O’qitish metodikasi fanidan bajargan mustaqil ishi ot turkumining son kategoriyasi; otlarning nokategorial shakllari



Yüklə 0,67 Mb.
səhifə20/58
tarix28.11.2023
ölçüsü0,67 Mb.
#137603
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   58
1.Ot turkumining son kategoriyasi

4-§. So‘roq olmoshlari. Nutq jarayonida ishtirok etuvchilarga ma’lum bo‘lmagan narsani aniqlab bilish uchun ishlatiladigan olmoshlar so‘roq olmoshlari deyiladi.
So‘roq olmoshlari shaxsga (kim), narsaga (nima), belgiga (qaysi, qanday), miqdorga (necha, qancha), vaqtga (qachon), maqsad va sababga (nega, nimaga) va o‘ringa (qani) munosabat bildirishiga ko‘ra o‘zaro farqlanadi.

  1. Kim olmoshi shaxslarga nisbatan qo‘llanadi va quyidagicha xususiyatlarga ega bo‘ladi: 1)shaxsga nisbatan so‘roq, ifodalaydi va otlar kabi egalik, kelishik va ko‘plik qo‘shimchalarini qabul qiladi: kimim, kiming, kimi, kimning, kimdan kabi. Biroq ko‘plik affiksini olganda narsaning birdan ortiq ekangini emas, shaxsninig kimligini yoki unga nisbdtan hurmat ma’nosini ifodalaydi: Darsga kimlar kelmadi? U kishi kimlar?; 2) ba’zan takrorlakib kelib, shaxslarning kimligini aniqlash uchun qo‘llanadi: Kim-kim keldi?

Kimolmoshi gapda ko‘pincha ega, kesim, to‘ldiruvchi va qaratqich aniqlovchi bo‘lib keladi: Kim o‘z yurtini sevmaydi? Bemahalda eshik qoqqan kim?  Bunaqa gaplarni kimdan eshitding? Kimning ovozi baland?
2.Nimaolmoshi narsa yoki voqealarga nisbatan so‘roqnibildiradi va quyidagi xususiyatlarga ega bo‘ladi: 1) otlar kabi egalik, kelishik va ko‘plik ko‘shimchalarini olib, so‘roq ma’nosini yoki noaniq narsa ma’nosini ifodalaydiShunga ko‘ra, bu xildagi so‘zlar ishtirok etgan gaplar ifoda maqsadiga ko‘ra so‘roq yoki darak gap bo‘lishi mumkin: Siz nimani yoqtirasiz? Nimadan gap ochishini bilmay turdi2) nima olmoshi so‘roqdan tashqari narsa, narsalar ma’nosini ifodalaga-ni uchun ayrim hollarda tushum kelishigida belgisiz ishlatilishi mumkin: Mendan nima istaysiz?; 3) jo‘nalish kelishigi shaklidagi so‘zdan keyin kelib, e’tiborsizlikka undash, befarqlikka chaqiriq ma’nosini bildiradi: Senga nima, istagan narsang muhayyo bo‘lsa?; 4) nimaso‘zi III shaxs birlikda egalik affiksini olib, gapda otlarga o‘xshash vazifani bajaradi: Buning nimasi yomon?; 5) egalik qo‘shimchasini qabul qilib xoslik emas, taajjub ma’nosini ifoda-lovchi so‘roq gaplarning kesimi bo‘lib keladi: Iya, bu nimasi? 
Bu olmosh gapda ega, kesim, tuldiruvchi, ba’zan qaratqichli aniqlovchi bo‘lib keladi: Seni nima qiziqtiradi? Oting nima? Nimani istaysan? Nimaning foydasi kup?

  1. Nega (nimaga)olmoshi harakatning sodir bo‘lishidagi sabab, maqsadni aniqlash uchun ishlatiladi va quyidagi xususiyatlarga ega bo‘ladi: 1) deyarli hamma vaqtravish xarakteriga ega bo‘lib, bo‘lishli shakldagi fe’llar oldida keladi va sabab, maqsadni aniqlash uchun beriladigan so‘roqniifodalaydi: Nega kelding? Nega kechikding? Nimaga kechikding?; 2) bo‘lishsiz fe’l oldida kelib, deyarli hamma vaqt sababni bildiradi: Nega meni kuzatib qo‘ymaydi?; 3) negaso‘zi -dir affiksining qo‘shilishi bilan voqea-hodisaning sodir bo‘lish sababi so‘zlovchi uchun noma’lum ekanligini bildiradi: Negadir bu kishining o‘zi ham sov-g‘asi ham Navoiyga yoqmagan edi.(O.); 4) nega olmoshi asosan ravish o‘rnida ishlatilgani uchun ham so‘z o‘zgartuvchi affikslarni olmaydi. Shu bois negaolmoshi gapda asosan sabab yoki maqsad holi bo‘lib keladi. Nega ketib qoldingiz? Nega kelmadingiz?


  2. Yüklə 0,67 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   58




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə