|
![](/i/favi32.png) O’qitish metodikasi fanidan bajargan mustaqil ishi ot turkumining son kategoriyasi; otlarning nokategorial shakllari
|
səhifə | 34/58 | tarix | 28.11.2023 | ölçüsü | 0,67 Mb. | | #137603 |
| 1.Ot turkumining son kategoriyasi-gach (-kach, -qach) affiksi: Kelgach, ekkach, chiqqach. Ravishdoshning bu turi qo‘yidagi vazifalarda qo‘llanadi: 1) payt ma’nosini bildiradi va payt ergash gapning kesimi vazifasida kelib, bosh gapdagi harakatning o‘zi bildirgan harakatdan keyin bajarilishini ifodalaydi: U yechinib ko‘rpaga kirgach, Ikromjonga nimadir demoqchi bo‘lib boshini ko‘tardi. (S.Ahm.) 2) sabab ma’nosini bildiradi va sabab ergash gapning kesimi vazifasida keladi: Ko‘ksimda o‘ynadi bir onda sevinch, mahallam oldiga kelgach tramvay.(O.) 3) gach affiksi yordamida yasalgan ravishdoshning bo‘lishsiz shakli –ma orqali yasalib, asosan, sabab ma’nosini ifodalashda qo‘llanadi: Hadeganda eshik ochilavermagach, xavotir oldik. Ushbu ma’no chiqish kelishigidagi sifatdoshning keyin so‘zi bilan birikuvi vositasida ham ifodalanadi: kelgach -kelgandan keyin, aytavermagach -aytavermagandan keyin.
-guncha (-kuncha, -quncha) affiksi: kelguncha, chekkuncha, chiqquncha. Bu affiks yordamida yasaluvchi ravishdosh ham hozirgi o‘zbek tilida juda keng qo‘llanadi va quyidagi ma’nolarni bildiradi: 1) o‘zi bog‘lanib kelgan fe’l bildirgan harakatning bajarilish vaqtini aniqlaydi. Bunda: a) biror harakatning -guncha affiksli fe’l bildirgan harakatga qadar bajarilib bo‘lishi ifodalanadi: Yuringlar, mashina kampirni tashlab kelguncha, qirga chiqib tushamiz. (I. R.) b) biror harakatning -guncha affiksli fe’l bildirgan harakat sodir bo‘lguncha davom etishi ifodalanadi: Hoy qizlar, shartim shuki, ketguncha ashula qilib ketasanlar. (S.3.) 2) qo‘shma gaplarda ergash gapning kesimi vazifasida kelib, chog‘ishtirish ma’nosini bildiradi: Muncha hayqir-guncha, telba to‘lqinlar, Simlarga quvvat ber shalolalardan. (Mirtemir.)
–gani (-kani, -qani) affiksi: olgani, ekkani, yiqqani. Bu affiks yordamida maqsad ma’nosini bildiruvchi ravishdosh yasaladi: Yig‘im-terimga qarashgani yoshu qari, erkakayol – butun shahar hasharga chiqdi. Bundayma’no ifodalashda uchun ko‘makchisi ham keng qo‘llanadi: Yig‘im-terimga qarashish uchun yoshu qari, erkak-ayol- butun shahar hasharga chiqdi.
Bu turdagi ravishdoshning o‘ziga xos xususiyatlaridan biri, uning bo‘lishsiz shakliga ega emasligidir
Dostları ilə paylaş: |
|
|