Testlar 1-variant



Yüklə 56,5 Kb.
tarix25.12.2023
ölçüsü56,5 Kb.
#161230
1-variant


TESTLAR
1-variant

  1. Har bir mutaxassis, umuman, har qanday madaniyatli kishi uchun hayotiy zarurat bo’lgan jihatlar qaysi javobda berilgan?

  1. notiqlik san’ati sirlarini o’rganish, o’z fikrini bayon qilayotgan lisoniy materiallardan to’g’ri foydalanish, har bir til vositasini kerakli va lozim bo’lgan o’rinda mantiqan va grammatik jihatdan to’g’ri qo’llash

  2. nutq madaniyati va uslubiyati masalalarini tadqiq qilish

  3. notiqlik san’ati sirlarini o’rganish, nutq madaniyati va uslubiyati masalalarini tadqiq qilish

  4. til me’yorlarini yaxshi egallash, gap tuzish qonunlarini yaxshi bilish

  1. Javoblarning qaysi birida nutq madaniyatiga noto’g’ri ta’rif berilgan?

  1. nutq madaniyati - ifodali o’qish madaniyatini egallash demakdir.

  2. nutq madaniyati - tilning tasviriy vositalaridan har xil sharoitlarga mos va maqsadga muvofiq foydalana olish

  3. nutq madaniyati - til me’yorlarini egallamoq, ya’ni talaffuz, urg’u, so’z ishlatish, gap tuzish qonunlarini yaxshi bilish

  4. nutq madaniyati - talaffuz, urg’u, so’z ishlatish, gap tuzish qoidalariga e’tibor bermay, tilning tasviriy vositalaridan har xil sharoitlarga mos va maqsadga muvofiq foydalana olish, ifodali o’qish madaniyatini egallash demakdir.

  1. O’qituvchi nutqi madaniyatining fan sifatida tekshirish predmeti nimalardan iborat?

  1. Turli kishilarning nutqi

  2. Nutqning til qurilishi, adabiy til me’yorlari va nutqning kommunikativ (aloqaviy) fazilatlaridir.

  3. Bir kishining turli mavzuda so’zlagan nutqi

  4. Javoblarning barchasi to’g’ri

  1. Namunaviy nutq birinchi navbatda ___________ nutq bo’lishi kerak. Gapni kerakli jumla bilan to’ldiring.

  1. bir kishining turli mavzuda so’zlagan

  2. ma’noli

  3. tinglovchi shevasidagi

  4. to’g’ri tuzilgan

  1. Nutq to‘g‘riligi nimalarga asoslanadi?

  1. Turli kishilarning bir mavzu doirasidagi suhbatiga asoslanadi

  2. Tinglovchi yashaydigan hudud tiliga asoslanadi

  3. Adabiy til me’yorlariga to’la amal qilishga asoslanadi.

  4. To’g’ri javob yo’q

  1. Javoblarning qaysi birida o’zbek adabiy tilining aniq me’yorlari to’g’ri va to’liq ko’rsatilgan? 1. Fonetik me’yorlar; 2. Talaffuz me’yorlari; 3. So’z yasash me’yorlari; 4. Morfologik me’yor; 5. Sintaktik me’yor; 6. Uslubiy me’yor; 7. Lug’aviy me’yor; 8. Punktuatsion me’yor; 9. Aksentologik me’yor; 10. Estetik me’yor; 11. Mantiqiy me’yor

  1. 1,3,5,7,9,11

  2. 1,2,3,4,5,6,7,8,9

  3. 2,4,6,8,10

  4. 1,2,3,4,5,6,7,8,9,10,11

  1. Adabiy talaffuz me’yoriga qaysi javobda to’g’ri ta’rif berilgan?

  1. Til birliklarining og’zaki nutq jarayonida adabiy til me’yoriga muvofiq kelishidir.

  2. Til birliklarining yozma nutq jarayonida adabiy til me’yoriga muvofiq kelishidir.

  3. Nutq birliklarining og’zaki adabiy til me’yoriga muvofiq kelishidir.

  4. Til birliklarining og’zaki nutq jarayonida sheva va lahjalar me’yoriga muvofiq kelishidir.

  1. Imloviy me’yor …

  1. adabiy tilning madaniylik darajasini boshlab beruvchi asosiy mezondir.

  2. yozuv me’yoridir.

  3. imlo qoidalariga muvofiq ravishda to’g’ri va xatosiz yozish malakasi.

  4. Barcha javoblar to’g’ri

  1. Tilshunoslikning nazariy jihatdan birmuncha mukammal ishlangan, so’z shakllari, qo’shimchalar, so’z birikmalari va gap tuzilishi ancha me’yorlashtirilgan bo’limi qaysi bo’lim?

  1. Leksikologiya

  2. Fonetika

  3. Grammatika

  4. Sintaksis

  1. Adabiy til uchun turlovchi, tuslovchi hamda so’z yasovchi qo’shimchalarning eng ma’qul variantlari shevalar bilan qiyoslangan holda tavsiya etilgan me’yor qaysi?

  1. Orfografik me’yor

  2. Sintaktik me’yor

  3. Fonetik me’yor

  4. Morfologik me’yor

  1. Javoblarning qaysi birida Beruniy tomonidan ko’rsatib o’tilgan nutq ko’rinishlari to’g’ri berilgan?

  1. Nasr, nazm.

  2. Grammatik, fonetik

  3. Epik, lirik

  4. Beruniy asarlarida nutq ko’rinishlari haqidagi fikrlar mavjud emas

  1. 1082-1083-yillarda yaratilgan, 44 bobdan iborat, nutq odobi va madaniyati haqida ibratomuz gaplar aytilgan qadimgi Sharq pedagogikasining ajoyib asarlaridan biri keltirilgan javobni belgilang.

  1. “Boburnoma”

  2. “Qutadg’u bilig”

  3. “Majolis un-nafois”

  4. «Qobusnoma»

  1. «Xalq oldida gapirganda so’zing go’zal bo’lsin, bu so’zni xalq qabul qilsin. Haloyiq sening so’z bilan baland darajaga erishganingni bilsin, chunki kishining martabasini so’z orqali biladilar, ... har kishining aholi o’z so’zi ostida yashiringan bo’ladi». Berilgan fikrlar kimning asaridan olingan?

  1. Beruniy «Geodeziya»

  2. Kaykovus «Qobusnoma»

  3. Xorazmiy «Mafotixul - ulum»

  4. Yusuf Xos Xojib «Qutadg’u bilig»

  1. Turkiy xalqlarning XII asrdagi ajoyib badiiy yodgorligi bo’lgan qaysi asarda so’zlarni to’g’ri tanlash va qo’llash haqida: «Bilib so’zlasa so’z bilig sanalur» deyilgan?

  1. Xorazmiy «Mafotixul - ulum»

  2. Kaykovus «Qobusnoma»

  3. Beruniy «Geodeziya»

  4. Yusuf Xos Xojib «Qutadg’u bilig»

  1. O’zbek mumtoz adabiy tilining homiysi bo’lgan Alisher Navoiyning 24-bobi voizlikka bag’ishlangan asari berilgan qatorni belgilang.

  1. «Muhokamat ul-lug’atayn»

  2. «Mahbubul-qulub»

  3. «Majolis un-nafois»

  4. “Farhod va Shirin”

  1. Publitsistik uslubning sintaktik xususiyatlarini toping. 1. So’roq gaplar ko’p ishlatiladi; 2. Uyushiq bo’lakli gaplar keng qo’llaniladi; 3. Undov gaplar ko’p ishlatiladi; 4. Kirish bo’lakli, kirish qurilmali gaplar keng qo’llaniladi; 5. Shaxsi umumlashgan gaplar ko’p ishlatiladi.

  1. 1,2,3,4,5

  2. 1,3,5

  3. 2,4,5

  4. 2,3,4

  1. Adabiy tilning nutqiy imkoniyatlari to’laligicha qaysi uslubda namoyon bo’ladi?

  1. Rasmiy uslubda

  2. So’zlashuv uslubida

  3. Badiiy nutq uslubida

  4. Ilmiy uslubda

  1. Bu uslubda so’z ma’nolarining kengayishi, o’zgarishi, ko’p ma’noli bo’lishi va hatto lug’atlarda qayd etilmagan ma’nolar kasb etishi qonuniyat sanaladi. Gap qaysi uslub haqida boryapti?

  1. Badiiy

  2. Ilmiy

  3. So’zlashuv

  4. Rasmiy

  1. Lug’aviy birliklardan tashqari frazeologik birliklarning faol va keng ravishda ishlatilishi ham ………. asosiy belgilaridandir. Gapni kerakli atama bilan to’ldiring.

  1. ilmiy uslubning

  2. badiiy nutq uslubining

  3. so’zlashuv uslubining

  4. publitistik uslubning

  1. Qaysi uslub kishilarning kundalik norasmiy, erkin muomalalari doirasida til birliklarining o’ziga xos amal qiluvi hisoblanadi?

  1. Rasmiy uslub

  2. Ilmiy uslub

  3. Badiiy uslub

  4. So’zlashuv uslubi

  1. “Notiq haqida”, “Notiq”, “Brut” asarlarining muallifi qaysi javobda to’g’ri ko’rsatilgan?

  1. Mark Fabiy Kvintilian

  2. Aristotel

  3. Sitseron

  4. Forobiy

  1. So’z notiqligining katta nomoyandalaridan biri bo’lgan Sitseronning asarlari keltirilgan to’g’ri javobni belgilang.

  1. “Notiq haqida”

  2. “Notiq”

  3. “Brut”

  4. Barcha javoblar to’g’ri

  1. Bilimdonlikni notiqlikning birinchi sharti qilib qo’ygan Rim notiqlik maktabining vakili qaysi javobda to’g’ri ko’rsatilgan?

  1. Aristotel

  2. Sitseron

  3. Mark Fabiy Kvintilian

  4. Beruniy

  1. Mark Fabiy Kvintilianning notiqlikka bag’ishlangan asari to’g’ri berilgan qatorni belgilang.

  1. Kvintilianning notiqlik haqida asari yo’q

  2. “Qobusnoma”

  3. “Brut”

  4. “Notiq bilimi haqida”

  1. Sen shunday so’zlaginki, ..... . Mark Fabiy Kvintilianning fikrini davom ettiring.

  1. ...hamma sendan qo’rqsin

  2. ...seni har bir kishi tushuna olsin

  3. ...senga hammaning havasi kelsin

  4. ...mansabingni oshirsinlar

Yüklə 56,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə