I bob. Tilshunoslikda ot so‘z turkumi va uning grammatik shakllarining o‘rganilishi



Yüklə 28,22 Kb.
səhifə5/5
tarix14.05.2023
ölçüsü28,22 Kb.
#110294
1   2   3   4   5
I BOB Furqat

yaxshisi ishda bilinar. Son turkumiga mansub so‘zlarda ham buning yorqin namunasini ko‘rishimiz mumkin: Biri mantiq rusumida raqamkash, Biri hay’at ruqumig‘a qalamkash. Birining shevasi ilmi haqoyiq,
Balog‘atda biri aytib daqoyiq.
Biri tarixda so‘z aylab fasona,
Biri hikmat fani ichra yagona. (Alisher Navoiy, “Farhod va Shirin”)
Shu boisdan ravish turkumiga ko‘proq xos bo‘lgan hol vazifasiga
xoslangan, tarz/holat semantikasiga ega, egalik va kelishik shakllari ma’nolarida grammatik mutatsiya sodir bo‘lgan leksemalarni ko‘plab ko‘rishimiz mumkin: avvalda/avvali/avvallari, avjida, azalda, azaldan, aylanasiga, akamdek, aksari, aksiga, basma-basiga, bekordan-bekor(ga), bexosdan kabi. O‘zbek tilidagi 1200 dan ortiq ravishdan 300 ga yaqinida kelishik shakllari “qotganligi” haqidagi ilmiy xulosalar ham ravishda ushbu kelishiklarning bo‘lishi bejiz emasligini ko‘rsatadi7. Bu turkiy tillar so‘z turkumlari orasidagi paradigmatik munosabatlarning zich
aloqadorlik, uzviylik va uzluksizlik tusi va mazmunida ekanligidan dalolat beradi. Turkiy tillarda “predmetlik” va “belgi-xususiyat” ma’nolari masalasini maxsus tadqiq qilgan tilshunos N.Shirinovaning fikricha, tafakkur ajratgan narsa va belgini til o‘zicha ifodalaydi, ma’lum bir sistemalarga soladi, o‘ziga xos qonuniyatlarga bo‘ysundiradi. Masalan, “tafakkur predmetlik (substansiya, mavjudot) namunalarini belgi-xususiyat (aksidensiya)dan (chunonchi, olma, ko‘ylak, odam), belgi-xususiyatni predmetlikdan (chunonchi, qizil, sariq, shirin, katta, kichik, ikki, uch) ajratgan holda ot (yoki sifat) turkumiga mansub so‘z sifatida tasniflaydi.
Tafakkurda ajratilgan belgi-xususiyatning sifatiy va miqdoriy, barqaror va o‘zgaruvchan, o‘xshash va farqli kabi turlari tilda asliy va nisbiy sifat,
sifatdosh, fe’l, ravishdosh, olmosh, ravish kabi alohida so‘z turkumlari va
ularning ko‘rinishlari sifatida shakllantiriladi, har biri uchun o‘ziga xos
ma’noviy xususiyat, so‘z yasash vositalari, grammatik shakllar, sintaktik
vazifalar berkitiladi”8. Tadqiqotchi uqtirganidek, predmetlik turli turkumlar tomonidan ifodalanganligi kabi, belgi-xususiyat ham ma’lum bir turkumlarga ko‘proq xoslangan bo‘lsa-da, lekin mutlaq xoslangan emas. “Tilning o‘z ichki imkoniyati asosidagi bunyodkorlik qobiliyati nafaqat dev, pari kabi “voqeliklarni” yasashda, balki qizillik, sariqlik, shirinlik, kattalik, kichiklik, ikkilik, uchlik kabi predmetlashtirilgan, mavjudotlashtirilgan – borliqda alohidalik sifatida mavjud bo‘lmagan voqelik, atash ma’nosi bo‘lmagan men, ular, hamma, shuncha singari ishora ma’noli (deyktik) so‘zlarni hosil qilishda ham o‘z aksini topadi.
Tafakkurning in’ikosi bo‘lgan va u ajratgan hodisalarni shakllantiruvchi,
ma’lum bir qolipga soluvchi tilimiz bizga olamning lisoniy manzarasini
beradi, borliqni o‘zicha tasnif va talqin etadi”.


1 Петерсон M.Н. “О часях речи в русском языке” – М.,1955

2 Элтазаров Ж. Сўз туркумларининг парадигмаси. Монография. Тошкент: Ўзбекистон Миллий энциклопедияси, 2006. -32 б.

3 Ўзбек тили грамматикаси. I том. – Тошкент: Фан, 1976. – Б.62.

4 Глаус К. Введение в формальную логику. – М., 1957. – С. 234.

5 Бу ҳақда қаранг: 1. Глаус К. Введение в формальную логику. – М., 1957. – С. 234; Челпанов Г.И. Учебник
логики. – м.1946. – С. 33; Стеблин-Каменский М.И. К воросу о частях речи // Спорное в языкознании. –
М.1974. – С. 21-22.


6 27Неъматов Ҳ. Феъл, унинг форма ва категориялари // Ўзбек тили ва адабиёти, 1972. ‒ № 1. – Б. 39 – 47. ‒№. 2. – Б. 42 – 50.

7 Асадов Т. Сўз туркумлари тизимида равиш: Филол. фанлари номзоди...дисс. автореф. – Тошкент, 2009. –
14 б.

8 Ширинова Н.Д. Ўзбек тилида предметлик ва белги-хусусият маъноларини фарқлаш воситалари: Филол.
фанлари номзоди...дисс. автореф. – Тошкент, 2010. – Б. 9.



Yüklə 28,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə