O’qitish metodikasi fanidan bajargan mustaqil ishi ot turkumining son kategoriyasi; otlarning nokategorial shakllari



Yüklə 0,67 Mb.
səhifə14/58
tarix28.11.2023
ölçüsü0,67 Mb.
#137603
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   58
1.Ot turkumining son kategoriyasi

5.OLMOSH SO`Z TURKUMI
REJA
1.Olmosh so`z turkumi haqida umumiy ma`lumot.
2.Olmosh va uning turlari.
3.Olmosh so`z turkumining tuzilishiga ko`ra turlari.
Ot, sifat, son, ravish kabi so`z turkumlari o`rnida qo`llanib predmet, belgi, miqdor tushunchasining mavjudligini ko`rsatadigan, ularning vazifasini bajaradigan so`z turkumiga olmosh deyiladi. Olmoshlar predmet, belgi, miqdor ma`nosini anglatmay, faqat ularga ishora qilish ko`rsatish uchun xizmat qiladi. Masalan; Bizga qalin do`st kitob, u go`yo nurli oftob. Bu gapda biz va u olmoshlari ot o`rniga kelib, shaxs va predmetga ishora qilgan. Siz ana shu jannatni dunyoga keltirgan odamlar sog`ligining posbonisiz. Bu gapda ana shu olmoshi sifat o`rnida kelib, belgiga ishora qilgan. Men bunaqa voqealar haqida qancha-qancha kitoblar o`qiganman .Bu gapda qancha-qancha olmoshi ravish o`rniga kelib, miqdoriy belgiga ishora qilgan .
Olmosh so`z turkumi quyidagi leksik-grammatik xususiyatlarga ega:
1.Olmosh mustaqil so`z turkumlaridan farqli ravishda, predmet va uning belgisini, miqdorini ularga atama bo`lmagan holda ko`rsatilish xususiyatiga ega
2.Olmoshlar gapda bajaradigan vazifasiga ko`ra 4 guruhga ajraladi :
A)ot o`rnida qo`llanuvchi olmoshlar :Men, sen, biz, siz, ular, kim, nima, har kim, har nima, hech kim, hech nima, allakim, allanima, bir narsa, bir nima, birov, kimdir, nimadir kabilar.
Bu olmoshlar ot singari so`z o`zgartiruvchi bajargan sintaktik vazifalarni (ega, to`ldiruvchi, qaratuvchi , ba`zan kesim ) bajaradi.Masalan:Kimning ishi to`g`ri bo`lsa, u doim bexavotir bo`ladi.Nimani qilsang xor, o`shanga bo`lasan zor (Maqol).
B)sifat o`rnida qo`llanuvchi olmoshlar :bu, shu, o`sha, u, ana, shu, mana, bu, qanday, qaysi, har, qanday, har qaysi, hech qaysi, hech qanday, hech bir, qandaydir, qaysidir, allaqanday, allaqaysi, biron, biror, qaysi bir, ba`zi kabilar.
Bu olmoshlar sifat singari otga bog`lanib, belgiga ishora qiladi, gapda asosan, sifatlovchi-aniqlovchi vazifasini (ba`zan kesim) bajaradi.
Masalan:Uning yuzida hech qanday malol alomati ko`rinmas, aksincha, har kungidan hurramroq edi.(A.Qahhor) Umidimiz-shu.
V)1) son o`rnida qo`llanuvchi olmoshlar: nechta, nechanchi, qancha, bir nechta, bir qancha nechadir kabilar.
Bu olmoshlar son singari otga bog`lanib, miqdoriy belgiga ishora qiladi, gapda asosan sifatlovchi- aniqlovchi vazifasini (ba`zan kesim) bajarib keladi.
Masalan: arava bormidi? Dedi O`rmonjon kattakon ro`moli bilan yuzini bo`ynini artib.-Nega arava bordi(A.Qahhor)
2) ravish o`rnida qo`llanuvchi olmoshlar: qayerga, qayerda, qayerdan, qachon, har qancha , hech qancha, nega, qalay, qani kabilar.
Bu olmoshlar ravish singari fe`lga bog`lanib, belgiga ishora qiladi, gapda asosan, hol (ba`zan kesim ) vazifasini bajaradi.
Masalan: otabek tasdiq ishorasini bergach, negadir bir entikib qo`ydi.(Abdulla Qodiriy).Bola qalay ekan? Oyoq-qo`l chaqqonmi!?
3.Olmoshlarning morfologik va sintaktik xususiyatlari yuqorida sanab o`tilgan ma`no xususiyatlari bilan bog`langan holda turlichadir.
Ot o`rnida qo`llanuvchi olmoshlar otga xos morfologik va sintaktik xususiyatlarga sifat o`rniga qo`llanuvchi olmoshlar sifatga xos, ravish o`rnida qo`llanuvchi olmoshlar ravishga xos morfologik va sintaktik xususiyatlarga ega.
4.Olmosh mustaqil so`z turkumi sifatida so`z yasalish xususiyatiga ega emas.Lekin olmoshdan sanoqli qo`shimchalar yordamida ot, ravish yoki fe`l yasalishi mumkin: o`zlik, manmanlik kabi otlar; nsizla, sensira kabi fe`llar;
5.Olmoshlarning boshqa so`z turkumidan ajralib turadigan asosiy sintaktik xususiyatlaridan olmosh hech vaqt o`zidan oldin aniqlovchi olmaydi.

Yüklə 0,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   58




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə