O’qitish metodikasi fanidan bajargan mustaqil ishi ot turkumining son kategoriyasi; otlarning nokategorial shakllari



Yüklə 0,67 Mb.
səhifə30/58
tarix28.11.2023
ölçüsü0,67 Mb.
#137603
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   58
1.Ot turkumining son kategoriyasi

7-§. Harakat nomi.Harakat nomi ish – harakatning atamasi bo‘lib, gapda otga xos vazifalar bajarishga xoslangan fe’l shaklidir. Harakat nomi -(i)sh, -(u)v, -moq. affikslari yordamida yasaladi: kechmoq, kechish, kechuv. Harakat nomi fe’lga xos tuslanish, zamon, mayl kabi ma’nolarni bildirmaydi, balki harakat-holatning atamasi bo‘ladi. Shu sababli otlarga xos kelishik, egalik kabi grammatik shakllarni qabul qila oladi va gapda otlarga xos vazifalarni bajaradi.
Ma’no jihatdan bir-biriga yaqin bo‘lgan uch xil harakat nomi qo‘shimchalaridan –moq bilan yasalgan shakl fe’lga –sh (-ish) bilan yasalgan shakl esa otga yaqin turadi. Shuning uchun -moq orqali fe’lning noaniq (infinitiv) shakli hosil qilinadi. Harakat nomi shakllarining har biri o‘ziga xos xususiyatlari bilan bir-biridan farqlanadi.
-(i)sh affiksi bilan yasaluvchi harakat nomi quyidagi xususiyatlarga ega: 1) harakatning nomini bildiradi, uning atamasi hisoblanadi: yurish; yozish, o‘ylash; 2) (i)sh affiksi bilan yasaluvchi harakat nomi shakli ko‘plik, egalik va Kelishik affikslari bilan qo‘llanganda, bu affikslarning ma’nosida deyarli o‘zgarish bo‘lmaydi. Biroq, o‘rinpayt kelishigi shaklida qo‘llanganda, hozirgi zamon sifatdoshining o‘rin-payt kelishigidagi shakli bilan ma’nodoshlikka ega bo‘lishi mumkin: tuzishda-tuzayotgandatuzayotgan vaqtda; 3) harakat nomining -(i)sh affiksli shakli ko‘makchilar bilan ham qo‘llanib maqsad, vaqt, birgalik kabi ma’nolarni ifodalaydi: o‘qish uchun, o‘qishdan avval, o‘qish bilan.
-(u)v affiksi bilan yasaluvchi harakat nomidagi fe’l undosh bilan tugaganda, u unlisi orttiriladi: bor-boruv. So‘z oxiri i bilan tugagan bo‘lsa, i tovushi u tovushiga, a bilan tugagan bulsaa tovushi o tovushiga o‘tadi: o‘qi-o‘quv, ishla-ishlov.
-(u)v affiksi bilan yasaluvchi shakl ko‘proq ot ma’nosida qo‘llanadi. Shu bois, (u)v affiksi yordamida yasalgan harakat nomining ayrimlari butunlay otga ko‘chgan bo‘ladi: saylov, chanqov, qistov, o‘quv kabi.
-moqaffiksi bilan yasaluvchi harakat nomi -(u)v affiksi yordamida yasaluvchi shaklga nisbatan ham kam qo‘llanadi. Harakat nomi shakllari har doim ham biri o‘rnida ikkinchisini qo‘llab bo‘lmaydi. Masalan,Talabalarning bilim olishini yaxshi tashkillashtirish uchun mustaqil talimga alohida e’tibor berish zarur, gapida qo‘llangan – ish qo‘shimchasi bilan shakllangan barcha harakat nomini –moq yoki –v/uv qo‘shimchali shakl bilan almashtirib bo‘lmaydi.
Harakat nomining yuqoridagi uchala shakli ham bo‘lishsizlik ko‘rsatkichi -ma affiksini qabul qilmaydi. Ularning bo‘lishsiz shakli -maslik affiksi yordamida yasaladi: ketmaslik, aytmaslik kabi. –maslik asosida hosil bo‘lgan bo‘lishsizlik harakat nomining boshqa shakllariga nisbatan –sh (-ish) affiksiga mazmunan yaqinligi mavjud: o‘qish-o‘qimaslik. borish-bormaslik.

Yüklə 0,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   58




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə