O’qitish metodikasi fanidan bajargan mustaqil ishi ot turkumining son kategoriyasi; otlarning nokategorial shakllari


-§. Kichraytirish shakllari. -cha affiksi



Yüklə 0,67 Mb.
səhifə2/58
tarix28.11.2023
ölçüsü0,67 Mb.
#137603
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   58
1.Ot turkumining son kategoriyasi

1-§. Kichraytirish shakllari. -cha affiksi shaxs bildiruvchi otlardan boshqa
otlarga qo‘shilganda kichraytirish ma’nosini ifodalaydi: hovuzcha, qushcha, uycha, 
baliqcha kabi. Shaxs bildiruvchi otlarga qo‘shilganda esa kichraytirish bilan birga
erkalash, hurmat yoki kamsitish, kesatish ma’nolarini ham hosil qiladi: Ko‘chadan 
bir qizcha chopqilab o‘tdi. Sizni es-hushli yigitcha deb o‘ylardim. Sal o‘pkangizni 
bosib  oling,  yigitcha! Ba’zi so‘zlar tarkibida –cha affiksi kichraytish ma’nosini yo‘qotib,
yangi so‘z yasashi ham mumkin. Bunday holda so‘z yasovchi va kichraytuvchi
affiks o‘rtasida omonimlik munosabat hosil bo‘ladi: sholcha, ko‘rpacha, bog‘cha,  qizilcha, taqsimcha. Bundan tashqari,–cha affiksi sifat va ravish yasovchi –cha
affiksi bilan ham shakldoshdir: o‘zbek+cha raqs, fag‘ona+cha palov, qishloq+cha  kiyinmoq, askar+cha yurmoq, yangi+cha fikrlamoq, o‘zbek+cha gapirmoq.
-choq\\-chak affiksi toy, kelin, qo‘zi kabi so‘zlarga qo‘shilgandagina kichraytish- erkalash
shaklini hosil qiladi. Masalan: toychoq,  kelinchak, 
qo‘zichoq kabi. Qo‘zichoq, toychoq so‘zlari ko‘chma ma’noda bolalarga nisbatan
ishlatilganda erkalatish shakli kuchayadi. Bu affiks ba’zi so‘zlar tarkibida
kichraytirish ma’nosi bilan birga ba’zi otlarni ham yasaydi: o‘yin+choq, 
bela+n+chak, ko‘m+ir+chak. Kichraytirish affikisning o‘zlik nisbatdagi fe’lga
qo‘shilishi bilan sifat yasaydigan omonimi ham bor: kuy+in+chak, erin+choq .
2-§.Erkalash shakllari. –jon, -xon, -oy affikslari atoqli va turdosh otlarga
qo‘shilib, erkalash, suyish kabi ijobiy munosabat shakllarini hosil qiladi: ukajon, 
oyijon,  kuzgujon,  akaxon,  Abrorjon,  Hulkaroy, Halimaxon.
Bu affikslar ba’zi kishi ismlarining tarkibiy qismi sifatida ham uchraydi: Onaxon, 
O‘g‘iloy, Mamajon kabi. Shuningdek, oromijon, rohatijon kabi forsiy izofalar
tarkibida jon mustaqil so‘z sifatida «jonning oromi», «jonning rohati» kabi
ma’nolarga teng bo‘ladi; –xon affiksi esa, gazetxon, kitobxon kabi otlarning
yasalishida ishtirok etib, -xon shakl yasovchisiga omonim bo‘ladi.

Yüklə 0,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   58




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə