I bob. Tilshunoslikda ot so‘z turkumi va uning grammatik shakllarining o‘rganilishi


Turkiy tillarda so‘zlarni turkumlarga ajratish masalasi



Yüklə 28,22 Kb.
səhifə3/5
tarix14.05.2023
ölçüsü28,22 Kb.
#110294
1   2   3   4   5
I BOB Furqat

1.2. Turkiy tillarda so‘zlarni turkumlarga ajratish masalasi
So‘z turkumlariga kiruvchi barcha so‘zlarni bir xil qimmatga ega deb
bo‘lmaydi. Har bir turkumda shu turkumning kategorial mohiyatiga to‘la mos
kelmaydigan so‘zlar ham mavjud bo‘ladi. So‘zlarning bunday darajalanish
xususiyati ularni tasniflashda ma’lum bir qiyinchiliklarni tug‘dirishi
tabiiy. Chunki so‘zlarni grammatik tasniflashda bugungi kunda barcha
tilshunoslar tomonidan e’tirof etilgan semantik, sintaktik va morfologik belgilarni “markaziy” so‘zlarda aniq kuzatish va aniqlash mumkin. Biroq oraliq muhitda turadigan so‘zlarning bunday xususiyatlarini aniqlashda tilshunoslar ularni sun’iy ravishda goh u, goh bu tomonga so‘zni sun’iy ravishda suradilar, natijada til hodisalari talqinidagi bunday lingvistik soxtaliklar ijtimoiy lingvistik tafakkurdan o‘rin olib, an’anaviy xarakter kasb etib qolaveradi.
Tilshunosning asosiy maqsadi ham, bosh vazifasi ham turkumlararo
tebranib turadigan shunday hodisalarni oydinlashtirish, ular zamiridagi
ushbu holatlarga sabab bo‘luvchi ichki va tashqi omillarni tushuntirib
berishdan iborat bo‘ladi. Atoqli tilshunos L.V.Shcherbaning fikriga ko‘ra, so‘z turkumlari sirasida markaziy o‘rinni egallaydigan so‘zlarning semantik-sintaktik yoki morfologik xususiyatlari shu turkumning tipik mohiyatiga mos keladi2. Ammo turkumlar chegarasidagi so‘zlarning mohiyatida turli turkumga xos belgilarning u yoki bu darajada aks etganligi (albatta, bu muqarrar til tabiatidagi ijobiy holat bo‘lib, uning ichki strukturasidagi uzviylik va uzluksizlikni, umuman olganda, tilning yaxlit sistemaviyligini o‘zida ifodalaydi) ular semantik-sintaktik vazifasi darajalarining qaysi mohiyatga tegishli ekanligini belgilashda qiyinchilik tug‘diradi. Morfologik qurilish turkiy tillar so‘zlarining turkumlarga ajratilishida muhim rol o‘ynaydi. Tillararo tipologik umumiylik va o‘xshashliklarga tayaniladigan bo‘lsa, turli qurilishli tillarda so‘zlarning semantik o‘xshashliklari sintaktik va morfologik xususiyatlariga nisbatan ancha bo‘rtib turadi. Ma’lumki, turkiyshunoslikda ham, slavistikada ham, so‘z turkumlari soni va tarkibini belgilashda semantik, sintaktik va morfologik belgilar asos bo‘lib xizmat qiladi. Odatda, so‘zlarni turkumlashtirish/kategoriyalashtirishda semantik belgiga ustuvorlik berib kelinadi3. Buning o‘ziga xos sabablari bor, albatta. Bu, birinchidan, semantik belgi insonga bevosita yaqin va anglanarli bo‘lgan obyektiv voqelik bilan bog‘lanishidir. Ikkinchidan, grammatik belgilar ko‘p hollarda o‘xshash semantik mohiyatga ega bo‘lgan so‘zlarni turli guruhlarga bo‘lib yuborishga sabab bo‘ladi. Uchinchidan, so‘zlarni semantik asosda tasniflash asosidagi guruhlar turli qurilishli tillarda ko‘p ham farqlanavermaydi. Zero, tillararo tipologik farqlar morfologik va sintaktik sathda ko‘proq namoyon bo‘ladi. Turkiy tillarda so‘zlarni mazkur belgilar asosida guruhlashtirish jarayonida turkumlar soni va tarkibini belgilashda xilma-xillik kelib chiqadi. Shu boisdan tasnifda formal mantiqning tasnif bir paytning o‘zida bir belgi asosida amalga oshirilishi haqidagi qoidasiga amal qilish lozim bo‘ladi. Zero, “tasnif bir belgi asosida amalga oshirilishi lozim. Bir paytning o‘zida birdan ortiq tasnif tamoyilini qo‘llash ziddiyat va qarama-qarshiliklarni keltirib chiqaradi”4.
Turkiy tillardagi so‘zlarni kategoriyalashtirishda yuqoridagi formal mantiqiy tamoyil bilan birgalikda yana quyidagi asoslar ham muhim rol o‘ynaydi: 1)tasniflangan bo‘laklar hajmi tasniflanayotgan butunlik hajmiga teng bo‘lishi; 2)tasnif bir paytning o‘zida bir asosda amalga oshirilishi shartligi; 3)tasnif (tasniflangan) guruhlari bir-birini inkor etishi; 4)tasnif uzluksiz bo‘lishi, ya’ni unda “sakrash” bo‘lmasligi lozimligi5. Kuzatish va tahlillar shuni ko‘rsatadiki, turkiy tillarda so‘z turkumlari o‘zaro shunday munosabatlarga egaki, bir semantik qiymat va morfologik shaklga ega so‘z uchun aynan xoslangan vazifani topish ba’zan
qiyinchilik tug‘diradi. Masalan, “predmetlik” ma’nosiga ega bo‘lib, ma’lum
bir egalik va kelishik shaklini olgan so‘z har doim ham sub’ekt va obyekt
vazifasiga ega emasligini ko‘rishimiz mumkin. Deylik, bosh kelishikdagi
aynan bir semantik qiymatdagi so‘z ega ham, to‘ldiruvchi ham, aniqlovchi ham
bo‘lib kela oladi.
Misol:

Yüklə 28,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə