavhum otlarga qo'shilganda. shu otdan anglashilgan ma'no kuchayadi. Masalan:
Ming turlik xayollarga borib qaytdi. (A.Qod.) Qizlar undan-bundan uzoq
gaplashishdi, orzularga berihshdi, (O.)
S.Predmetlarning noaniq bo'lgan ko'p miqdorini ifodalaydi. Suhbatlar goh qizib.
goh davom etardi. (O.) Biz bo'lajak adiblar, turmushning botqoq yerlarinigina emas,
undan chiqish yo'llarini ham ko'rsatishimiz mumkin. (A.Q.)
4.Qarindoshlik ifodalovchi otlarga egalik qo'shimchalaridan keyin qo'shilib hurmat
ma'nosini ifodalaydi: otamlar, onamlar kabi.
5 .Shaxsni anglatuvchi so'zlarga qo'shilib. piching, kesatish va hurmat ma'nolarini
anglatadi. O'zimning bu xizmatim evaziga bir mukofat olish muddaosida
bo'lmaganimdan va nimaiki janoblari yo'lida mashaqqat chekkan bo'lsam...
(A.Qod.) Yangi podsho Nizomiddin hazratlarining el-yurtga osh berishi va
ochlarga non ulashishi haqidagi xabarni butun shaharga tarqatdilar. (P.Q.)
6.Payt. vaqt bildiruvchi so'zlarga qo'shilib, taxniin ma'nosini ifodalaydi.Masalan:
Shu gapdan birhafta chamasi keyin va chorlar kutishning beshinchi kunlari edi.(A.
Qod.)
7Juft predmetlanii bildirgan so'zlarga qo'shilganda ko'plikni emas, balki ularning
ikkitaligini ta'kidlash ma'nosini ifodalaydi: ko'zlar, quloqlar, qoshlar, lablar, 
torlar kabi. Masalan: Tanburning mo'jizakor torlaridan quyilgan musiqa mavjud havoni to'ldirdi. (O.) Beka begimning ko'zlaridagi tikanlar sal kamayganday bo'ldi.
(P.Q.)
8. Kishi organizmi a'zolariga qo'shilganda ta'kid kuchayadi: yuraklar, tillar,  burunlar.
9.Atoqli otlarga qo'shilganda umumlashganlik, o'xshaganlik ma'nolari anglashiladi.
Ajoyib naslsiz, sizdagi talant. Amular, Sirlarning mazmunidan mo'I. (G'.G'.)
10. Aniq va mavhum otlarga qo' shilib. hurniat, izzat ma'nolarini
ifodalaydi. Xotiralariga malol kelmagay, hazrat. (O.) Qadamlariga hasanot, ko'p xursand bo'ldik.(O.)
Otlarda so‘z o‘zgarishi va so‘z yasalishidan tashqari lug‘aviy shakl yasash
hodisasi ham mavjud. Otlarning leksik ma’nosiga qo‘shimcha ma’no qo‘shish uchun xoslangan affikslar lug‘aviy shakl yasovchilar deyiladi. Ular quyidagi sintetik
shakllardan tashkil topadi: 

Yüklə 0,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   58




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə