O’qitish metodikasi fanidan bajargan mustaqil ishi ot turkumining son kategoriyasi; otlarning nokategorial shakllari



Yüklə 0,67 Mb.
səhifə17/58
tarix28.11.2023
ölçüsü0,67 Mb.
#137603
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   58
1.Ot turkumining son kategoriyasi

Kishilik olmoshlari nutq so‘zlanayotgan paytda ishtirok etgan yoki tilga olingan shaxs va narsaga ishora qiluvchi so‘zlardir. Kishilik olmoshlari asosan ot o‘rnida qo‘llanadi va uch shaxsni ifodalaydi: 1-shaxs (men) – so‘zlovchi, 2-shaxs (Sen) – tinglovchi, 3-shaxs (u) – nutq jarayonida ishtirok etmaydigan, so‘zlovchi va tinglovchi tomonidan eslatilgan shaxs yoki narsani ifodalaydi.
Ko‘plikda esa 1-shaxs (biz) – so‘zlovchi va boshqa shaxslarni, 2-shaxs (siz) tinglovchi va boshqa shaxslarni, 3-shas (ular) nutq jarayonida ishtirok etmaydigan birdan ortiq shaxs yoki narsani ifodalaydi.

Sh a x s

B i r l i k

K o‘ p l i k

1- shaxs (so‘zlovchi)

men

biz

2- shaxs (tinglovchi)

sen

siz

3- shaxs (o‘zga)

u

ular


  1. Kishilik olmoshlari nutqda quyidagi xususiyatrga ega bo‘ladi:

1) kishilik olmoshlari, o‘z ma’nosidan tashqari, shaxs va son ma’nosi ko‘chgan holda qo‘llanishi mumkin. Masalan, kamtarlik ma’nosida men o‘rnida biz olmoshi ishlatiladi: Biz o‘z tadqiqotimizda sohaga doir yirik olimlarning fikrlariga tayandik. Ba’zan xuddi shunday shaklda manmanlik ma’nosi ham yuzaga kelishi mumkin: Biz o‘z ishimizni bilib qilamiz, maslahatingizga zor emasmiz! Ichki monologik nutqda senolmoshi men o‘rnida ishlatilishi mumkin. Bunda so‘zlovchining o‘z-o‘zini tergashi anglashiladi:Sen o‘z odobing, g‘amxo‘rliging bilan odamlar ko‘ngliga yo‘l topa olishing kerak; 2) I shaxs ko‘plikdagi kishilik olmoshi bizII shaxs ko‘plik-dagi siz olmoshi o‘rnida qo‘llanishi mumkin. Bunday qo‘llanishda ko‘pincha boshqa shaxslarni ma’lum bir ishni bajarishga tashviq qilish, undash ma’nosi anglashilib turadi: Qani, endi biz ham ishga tushaylik. 3) I shaxs ko‘plikdagi biz olmoshi II shaxs birlikdagi senolmoshi o‘rnida qo‘llanganda shaxs va son ma’nosi birlikda ko‘chadi:Xush, biz endi buyog‘iga nima deymiz? 4) kishilik olmoshlaridan men ko‘plik affiksi bilan qo‘llanmaydi.Senolmoshi -lar affiksi bilan birga qo‘llanganda tinglovchi va boshqa shaxslarga munosabatni yoki tinglovchiga nisbatan Mensimaslik ma’nosi ifodalanadi: Senlar hech qachon yaxshilikni bilmaysanlar!

  1. Kishilik olmoshlarining so‘z o‘zgartuvchi qo‘shimchalar bilan ishlatilishida quyidagi kabi o‘ziga xosliklar mavjud: a) kishilik olmoshlariga odatda egalik affikslari qo‘shilib kelmaydi; b) bu olmoshlar kelishik affikslarini olib turlanishi mumkin: mening, seni, uning, sizda, sizga, ulardan Mensenolmoshlari tushum va qaratkich kelishiklari bilan turlanganda qo‘shim-cha tarkibidagi n tovushi tushib qoladi: men+i, men+ing, sen+i, sen+ing kabi; d) 1,2-shaxsni ko‘rsatuvchi kishilik olmoshlari kesim vazifasida kelganda shaxs-son affikslarini olib tuslanishi mumkin: menman, sensan, bizmiz, sizsiz kabi.

  2. Kishilik olmoshlari gapda ega, qaratqich aniqlovchi, to‘ldiruvchi, kesim vazifasida qo‘llanadi: Biz sof dil, kamtar, ishda tadbirli, turmushda haqqoniy bo‘lishimiz kerak. (O.Yo) Hayotni qancha sevsang, u senga shuncha go‘zal ko‘rinadi. (O.) Hammaning e’tibori bizda.


Yüklə 0,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   58




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə