O’qitish metodikasi fanidan bajargan mustaqil ishi ot turkumining son kategoriyasi; otlarning nokategorial shakllari



Yüklə 0,67 Mb.
səhifə23/58
tarix28.11.2023
ölçüsü0,67 Mb.
#137603
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   58
1.Ot turkumining son kategoriyasi

O‘zlik olmoshi aniq yakkalikni ajratish, belgilash va ko‘rsatish uchun xizmat qiladi. Olmoshning bu turi o‘zso‘zidan iborat bo‘ladi. O‘z olmoshi har uchala shaxs, birlik va ko‘plikdagi kishilik olmoshlari o‘rnida ishlatilib, ko‘pincha shaxsni, ba’zan narsani ko‘rsatadi.
O‘z olmoshining nutqda qo‘llanishiga doir qo‘yidagi holatlarni kuzatish mumkin: 1) o‘zolmoshi bosh kelishik shaklida egalik bilan kelib, uchala shaxs birlik va ko‘plikni ifodalashi mumkin. Bunday holda shu kabi ma’noga ega bo‘lgan kishilik olmoshlariga sinonim bo‘ladi :O‘zim-men, o‘zing-sen, o‘zi-u, o‘zimiz-biz, o‘zingiz-siz, o‘zlari-ular (Ayb o‘zingda!Ayb senda!). Biroq hamma vaqt ham o‘zolmoshi o‘rnida kishilik olmoshini qo‘llab bo‘lmaydi.Chunki ba’zan o‘zolmoshi o‘rnida kishilik olmoshi ishlatilsa yo uslubda ancha o‘zgarish sodir bo‘ladi, yoki ularni mutlaqo almashtirib bo‘lmaydi2) otlar oldida qo‘llangan o‘zolmoshi ular anglatgan narsani aniqlab ko‘rsatadi: Bu kunlarda har kim o‘z dard-alami, o‘z g‘am-hasrati bilan band edi. (A. Q.); 3) o‘zolmoshi II shaxs birlik, III shaxs ko‘plik shaklida kelganda ba’zan undagi shaxs ma’nosi ko‘chadi: O‘zing nima g‘amdasan-ku, buning kulishini qara (men nima g‘amdaman-ku…), Qani, o‘zlaridan bo‘lsin (sizdan bo‘lsin)4)o‘zso‘zi yolg‘iz so‘ziga sinonim ma’noni bildiradi: U uyda faqat o‘zi o‘tiribdi (…u yolg‘iz o‘tiribdi); 5) o‘zolmoshi takrorlanib qo‘llanishi mumkin. Bunday vaqtda uning bir qismi biror kelishik qo‘shimchasini olib keladi. Qismlarning bu xilda qo‘llanishi shu so‘zning ma’nosiga va grammatik holatiga ham quyidagicha ta’sir ko‘rsadi: a) agar birinchi qism affikssiz, keyingisi affiksli qo‘llansa, birgina o‘z so‘znning ma’nosi kuchaytirilib, ta’kidlab ko‘rsatiladi va bu juftlik bitta gap bo‘lagi vazifasini bajaradi:…o‘z-o‘zicha g‘udur-lay boshladi. b) oldingi qism egalik va kelishik qo‘shimchalarini olgan holda, keyingisi esa belgisiz qo‘llanadi va ikki xil gap bo‘lagi vazifasini bajaradi: O‘zini o‘zi tergaydi. d) takrorlangan o‘zolmoshi tarkibida -dan affiksi qotib qolgan shaklga kelib, o‘z olmoshi ravishga ko‘chadi: o‘zidan-o‘zi yig‘lab yubordi; 6) o‘zso‘zi ba’zan qo‘shma so‘z tarkibida ham keladi: o‘z+boshimcha, o‘z+bilarmonlik, o‘z+aro kabi; 7) o‘zlik olmoshiga kelishik qo‘shimchalari faqat egalik affiksidan so‘nggina qo‘shiladi: o‘z+i+ni, o‘z+i+ga;
O‘z olmoshi barcha gap bo‘lagi vazifasida kela oladi: Bu ishni o‘zim bajardim. O‘z uyim — o‘lan to‘shagim. Onajon, meni to‘g‘ri yo‘lga boshlagan tarbiyachim o‘zingsan.

Yüklə 0,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   58




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə