O’qitish metodikasi fanidan bajargan mustaqil ishi ot turkumining son kategoriyasi; otlarning nokategorial shakllari



Yüklə 0,67 Mb.
səhifə18/58
tarix28.11.2023
ölçüsü0,67 Mb.
#137603
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   58
1.Ot turkumining son kategoriyasi

Ko‘rsatish olmoshi. Ko‘rsatish olmoshi shaxs, narsa yoki belgini ko‘rsatish, ta’kidlash uchun ishlatiladi.Olmoshning bu turiga: u, bu, shu, usha, mana shu, ushbu kabi so‘zlar kiradi.Ko‘rsatish olmoshlari tuzilishiga ko‘ra ikki xil bo‘ladi: 1) sodda ko‘rsatish olmoshlari: u, bu, shu, o‘sha;2) qo‘shma ko‘rsatish olmoshlarimana shu, ana shumana bu, anavi (ana u).
Ko‘rsatish olmoshlarini ular ishora qiladigan narsaning makon va zamonga munosabati nuqtai nazardan aniq va noaniq ma’noli ekanligi bilan farqlanadi: Aniq ma’noni ifodalovchi ko‘rsatish olmoshlari makon va zamonning yaqin-uzoqligini ifodalashiga ko‘ra ikki xil bo‘lishi mumkin. Masalan: a) shu olmoshi so‘zlovchiga masofa va vaqt jihatdan yaqin bo‘lgan voqea yoki narsani bildiradi: shu instiutda o‘qiyman (so‘zlovchi ko‘rsatib gapirayotgan institut yoki so‘zlovchi oldin shu haqda gapirgan, hozir eslayotgan institut); b) o‘shaolmoshi so‘zlovchidan nariroqdagi narsani yoki avvalroq bo‘lgan voqeani bildiradi: o‘sha (o‘sha kishini chaqiring).
Noaniq ma’noli ko‘rsatish olmoshlari noaniq narsa, notanish shaxs yoki voqealarni ko‘rsatish uchun ishlatiladi. Masalan, buolmoshi avvaldan ma’lum bo‘lmay, so‘zlash jarayonidagigina ma’lum bo‘lgan, so‘zlovchining yaqinidagi narsa yoki shaxsni ko‘rsatadi: Bu kitob hammani qizqtiradi. Uolmoishi ham so‘zlash jarayonida ma’lum bo‘lgan, lekin so‘zlash vaqtida mavjud bo‘lmagan yoki so‘zlovchidan uzoqroqdagi narsani yoki voqeaini ko‘rsatadi: U vaqtlar mustaqillik haqida gapirib bo‘lmasdi.
Mana, anaso‘zlari ham masofa ko‘rsatishga ko‘ra farqlanadi. Masalan, manaso‘zi ko‘rsatish olmoshlari bilan birikib kelganda yaqindagi narsanianaesa uzoqdagi narsani ko‘rsatadi. Mana, ana so‘zlari o‘sha olmoshi bilan yonma-yon kelishi mumkin. Bunday vaqtda qo‘shma olmosh emas, alohida so‘z sifatida ishtirok etadi. Masalan: O‘sha ishlarning natijasi managapida o‘sha aniqlovchi, mana esa kesimdir 

Yüklə 0,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   58




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə