O’qitish metodikasi fanidan bajargan mustaqil ishi ot turkumining son kategoriyasi; otlarning nokategorial shakllari



Yüklə 0,67 Mb.
səhifə31/58
tarix28.11.2023
ölçüsü0,67 Mb.
#137603
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   58
1.Ot turkumining son kategoriyasi

8-§. Sifatdosh sifat kabi narsaning belgisini bildirib, gapda aniqlovchi vazifasiga xoslangan fe’l shaklidir: kelgan odam, ishlayotgan yigit kabi.
Sifatdosh, barcha fe’llar kabi o‘timli va o‘timsizlik, nisbat, bo‘lishli-bo‘lishsizlik hamda zamon kategoriyalariga xos ma’nolarda kela oladi. Ular zamon ma’nosiga ko‘ra uch guruhga bo‘linadi: 1) o‘tgan zamon sifatdoshi, 2) hozirgi zamon sifatdoshi, 3) kelasi zamon sifatdoshi.
O‘tgan zamon sifatdoshi–gan (k, g undoshlaridan so‘ng –kan) affiksi bilan yasaladi: o‘qigan (kitob), yozgan (insho), tikkan(ko‘ylak). Eski o‘zbek tilida –mish, -dik shaklida ham qo‘llangan: E yorim, sevdigim obod ro‘zg‘orim. (E.J) Sifatdoshning bu shakli 1) fe’lning o‘tgan zamon ma’nosini bildiruvchi formasini yasaydi: borganman, borgan edim; 2) yot, tur, yur, o‘tir kabi holat fe’llarigaqo‘shilganda, hozirgi zamon ma’nosi hamifodalanadi: Faxriddin osilib turgan qalin pastki labini bir-ikki qimirlatib javob berdi. (A.Q.); 3) ot oldidan kelib, narsaning doimiy belgisini bildiradi va sfatlovchi-aniqlovchi vazifasini bajaradi. Bunda harakatning o‘tgan zamonga oidligi ifodalanmaydi, balki narsaning hozirgi holatdagi belgisi asosiy o‘rinda bo‘ladi: xonaning ko‘chaga qaragan oynasi, hovuz boshiga to‘plangan odamlar. 4)-gan affiksli sifatdosh shaxs-son qo‘shimchalarini olib, kesim vazifasida qo‘llanadi. Bunda u xabar maylining o‘tgan zamon shakli hisoblanadi-gan affiksi esa zamon (3-shaxda esa zamon va shaxs) ko‘rsatkichi sifatida qaraladi: kelganman, kelgansan, kelgan; kelganmiz, kelgansiz, kelgan; 5) egalik, ko‘plik va kelishik qo‘shimchalarini olib otlashadi: Yurgan daryo, o‘tirgan bo‘yra.
-vchi(-uvchi)'>Hozirgi zamon sifatdoshi fe’lga –yotgan, -vchi(-uvchi) affikslarini qo‘shish orqali yasaladi va quyidagi ma’no, vazifalarga ega bo‘ladi:

  1. yotgan affiksigrammatikalizatsiyalashgan yot fe’li va o‘tgan zamon sifatdoshi hosil qiluvchi –gan affiksiniing birikishi orqali yasaladi. Hozirgi zamon sifatdoshining bu shakli, asosan, ot oldidan kelib aniqlovchi vazifada qo‘llanadi: ishlayotgan odam, esayotgan shamol Bu shaklni shaxs-son affikslari bilan tuslash orqali hozirgi zamon fe’lini hosil qilib bo‘lmaydi. Faqat quyidagi hollardagina mazkur sifatdosh hozirgi zamon fe’lining yasalishi uchun xizmat qilishi mumkin: a) yo‘q so‘zi bilan hozirgi zamon fe’lining inkor shaklini yasaydi: ishlayotgani yo‘q, kelayotgani yo‘q; b) emish tuliqsiz fe’li bilan birga qullanganda hozirgi zamon fe’lining eshitilganlik shakli yuzaga keladi: ishlayotgan emish, kelayotgan emish; d) horzirgi zamon gumon ma’nosini ifodalashda -dir affiksi bilan qo‘llanadi: ishlayotgandir, kelayotgandir. 

  2. Hozirgi zamon sifatdoshining -vchi(-uvchi) affikslari bilan yasalgan shakli oxiri a tovushi bilan bitgan so‘zlarga qo‘shilganda, a tovushi o tovushiga aylanadi, i unli tovushi bilan bitgan fe’llarda esa i tovushi u tovushiga aylanadi. Undosh bilan bitgan fe’llarga qo‘shilganda, u orttiriladi: ishla – ishlovchi, o‘qi – uquvchi, bor- boruvchi

Hozirgi zamon sifatdoshi quyidagicha ma’no va vazifalarga ega bo‘ladi: a) –yotgan sifatdoshidan farqli ravishda shaxs-son affikslari bilan tuslanadi va gapda kesim vazifasida qo‘llanadi: ishlovchiman, ishlovchisan, ishlovchi; b) otga bog‘lanib, sifatlovchi aniqlovchi vazifasini bajaradi: ishlovchi kishi, o‘quvchi qiz kabi; d) bu shaklda otlashishga moyillik kuchliroq bo‘ladi: o‘quvchi, yozuvchi, to‘quvchi kabi.

Yüklə 0,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   58




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə